AI | DigiTech
51.7K subscribers
2.82K photos
1.5K videos
2.54K links
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal.

Reklama: @DigiTech_ads
Download Telegram
🚘 Porsche kompaniyasining daromadi 9 oy ichida 99 foizga — 4 milliard yevrodan 40 million yevroga tushdi. Ammo kompaniya vaziyat unchalik dahshatli emasligini ta'kidlamoqda.

Savdo va daromadni pasayishining sabablari (ular atigi 6% ga kamaygan) Xitoyda bozor ulushini yo’qotish (u yerda hatto chegirmalar qilishga to’g’ri kelmoqda), AQSh boj tariflari va yangi modellarni chiqarishdagi kechikishlardir. Daromadni keskin tushib ketishining asosiy sababi esa biznesni elektr transport vositalariga o’tkazishning «juda qimmatligi».

Kompaniya barchasi nazorat ostida ekanligiga ishonchi komil: tez orada benzinli modellarni yangi elektromobillarga almashtirish uzoq muddatlik «foyda poygasida» g'alaba qozonishga yordam beradi.

📟 DigiTech
51👍22🤯14🫡11😢9😨8👏5🔥3💯2
⚡️Mercedes juda kichik hajmdagi 1000 ot kuchiga ega dvigatelni ishlab chiqdi.

Elektr dvigatelining og'irligi bor-yo’g'i 12,7 kg — Tesla'nikidan 7 baravar yengilroq. Ixtironi allaqachon haqiqiy inqilob deb atashmoqda.

📟 DigiTech
👏187👍272111🤯11🔥7💯5
⚡️Ilon Mask, va'da qilganidek, «erkin» Vikipediya nusxasini ishga tushirdi. Uning nomi Grokipedia va hozirda beta-versiyada ishlamoqda: faqat ingliz tilida va tasvirlar yo’q.

Saytdagi maqolalar Grok chatboti yordamida «tekshiriladi». Tashrif buyuruvchilar tahrir qila olishmaydi.

«Grok va Grokipedianing maqsadi — haqiqat, faqat haqiqat va haqiqatdan boshqa narsa emas», deb yozdi Ilon Mask o’zining X sahifasida.


Hozirda kutubxonada AI yordamida yozilgan va Wiki'dan olinib moslashtirilgan 880 mingga yaqin maqolalar (Vikipediyadagi 8 millionga nisbatan) mavjud.

📟 DigiTech
👍5313👏76🤝2
📲 YouTube layk uchun yangi animatsiyalarni qo’shdi — tugma endi sizga yoqqan kontent turiga moslashadi.

Umumiy 20 xil turdagi animatsiyalar qo’shildi, hatto mushuklar haqidagi videolar uchun ham maxsus animatsiyani qo’shishdi.

📟 DigiTech
1🔥66👍1710👏81💯1🫡1
⚡️Xitoyda blogerlar uchun yangi qonun joriy qilindi — endi blogerlar o’z bilimlarini haqiqiy diplom bilan isbotlashlari kerak.

Sog'liqni saqlash, moliya yoki huquq haqida kontent tayyorlaydigan har qanday bloger tegishli oliy ma'lumotga ega bo’lishi kerak. Diplomsiz ular jarimaga tortiladi va akkaunt butunlayga bloklanadi.

Kontent ustidan nazoratni kuchaytirish uchun rasmiylar bir qator cheklovlarni ham kiritishdi:

— Qimmatbaho mashinalar, qimmat kiyimlar yoki dabdabali sayohatlarni ko’rsatish taqiqlanadi, chunki bu «yoshlarga yomon o‘rnak bo’ladi»;

— Daromad va soliqlarni ommaga oshkor qilish zarur, videolarda SI filtrlardan foydalanilsa, bu haqda ogohlantirish kerak;

— Neyron tarmoqlardan foydalangan holda yaratilgan har qanday kontent belgilanishi kerak — qoidabuzarlik akkaunt bloklanishiga olib keladi.


📟 DigiTech
👍222😁4714🔥5💯5👏2🤝2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🤖 Og’irligi 35 kg va bo’yi 1,32 metr bo’lgan mitti Unitree G1 odamsimon roboti 1400 kg og’irlikdagi avtomobilni tortdi.

Pekin sun’iy intellekt akademiyasi (BAAI) tadqiqotchilari odamsimon robotni mashinani tortib yurishga o’rgatishdi.

📟 DigiTech
🔥44😁18👏522👍2👨‍💻2🫡2🤝1
Yandex muhandislari LLM uchun infratuzilmani qanday qurishini bilib oling ⚙️🔥

Katta til modellari o‘sib bormoqda va nafaqat kuchli GPU, balki yukni taqsimlash, o‘rganishni tezlashtirish va xarajatlarni nazorat qilish qobiliyatini ham talab qiladi. Malakali muhandislar buni qanday qiladi? Ma’lumotlarni tahlil qilish maktabi spikerlari 10-noyabrdan 14-noyabrgacha bepul onlayn intensivda ma’ruza qiladi!

Siz modellarni ishga tushirish va o‘rgatishga imkon beradigan amaliyotlarga kirishasiz. Qolaversa, quyidagilarni o‘rganasiz:
- taqsimlangan payplaynlarni qurish va inferensni optimallashtirish
- GPU va serverlar o‘rtasidagi hisoblashlarni optimallashtirish
- masshtablashni barqaror va oldindan ko‘rish mumkin qiladigan muhandislik va matematik yechimlarni qo‘llash

Sizni rus tilida video taqdimotlar, workshoplar va Q&A kutmoqda. Yakuniy sinovdan o‘tganlarga sertifikat beriladi.

13-noyabrgacha ro‘yxatdan o‘tishga ulguring: havola

Reklama
👍134👏3🔥1
⚡️Nvidia kompaniyasining bozor kapitallashuvi 5 TRILLION dollarga yetdi — bu barcha kompaniyalar ichida mutlaq rekord.

Solishtirish uchun, atigi olti oy oldin Nvidia bozor kapitallashuvi bo’yicha 4 trillion dollarlik belgini buzgan birinchi kompaniya bo’lgandi.

Bularning barchasiga Nvidia'ning aqlli sxemasi tufayli erishildi — Huang boshqa kompaniyalarga o’zlarining grafik kartalarini sotib olish majburiyati bilan faol ravishda sarmoya kiritmoqda. OpenAI, Oracle, Microsoft, AMD, Intel va boshqalar doimiy ravishda katta miqdordagi pullarni kompaniyalari orasida aylantirib yurishibdi.

📟 DigiTech
🔥53👍1311😨8👏4🤓2🥰1🤯1👨‍💻1🤝1
🚀 Servercore Toshkentdagi ma’lumotlar markazida bulutli GPU-serverlarini ishga tushirdi.

Serverlarda 24 GB xotirali NVIDIA A5000 videokartalar o‘rnatilgan — bu avvalgilardan ikki baravar kuchliroq. Bunday xotira katta AI modellar va ma’lumotlar bilan tez va qulay ishlash imkonini beradi.

🔹 Qayerda ishlatish mumkin:


Sun’iy intellekt modellarini o‘qitish va ishlatishda,
Ma’lumotlarni tahlil qilish va mashinaviy o‘rganishda,
3D modellashtirish va video tahrirlashda,
Katta hajmdagi ma’lumotlar (Big Data) bilan ishlashda.

🔹 Afzalliklari:

Buyurtmadan so‘ng server bir necha daqiqada ishga tayyor bo‘ladi.
Faqat foydalanilgan vaqt uchun to‘lov qilinadi.
Loyihani kengaytirish uchun qo‘shimcha GPU’larni osongina qo‘shish mumkin.
Ma’lumotlar O‘zbekiston qonunlariga muvofiq mahalliy tarzda saqlanadi.

👉 GPU-serverni ijaraga olish: https://srv.cr/8b42f

Reklama
17👍122👏2😁2😢2
🚘 Yangi Toyota Corolla shunday ko'rinishda bo’ladi — kompaniya o’zining eng mashhur modellaridan biri kelajakda qanday ko’rinishda bo’lishini ko’rsatdi.

Konsept Tokioda namoyish etildi, u juda chiroyli ko‘rinadi: silliq chiziqlar, agressiv faralar, minimal xrom va maksimal futurizm.

Texnik tafsilotlari haqida hali hech narsa ma'lum emas, ammo korpusda uchta lyukchani payqash mumkin — ehtimol u gibrid bo’ladi.

Mish-mishlarga ko’ra, avtomobil 2027-yilgacha sotuvga chiqariladi.

📟 DigiTech
4116👍10🤯9🔥5👏3😢2👨‍💻1🤝1