🤖 Figure startapi o’zining yangilangan 03 robot yordamchilarini namoyish etdi.
Robotlar «teri»si taktil yoqimli matodan ishlangan, barmoqlari ham teginishni sezadi, kameralar esa endi hatto bosh va kaftlarning orqa qismiga ham o’rnatilgan. Harakat tezligi ikki barobarga oshdi, simsiz zaryadlash mavjud (batareya zaryadi taxminan 5 soatga yetadi).
Ushbu robotlardan har yili 12-25 ming dona ishlab chiqarishni rejalashtirishgan, lekin narxini hali aytishmadi.
Aytgancha, BMW o’z zavodiga shunday robot ishchilarni yollagan.
📟 DigiTech

❤35👍14👏4🔥3⚡1💯1🤝1
🎥 «G’alati narsalar» serialining beshinchi fasli har biri 90-120 daqiqadan davom etadigan va har birining byudjeti 60 million dollargacha bo’lgan sakkizta to’liq metrajli filmlardir.
Popkornlarni tayyorlang, premyera — 27 noyabrda.
📟 DigiTech
• Ijodkorlar mavsumni «bittada sakkizta blokbasterlar» deb atashmoqda — bunaqasi hali televideniyada bo’lmagan.
• Syujet yo’qolgan Veknani qidirishga qaratilgan bo’ladi.
• Har bir epizod byudjeti 60 million dollargacha boradi — solishtirish uchun eng mashhur seriallardan biri «Taxtlar o’yini»ning har bir epizod uchun byudjeti faqat 15 million dollarni tashkil qilgan.
Popkornlarni tayyorlang, premyera — 27 noyabrda.
📟 DigiTech
❤70🔥29👍26👏6👨💻4⚡3💯3🥰1
⚡️Nanozarrachalarga asoslangan yangi saraton vaksinasi sinovlari muvaffaqiyatli o’tdi: u 88% hollarda sichqonlarni saratonning ko’p shakllaridan himoya qildi.
Preparat tanani zararli o’simtalarga qarshi kurashishga va hatto metastazlardan himoya qilishga o’rgatadi. Sinov jarayonida sichqonlar saraton kasalligiga uzoq muddatli immunitetga ega bo’lishdi.
Endi olimlar preparatni yanada yaxshilab, odamlarda sinab ko’rishga tayyorlanishmoqda.

👏55❤13👍6⚡4🤝3🤔1💯1👨💻1🎄1
📲 Telegram'ga Liquid Glass dizayni qo’shildi — messenjer bir qator yangi funksiyalar bilan katta yangilanishni chiqardi:
– iPhone'lar uchun iOS 26 dizaynidagi «suyuq shisha» qo’shildi;
– Guruh qo’ng'iroqlari paytida endi xabarlar yozish va reaksiyalar bosish mumkin;
– Endi sovg’ani (gift) profil foniga qo’yish mumkin;
– Sovg’alar (gift) bo’limi interfeysi soddalashtirildi va jo’natuvchining ismini yashirish mumkin bo’ldi;
– Endi istalgan kontaktga tug'ilgan kun haqida eslatma qo’shish mumkin.

⚡35❤12👍9🫡8🔥2🤔1
⚡️Ushbu rasmdagi kishi Ginnesning rekordlar kitobiga kirish uchun o’z ismini 2253 so’zga rasman o'zgartirdi. Rasmlarda uning to’liq ismi ko’rsatilgan.
Yangi Zelandiya rasmiylari unga dastlab rad javobini berishdi: chunki pasportga bunchalik ko’p so‘zlarni qanday sig'dirishni bilishmasdi. Ammo u Oliy sudgacha bordi va g'alaba qozondi. Lekin bu hodisadan so’ng, boshqa hech kim buni takrorlamasligini ta'minlash uchun mamlakat hatto ikkita qonunni o’zgartirdi.
Hozirda u Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan: uning ismi olti sahifani egallaydi va talaffuz qilish uchun taxminan 20 daqiqa vaqtni oladi.

😁206❤23👍7🔥7😡6🤯5🫡4👏3🤔3🎉2💯1
⚡️Xitoy hukumati The New York Times jurnalistlariga Tibet platosidagi quyosh elektr stansiyasiga kirishga ruxsat berdi. Bu dunyo bo’yicha eng balandda joylashgan yashil energiya obyektlari tarmog'idir.
Talatan quyosh parki dengiz sathidan deyarli uch kilometr balandlikda joylashgan 420 kvadrat kilometr maydonga o’rnatilgan panellarni o’z ichiga oladi.
Bu hammasi emas: 2028-yilgacha panellar maydonini ikki baravarga katallashtirishadi, 2030-yilga borib esa energiya ishlab chiqarish hajmi 5 baravarga oshadi. Hozirda ushbu quyosh panellari 17 GVt energiya ishlab chiqaradi — bu Chikagodagi barcha uylarni quvvatlantirish uchun yetarli.
Shuningdek, u Xitoy SI modellarini o’rgatish uchun foydalaniladigan ma'lumotlar markazlarini ham quvvatlaydi.

👍65🤯17❤13👏7💯3⚡2🔥2🤝2🫡2👨💻1
👨💻 Black Shark kaftni isitish va sovutish funksiyalariga ega o’yin sichqonchasini chiqardi.
O’rnatilgan sovutgich sichqoncha korpusi haroratini 10,3°C gacha pasaytiradi, qishda esa 20°C gacha isitish imkoniyati ham mavjud. Star Flash Cool and Warm Gaming Mouse shuningdek, bir zaryadda 100 soat ishlaydi va RGB yoritish mavjud.
Xitoyda narxi — 62 dollardan.

😁67👍32🔥13❤9🤓4👏3⚡2💯1🤝1🫡1😡1
🥔 Lay's o’z tarixidagi «eng katta» rebrendingni o’tkazadi, sababi chipslar haqiqiy kartoshkadan tayyorlanishini ko’pchilik bilmagan.
Kompaniya o'z logotipiga quyosh nuri va har bir ta'mning o'ramiga butun kartoshka tasvirini, shuningdek, «Haqiqiy kartoshkadan tayyorlangan» yozuvini qo’shadi — so'rovlar natijalariga ko’ra, iste'molchilarning 42 foizi buni bilishmagan.
Tarkibi ham o’zgaradi: makkajo’xori yog'i zaytun yoki avokado yog'iga almashtiriladi, AQSh'da esa qo’shimchasiga, sun'iy qo’shimchalar va rang beruvchilardan voz kechishadi.

❤60👍26👏18😡10💯3🤓3😁1🫡1
⚡️Insayder Mark Gurman'ning xabar berishicha, Apple yangi qurilmalarni shu hafta chiqaradi. Bu M5 chipida ishlaydigan birinchi gadjetlar bo’ladi.
Taqdim etilishi mumkin bo’lgan qurilmalar: yangilangan MacBook Pro va iPad Pro. Ular bilan birga Vision Pro'ning yangi versiyasi ham chiqariladi.
Katta ehtimol bilan, taqdimot bo’lmaydi. Qurilmalar shunchaki kompaniya veb-saytida paydo bo’ladi.

👏34❤18🔥7⚡4👍3🫡3🤓2👨💻1