AI | DigiTech
51.8K subscribers
2.82K photos
1.5K videos
2.54K links
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal.

Reklama: @DigiTech_ads
Download Telegram
🛜 Shkafga yashirgingiz kelmaydigan router: Huawei tog‘ proyeksiyasi mavjud chiroq ko‘rinishdagi flagman Router X3 Pro'ni namoyish etdi.

Qurilma eng so’nggi Wi-Fi 7 standartini qo’llab-quvvatlaydi va qamrovni kengaytirish uchun Mesh-moduli bilan birga keladi. Xitoyda sotuvlar noyabr oyidan boshlanadi, ammo narx va texnik xususiyatlari hali ma'lum emas.

Dizaynga bunday yondashuvga nima deysiz?

📟 DigiTech
👍9017👏17🔥13🥰3🤓3👨‍💻3💯2🫡2
🥽 Samsung Apple Vision Pro bilan deyarli bir xil ko’rinishdagi, ammo narxi ikki baravar arzon bo’lgan o’z garniturasini chiqardi.

Galaxy XR 90 hz chastotada 4K videoni ko’rsatadi va Gemini neyron tarmog‘i o’rnatilgan Android'ning maxsus versiyasida ishlaydi. To’liq zaryadi taxminan 2,5 soat foydalanishga yetadi.

Uning narxi 1799 dollar, solishtirish uchun Vision Pro narxi 3 499 dollar turadi.

📟 DigiTech
👍7119👏13😁9🔥3🤝3🤓21🥰1😢1
⚡️800 dan ortiq taniqli shaxslar, shu jumladan Apple asoschilaridan biri Stiv Voznyak, shahzoda Garri va besh nafar Nobel mukofoti sovrindorlari «superintellekt»ni ishlab chiqishni taqiqlashga chaqiruvchi ochiq xatga imzo chekishdi.

Ularning fikricha, texnologiyalar juda tez rivojlanayapti, shu sabab bir yoki ikki yil ichida har qanday odamning imkoniyatlaridan o’tib ketadigan SI paydo bo’lishi mumkin, shuning uchun ishni hozirdan to’xtatib turish kerak — «uni xavfsiz va nazorat ostiga olinishi bo’yicha konsensusga erishilgunicha».

Xatga Milliarder Richard Brenson, Jozef Gordon-Levitt, Rim papasining maslahatchisi Paolo Benanti va boshqalar ham imzo chekishgan.

📟 DigiTech
👍145😁1813🫡6😡6🔥4👨‍💻3🤝2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️NVIDIA koinotda ma'lumotlar markazlarini «quradi» — birinchi sun'iy yo’ldosh noyabr oyida uchiriladi.

G'oya bo’yicha, orbital serverlar ulkan quyosh paneli (kengligi va uzunligi 4 km) bilan quvvatlantiriladi va vakuumda sayyoramizning boshqa joylaridan ko’ra samaraliroq sovutiladi, katta miqdordagi suv ham tejaladi.

Loyiha Amerikaning Starcloud startapi bilan hamkorlikda ishlab chiqilmoqda, birinchi mijozlardan biri esa Google bo’ldi — kosmik serverda birinchi bo‘lib ularning Gemma SI modeli ishga tushiriladi.

📟 DigiTech
👏52🤯18👍17🔥65
💻Yandex Uzbekistan Yandex 360 onlayn-ofisining sotuvini boshladi

📑Endilikda O‘zbekistondagi kompaniyalar uchun jamoaviy ishni tashkil etishga mo‘ljallangan qulay vositalar — Pochta, Kalendar, Disk (fayllarni bulutda saqlash), Hujjatlar, Messendjer, Telemost videomuloqot xizmati, vazifalar va jarayonlar uchun Treker hamda boshqa mahsulotlar qoldi.
Hujjatlar onlayn-redaktori esa matnlarni tayyorlash va tahrirlashda yordam beradigan AI imkoniyatlari bilan jihozlangan.

👩‍💻Yandex 360 ga boshqa tizimlardan o‘tayotgan tashkilotlar uchun ma’lumotlarni ko‘chirish vositalari va barcha bosqichlarda to‘liq texnik yordam taqdim etiladi. Ma’lumotlar migratsiyasini bir nechta bosish orqali (one click) ishga tushirish mumkin.
17🔥6👍5👏2
👓 Olimlar ko’zning to’r pardasi shikastlangan odamlarda ko‘rish qobiliyatini tiklovchi PRIMA mikrochipini ishlab chiqishdi.

Qurilma kamerali ko‘zoynakdan olingan tasvirlarni simsiz implantga uzatib, ularni elektr impulslariga aylantiradi va to‘g‘ridan-to‘g‘ri miyaga yuboradi.

Sinov davomida 32 kishidan 26 nafari matnni farqlay oldi, krossvordlarni yechdi va hatto o’yin o’ynay olishdi. Bir kishi ko’r bo’lib qolishidan oldingi kabi yaxshi ko'rishni boshladi.

Ular ushbu qurilmani Yevropada 2026-yildan bishlab qo’llashni, keyin esa boshqa mamlakatlarda sertifikatlashni rejalashtirishmoqda.

📟 DigiTech
67👍38👏10🤯53🔥3💯1🤝1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Britaniyaning Channel 4 kanalida sun'iy intellekt haqida bir soatlik hujjatli film namoyish etildi va oxirida boshlovchi o’zi neyron tarmoqda generatsiya qilinganini ma'lum qildi.

Aysha Gaban'ning o’zi buni tan olmagunicha, hech kim uni SI'da generatsiya qilinganini payqamadi:
«Yaqin bir necha yil ichida sun'iy intellektlar barchaning hayotiga ta'sir qiladi. Oxir-oqibat, ba'zilar ishsiz qoladi... Balki hatto menga o’xshagan teleboshlovchilar ham. Chunki men haqiqiy emasman».


Boshlovchining ovozi va tashqi ko’rinishi to’liq generatsiya qilindi. Faqat yon-atrof tasvirlari haqiqiy edi.

📟 DigiTech
😨95😁3018👍9🤯5🔥3💯3🤝1🫡1
📲 Hatto sun'iy intellekt ham ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib ahmoqlashmoqda: virusli postlar bo’yicha mashg'ulotlar bir vaqtning o’zida bir nechta chatbotlarning ahmoqlashishiga olib keldi.

Bir nechta Llama va Qwen modellari arxivlangan Twitter postlarini kuzatishdi. Natijada, fikrlash sifati 23% ga tushdi, uzoq muddatli kontekst sifati 30% ga kamaydi va javoblarda psixopatiya belgilari paydo bo’ldi.

Kognitiv zararni tuzatib bo’lmadi. Hatto toza, sifatli ma'lumotlarda qayta o’qitish ham yordam bermadi.

📟 DigiTech
😁153🤯2810👏6👍42💯2👨‍💻2🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎵 Professional darajadagi musiqa yaratamiz: Suno barcha foydalanuvchilar uchun bepul v4.5-all modelini chiqardi.

Sifat bo’yicha u flagman Suno v.5 dan qolishmaydi va studiya sifatidagi treklarni generatsiya qiladi. O’zingizning vokalingizni va maxsus tovushlarni qo’shishingiz mumkin. Kuniga 10 ta musiqa bepul generatsiya qilish mumkin.

👉 Sinab ko’rish uchun havola.

📟 DigiTech
👍2212💯3👏2🤝1🫡1
🚘 Skoda Superb to’liq bak yonilg'i bilan 2831 km masofani bosib o’tib Ginnesning rekordlar kitobiga kirdi.

Rekord poygachi Miko Marchik tomonidan o’rnatildi. U Polshani to‘la bak bilan tark etib, Yevropaning yarmini bosib o‘tdi va qaytib keldi.

Marchik o’rtacha 80 km/soat tezlikda yurdi va 2,6 litr yonilg’i sarfiga erishdi (rasmiy ko’rsatkich 4,8 litr).

📟 DigiTech
84👍49🔥20👨‍💻5👏4🤝1
👨‍💻 Google'da ishlaydigan IT mutaxassis 7,5 million dollar yig’ib qo’ygan, lekin bu ham nafaqaga yetmasligi mumkinligidan xavotirda.

Yigit hozir 36 yoshda va yiliga taxminan 1 million dollar ishlab topadi. ​​U 45 yoshida nafaqaga chiqishni rejalashtiryapti va umuman pulsiz qolmaslik uchun kamida 10 million dollar yig’ishni xohlaydi.

📟 DigiTech
🤯124😁5211🔥11👍7👏5👨‍💻4🫡3💯2🤝2🤔1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🤖 Xitoyda narxi iPhone narxidek bo’lgan birinchi odamsimon robotlar chiqarildi — Bumi roboti hozirda 1400 dollardan sotilmoqda.

Bumi bo’yi 94 sm bo’lib, og’irligi 12 kg, ikki oyoqda yuradi, raqsga tushadi va buyruqlarga javob beradi. Uni har xil vazifalarni bajarishga dasturlash mumkin: uyni tozalaydi, paypoqlaringizni yig’adi yoki ishdagi og’ir kundan keyin siz uchun Tektonik raqsga tushib beradi.

Odamsimon robotlar dunyosida bu haqiqiy inqilob: ilgari bunday pulga faqat noutbuk yoki smartfon sotib olish mumkin edi.

📟 DigiTech
65👍3115🤔9👏4🔥2👨‍💻2🤝2💯1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👨‍💻 Google AI Studio'ga tayyor veb-saytlar va ilovalarning bepul galereyasi qo’shildi.

Siz ulardan istaganingizni tayyor kodi bilan olishingiz va o’zingizga moslab tahrirlab olishingiz mumkin. Nano Banana, ovoz generatsiyasi va video yaratish kabi barcha Google SI funksiyalari bilan to’liq integratsiya mavjud.

👉 Sinab ko’rish uchun havola.

📟 DigiTech
👍3511👏5🔥3💯1