AI | DigiTech
51.9K subscribers
2.56K photos
1.43K videos
2.34K links
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal.

Reklama: @DigiTech_ads
Download Telegram
🛰️ Yerni suv osti optik tolali internet kabel tarmog’i va Starlink sun'iy yo’ldoshlari bilan qanday qoplanganini vizual taqqoslovi.

Starlink sun’iy yo'ldoshlarining interaktiv xaritasi mavjud veb-saytni ishga tushirgan. Saytdagi globusni aylantirib qaysi hududda sun’iy yo’ldoshlar yo’qligini ko’rish mumkin.

📟 DigiTech
🤯60👍31🔥6💯6🎄3🫡21🤝1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Yangi GPT-4o modeli sizni yuklagan rasmingizni eslab, shu asosida boshqa rasmlar yaratishni o’rgandi.

Endi oddiy matnli so’rov kiritish orqali GPT-4o'da hatto butun boshli komikslar yaratish mumkin.

📟 DigiTech
👍84🤯228🔥3👏2💯1😨1🎄1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🚀 SpaceX kecha tunda Falcon 9 raketasini uchirdi.

Shu tunda uchgan samolyot yo’lovchilari «kosmik meduza» effektini kuzatishdi — bu hodisa raketaning chiqindi gazlarini quyosh yoritganda paydo bo’ladi, garchi u paytda Yerda qorong’u bo’lsa ham.

📟 DigiTech
🔥97👍35🤯10😁42🤩2💯2🥰1👨‍💻1
⚡️Hozirgi kundagi top neyrotarmoqlarning eng yangi ro’yxati.

Barcha ishlar uchun bitta saytda 200 tadan ortiq neyrotarmoqlar yig’ilgan: tasvirlarni qayta ishlash, generatsiya qilish, matnli so’rov orqali 4K video yaratish, QR kodlarni generatsiya qilish va hokazo.

👉 Sinab ko’rish uchun havola.

📟 DigiTech
👍68🤯13🔥8🤝43🫡2😁1💯1😨1
🛥️ Dunyodagi birinchi vodorodda yuruvchi Project 821 superyaxtasi Niderlandiyada suvga tushirildi. Mish-mishlarga ko’ra, u Bill Geytsning buyurtmasi bo’yicha 1 milliard dollarga qurilgan.

U uzoq masofalarga gidrotozalangan o’simlik moyida suzadi, vodorod esa elektr energiyasini ishlab chiqarish uchun foydalaniladi.

Aytgancha, Project 821 mamlakatda qurilgan eng katta motorli yaxta ham hisoblanadi. Uning uzunligi 119 metr, bortda 12 ta kabina, sport zali, kinoteatr, kutubxona va basseyn mavjud.

📟 DigiTech
👍105🤯23🔥186👏5👨‍💻21😨1
☄️ Kecha tunda Portugaliya va Ispaniya aholisi uchib o’tayotgan meteoritni ko’rishdi.

Kosmik obyekt osmonni zumrad rangida yoritdi va atmosferada yonib ketdi.

📟 DigiTech
🤯133🔥28🤩28👍21💯63🫡32😁2👨‍💻2🤝1
🏠 Huawei o’zining ixcham «kelajak uyi»ni namoyish etishga tayyorlanmoqda.

Bu yotoqxona, oshxona, mehnomxona va hammom bilan jihozlangan 37,95 m² maydonli, 10 tonnalik kapsulali uydir. Uy egalari smartfon yordamida yorug’likni, maishiy texnika va iqlim nazoratini boshqarishi mumkin bo’ladi.

Narxi taxminan 70 000 dollar atrofida bo’lishi kutilmoqda.

📟 DigiTech
👍9218🔥13😁8🤩8😡6💯3🤓3👏2🤝2🥰1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Xitoyda dronlarni foydali qo’llanilishiga yana bir misol.

Tepaliklardagi qurilish maydonchasiga ishchilar kopter yordamida chelaklarda sement jo’natishmoqda. Fantastik filmdan olingan kadrlarga o’xshaydi!

📟 DigiTech
👍106🔥17🤯13🤩7👏522💯2🤝2😡1
⚡️Microsoft bosh direktori internetni g’azablantirdi — uning aytishicha Windows 11 da barcha harakatlaringiz Recall funksiyasi orqali yozib olinadi. Dastur doimiy ravishda skrinshotlar oladi va ularni hatto internetsiz ham saqlaydi.

Ushbu yangilik qizg’in muhokama qilinmoqda. Ilon Mask buni «Qora oyna» seriali uchun yangi syujet deb atamoqda, foydalanuvchilar esa barcha yozishmalar, fayllar va boshqa ma’lumotlar noto’g’ri qo’llarga tushishi mumkinligidan havotirdalar.

Kompyuterni Windows 11 ga yangilanmaslik uchun yana bir sabab.

📟 DigiTech
🔥88🤯36😡33👍24🫡5😁4😨3🤝3💯2🥰1
Foizsiz muddatli to'lovga texnika oling

idea do'konlarida payme nasiya rasmiylashtiring va muddatli to'lovga bozor narxida texnika sotib oling. Aksiya may oyining oxirigacha butun O'zbekiston bo'ylab amal qiladi.

Batafsil ma'lumot.

Reklama
😁18🔥14👍102🫡2😡2