AI | DigiTech
51.8K subscribers
2.56K photos
1.43K videos
2.35K links
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal.

Reklama: @DigiTech_ads
Download Telegram
⚡️Google kompaniyasi Google Play'ni raqobatchilarga ochishiga to’g’ri keladi. Bu qaror Kaliforniya sudi tomonidan Epic Games bilan 2020 yildan beri davom etayotgan bahs bo’yicha qabul qilindi.

Boshqa ilovalar do’konlarini toʻgʻridan-toʻgʻri Google Play'dan yuklab olish mumkin bo’ladi. Ilovalar ichida esa ularning saytidan to’lovga havolalar qo’shishga ruxsat beriladi — misol uchun, u yerda obuna narxi arzonroq bo’lsa.

Google advokatlari hali ham qarorga qarshi chiqishga harakat qilishmoqda. Lekin katta ehtimol bilan, kompaniya 1-noyabrdayoq boshqa dasturchilarga Google Play katalogiga kirish huquqini beradi.

📟 DigiTech
🔥39👍27👏76🫡4😁2😨1
⚡️Ilon Mask Tesla kompaniyasining kelajak qurilmalari — robotaksi, o’zi boshqariladigan avtomobillar va robotlarni namoyish etdi.

Ularda rul va pedallar yo’q. Robotaksi ikki kishiga mo’ljallangan kabinaga ega, Robovan esa 20 kishiga mo’ljallangan.

Ilon Mask taksi safarlari narxini avtobuslarga qaraganda arzonroq qilishga va’da berdi — 1 km uchun 20 sent atrofida. Uning aytishicha, robotaksi inson boshqaradigan mashinalarga qaraganda 10-20 barobar xavfsizroq. Ishlab chiqarish 2026 yoki 2027-yilda boshlanadi.

Tesla shuningdek, o’zining Optimus robotlarini ham namoyish etdi — ularning narxi 20 000 dollardan boshlanadi. Gumanoidlar fabrikalarda ishlashadi va uyda «zerikarli» yumushlarda yordam berishadi. Ularni ham sotuvlari 2027-yilgacha boshlanadi.

📟 DigiTech
👍73🔥159🫡4👏2🤯21🤩1😍1🎄1
☕️ Tadqiqot: Olimlar kofe ichish insult xavfini 37 foizga oshirishini, choy ichish esa 29 foizga kamaytirishini aniqlashdi.

Tadqiqotda 27 000 kishi ishtirok etdi, ularning yarmi birinchi insultni boshdan kechirgan.

Gazlangan ichimliklar shuningdek mevali sharbatlar zararini o’rganish bo’yicha o’tkazilgan tadqiqot shuni ko’rsatdiki:

Gazlangan ichimliklar, shu jumladan shakar bilan shirinlantirilgan ichimliklar va shakarni o’rnini bosuvchi sun’iy qo’shimchalar qo’shilgan ichimliklar, insult xavfini 22% ga oshirishi mumkin, kuniga ikki yoki undan ortiq bunday ichimliklarni iste’mol qilish esa xavfni keskin oshiradi.

Kuniga to’rt stakandan ko’proq qahva ichish insult xavfini 37% ga oshiradi, ammo kamroq iste’mol qilsangiz xavf deyarli yo’q.

Choy esa hali ham xavfsiz. Agar har kuni 3-4 stakan ichsangiz, insult xavfi 18-29% ga kamayadi. Ayniqsa ko’k choy juda foydali.

📟 DigiTech
🔥58👍5311🤯8👏6🤝2🫡21🤔1🎉1💯1
⚡️Google bir nechta kompaniyalarga bo’linishi mumkin. AQSh Adliya vazirligi kompaniyaning monopoliyasiga qarshi kurash choralarini taqdim etdi.

Kompaniya quyidagilarni qilishiga to’g’ri keladi:

– Chrome'ning qurilmada standart qidiruv tizimi bo’lishi funksiyasini o’chirish;
– Foydalanuvchilarga boshqa qidiruv tizimlari haqida xabar berish;
– Qidiruv natijalari uchun yanada shaffof algoritmlarni yaratish;
– Sun’iy intellektni brauzer qidiruv natijalarida o’rgatishni to‘xtatish.

Kompaniyani bo’lish eng radikal choralardan biridir. Bunday holatda Play, Chrome va Android xizmatlari alohida yuridik shaxsga aylanadi.

📟 DigiTech
👍77😡37🔥14😁14🤔93👏1😇1🫡1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎵 Musiqa generatsiya qiluvchi Suno neyrotarmog’i yangilandi: endi tayyor qo’shiqdagi alohida parchalarni o’zgartirish mumkin. Misol uchun, qo’shiq matnini yoki musiqa ohangini o’zgartirish.

Qo’llanma:
— Qo’shiqni ustiga sichqonchaning o’ng tugmasi bilan bosamiz, Edit bo’limiga o’tib, Replace Section'ni tanlaymiz;
— Qo’shiqni o’zgartirilishi kerak bo’lgan 10-30 soniya uzunlikdagi qismini belgilaymiz;
— Matnni yoki musiqa ohangini o’zgartiramiz (masalan, baraban ovozini qo’shish mumkin).

Ushbu funksiya Faqat Pro va Premier obunasiga ulanganlar uchun mavjud.

👉 Sinab ko’rish uchun havola.

📟 DigiTech
👍49😡11🔥74👏3😁2🤝2🥰1💯1
⚡️Vikipediyani sun’iy intellektda yaratilgan matnlar egallab oldi: muharrirlar generatsiya qilingan kontentga qarshi kurashish uchun hatto alohida loyihani ishga tushirishlariga to’g’ri keldi.

Foydalanuvchilar saytni ChatGPT'da generatsiya qilingan tasdiqlanmagan ma’lumotlar bilan to’ldirib tashlashdi. Misol uchun, Usmonlilar imperiyasida mavjud bo’lmagan Amberlisihar qal’asi va qo’ng'izlarning yangi turi haqidagi ma’lumotlar. Eng qizig’i qo’ng’izning tavsifi qisqichbaqalar haqidagi fransuz jurnalidagi maqoladan olingan.

Vaziyat shunchalik yomonlashib ketganki — hatto «mualliflardan» biri «ma'lumotlarimning 2022 yil yanvar oyidagi so’nggi yangilanishiga ko’ra» so’zini olib tashlashni ham unutgan.

📟 DigiTech
😁92👍25🔥54🤯42💯2🤝2🫡2👏1🤔1
📚 Xitoyda matematikani o’rganishda qiynalayotganlar uchun klinika ochiladi. U yerda dorilar yordamida ham «davolashadi».

Mutaxassislar talabalar, maktab o’quvchilari va kattalarga kompleks yondashuv yordamida aniq fanlarni o’zlashtirishda yordam berishadi.

Klinikada birinchi bo’lib tashxis qo’yiladi va fanni tushunish bilan bog’liq muammolarning sabablari aniqlanadi, so’ngra «davolanish» boshlanadi.

📟 DigiTech
😁110👍40👏8🔥76😨4🫡3💯21🤔1
🎾 Dunyodagi eng qadimgi tennis turniri — Uimbldon o’zining 147 yillik tarixida birinchi bor hakamlarni sun'iy intellektga almashtiradi.

Bu yilgi turnirda sinovdan o'tgan va avvalroq Avstraliya shuningdek, AQSh chempionatlarida odamlar o’rniga ishlatilgan maxsus neyron tarmoq kelasi yildan boshlab autlar va xatolarni aniqlaydi.

Uimbldon har yili 300 ga yaqin laynsmenlarni (chiziqli hakamlar) jalb qilgan. Tashkilotchilar ularga «ko'p yillik xizmatlari uchun» minnatdorchilik bildirib, texnologiya «bunday muhim qadam uchun yetarlicha ishonchli» ekanligini ta’kidlashdi.

📟 DigiTech
👍79😨25🤯13🤝10😡7🫡5💯3👏2🔥1
⚡️Amerika fermerlaridan qiziqarli innovatsiya — quyosh energiyasida ishlaydigan harakatlanuvchi tovuqxona.

U 6000 ta qushni sig’dira oladi va yaylov bo’ylab harakatlanadi, bu har doim tovuqlar uchun yangi o’t va hasharotlar bo’lishi uchun qilingan.

Bu qandaydir konsept loyiha emas, balki bunday tovuqxonalarni bir necha yillardan beri muvaffaqiyatli ishlatib kelayotgan Pasturebird kompaniyasi fermasidir.

📟 DigiTech
👍9017🔥11👏7💯3🤔1😍1🫡1🎄1
🚀 Kelgusi yili orbitaga chiqarilishi rejalashtirilayotgan birinchi xususiy orbital stansiya — Haven-1 shunday ko’rinishda bo’ladi.

Uni Kaliforniyaning Vast startapi ishlab chiqmoqda, interyer uchun esa Apple kompaniyasining sobiq yetakchi dizayneri Piter Rassel-Klark mas'ul.

Stansiyada professional kosmonavtlar ham, kosmik sayyohlar ham bo’lishadi. Birinchi modulni 2025-yil oxirigacha SpaceX kosmik kemasida olib chiqish rejalashtirilgan, keyin esa u bosqichma-bosqich kengaytiriladi.

📟 DigiTech
👍69🔥64👏3💯3🤝3🎉1😨1
⚡️Pavel Durov telefon raqamlarini tasdiqlashning eng arzon usuli — Telegram Gateway'ni namoyish etdi.

Kompaniyalar Telegram orqali tasdiqlash kodlarini yuborib katta mablag’ tejashlari mumkin bo’ladi. Ushbu tasdiqlash usuli SMS'dan arzonroq bo’ladi — har bir kod uchun $0,01.

Raqamlarni tasdiqlash ham katta biznesdir. Misol uchun avval Telegram bu uchun oyiga taxminan 10 million dollar sarflagan.

📟 DigiTech
60👍42😨26🔥10👏6🤔5🤯3💯3🫡3🎉1