AI | DigiTech
51.8K subscribers
2.57K photos
1.43K videos
2.35K links
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal.

Reklama: @DigiTech_ads
Download Telegram
⚡️ChatGPT yaratuvchilardan biri Ilya Sutskever AGI yaratish uchun SSI Inc nomli o’z kompaniyasini ochdi. Endi u OpenAI'ning asosiy raqobatchisi hisoblanadi.

Ilya Sutskever — OpenAI'ning miyasi edi, u kompaniyaning bosh olimi bo’lgan va ChatGPT yaralishiga juda katta hissa qo’shgan. Aynan Ilya noyabr oyida Sem Altman kompaniyadan vaqtinchalik ketishiga sababchi bo’lgan va buning uchun kompaniyadan haydaldi.

SSI Inc OpenAI'ni ortda qoldirib, pul yig’ish va AQSh armiyasi uchun ishlash bilan chalg’imasdan, birinchi bo'lib xavfsiz superintellektni yaratishi mumkin. SSI Inc ofislari darhol Kaliforniyada ochildi — aftidan, pul masalasi allaqachon yopilgan.

Haqiqiy raqobat endi boshlandi.

📟 DigiTech
🔥107👍48🤯14💯32🤝2🫡21👏1🤩1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎥 Kling AI neyron tarmog’i yangilandi va endi uch daqiqagacha videolarni yaratishi mumkin. Video yaratish uchun shunchaki rasmni yuklash kifoya va neyron uni jonlantiradi.

Kling AI hali ham beta-test rejimida ishlamoqda. Bu yerda testga qanday qo’shilish bo’yicha ko’rsatmalar mavjud.

📟 DigiTech
👍55🔥16🤯4💯4😨3🫡31
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Google Gemini'ning oddiyroq versiyasini yaratdi va uni Chrome Canary'ga (dasturchilar uchun brauzer) qo’shdi.

Bu sinov versiyasi bo’lsa-da, juda tez ishlaydi. Javob berish tezligi 100 millisoniyadan kam.

Model internetsiz ishlaydi va qurilmani yuklamaydi. Neyron tarmoqqa savol berish, matnni boshqa tillarga tarjima qilish, xabar uslubini o'zgartirish va grammatikani tekshirish mumkin.

👉 O’rnatish uchun havola.

📟 DigiTech
👏41👍30🤯15💯4🤓3😨2🔥1😇1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🌒 Insoniyat tarixida birinchi marta Xitoyning «Chan'e-6» zondi Oyning narigi tomonidagi tuproq namunalarini Yerga yetkazdi.

Missiya may oyi boshida boshlangan edi va bugun kapsula Ichki Mongoliya hududiga muvaffaqiyatli qo’ndi. Endi u Pekinga olib ketiladi va olimlar idishni ochib, namunalarni o’rganishga kirishadilar.

📟 DigiTech
🔥69👍31🤯14😁7💯4🫡42🎉1🎄1
⚡️Xiaomi derazaga o’xshash «samoviy» chiroqni chiqardi.

Yeelight A10 Blue Sky aqlli uy tizimida ishlashi mumkin va ovozli boshqaruvni qo’llab-quvvatlaydi. Realistik bo’lishi uchun esa yorug’lik haqiqiy derazadek devorlarga ham tushadi.

Xitoyda narxi — 140 dollar.

📟 DigiTech
👍133🤯29👏9😁6😡411🤔1😍1💯1😇1
⚡️Qiziqarli ma’lumot: O’yinchilar hech qachon ishga tushirmagan o’yinlari uchun 19 milliard dollar to’lashgan! Tadqiqot Steam do’konidagi ma’lumotlar asosida o'tkazildi.

Taqqoslash uchun, bu ayrim davlatlarning yalpi ichki mahsulotidan ko’proq.

📟 DigiTech
🤯108👍20😁134🔥2😨2🫡21🤩1
⚡️Sun’iy intellekt olamidagi inqilob: neyron tarmoqlarni o’rgatish va ishlatish uchun Etched startapi yangi Sohu chipini namoyish etdi.

O'zingiz baho bering: Sohu raqobatchisi Nvidia H100 dan 20 baravar kuchliroq, shu bilan birga tezroq va arzonroq! GPT-4 modeli rasmni tushunishi uchun 8 mingta H100 da o’qitilgan, endi buning uchun atigi 400 Sohu chipi yetarli bo’ladi!

Nvidia'dan o’tib ketishganini sababi, chip faqatgina mashhur neyron tarmoqlar bilan ishlaydi, jumladan ChatGPT, Claude va Sora.

Endi GPT-5 chiqishini shu yilda kutsak ham bo’ladi.

📟 DigiTech
🔥65👍37🤯12😡322👏2💯1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Sora'da birinchi rasmiy reklama generatsiya qilindi. Natijada bolakay, o’yinchoq jirafa va ular yaratgan sehrli dunyo haqida yoqimli video paydo bo’ldi.

Reklama Amerikaning Toys «R» Us o’yinchoqlar do’konlari tarmog’i tomonidan buyurtma qilingan. Videodagi bola — kompaniyaning asoschisi Charlz Lazarus, jirafa esa — kompaniyaning ramzi bo’lgan Jeffri ismli o’yinchoqdir.

📟 DigiTech
👍67🤯214🔥3💯3👏2🫡2👨‍💻1
⚡️Xitoyning Chjenchjou shahridan lavhalar, u yerdagi eski issiqlik elektr stansiyasi 20 soniya ichida boshqariladigan portlashlar orqali vayron qilindi.

U SSSR mutaxassislari bilan birgalikda 1953-yilda qurilgan va 2019-yilda foydalanishdan chiqarilgan. Endi bo’shatilgan hududda yangi uylar va istirohat bog’i joylashadi, qolgan ikkita minora esa tarixiy yodgorlik sifatida saqlanib qolinadi.

📟 DigiTech
🔥67👍327🤯6😨4😁1💯1🎄1
🚀 NASA Ilon Maskning SpaceX kompaniyasiga 2030-yilda XKSni orbitadan chiqarib, Tinch okeaniga cho’ktiruvchi kosmik tirgakni yaratishni topshirdi.

Uni ishlab chiqishga 843 million dollar ajratildi, tirgak vazifasi XKS bilan tutashib, atmosferaga boshqariladigan kirishni ta’minlashdir.

Aytgancha, SpaceX XKS'ni o’rnini bosishi kerak bo’lgan xususiy Starlab stansiyasining ishga tushirilishi uchun ham javobgar bo’ladi.

📟 DigiTech
👍92👏10🤯8🔥6💯3🤝321😡1
🚆 Xitoyda uglerod tolasidan yasalgan dunyodagi birinchi yo’lovchi metro poyezdi ishga tushirildi.

Shu sabab u odatdagidan 11% yengilroq va buning natijasida yo’llar ko’proq xizmat qiladi, shovqini ham kamroq, shuningdek, 7% kamroq energiya sarflaydi.

Bundan tashqari, poyezd avtopilotga ega bo’lib, 140 km/soat tezlikda harakatlanadi — hozirgi metrolardan deyarli ikki barobar tezroq.

📟 DigiTech
👍140🤯40👏6🔥54💯2😨1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🧮 Turli xil kalkulyatorlar yig’ilgan sayt

Omni Calculator sayti har bir vaziyat uchun 3,5 mingdan ortiq turli xil kalkulyatorlarni o’z ichiga oladi. Ushbu saytda oziq-ovqatlarning kaloriya tarkibini, o’qning tezligini, moliyaviy erkinlik qadar qancha yil ishlash kerakligi va boshqa ko’plab narsalarni bilib olishingiz mumkin — saytda deyarli hamma narsani osongina va bepul hisoblash mumkin.

Sayt qanday hisoblashini, qanday formuladan foydalanishigacha ko’rsatib beradi va hatto qiziqarli faktlarni ham aytib beradi. Saqlab qo’ying, asqotadi.

👉 Sinab ko’rish uchun havola.

📟 DigiTech
👍50🤯84🔥4🤔3💯2🤝2😨1
⚡️Internetda Samsung'ning yangi qurilmalari fotosuratlari tarqaldi, ularni allaqachon Apple gadjetlarining nusxalari deb atashmoqda. Masalan, Galaxy Buds 3 quloqchini AirPods 3 dan ilhomlanilgani aniq.

Yangi Galaxy Watch Ultra Apple Watch Ultra bilan taqqoslanmoqda, garchi o’xshashliklar unchalik bo’lmasada. Lekin nom, rang va shakli o’xshaydi.

Ushbu yangi qurilmalar 10-iyulda, Unpacked nomli navbatdagi Samsung taqdimotida namoyish etilishi mumkin.

📟 DigiTech
👍87😁33😡6🤯5🤔4👨‍💻43😨3💯2🔥1👏1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🚀 Xitoyda SpaceX Falcon 9 ga raqobatchi sifatida yaratilayotgan Tianlong-3 ko’p marta ishlatiladigan raketasi portladi.

Eng qizig’i shundaki, bu dvigatellarning yerdagi sinovlari edi va u umuman uchib ketmasligi kerak edi, lekin o’rnatmalar dvigatellarning kuchiga bardosh bera olmadi.

Ushbu raketani ishlab chiqish uchun allaqachon 4 milliard yuandan (552 million dollar) ortiq mablag’ sarflangan va u sentyabr oyida birinchi parvozini amalga oshirishi kerak edi.

📟 DigiTech
🤯84👍19😁13👏10😨32💯2🔥1