AI | DigiTech
51.9K subscribers
2.56K photos
1.43K videos
2.34K links
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal.

Reklama: @DigiTech_ads
Download Telegram
🚘 Xitoyning BYD kompaniyasi BMW 5 va Mercedes-Benz E-Class seriyalari bilan raqobatlashadigan Han L «super sedan»ni namoyish etdi.

Eng top versiyasida 1100 ot kuchiga ega elektr motor o’rnatilgan, 0-100 km/soat tezlikka esa 2,7 soniyada erishadi. Narxi taxminan 41000 dollardan boshlanadi.

📟 DigiTech
👍108🔥29😁16😨6👏432🤔2💯2🫡2🤝1
🎟️ Xitoydagi kompaniya 500 ta lotereya chiptasini sotib olib, yangi yil sovg’asi sifatida o’z xodimlariga tarqatdi.

Chiptalardan biri yutuqli chiqdi va bir xodim 820 000 dollar yutib oldi. Kompaniya mukofotni ishchilar o’rtasida bonus sifatida taqsimlashni talab qilgan, biroq g’olib buni rad etgan. Ish sudgacha borgan, ammo oxir-oqibat xodim to’liq pulni oldi.

Eng qizig’i: buxgalteriya bo’limi dastlab chiptalar orasida yutuqli chiptalar yo'qligini tekshirishgan, lekin shunda ham yutuq chiqqan 😂

📟 DigiTech
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😁367👍26🔥195🫡4🤯32👏2💯2😨1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🖼️ Rasmlar generatsiya qiluvchi eng zo’r va qulay neyrotarmoq chiqdi — Dreamina. U deyarli hamma narsani qila oladi:

• Logotiplar, bannerlar va har qanday rasmlar yaratish;
• Har xil uslubda musiqa yaratish;
• Videolar yaratish.

Eng muhimi, undan bepul foydalanish mumkin, kontent yaratuvchi blogerlar uchun juda foydali bo’ladi.

👉 Sinab ko’rish uchun havola.

📟 DigiTech
👍4812🔥83👏3🤯2💯2😨1🫡1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🚘 Hatto zombilar ham mashina ovozini eshitishmaydi: Kia yangi elektromobillining reklama videosini chiqardi.

Video syujetiga ko’ra, elektromobillar shu qadar ovozsizki, hatto zombi apokalipsisi yuz bergan taqdirda ham Kia EV egalari xavfsizlikda bo’lishadi — zombilar ularni eshitishmaydi.

📟 DigiTech
😁153👍35👏31🤔65🔥43😡2💯1😨1
🏬 Guanchjouda Tencent kompaniyasining yangi ofis osmono’par binosi qurilmoqda, uning ichida alohida uylar ham joylashadi.

Balandligi 207 m bo’lgan minora fransuz arxitektori Jan Nouvel tomonidan loyihalashtirilgan bo’lib, uning qurilishi deyarli yakunlangan. Binoning asosiy xususiyati shundaki, uning qavatlarida alohida binolarga ega terassalar bo’ladi: ularda restoranlar, sport zallari, bog’lar va do’konlar joylashadi.

📟 DigiTech
👍49🔥17👏64🤓41💯1👨‍💻1😨1
⚡️Tramp OpenAI kompaniyasiga super-aqlli neyron tarmoqlarni rivojlantiruvchi superkompyuter yaratish uchun 500 milliard dollar investitsiya kiritish bo’yicha qarorni imzoladi.

Birinchi bosqichda kompaniya 100 milliard dollarlik sarmoyani oladi, ushbu mablag’ Texasdagi yirik ma’lumotlar markazi qurilishiga yo’naltiriladi. Loyiha ustida OpenAI, SoftBank, Oracle va Microsoft birgalikda ishlashadi.

Tramp prezidentlik davrida, ya’ni to’rt yil ichida byudjetni besh barobar oshirish rejalashtirilgan. Bundan tashqari, Tramp Baydenning sun’iy intellektni xavfsiz rivojlantirish haqidagi farmonini bekor qildi.

Birdaniga GPT-5 GPT-10 ni kutib qolamiz.

📟 DigiTech
👍124🔥35😁15🤔12🤯12👏74😍3💯3🫡32
📱iPhone 17 ning orqa paneli shunday ko’rinishda bo’lishi mumkin. Insayder Majin Bu smartfonning birinchi suratini joyladi.

Bu haqiqiyligi hali aniq emas, lekin dizayn avvalroq sizib chiqqan ma’lumotlarga mos kelmoqda. Ko’rinishidan, kamera paneli haqiqatfan ham gorizontal joylashadi.

📟 DigiTech
😁115👍34😨10💯53😡3🔥2👏2🫡21
📱Samsung Galaxy S25 flagmanlarini namoyish etdi: ular o’tgan yilgidan deyarli farq qilmaydi, faqat ramkalari ingichka va qirralari biroz yumaloq.

Har uchala modelda Snapdragon 8 Elite protsessori, yorqinligi 2600 nitgacha bo’lgan AMOLED matritsasi va IP68 suvdan himoya mavjud. Eng kichik S25 6,2 dyuymli displeyga, eng katta S25 Ultra esa 6,9 dyuymli displeyga ega.

Smartfonlarning AQSh'dagi narxlari 800 dollardan 1700 dollargacha.

📟 DigiTech
👍105🔥19🤯18😁854👏3🫡2💯1🎄1😡1
⚡️Depressiyaga qarshi dunyodagi birinchi sprey AQSh'da ishlab chiqildi.

Spravato burunga sepiladigan sprey bo’lib, 24 soat ichida kayfiyatni yaxshilaydi, 28 kundan so’ng esa depressiyani butunlay davolaydi. U antidepressant dorilarni to’liq almashtira oladi.

Ketaminli sprey 10 yil davomida o’rganilgan va butun dunyo bo’ylab allaqachon 140 mingdan ortiq bemor tomonidan sinalgan.

📟 DigiTech
👍107😁21🔥19👏12🫡6🤯52💯2😨1
☕️ Olimlar kuniga uch stakan choy ichish tanadagi xavfli yog’larni eritishini aniqlashdi.

Bu borada ayniqsa ko’k choy samaralidir. Undagi katexinlar metabolizmni tezlashtiradi va qorin bo’shlig’idagi visseral yog’ bilan kurashadi. Bundan tashqari, ko’k choy yurak qon-tomir tizimi faoliyatini yaxshilaydi va semirish xavfini kamaytiradi.

📟 DigiTech
1.28K👏48👍26🔥13🫡32😁2💯21🥰1😡1
🚘 Cadillac o’zining eng tezkor elektromobilini namoyish etdi — 0-100 km/soat tezlikka 3,3 soniyada erishadigan Lyriq-V.

Krossover 615 ot kuchiga ega ikkita elektrodvigatel bilan jihozlangan, bir zaryadda 460 km masofani bosib o’tadi. Bundan tashqari, avtopilot va proyektsiyali displey mavjud.

Narxi — 80 000 dollardan boshlanadi. Dizayniga nima deysiz?

📟 DigiTech
1.35K👍103🤩27🔥127💯32🫡2👏1😨1
🏃‍♂️ Pekinda odamlar odamsimon robotlar bilan raqobatlashadigan dunyodagi birinchi marafon bo’lib o’tadi.

Apreldagi poyga marafonida 20 dan ortiq kompaniyalarning androidlari va 12 000 odam ishtirok etadi. Jarayon davomida robotlar akkumulyatorlarini almashtirishga ruxsat beriladi, asosiy shartlari esa odamsimon tana va g’ildiraklarsiz bo’lishi kerak.

Lekin odamlarni zaryadi tugab qolsa ularni akkumulyatorini almashtirib bo’lmaydida 😆

📟 DigiTech
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2.09K😁135👍3214🔥10👏72💯2🫡2😡2🎉1