AI | DigiTech
51.8K subscribers
2.56K photos
1.43K videos
2.34K links
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal.

Reklama: @DigiTech_ads
Download Telegram
⚡️OpenAI yana GPT-5 haqida gapirdi, bu safar Microsoft dasturchilar konferensiyasida. Ularning aytishicha, model deyarli tayyor.

Kompaniya GPT-3 ni akula, GPT-4 ni kosatka bilan, GPT-5 ni esa kit bilan taqqosladi.

Foydalanuvchilar allaqachon bir kitning og’irligi 30 ta akulaga tengligini hisoblab chiqishdi. Bu shuni anglatadiki, GPT-5 modeli GPT-3 dan 30 baravar kuchliroq bo’ladi.

📟 DigiTech
👍111🤯51🔥14🫡6😁422😨2😡2
🥄 Yaponiyadagi Kirin kompaniyasi taomlarning ta’mini o’zgartirib, uni tuzsiz sho’rroq qiladigan qoshiqni namoyish etdi.

Qurilma tildagi natriy ionlarining molekulalariga zaif elektr zaryadi bilan ta’sir qiladi, shu sabab taomga tuz solinmasa ham u bordek tuyuladi.

Ishlab chiquvchilarning ta’kidlashicha, qoshiq tuz iste’molini kamaytirishga va sog’lom bo’lishga yordam beradi. Narxi — 127 dollar.

📟 DigiTech
😁101👍61👏9🤯8🔥42😨21🎉1🤩1
🌌 Somon yo’li galaktikasi fotograflar nigohida: Capture the Atlas portali 2024-yildagi galaktikamizning eng yaxshi suratlarini tanlab oldi.

Albatta, ularning barchasiga ishlov berilgan, lekin qo’l va hech qanday neyron tarmoqlarsiz.

Postda bir nechta ajoyib fotosuratlarni to’pladik, butun to’plamni esa havoladan kirib ko’rishingiz mumkin.

📟 DigiTech
👍83🔥2112👏7🤯6😍53🥰2💯2🤝2🎄1
⚡️OpenAI SMM muharririni izlamoqda, maosh oyiga 15 000 dollardan boshlanadi. Bundan tashqari, ular sug’urta, pullik ta’tillar, psixologik yordam, rivojlanish va malaka oshirish uchun yillik stipendiya bilan ham ta’minlashadi.

San-Fransisko'dagi ofisda uch kun, qolgan kunlarda esa masofaviy ishlash kerak bo’ladi. Agar siz hozirda u yerda yashamasangiz, ular AQSh'ga ish vizasini olishda yordam berishadi.

Orzudagi ishga o’xshaydi. Havoladan o’tib ariza qoldirish mumkin, balki omadingiz kelib qolar :)

📟 DigiTech
🤯72👍40😁126🔥5🫡3🤩2💯1😨1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📲 SpaceX oddiy smartfonlarda Starlink interneti orqali videoqo’ng’iroqlarni sinovdan o’tkazmoqda. Hech qanday qo’shimcha dasturlarsiz, internet tezligi esa 17 Mbit/soniyaga yetmoqda.

Bu yilgi rejalar bo’yicha Qo’shma Shtatlarda Starlink uyali aloqa xizmati ishga tushiriladi. Klassik aloqa xizmatlari ishlamaydigan hududlarda xabarlar yuborish, qo’ng'iroq qilish va internetga ulanish mumkin bo’ladi.

📟 DigiTech
👍9616🔥6🤩5🤯3😍2👨‍💻2🎉1
⚡️POCO brendi o’zining birinchi plansheti — POCO Pad'ni namoyish etdi. U 12,1 dyuym va 120 hz chastotali katta 2K displeyga, shuningdek, to’rtta dinamikga ega.

Snapdragon 7s Gen 2, 8-256 GB xotira + 1,5 TB gacha microSD uchun slot, 10 000 mA/soat batareya, 33 Vt tez zaryadlash va Wi-Fi 5 mavjud.

Narxi — 330 dollar. Yana 80 dollarga klaviatura, 60 dollarga esa stilus sotib olishingiz mumkin.

📟 DigiTech
🔥88👍48🤯18😁64💯3🫡32🤩2😍2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎵 Suno neyrotarmog’i har qanday tovushdan musiqa yarata oladigan bo’ladi — yangilanish bilan ishlab chiquvchilar neyron tarmoqqa audio2audio funksiyasini qo’shishadi.

Videoda bu qanday ishlashi ko’rsatilgan, shunchaki fantastika!

Endi istagan odam misol uchun, stol ustiga qalam bilan urib o’zini barabanchidek his qilishi mumkin.

👉 Sinab ko’rish uchun havola.

📟 DigiTech
🤯39👍24🔥124🤝4👏2👨‍💻2🫡21🤩1💯1
⚡️GPT-4o dan u odamni almashtira olishi mumkin bo’lgan kasblar ro’yxatini tuzishni so’rashdi:

— Birinchi jadvalda neyron tarmoq nima uchun odamlardan yaxshiroq ekanligi va u har bir kasbni almashtirishi ehtimoli qanchaligi ko’rsatilgan.

— Ikkinchi jadvalda esa GPT-4o hali o’rnini bosa olmaydigan kasblar ro’yxati ko’rsatilgan. Ijodkorlar, psixologlar va jarrohlar hali havotir olmasalar bo’ladi, ammo kotiblar, sotuvchilar va kopirayterlar ishi xavf ostida.

📟 DigiTech
🤯51👍42😁14👏4😡42💯2🤝21🔥1😨1