AI | DigiTech
57.8K subscribers
2.89K photos
1.52K videos
2.6K links
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal.

Reklama: @DigiTech_ads
Download Telegram
👨‍💻 Microsoft Windows 10'ni qo’llab-quvvatlashni rasman to’xtatdi — bugundan boshlab OS bepul xavfsizlik yangilanishlarini olmaydi.

Kompaniya Windows 10 foydalanuvchilariga Windows 11'ga yangilashni tavsiya qilmoqda va agar ularning shaxsiy kompyuteri uni qo’llab-quvvatlamasa, yangisini sotib olishni maslahat bermoqda. AQSh va boshqa ba'zi mamlakatlarda qo’llab-quvvatlashni yana bir yilga uzaytirish uchun pullik variant ham mavjud — uning narxi 30 dollar.

📟 DigiTech
👍49🤯2353👏3🫡3👨‍💻2🤝2🔥1😡1
☀️ Magnit bo’ronlari xavfi afsona emas: Garvard tadqiqoti geomagnit bo’ronlar va sog’liq uchun xavf o’rtasidagi bog’liqlikni tasdiqladi.

Olimlar 2001-yildan buyon 4 million o‘lim holatlarini tahlil qilishdi. Ma'lum bo’lishicha, magnit bo’ronlari yurak-qon tomir kasalliklari bilan og‘rigan odamlar orasida, ayniqsa, bahor va kuzda o‘lim darajasining oshishiga olib kelgan.

📟 DigiTech
38👍17😢6💯5🫡4👨‍💻3👏2🎉2🎄2🤓1🤝1
🚘 Ilon Mask kelasi yili Dubay ostida yer osti avtomobil tunnellarini ochadi — ular tez va tirbandliksiz sayohat qilish imkonini beradi. Shunga o’xshash tunnellar Las-Vegasda 2021-yildan beri ishlaydi.

Dubai Loop uzunligi 17 kilometr bo’lib, 11 ta stansiyani o’z ichiga oladi va undan soatiga 20 000 kishi o’ta oladi. Tunnelning birinchi qismi 2026-yilning ikkinchi choragida ochilishi rejalashtirilgan. Loyiha hukumatning shahar ko’chalaridagi tirbandlikni kamaytirishga qaratilgan sa'y-harakatlari doirasida amalga oshiriladi.

📟 DigiTech
166🔥29👏11👍86🤯3😁2🎉2
🚘 Mercedes-Benz kompaniyasi 1930-yillar uslubidagi Vision Iconic konsept avtomobilini namoyish etdi. Ushbu uslub kelajakdagi barcha Mercedes-Benz elektromobillari uchun qo’llanilishi mumkin.

Mashina zaryadi uzoqroq yetishi uchun o’rnatilgan quyosh paneli va SI yordamchi mavjud. Ichki saloni Art Deco uslubida ishlangan va boshqaruv panelida hech qanday raqamli ekranlar mavjud emas.

Avtomobil ommaviy ishlab chiqarishgacha yetib boradimi yoki yo’q hali aniq emas.

📟 DigiTech
👍7225🔥11🤓7👏65🫡3🤯2🎉2💯2🤝2
⚡️«Suyuq shisha» YouTube'ga ham yetib bordi — Google o’zining veb sayti va ilovasi dizaynini o’zgartirdi.

Pleyer interfeysi shaffof bo’ldi, tugmalar esa yanada yumaloq shaklga o’zgartirildi.

Google yoz boshidan buyon yangi video pleyer dizaynini sinovdan o’tkazayotgandi. Haqiqatan ham foydali xususiyatlardan biri: endi videolar oxirida chiqadigan o’sha zerikarli tavsiyalarni o’chirib qo’yishingiz mumkin.

📟 DigiTech
👏54👍18🤯87😢3👨‍💻3🤝3🔥2💯2🫡21
⚡️Apple yangi MacBook Pro M5 va iPad Pro'ni chiqardi — saytda oldindan buyurtma berish ochildi.

Sotuvlar 22-oktyabrdan boshlanadi.

📟 DigiTech
👨‍💻367👍6🔥21🥰1👏1
⚡️ M5 chipli MacBook Pro oldingi modellarga qaraganda 3,5 marta tezroq ishlaydi:

— Bazaviy versiyasida 16 GB operativ xotira va 4 TB gacha SSD mavjud.
— M5 Pro grafikani 1,6x gacha tezlashtiradi va professional ish uchun barcha portlarni qo‘llab-quvvatlaydi.
— Liquid Retina XDR displeylari HDR formatida 1600 nitgacha yorqinlashadi, 12MP old kamera va oltita dinamik mavjud.

Narxi 1599 dollardan boshlanadi. Ikki xil rangda mavjud: kumush va kosmik qora.

📟 DigiTech
👏33👍14🫡6🤯43💯3🤓32🔥1👨‍💻1
📲 M5 chipli yangi iPad Pro:

Qalinligi atigi 5,1 mm, iPhone'dan ham yupqaroq. Planshet M5 asosida ishlaydi: Sun'iy intellekt avvalgi modeldan 3,5 barobar, 3D renderlash va videoni qayta ishlash esa 6 barobar tezroq bo’ldi.

Shuningdek, unda 16 Gb gacha operativ xotira, 2 TB gacha SSD va 1600 nitli 13 dyuymgacha bo‘lgan Ultra Retina XDR displeyi mavjud.

Narxlar 11 dyuymli model uchun 999 dollardan va 13 dyuymli model uchun 1 299 dollardan boshlanadi.

📟 DigiTech
🔥339👍6👏3🫡21🎉1👨‍💻1
📱Honor kompaniyasi alohida chiqadigan robokamerali smartfonni namoyish etdi — u istalgan yo’nalishda suratga olishi mumkin va foydalanilmayotganda korpusga kiradi.

Texnik xususiyatlari va narxlari haqida hozircha hech qanday ma’lumot yo‘q — model Robot Phone deb nomlanadi va uning to‘liq taqdimoti mart oyida MWC 2026 ko‘rgazmasida bo‘lib o‘tadi.

Bu robokamera haqida qanday fikrdasiz?

📟 DigiTech
1👍103🔥2421🤯13👏5🤝21
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📱Buklanadigan Google Pixel 10 Pro chidamlilik sinovi vaqtida yonib ketdi. Bu bloger JerryRigEverything testidan o‘ta olmagan birinchi smartfon bo’ldi.

Qurilma shikastlanishlardan yaxshi himoyalanmagan bo’lib chiqdi — uning antennasi batareyani oson teshib, yong'inga olib kelishi mumkin. Shu bilan birga, taqdimotda 1800 dollarlik Pixel 10 Pro Fold dunyodagi eng bardoshli smartfonlardan biri sifatida e'tirof etilgan edi.

📟 DigiTech
🤯64😁3610👍10🤓3🔥2👏2🤔2🫡21😨1