🌆 Baland binolar va shaharlar bo’yicha xalqaro kengash fikriga ko’ra, 2024-yildagi dunyodagi eng yaxshi osmono’par bino shunday ko’rinishga ega.
Pan Pacific Orchard binosi Singapurda joylashgan bo’lib — 350 xonadan iborat 23 qavatli mehmonxonadir. Uning asosiy xususiyati — ilon shaklida qurilgan ochiq terrasa, bog’lar va suzish havzalari.
Kichik shahardek kattalikdagi bino hududida fitnes zallar ham mavjud, eng oddiy xonada 1 kun yashash narxi taxminan 270 dollar.
📟 DigiTech

👏51👍36❤14🔥12💯5🤩4🫡4😨1🤝1
⚡️Google qidiruv natijalarida rasmiy saytlarni «galochkalari» paydo bo’ldi.
Qidiruv tizim foydalanuvchilari fishing saytlarga tushib qolmasliklari uchun tekshirilgan saytlarni belgilashni boshladi.
Microsoft, Meta va Apple saytlariga allaqachon rasmiy belgilar qo’yilgan. Biroq, funksiya hali sinov rejimida ishlamoqda va «galochkalar» faqat cheklangan miqdordagi foydalanuvchilarga ko’rinadi.

👍176👏28⚡6🔥5❤4👨💻2🤝2🫡2🤔1😍1
⚡️Google IT mutaxassisni 2,7 milliard dollarga sotib oldi.
Noam Shazir uzoq vaqt Google'da ishlagan, u jamoasi bilan o’z davrining ChatGPT'si bo’lgan Meena chatbotini ishlab chiqqan. Ammo biroz vaqt o’tgach Google ushbu loyihani yopdi, Noam esa ishdan ketdi.
Google'dan ishdan ketgach u o‘zining CharacterAI startapiga asos solgan va katta muvaffaqiyatga erishgan. Yaqinda esa Google dasturchini qaytarish uchun uning kompaniyasini 2.7 milliard dollarga sotib oldi.

👏177👍68🔥18😁18🤯10❤6😡6💯5🫡3🤝2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🚚 Xitoyda hatto yuk mashinalari haydovchilari ham masofadan turib ishlashga o’tib ketishdi — ofisda o’tirib konteynerlarni yuklashyapti.
Kiberpank yaqinlashmoqda.
📟 DigiTech
Kiberpank yaqinlashmoqda.
📟 DigiTech
👏72👍47🤯29🔥6❤4🥰2😨1
⚡️Jeff Bezos kabi samarador ishlashni xohlaysizmi? Kunni telefonsiz bir soatlik sayrdan boshlang — soat 10 ga qadar toza havoga chiqing.
Milliarder 2018 yildan beri ushbu qoidaga amal qilmoqda: ishdan oldin «to’liq uyg’onish» uchun kunni sekin va ongli ravishda boshlash kerak. Nevrologlar ham ushbu amal miyani uyg’otib, to’g’ri qaror qabul qilishga yordam berishini tasdiqlashdi.
Lekin bu layfxak faqat 8 soatlik uyqudan keyin ishlaydi.

👍105🔥22❤8👏6😁6🎉4🥰3🤓2😇1
🎥 Meta kompaniyasi o’zining videolar generatsiya qiluvchi neyrotarmog’ini namoyish etdi. Asosiy xususiyatlari:
— Fotosuratlardagi odamlar videolarini generatsiya qilish mumkin;
— Ovoz effektlari va saundtreklarni ham generatsiya qila oladi;
— Yakuniy videodagi elementlarni qayta generatsiya qilmasdan tez tahrirlash mumkin.
Model hali takomillashtirilmoqda. Eng asosiysi, OpenAI Sora bilan qilgani kabi, chiqarishni kechiktirishmasa bo’ldi.

👍39🔥8❤3👏3🫡2🎄2🥰1😍1
👓 Bir foydalanuvchi Ray-Ban ko’zoynaklari kamchiliklari haqida yomon sharh qoldirdi va bir yil o’tgach, sharh rahbarlargacha yetib bordi, shundan so’ng u odamga butun Ray-Ban liniyasini ishlab chiqarishni boshqarish taklif qilindi.
Kamchiliklar juda batafsil yozilganligi uchun rahbariyat uni ishga olishga qaror qilgan.
Yomon sharhlar yozishga ketdik, lekin bu bizda ishlamasligi mumkin :)

😁165👍43🔥10👏9💯3🤝3❤2🫡2🥰1🤔1
⚡️Telegramning navbatdagi yangilanishida allaqachon yuborilgan xabarlarga media qo’shish va xabarlar tahrirlangan vaqtini ko’rish imkoniyati paydo bo’ladi. Bu haqda Pavel Durov o’z kanalida e’lon qildi.
Shuningdek, Durov kecha jamoaga ilovani yaxshilash uchun 10 ta yangi funksiyalar taklifini berganini, bugun esa ushbu funksiyalar kodi tayyorligini ta’kidlab Telegram jamoasini maqtadi.

👍91❤10⚡7😁4🔥3👏3😍2👨💻1
🏎️ McLaren o’zining eng tez sportkarini namoyish etdi — gibrid W1 avtomobili 100 km/soat tezlikka 2,7 soniyada erishadi.
Unga «Formula 1 texnologiyasiga ega» benzinli V8+ elektr motori o’rnatilgan. Jami 1275 ot kuchi, maksimal tezligi esa 350 km/soatgacha. Lekin akkumulyatori shunchalik kichikki, yonilg’isiz zaryadi faqat 3 km masofani bosib o’tishga yetadi.
Jami 399 nusxada chiqariladi, narxi 2.1 million dollar.

👏45👍33😁19🔥14❤8😨3🫡3💯2
⚡️Muhandislar ChatGPT kabi til modellarini odam bilan muloqot qilish orqali o’rgatish g’oyasini berishdi, ularning fikricha: shunda neyrotarmoqlar insonlar muloqotiga taqlid qiladi va tushunarliroq javoblar beradi.
Eng qizig’i: odamlar bilan muloqot qilgandan so’ng, SI tobora ko’proq noto’g’ri javoblar berishni boshladi, suhbatdoshga yolg’on gapirdi, yolg’onni to’g’riligiga ishontirishga urindi va o’z xatolarini tan olmadi.
Sun’iy intellekt ja «odamlashib» ketsa ham bo’lmas ekan 😁

😁196👍26🤯10❤9👏5🫡4🔥3💯3🤝2🤓1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Videolar generatsiya qiluvchi Minimax neyrotarmog’i endi rasmdan video yarata oladi.
U GEN-3 va boshqa eng yaxshi neyrotarmoqlardan deyarli qolishmaydi, matnli so’rovni yaxshi tushunadi. Bepul foydalanish mumkin.
👉 Sinab ko’rish uchun havola.
Sinab ko’rib natijalar bilan izohlarda bo’lishishingiz mumkin.

👍49👏7❤2💯2🎄2🔥1🤝1🫡1
🏆 Fizika bo’yicha 2024-yilgi Nobel mukofoti amerikalik olimlarga «neyron tarmoqlar sohasidagi fundamental kashfiyotlari» uchun berildi.
Jon Hopfild va Jeffri Hinton tasvirlar va boshqa turdagi ma’lumotlarni saqlash, identifikatsiya qilish, shuningdek, qayta tiklash imkonini beruvchi assotsiativ texnologiyalarni ishlab chiqishgan.
Nobel mukofoti qo’mitasi ta’kidlashicha, ularning ishi zamonaviy SI modellarini o’rgatish usullarining asosini tashkil etdi va allaqachon insoniyatga katta foyda keltirdi.

👍75👏13❤8⚡4🔥4🤝2🫡2🤔1😇1
⌚️Apple Watch foydalanuvchiga shamollashni uning birinchi alomatlari paydo bo’lishidan uch kun oldin bilishga yordam berdi. Hammasi WachOS 11 operatsion tizimining chiqishi bilan paydo bo’lgan Vitals ilovasi tufayli.
Ilova tana harorati, nafas olish va yurak urish tezligini doimiy ravishda kuzatib boradi. Normal qiymatlarni bilganligi sababli, tanadagi o’zgarishlarni darhol sezadi.
Boshqa Apple Watch foydalanuvchilari ham Vitals ilovasini maqtashmoqda. Asosiy kamchiligi: dastur to’g’ri ishlashi uchun uxlayotganda ham soatni yechmaslik kerak.

👍75❤19🤯9💯8🔥5👏5😨3🫡3😁2🤝1😡1
👩💻🧑🏻💻Shoshiling, agar hali ham ulgurmagan boʻlsangiz, Yandex Uzbekistanʻning yosh mutaxassislar uchun mobil va bekend dasturlash maktabiga roʻyxatdan oʻtishingiz mumkin! Roʻyxatdan oʻtish 13-oktyabrda to‘xtatiladi!
🧑🏫O‘quv dasturlari leksiyalar, amaliy mashg‘ulotlar va Yandex xizmatlaridagi haqiqiy biznes-vazifalar ustida jamoaviy ishlarni o‘z ichiga oladi. Maktablar dasturlash bo‘yicha bilimlarini chuqurlashtirmoqchi bo‘lganlar uchun mo‘ljallangan. Eng yaxshi talabalar kompaniyada kasbiy faoliyatlarini boshlash imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
💥Ta’lim bepul. Maktabga kirish uchun arizani to‘ldirish va 13 oktyabrgacha test topshirig‘ini bajarish lozim. Eng yaxshilar suhbatga taklif qilinadilar. Tanlov natijalari 23-24 oktyabr kunlari e’lon qilinadi. Ta’lim 28 oktyabrda boshlanadi.

👍20🔥7💯7🫡4❤1😍1😡1