AI | DigiTech
51.9K subscribers
2.57K photos
1.43K videos
2.35K links
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal.

Reklama: @DigiTech_ads
Download Telegram
⚡️Hamster Kombat asab tizimiga zararli — psixologlar.

O’yin kuchli giperfiksatsiyaga olib keladi, odam imkon qadar ko’proq tanga to’plash uchun uyqudan va odamlar bilan muloqotdan voz kechishi mumkin.

Yoshlar bunday o’yinlarga qaram bo’lib qolishi mumkin, chunki ular dofamin ishlab chiqarishni osonlashtiradi. Har qanday boshqa faoliyat turlari ularni qiziqtirmay qo’yadi. Shu sabab o’qishga bo’lgan motivatsiya va intilish yo’qoladi, e’tibor va xotira yomonlashadi, bola jahldor, tajovuzkor va asabiy bo’lib qoladi.

📟 DigiTech
😁174👍43🔥30💯18🤯7😡7😨3🫡32🤔1🤝1
🔎 Ish qidiryapsiz yoki faoliyatingizni oʻzgartirmoqchisiz?

🤔 Lekin taklif etilayotgan oylik maoshlarni mazasi yoʻqmi??

⚡️ Unday boʻlsa 10 daqiqa vaqt ajratib KadrUz kanalidagi boʻsh vakansiyalarni koʻrib chiqing!

👨‍💻Har kuni dasturchidan tortib tarjimonu kopiraytergacha, montajchidan tortib bankirgacha vakansiyani zoʻrlarini joylab borishyapti!

💵 Oylik maoshlar ham 3 mlndan 50 mlngacha! Oʻzingizga mos ishni aniq topasiz!👇🏻

Reklama
👍32🔥4👨‍💻21🤩1🎄1
⚡️Adrenalin izlovchilar uchun attraksion — unda tik holatda turiladi.

U Florida shtatidagi SeaWorld Orlando bog’ida joylashgan. Trassa uzunligi — 900 m, maksimal tezlik — deyarli 100 km/soat.

Unga tushganlarni aytishicha, o’zingizni uchayotgandek his qilarkansiz.

📟 DigiTech
🤯53👍31🔥9😁7🤩54💯3😇3
⚡️Apple Intelligence'ni iOS 18, iPadOS 18 va macOS Sequoia-ni chiqishiga bitirishga ulgurishmaydi. Namoyish etilgan funksiyalarning aksariyati 2025-yildan keyin mavjud bo’ladi.

Bundan tashqari, Bloomberg ma’lumotlariga ko’ra, sun’iy intellekt xususiyatlari juda sekin joriy qilinadi va ba’zi hollarda foydalanuvchilar hatto kutish ro’yxatiga kirishlari kerak bo’ladi.

Va bu yerda gap faqat Amerika bozori uchun ingliz tilidagi SI versiyasi haqida ketmoqda. Boshqa davlatlar bilan nima bo’lishi hozircha noma’lum.

📟 DigiTech
😁63🔥30👍15😡95🤯3💯3👏2🎄2🤔1🤩1
⚡️GPT-4 sun’iy intellekti 200 dan ortiq odamni o’zini inson ekanligiga ishontira oldi.

Olimlar Tyuring testini o’tkazib, zamonaviy neyron tarmoqlar inson muloqotiga qanday taqlid qilishini baholashdi. Natijaga qaraganda, ular be’malol insonga taqlid qila olishadi.

Tajribada 500 kishi qatnashdi va ularning 54 foizi GPT-4 ni inson deb o’ylashgan. Oldingi GPT-3.5 modelida esa bu ko’rsatgich 50% bo’ldi.

📟 DigiTech
😨94😁39👍37🔥6🤔4🤯4💯2👨‍💻2😡21👏1
⚡️Sun’iy intellekt AQSh'da shahar meri bo’lishi mumkin. Kutubxonachi Viktor Miller GPT 4.0 asosidagi o’zi sozlagan chatbot nomzodini ilgari surdi.

Reja oddiy — barcha qarorlarni neyrotarmoq qabul qiladi, Viktorning o’zi esa faqat yig’ilishlarda qatnashish va hujjatlarni imzolashni rejalashtirmoqda. U sun’iy intellekt shtatdagi aksariyat siyosatchilardan ancha aqlli ekanligiga amin.

G’ayrioddiy nomzodning saylovda ishtirok etishiga ruxsat berilishi aniq emas, chunki bu qonunga ziddir.

📟 DigiTech
🤯154👍41😁27😡13👏5🔥3🫡3💯2😨2🎄21
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔊 ElevenLabs videoga moslab har qanday tovushlarni yaratishni o’rgandi. Videoni ovozsiz yuklang va tayyor audio effektlar to’plamini oling.

Sun’iy intellektning o’zi videoni tushunib, mos keladigan tovushlarni qo’yadi: gitara ovozi, yadroviy portlash, dvigatel shovqini, shisha singani va hatto nutq. Hech qanday cheklovlar yo’q.

👉 Bepul sinab ko’rish uchun havola.

📟 DigiTech
🔥38👍16🤯10💯422👏1😨1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🏎️ Aspark SP600 giperkari elektromobillar orasida yangi tezlik rekordini o’rnatdi — 438 km/soat!

Sinov Germaniyaning Papenburg shahrida bo’lib o‘tdi va mashinani FIA GT1 poygalari bo’yicha sobiq jahon chempioni Mark Basseng boshqardi. Mish-mishlarga ko’ra, mashinada 2012 ot kuchiga ega to’rtta elektromotor mavjud, ammo bu hali rasman tasdiqlanmagan.

Avvalgi rekord (412 km/soat) 2022-yilda Rimac Nevera elektromobili tomonidan qayd etilgan edi, lekin bu yoqilg’ida yuruvchi avtomobil rekordidan hali ham o’tgani yo’q: masalan, Bugatti Chiron Super Sport 300+ 490 km/soatgacha tezlasha oladi.

📟 DigiTech
🔥63👍18😁5🤩4👏322🫡2🤯1💯1😨1
📲 AppStore va Google Play’da yangi «Butterflies» ijtimoiy tarmog’i paydo bo’ldi. U yerda odamlar ham sun'iy intellektlar ham profil yuritishadi.

Neyron tarmoqlarni o’z akkauntlari bo’ladi, ular rasmlar joylab, sharhlar qoldiradi va hatto shaxsiy xabarlarda muloqot qila olishadi.

Istagan odam ma’lum xususiyatlar va fazilatlarga ega bo’lgan SI personajni yaratishi mumkin.

📟 DigiTech
🤯84👍35🔥8💯6🤩3🫡32😁2🎄21
🚘 Italiyaning Bertone kompaniyasi chiqindilarda ishlaydigan dunyodagi birinchi superkarni namoyish etdi — u plastik chiqindilardan tashkil topgan sintetik yoqilg’ida yuradi.

Avtomobil 1100 ot kuchiga ega 5,2 litrli V10 dvigateli bilan jihozlangan. U 100 km/soat tezlikka 2,79 soniyada, 200 km/soat tezlikka esa 4 soniyada erishadi. Maksimal tezlik 380 km/soat atrofida bo’ladi.

Hammasi bo’lib 33 nusxada chiqariladi, biroq hatto taxminiy narx ham hali e’lon qilinmadi.

📟 DigiTech
80👍38😁11👏9🤩8🔥4🤯4🤝4🫡42🎉2
🚘 Xitoyda Xiaomi'ning yangi krossoveri suratga tushib qoldi. Yangi avtomobil Ferrari Purosangue'ga o’xshaydi.

Avtomobil gibrid bo’lishi va 2025-yilda chiqishi kutilmoqda.

📟 DigiTech
🤯66👍32🔥16💯85😁5😡42🤩2😨2🫡2
⚡️Bugatti o’zining birinchi gibrid giperkarini namoyish etdi — 1800 ot kuchiga ega Tourbillon 2 soniyada 100 km/soatga tezlashadi va maksimal tezligi soatiga 445 km.

Faqat elektrni o’zida avtomobil 60-70 km masofani bosib o’tadi, salon turbina uslubida qilingan va faqatgina bitta harakatlanadigan displey mavjud.

Aytgancha, bu brendning sakkiz yil ichidagi birinchi yangi mahsuloti bo’lib, faqatgina 250 nusxada chiqariladi. Narxi — 3,8 million yevro.

📟 DigiTech
🔥91👍42🤯1811🫡4💯2🤝2🎄21