AI | DigiTech
56.2K subscribers
2.89K photos
1.52K videos
2.61K links
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal.

Reklama: @DigiTech_ads
Download Telegram
▪️Xitoyliklar DJI kopterlarida uchishmoqda, ba’zilar hatto unga kabinani biriktirib, boshqalari esa shunchaki tutqichlarga tirmashib uchishmoqda.

Videoda ekin ekish va o’simliklarga dori purkash uchun mo’ljallangan DJI Agras T40 agrodroni ko’rsatilgan. U taxminan 18 daqiqa ucha oladi, inverter generatoridan quvvatlanadi va 50 kg gacha foydali yukni ko’tarish uchun mo’ljallangan (lekin xitoyliklarga buni qizig’i yo’q shekilli). Ushbu dron narxi 15 000 dollardan boshlanadi.

📟 DigiTech
👍45😁13🔥7👏32🤩2😍2💯1😡1
🚘 BMW o’zining kelajakdagi elektromobillarini shunday ko’radi - "teshik" faralar, eshik tutqichlari o’rniga datchiklar, shisha tom va salondagi ulkan planshet.

Ular shunga o’xshash dizayndagi modelni 2025 yilda ommaviy ishlab chiqarilishiga va’da berishmoqda. Xususiyatlar va narxlar chiqarilish sanasiga yaqinroq e’lon qilinadi.

Siz bunday dizaynga qanday fikrdasiz?

📟 DigiTech
👍142😡288😨7😇6😁5🔥4🤯4🤩4
🎒Microsoft sun’iy intellekt, kamera, mikrofon va dinamiklar bilan jihozlangan ryukzak ishlab chiqmoqda

Ryukzak atrofdagi narsalarni taniy oladi va turli kontekstli vazifalarni bajaradi, internetdan ma’lumot oladi va boshqa qurilmalar bilan ishlay oladi.

Ota-onalar tomonidan kuzatuvdan tashqari: ryukzak sizga yo’lingizni topishga, tovarlarning narxini bilishga va savollaringizga javob berishga yordam beradi.

📟 DigiTech
👍110🔥17🤯10😁8👏6😡6🤩4🤓4💯32🎉1
🛸 Pentagon NUJlar haqidagi avval maxfiy bo’lgan ma’lumotlar joylanadigan veb-saytni ishga tushirdi

Saytda AQSh Mudofaa vazirligining NUJlar haqidagi fotosuratlari, videolari va rasmiy hisobotlari mavjud.

Tasvirga tushib qolgan ba’zi obyektlarni nimaligi hali ham aniqlanmagan, boshqalari esa havo shari, qush yoki plastik paketlar xisoblanadi.

Sayt havolasi: www.aaro.mil

*NUJ - nomalum uchar jism.

📟 DigiTech
👍70😨35😁5👏2🤔2🤯211🔥1🤩1😡1
🚙 Xiaomi emas Xiaoma

Tez orada Xitoy yo’llarida FAW Bestune Xiaoma tomi ochiladigan shahar mini avtomobillari paydo bo’ladi. Ular 27 ot kuchiga teng elektromotorga ega, maksimal tezligi 100 km/soat va bir zaryadda 170 km masofani bosib o’tadi.

Sotuvlar shu oy oxiridan boshlanadi va narxi 4100 - 7000 dollar oralig’ida bo’ladi.

📟 DigiTech
👍81😨41😁23🔥3🤩3😡2😍1👨‍💻1
🌐 Telegram'ning beta versiyasi kodida “boost” tizimi va kanallar uchun storislarni ishga tushirish haqida ishoralar mavjud

"Boost". Telegram Discord-ning kanal imtiyozlar tizimiga o’xshash tizim yo’lga qo’ymoqchi. Telegram Premium obunasi boʻlgan foydalanuvchilar o’zlarining sevimli maʼlumot manbalariga ovoz berishlari mumkin bo’ladi. Agar kanal ma’lum miqdordagi boost'lar olsa, u bir qator imtiyozlarga ega bo’ladi - masalan, storislar joylash.

Hozirda faqat foydalanuvchilar storis joylashlari mumkin. Ehtimol, tizim ma’lum miqdordagi ovozlarni to’plash orqali ochiladigan bir nechta darajali bo’ladi. Storis joylashdan tashqari boshqa imtiyozlar haqida hozircha ma’lumotlar yo’q. Premium foydalanuvchilarda faqat bitta “boost” bo’ladi.

📟 DigiTech
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏50👍34😨9🔥5🤩42💯21
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🤖 Robo-itlarga o’z yo’lidagi to’siqlarni bosib o’tishni shunday o’rgatishadi: birinchi ular simulyatsiyada yuzlab virtual to’siqlardan o’tishadi, so’ngra olingan ko’nikmalarni amalda qo’llashadi.

Videodagi robot ANYmal deb nomlanadi – u NVIDIA ko’magida ishlab chiqilgan va allaqachon sanoat obyektlarini tekshirishda foydalanilmoqda.

📟 DigiTech
👍49🔥14🤯42👏2🤓2😨2😁1💯1😇1
📱Apple yangi devayslari taqdimoti boshlanishiga 3 soatdan kamroq vaqt qoldi!

Taqdimotda kompaniya yangi iPhone, iWatch, AirPods va iOS tizimining 17-versiyasini namoyish etishi kutilyapti.

Taqdimotni YouTube'da o’zbek tilida jonli efirda kuzatmoqchi bo’lsangiz, havola: https://bit.ly/3Pba73L

Albatta yangi devayslar haqida kanalda matnli formatda postlar joylab boramiz, bugun postlar odatdagidan ko’proq bo’ladi :)

📟 DigiTech
👍83🔥9🤓63🤩3👨‍💻32💯1😨1
📱 Apple iPhone 15 va 15 Plus’ni namoyish etdi: Dynamic Island endi kichik modelda ham bor, USB-C porti va 48 megapikselli kameraga ega bo’ldi, korpus biroz yumaloqlangan va ranglari yangilangan.

Yangi soat - Apple Watch 9: displey ikki baravar yorqinroq, lekin zaryadi hali ham faqat 1 kunga yetadi. Pushti rang qo’shildi. Barbi Apple'gacha yetib boribdi :)

Apple Watch Ultra 2 ning sportchilar uchun versiyasi esa 3000 nitli dunyodagi eng yorqin ekran bilan jihozlangan. 72 soatgacha ishlaydi.

AQSh'dagi narxlari:
· iPhone 15 — 799 dollardan
· iPhone 15 Plus — 899 dollardan
· Apple Watch 9 — 399 dollardan
· Watch Ultra 2 — 799 dollardan

📟 DigiTech
👏32👍24🤩13😡9🔥43💯2🤯1😇1😨1