AI | DigiTech
56.1K subscribers
2.89K photos
1.52K videos
2.61K links
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal.

Reklama: @DigiTech_ads
Download Telegram
🚘 Alfa Romeo cheklangan versiyadagi 33 Stradale superkarini namoyish etdi - u xuddi shu nomdagi 60-yillardagi modelining zamonaviy versiyasidir.

Benzinli va elektr versiyasi mavjud: birinchisi 620 ot kuchiga va turbo dvigatelga ega, ikkinchisi esa 750 ot kuchiga, shuningdek 450 km quvvat zaxirasiga ega. 100 km/soatgacha, ikkala versiyasi ham 3 soniyada tezlashadi.

Hammasi bo’lib avtomobil 33 nusxada chiqarilgan va ularning barchasi allaqachon 2 million yevrodan sotilib bo’lingan.

📟 DigiTech
👍77😍177😨4😡31🤩1
🎥 Kreyg Meyzin “Karib dengizi qaroqchilari” filmining keyingi qismi ustida ishlamoqda

“The Last of Us” va “Chernobil” seriallari shouranneri The Los Angeles Times nashriga bergan intervyusida, franshizaning o’tgan qismlari ssenariy muallifi Ted Elliot bilan film ustida ish boshlaganini aytdi.

Disney loyihaga “yashil chiroq” berdi, buni Meyzin va Elliot dastlab kutmagan edi, lekin keyin Ssenaristlar Uyushmasi ommaviy ish tashlashga chiqishdi va loyiha ustidagi ish to’xtab qoldi. Ayni damda mualliflar ish tashlashning tugashini kutishmoqda.

Film yulduzlari Jonni Depp va Orlando Blum, “Qaroqchilar” rollariga qaytishga tayyor ekanliklarini avvalroq aytishgan edi.

📟 DigiTech
👍112🤩17🔥144🤯4👨‍💻43🎉2💯2🤓2👏1
🤳 Sun’iy intellektlar 1,5 yil ichida 15 milliarddan ortiq tasvirni yaratdi. Fotograflarga buning uchun 150 yil kerak bo’lgan.

Misol uchun, Everypixel jamlagan statistikaga tayansak, Adobe Firefly birinchi milliard tasvirni bir oy ichida yaratgan.

Biz ham shu mavzuda katta yangilik tayyorlayapmiz, yaqinda e’lon qilamiz.

📟 DigiTech
😁84👍59🔥7💯6👨‍💻6😨6😡5🥰2👏1😍1🤓1
💻 Apple kompaniyasi Chromebook'lar bilan raqobatlasha oladigan "arzon" MacBook tayyorlamoqda

Digitimes ma’lumotlariga ko’ra, Apple hozirda ixcham, arzon Chromebook noutbuklari egallab olgan AQSh ta'lim bozorida raqobatlashish uchun MacBook Air'dan arzonroq bo’lgan noutbukni chiqarmoqchi.

Bunday modelning taqdimoti 2024-yilning ikkinchi yarmida bo’lishi mumkin.

📟 DigiTech
👏87👍37🤔94💯4🔥32🤓2👨‍💻2😁1🤯1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🤖 Xitoyliklardan tezkor harakatlanadigan robot-bokschi

Bu Qibo Robot kompaniyasining QIBBOT roboti prototipi, u o’ta tezkor reaksiyaga ega va boks musobaqalari uchun mo’ljallangan. Ushbu robot-bokschining bo’yi 190 sm, og’irligi 140 kg bo'lib, operatorning harakatlarini atigi 12 millisoniyalik kechikish bilan qaytarib borishga qodir.

📟 DigiTech
👍61👏10💯433🔥3👨‍💻3😡2🤓1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎶 Mubert Render - kontentingiz uchun bepul saundtreklar generatsiya qilib beruvchi neyrotarmoq

Mubert mualliflik huquqisiz musiqalarning ulkan kutubxonasi xisoblanadi. Tanlash uchun 100 dan ortiq janrlar mavjud, istalgan kayfiyat uchun trek topish mumkin. 10 million oylik foydalanuvchilar va 20 million noyob treklarga ega. Bepul chegaralangan versiyasi mavjud.

👉 Sinab ko’rish uchun havola.

📟 DigiTech
👍41🔥5🤯5🤩21👏1😇1😨1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🤖 Xitoyda Cybertruck ko’rinishidagi o’tlarni o’ruvchi robot namoyish etildi

Qurilma nomi Neomow X. U robot changyutgich kabi harakatlanib, o’tni o’radi. Robotning ko’zlari vazifasini bajaradigan LiDAR sensori mavjud. Bir zaryad quvvati 5000 m² maydon uchun yetarli.

Sotuvlar dekabr oyidan, narxi esa 1299 dollardan boshlanadi.

📟 DigiTech
👍84👏5🤔5🔥4🤓432😍2👨‍💻2😁1💯1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🪪 Bu E-Ink beydji, uni ekraniga ovoz bilan yozish mumkin

Matn, piktogramma va QR kodlarni maxsus ohangga kodlash mumkin, ular beydj mikrofoni tomonidan o’qiladi. Hatto ishdagi yoki uydagi eshiklarni ochish uchun raqamli kalitni ham xuddi shu tarzda uzatish mumkin. Narxi 45 dollar.

📟 DigiTech
👍49🔥9😨6🤓42💯21🤩1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🖼️ Photoshop'ning Generative Fill va Midjourneydagi deyarli barcha funksiyalarni o’zida jamlagan brauzerdagi neyrotarmoq

Suratlarni tezlik bilan tahrirlash yoki tasvirlar generatsiya qilish uchun kompyuterdagi istalgan brauzerda Vispunk-ni oching.

Saqlab qo’ying, asqotadi.

👉 Sinab ko’rish uchun havola.

📟 DigiTech
🔥37👍22🤯3👨‍💻211🥰1👏1🤩1💯1
📱 Apple kompaniyasi ChatGPT’dan kuchliroq sun’iy intellekt modelini ishlab chiqish uchun kuniga millionlab dollarlar sarflamoqda

Xabar qilinishicha, korporatsiyada SI modellari ustida ishlaydigan bir nechta jamoalar mavjud. Ovozli SI Apple kompaniyasining Foundational Models bo’limi tomonidan ishlab chiqilmoqda, unda 16 nafar xodim, jumladan, sobiq Google muhandislari ham bor.

Vizual texnologiya guruhi tasvirlarni yaratish modelini ishlab chiqsa, boshqa guruh tasvirlar, matn va videolarni yaratish va tanib olish qobiliyatiga ega multimodal sun’iy intellekt bo’yicha tadqiqotlar olib bormoqda.

📟 DigiTech
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏124👍37👨‍💻11😡85🔥3😨32💯2😁1
🚙 Vetnamlik hunarmand o’g’li uchun yog’ochdan san’at asarlarini yasaydi

U Rolls Royce Phantom 6x6, Mercedes AVTR va boshqa superkarlarning nusxalarini, haqiqiy parovoz va hatto bir nechta tanklarni yasagan. Bularning barchasi yuradi, shuningdek ularda juda ko’p harakatlanuvchi elementlar mavjud.

U har bir mashinani yig’ish jarayonini suratga olib, o’zining YouTube kanaliga joylaydi. Uni allaqachon 2.57 mln obunachisi bor.

📟 DigiTech
👍95🔥14🤩8🤯63💯2👏1🎉1🤓1😨1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👨‍💻 YouTube bloger ichki yonuv dvigatelida ishlaydigan kompyuter yig’di

Kompyuterni ishga tushirish uchun kalitini burish va pedalni bosish kerak. Amaldagi yoqilg’i nitrometan gazidir, lekin u uzoq vaqtga yetmaydi va uning quvvati kompyuter to’liq ishlashi uchun yetarli emas.

Shunga qaramay, muallif o’z ishidan mamnun - u kompyuterni yoqishga muvaffaq bo’lganini o’zini katta yutuq deb biladi.

📟 DigiTech
👍101👨‍💻106🤯54🔥3🤓3👏2🤩1😨1
Jahldor Mercedes

Myunxen avtosalonida 750 km quvvat zaxirasiga ega va 15 daqiqada 400 km quvvat zaxirasigacha tez quvvatlanadigan Mercedes CLA ni namoyish etishdi.

Ushbu maxsus model ommaviy ishlab chiqarilmaydi, biroq keyinchalik ular shu dizayndagi kamida to’rtta elektromobilni chiqarishni rejalashtirmoqdalar: sedan, universal va ikkita krossover.

📟 DigiTech
91👍34😁11🤩10🔥4😍4🤓2😨2😡21💯1