AI | DigiTech
51.8K subscribers
2.56K photos
1.43K videos
2.34K links
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal.

Reklama: @DigiTech_ads
Download Telegram
⚡️Milliarderlar uchun bunker shunday ko’rinishda bo’ladi. Uni 2026-yilda AQSh'da qurish rejalashtirilgan.

Bunkerda restoranlar, basseynlar, bouling maydonchalari, sport zali va sun’iy intellektli tibbiy yordam ko’rsatish xonasi bo’ladi. Unda 625 kishi yashashi mumkin, bir xonaning narxi esa 20 million dollarni tashkil etadi.

📟 DigiTech
1.65K👍102😨1312😁117🔥7👏5🫡3💯2😡2
🤖 OpenAI yaqinda Operator'ni namoyish etdi va u kompyuterdagi barcha odatiy vazifalarni sizni o’rningizga bajara olishini ta’kidlashdi.

Reallik: «Men maqolani ochmoqchi bo’lganimda captchaga duch keldim. Meni o’rnimga captchadan o’ta olasizmi?» 😄

📟 DigiTech
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2.01K😁105👍18🔥5🫡3👏2💯2😨2🤩1🤝1
⚡️Muhandis 120 kun davomida suv osti kapsulasida yashab jahon rekordini o’rnatdi.

11 metr chuqurlikdagi kapsulada faqat to’shak, hojatxona va oziq-ovqatni yetkazib berish uchun tunnel bor edi. Elektr energiyasi yuqoridagi quyosh panellaridan uzatilgan. U suv ostida vaqtini asosan televizor ko’rib va Jyul Vern'ning asarlarini o’qib o’tkazgan.

Uning maqsadi shunchaki odamlar okeanga ko’chib o’tishlari mumkinligini isbotlash bo’lgan.

📟 DigiTech
1.44K👍126😁26👏17🔥85🫡54💯3🤝3🎄1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Xitoylik ishqibozlar yo’ltanlamas kopterni yig’ishdi — u yerda yurishi, suzishi va uchishi mumkin.

Hozircha bu faqat prototip, shuning uchun biroz xunukroq ko’rinadi, lekin uni takomillashtirib sotuvga chiqarishni rejalashtirishgan.

📟 DigiTech
👍98👏21🔥1074💯3🫡3😨2
⚡️Kolorado universitetining tibbiyot bo’limi olimlari skleroz va nevrologik kasalliklarga chalingan, shuningdek, og’ir baxtsiz hodisalarga uchragan bemorlarning ko’rish qobiliyatini tiklaydigan preparatni ishlab chiqishdi.

LL-341070 nervlarning himoya qobig’i bo’lgan mielin'ni tiklanishini tezlashtiradi, shuningdek, miyaning tabiiy tiklanish jarayonini hech qanday operatsiyalarsiz faollashtiradi. Bemorlar dahshatli jarohatlardan keyin ham ko’ra olishadi.

Preparat sichqonlarda muvaffaqiyatli sinovdan o’tkazildi. Agar hammasi rejadagidek ketsa, odamlarda sinovlar shu yil boshlanadi.

📟 DigiTech
2.14K👍95🔥179💯4🫡2😡21🎉1🤓1
🔋AQSh'da olimlar gadjetlarni inson tanasidan o’tayotgan radiochastota energiyasida zaryadlashni o’ylab topishdi.

Texnologiya hozir dastlabki bosqichda va faqat masofadan boshqarish pultlari, kalkulyatorlar kabi oddiy qurilmalarni quvvatlantirishi mumkin. Lekin yaqin kelajakda ular aqlli soatlar, quloqchinlar yoki tibbiy asboblarni quvvatlantirish uchun ham yetarli energiya bo’lishi uchun texnologiyani takomillashtirishni rejalashtirishyapti.

📟 DigiTech
1.82K👍73🤯18🔥175💯4🫡4👏1😡1
⚡️Xitoyning Trampga javobi — Bank of China sun’iy intellektlarni rivojlantirishga 1 trln yuan (137 mlrd dollar) sarmoya kiritdi.

Ushbu mablag’ innovatsion sun’iy intellektni ishlab chiqishga sarflanadi, ular ushbu investitsiyaga kommunistik ideologiya ruhida baland nom berishdi — «Harakatlar rejasi».

Bu Trampning yaqindagi sun’iy intellektlarni rivojlantirish uchun 500 mlrd dollar ajratilishi haqidagi qaroriga to’g’ridan-to’g’ri javobdir.

Haqiqiy raqobat endi boshlandi, popkornlarni tayyorlang, buyog’i qiziq bo’ladi.

📟 DigiTech
885👍163😁63🔥18🤯104👏4👨‍💻3💯2🫡2
⚡️Nvidia aksiyalari bir kunda deyarli 17% ga pasaydi. Kompaniya 500 milliard dollar yo’qotdi, bu Wall Street tarixidagi eng katta qulashdir.

Bunga sabab DeepSeek-R1 modeli mashhurligining keskin o’sishidir, kuni kecha chiqqan ochiq kodli sun’iy intellekt ilovasi App Store'da yuklanishlar soni bo’yicha ChatGPT'dan ham o’tib ketdi.

Uni ishlab chiqishga atigi 6 mln dollar sarflangan. Ma’lumot uchun: AQSh'da bunday modelni ishlab chiqish 100 milliondan milliard dollargacha turadi. Buni ko’rgan investorlar SI'ga milliardlab sarmoya kiritish shart emasligini tushunishdi.

Amerikaning barcha yirik texnologik kompaniyalarining yo’qotishlari allaqachon 1 trillion dollardan oshib ketdi.

📟 DigiTech
1.63K👍118🤯26👏185😁4🔥2💯1😨1🫡1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🏍️ Muhandis har tomonga harakatlana oladigan sharsimon g’ildirakli mopedni yig’di.

Uning aksariyat qismlari 3D printerda bosib chiqarilgan va beshta motorchalar yordamida yuradi. Agar shunday moped yasashga qiziqsangiz, muallif barcha qo’llanmalarni Githubga joylagan.

📟 DigiTech
1.24K👍105👏16🔥96🫡5💯2😇2😁1🤔1