AI | DigiTech
51.3K subscribers
2.83K photos
1.51K videos
2.56K links
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal.

Reklama: @DigiTech_ads
Download Telegram
🧠 Tadqiqot: Yoshlarda miya faoliyati 10 yil ichida ikki baravarga yomonlashgan va buning aniq sababini hech kim bilolmayapti.

Olimlar 2013-yildan 2023-yilgacha bo’lgan davrda 4,5 million kishining ma’lumotlarini o‘rganib chiqishdi va deyarli har bir inson xotirasi, reaksiya vaqti va kognitiv qobiliyatlari pasayganini aniqlashdi.

Bunda gadjetlar, ijtimoiy tarmoqlar va siyosiy vaziyat sababchi bo’lishi mumkin deb taxmin qilishmoqda — stress va qaror qabul qilish qiyinligi tobora ortib bormoqda.

📟 DigiTech
😁55💯22😢1510🤔10👍5👨‍💻32
👨‍💻 Qozog‘istonlik maktab o’quvchisi o‘z startapi uchun 6 million dollar investitsiya oldi va karyerasi uchun maktabni tashladi.

Arlan Raxmetjanov faqat uch yil oldin kodlashni boshlagan. ChatGPT chiqarilganda 15 yoshda edi. Oxir-oqibat u SI agentlari uchun dasturiy ta'minot ishlab chiquvchi Nozomio startapiga asos soldi.

Arlan bir necha oy ichida loyihaga investorlar topdi. Eng qizig’i, ular o’zlari u bilan bog'lana boshlashdi, sababi u LinkedIn va Twitter'da faol.

Uni bir necha marta investorlar bilan dars vaqtida video qo’ng’iroqda gaplashgani uchun matematika darsidan haydab yuborishgan)

📟 DigiTech
🤓145👍59😁23188👏5🔥3👨‍💻3🫡3🥰2🤝2
⚡️Forbes xabar berishicha, Ilon Mask yana eng boy odamga aylandi va tarixdagi birinchi 500 milliard dollar boylikli odam bo’ldi.

Ilon Mask'dan 20 kun oldin Oracle bosh direktori Larri Ellison o’zib ketgandi, ammo Mask tojdan osonlikcha voz kechmaydi.

📟 DigiTech
63👏3413👍6😁4🤯4🔥2🤔2💯2🤝1
⚡️OpenAI dunyodagi eng qimmat xususiy kompaniyaga aylandi. ChatGPT ishlab chiqaruvchisi bozor kapitali bo’yicha hatto Ilon Mask'ning SpaceX kosmik startapini ham ortda qoldirdi.

Xodimlar va investorlar aksiyalarni bir qismini sotganidan so’ng, kompaniyaning qiymati 500 milliard dollarga yetdi — bu SpaceX'dan 100 milliard dollar va TikTok ishlab chiquvchisi Xitoyning ByteDance kompaniyasi qiymatidan 200 milliard dollarga ko’proqdir.

📟 DigiTech
61🤯24👍138👨‍💻6🫡3💯1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Haqiqiy 3D tasvir shunday ko’rinadi: dasturchi uch o’lchamli tasvirlarni tekis ekranda ko’rsatish usulini o’ylab topdi.

Uning dasturi kamera yordamida bosh harakatini kuzatadi va ekrandagi perspektivani o’zgartiradi. Dastur yordamida obyektlarni turli burchaklardan ko’rish mumkin, u hatto multfilmlarda ham ishlaydi.

👉 Demo versiyasini havola orqali sinab ko’rishingiz mumkin.

📟 DigiTech
59👏2513👍13🤯10👨‍💻4🫡3🔥2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👓 Meta Ray-Ban Display aqlli ko'zoynaklarida hayratlanarli ishlaydigan navigatsiya tizimi mavjud.

Xaritalar ilovasi hali beta-versiyada ishlamoqda, lekin uning imkoniyatlari hozirdan hayratlanarli. SI yordamida, xaritani ko'zlaringiz bilan aylantirishingiz, kattalashtirishingiz va ovozingiz yordamida manzillarni kiritishingiz mumkin.

📟 DigiTech
🔥49👍128💯6👏43🤝3😢2👨‍💻2🫡2🤓1
🎧 Samsung «fikrlarni o’qiydigan» quloqchinlarni chiqardi: qurilma foydalanuvchining miya faoliyatini tahlil qila oladi va 92,86% aniqlik bilan sizga qanday videolar, musiqa va taomlar yoqishini biladi.

U quloq atrofidagi sensorlar orqali miya faoliyatini o’qib, foydalanuvchi qachon zerikishni boshlagani va uyqusi kelayotnini biladi. Hozirda prototip sinovdan o’tkazilmoqda.

📟 DigiTech
👏73🤯35👍23🔥149😡5👨‍💻21😁1😢1🤝1
⚡️Mercor startapi sun'iy intellekt agentlarini o’qitishda yordam uchun soatiga 40-500 dollardan to’lamoqda. Ariza beruvchilar har qanday sohadan bo’lishlari mumkin.

Kompaniya IT mutaxassislari, shifokorlar, dizaynerlar va hatto xaridlar bo’yicha mutaxassislarni ham qidirmoqda. Ularning tajribasi neyron tarmoqlarni yaxshilashga yordam beradi.

Vakansiyalarni havola bo’yicha ko’rish mumkin. Agar do’stingizni muvaffaqiyatli tavsiya qilsangiz, 500 dollardan mukofot olishingiz mumkin.

📟 DigiTech
😁44👍1710🤝42🔥1👏1🫡1
⚡️Yaponiyada yoshi 100 dan oshgan odamlar soni deyarli 100 000 kishiga yetdi — mamlakat uzoq umr ko’ruvchilar soni bo’yicha ketma-ket 55 yildan buyon rekordni ushlab kelmoqda.

Ularning katta qismi (88%) ayollardir. Eng keksasi 114 yoshli Shigeko Kagava, eng keksa erkak esa 111 yoshli Kiyotaka Mizuno.

Bunday uzoq umr ko’rish ko’p jihatdan sog’lom ovqatlanish bilan bog’liq: yaponlar qizil go’sht, shakar va tuzni kamroq, baliq va sabzavotlarni esa ko'proq iste'mol qilishadi, buning natijasida mamlakatda yurak-qon tomir kasalliklari va saratonning keng tarqalgan shakllari xavfini oshiradigan semirish darajasi ham pastdir.

📟 DigiTech
🤯88👍5521😨9🔥65😁3👨‍💻2👏1🤔1🤝1
🏫 Texasdagi Alpha School maktabida barcha o’qituvchilar SI'ga almashtirildi. Endi darslarni neyron tarmoqlar o’tishmoqda va har bir o’quvchiga maxsus yondashishmoqda.

Asosiy bilimlardan tashqari, bolalarga moliyaviy savodxonlik darslari va ijtimoiy ko’nikmalar ham o’rgatiladi. Jonli o’qituvchilarni shunchaki kuratorlar sifatida olib qolishdi.

Alpha School maktabida bir yillik ta'lim 40 000 dollar turadi. Ushbu mablag’ evaziga o’quvchilarni imtihon natijalari bo’yicha eng yuqori top 1% ga olib chiqishga va'da berishmoqda.

📟 DigiTech
👍8317🤔10🔥8👏5💯3👨‍💻31🤝1🫡1
🎥 Ma'lum bo’lishicha, videolar generatsiya qiluvchi yangi Sora 2 neyrotarmog’i odamlarning mashinalarga qanday o’tirishi haqida hech qanday tasavvurga ega emas.

Bunday sahnani generatsiya qilishga uringaningizda, sun'iy intellekt haydovchilarni eng tasavvur qilib bo’lmaydigan holatga tushirib mashinaga o’tkazadi, ularning qo’l va oyoqlarini eshikka qisib qo’yadi, eshiklarni teleportatsiya qiladi va ba'zida haydovchini qoldirib ketadi.

Aytgancha, Sora hozirda AQSh App Store ilovalar do’konida birinchi o’rinni egallab turibdi — u ChatGPT va Google Gemini'dan ham o’zib ketdi, garchi unga faqat taklif havolalari orqali kirish mumkin bo’lsa ham.

📟 DigiTech
😁17517👨‍💻6👍5👏21🤝1
⚡️Tim Kuk Apple'ni tark etadimi? Bloomberg insayderlari kompaniya ichidagi katta o’zgarishlar haqida xabar berishmoqda:

– Apple asosiy «voris»dan ayrildi — ushbu lavozimga asosiy davogar Jeff Uilyams edi, ammo u iyul oyida bosh operatsion direktor lavozimini tark etgan;

– Tim Kuk'dan tashqari, yaqin kelajakda Apple'ni kamida to’rtta top-menejer tark etishi mumkin;

– Kompaniya sun'iy intellekt, aqlli uy va haydovchisiz avtomobillarni ishlab chiqish bo‘yicha raqobatchilardan ortda qolgani sabab zudlik bilan texnik mutaxassislarga muhtoj;

– Hozirda bosh direktor lavozimiga asosiy da'vogar apparat muhandisligi boshlig'i Jon Ternus'dir. U katta texnik bilimlarga ega va aynan uning rahbarligida Apple Intel'dan o’zining M-chiplariga o’tdi, AirPods, Vision Pro va eng yupqa iPad Pro'ni chiqardi.


Apple keyingi taqdimotida inqilobiy qurilmani namoyish etishi ehtimoli paydo bo’ldi.

📟 DigiTech
👍6113👏8👨‍💻6🤯4🫡42🤔2🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Istalgan tasvirni sifatini to’g’ri brauzeringizda yaxshilang — Watermark Remover dasturi ishlab chiquvchilari yana bir foydali vositani chiqarishgan.

— 8x gacha sifatni yaxshilashni qo’llab-quvvatlaydi;
— Tasvirlar sifatini 10 000 x 10 000 pikselgacha ko’taradi;
— Foydalanish bepul va ro’yxatdan o’tish shart emas.

👉 Sinab ko’rish uchun havola.

📟 DigiTech
👏2810👍7🫡5🤝31💯1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👨‍💻 OpenAI vayb-kodingni keyingi bosqichga olib chiqdi — kompaniya eng tez va eng oson sun'iy intellekt agentlari konstruktorini chiqardi.

Agent Builder istalgan neyron yordamchini bir zumda yig’ish imkonini beradi — buning uchun elementlarni qo’shish va ularni bir-birlari bilan ulash kifoya, kodlash bilimi talab etilmaydi.

Undan foydalanish imkoniyati asta sekin barcha uchun ochilmoqda.

📟 DigiTech
30👍7🤯5👨‍💻43🔥2💯1🤝1🫡1
🚘 Lamborghini kompaniyasi Manifesto superkari konseptini ko’rsatdi.

Old qismida o’tkir burni o’rniga katta bo’shliq mavjud. Mashinaning ostiga ulkan diffuzor o’rnatilgan bo’lib, avtomobil yerga yopishib turgan effektni beradi. 12 ta havo teshiklari V12 ga ishora qilsa-da, dvigatel unga sig’maydi. Ko’rinishidan, bu elektromobil bo’ladi.

📟 DigiTech
🔥57🤔16👍85😢5🤓4🤝3👨‍💻2🫡21💯1