DAVLAT KADASTRLARI PALATASI
29.3K subscribers
10.5K photos
1.63K videos
1 file
6.26K links
Murojaatlar uchun:

Telegramm-bot @Dkpuz_bot
Yagona aloqa markazi +99871 207 00 03

Telegram: t.iss.one/DavKadastrPalata
Instagram: instagram.com/davkadastrpalata/
YouTube: youtube.com/@davkadastrpalata
Facebook: facebook.com/DavKadastrPalata
Download Telegram
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Xotin-qizlar masalalariga tizimda alohida e'tibor


🌟 Bugun Davlat kadastrlari palatasi Oila va xotin-qizlar boshlang‘ich tashkiloti vakillari uchun odob-axloq qoidalari yuzasidan yig'ilish o'tkazildi. Unda Boshlang'ich tashkilot rahbari, Kasaba uyushmasi raisi, Ma'naviy va ma'rifiy ishlar bo'yicha mas'ul hamda Markaziy apparatdagi xotin-qizlar ishtirok etishdi.

◼️Mazkur uchrashuvda yig'ilganlarga tizimda faoliyat yurituvchi xodimlarning xizmat faoliyatiga oid va xizmatdan tashqari odob-axloq, jamoatchilik bilan munosabatlarga oid qoidalarga rioya etilishini ta'minlash bo'yicha fikrlar bildirildi.

◼️Shu jumladan, davra suhbatida rahbariyat tomonidan mutolaa soati uchun berilgan imkoniyatdan unumli foydalanish, jamoada hamjihatlik, birdamlikni yanada ta'minlash, bir-birini o'zaro qo'llab-quvvatlash masalalarida takliflar o'rtaga tashlandi.

#DavKadastrPalata #xotin_qizlar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kadastr #yoshlar

🌟 Kadastr agentligi tizimida faoliyat yuritayotgan 30 yoshgacha bo'lgan xodimlar to'g'risida ma'lumot Infografika ko'rinishida.

📊 Eng ko'p yoshlar Toshkent viloyati hisobiga to'g'ri kelib 270 nafarni, eng kam yoshlar esa Sirdaryo viloyatida 97 nafarni tashkil qiladi.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

DXM dagi xizmatlarimiz


◼️Bino va inshootlarning mansubligi va tarkibi to‘g‘risida ma’lumotnoma berish tartibi qanday amalga oshiriladi?

🌱 Siz onlayn tarzda – YIDXP (my.gov.uz) yoki oflayn tarzda – Davlat xizmatlari markazi orqali murojaat qilib, Bino va inshootlarning mansubligi va tarkibi to‘g‘risida ma’lumotnoma olishingiz mumkin.

◼️Bino va inshootlarning mansubligi va tarkibi to‘g‘risida ma’lumotnomada quyidagi ma’lumotlar aks ettiriladi:

▪️bino va inshootlarning joylashgan manzili, kadastr raqami, turar joy yoki noturar joyligi, umumiy maydoni, umumiy yashash maydoni, huquq egasi (egalari), bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlar turi, bino va inshootlarga bo‘lgan huquqni belgilovchi hujjat nomi, raqami, sanasi, cheklanish mavjudligi, kadastr qiymati.

Xizmat narxi - 16 500 so'm (BHMning 5 foizi) miqdorida

Xizmat ko'rsatish muddati – real vaqt rejimida

#DavKadastrPalata #DXM #xizmatlar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Davlat ro'yxatidan o'tgan obyektlar statistikasi

📊 Davlat kadastrlari palatasi respublika bo'yicha ro‘yxatdan o'tkazish uchun kelib tushgan arizalar soni va ularning qanchasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi bo‘yicha statistik ma'lumotlarni taqdim etadi.

📆 Hisobot davri: 1-7 - noyabr, 2023-yil

▫️ O'tgan hafta davomida davlat ro'yxatidan o'tkazilgan obyektlar soni umumiy 7 309 tani tashkil etdi.

Izoh: Mazkur hisobotda qabul qilingan arizalar faqat ish kunlarida ko‘rib chiqilishini ma’lum qilamiz.

#DavKadastrPalata #ro_yxatdan_o_tkazish #statistika

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Kadastrchilar "Yashil makon" loyihasida faol

🌿 Yurtboshimiz topshirig'iga ko'ra "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida 25-oktabrdan - 1-dekabrga qadar "kuzgi ko'chat ekish mavsumi" e'lon qilingan edi. Ushbu loyiha doirasida Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmalari ham faol ishtirok etmoqdalar.

☘️ Bunda hududning iqlim sharoiti, tuproq agrotexnikalariga alohida e'tibor qaratgan holda mevali va boshqa turdagi ko‘plab ko'chatlar ekilmoqda.

🌳Shuningdek, "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida amalga oshirilgan ishlar quyidagi hududiy boshqarmalarda yoritildi:

▪️ Qoraqalpog'iston Respublikasi
▪️ Qashqadaryo viloyati 1, 2
▪️ Samarqand viloyati
▪️ Namangan viloyati
▪️ Jizzax viloyati
▪️ Toshkent viloyati
▪️ Xorazm viloyati

#DavKadastrPalata #yashil_makon #hududiy_yangiliklar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
🇺🇿 Prezident Farmoni (PF–188-son, 07.11.2023 y.) bilan ayrim qonunchilik hujjatlarini yangi tahrirdagi Konstitutsiyaga muvofiqlashtirish bo‘yicha o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi

◼️ Unga ko‘ra:

▫️Yangi tahrirdagi Konstitutsiyadagi davlat xizmatini o‘tash bilan bog‘liq cheklovlar qonun bilan belgilanishiga oid talabdan kelib chiqib, qonunosti hujjatlardagi bunday cheklovlar bekor qilinadi;

▫️Vazirliklar, Bosh prokuratura va Oliy sud 2024-yil 1-yanvargacha o‘zlariga biriktirilgan soha va tarmoqlar kesimida qonunosti hujjatlarni yangi tahrirdagi Konstitutsiyaga muvofiqlashtirish bo‘yicha Adliya vazirligiga taklif kiritadi.

◼️ Bunda quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratiladi:

▫️ mulk huquqining konstitutsiyaviy kafolatlarini ta’minlash, shu jumladan, mulkdor o‘z mol-mulkidan qonunda nazarda tutilgan hollardan va tartibdan tashqari hamda sudning qaroriga asoslanmagan holda mahrum etilishi mumkin emasligi haqidagi konstitutsiyaviy normadan kelib chiqib, ushbu masalalarni faqat qonunlar bilan belgilash;

▫️ insonning huquq va erkinliklari faqat qonunga muvofiq cheklanishi mumkinligi to‘g‘risidagi konstitutsiyaviy talab asosida barcha qonunosti hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish;

▫️ uy-joy daxlsizligi huquqini ta’minlash, hech kim sudning qarorisiz va qonunga zid tarzda uy-joyidan mahrum etilishi mumkin emasligiga oid konstitutsiyaviy normalardan kelib chiqib, qonunosti hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish.

#DavKadastrPalata #qonunchilikda_yangiliklar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Korrupsiya - taraqqiyotga tahdid

🌟 Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmalarida korrupsiyaga qarshi kurashish va unga qarshi murosasizlikni shakllantirish bo'yicha profilaktik tadbirlar muntazam o'tkazib kelinmoqda.

◼️Mazkur hafta ushbu mavzudagi davra suhbatlari quyidagi hududiy boshqarmalarda bo'lib o'tdi:

▫️Qoraqalpog'iston Respublikasi 1, 2
▫️Navoiy viloyati
▫️Sirdaryo viloyati
▫️Qashqadaryo viloyati
▫️Farg'ona viloyati
▫️
Surxondaryo viloyati
▫️Xorazm viloyati

#DavKadastrPalata #korrupsiyaga_qarshi_kurash

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🇺🇿 Hukumatning “Yer resurslarining holati bo‘yicha milliy hisobotni yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” gi qaroriga ko'ra:

◼️“Yer hisobot” AAT - yer hisoboti to‘g‘risidagi ma’lumotlarni shakllantirish va yuritish imkonini beruvchi avtomatlashtirilgan axborot tizimi.

◼️Yer hisoboti Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi  va uning hududiy bo‘linmalari tomonidan “Yer hisobot” AAT orqali yil davomida yuritiladi.

◼️Yer hisoboti O'zbekiston Respublikasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri hamda tuman va shaharlar, shuningdek, shaharcha va qishloq (ovul)lar ma’muriy-hududiy chegarasida joylashgan barcha yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, ijarachilar va mulkdorlar (yerdan foydalanuvchilar) bo‘yicha yuritiladi.

◼️Yer hisobotini yuritishda o‘tgan yilgi yer hisobotining yakuniy ma’lumotlari joriy yilda dastlabki ma’lumot sifatida qabul qilinadi.

◼️Yer hisobotida fuqarolarga dehqon xo‘jaligi va shaxsiy dala tomorqa xo‘jaligi hamda jamoat bog‘dorchiligi va uzumchiligini yuritish uchun berilgan yer uchastkalarining umumiy maydoni va ulardan foydalanuvchilarning soni ko‘rsatiladi.

#DavKadastrPalata #qonunchilikdagi_o_zgarishlar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Birlashgan Мillatlar Тashkilotining Global Geofazaviy Axborot Boshqaruvining Osiyo va Tinch okeani forumi o'tkazilmoqda


🌱 Joriy yilning 6–10 noyabr kunlari Indoneziyaning Bali shahrida bo‘lib o‘tayotgan 12- yalpi majlisda "Barqaror dunyo uchun geofazoviy innovatsiyalarni qabul qilish” mavzusida forum a’zolari - Milliy geofazoviy agentliklar, geofazoviy sanoat va Indoneziyaning Bali shahrida yig‘ilgan hamjamiyat uchun qo‘llab-quvvatlash tizimi bilan tanishishmoqda.

🇺🇿 Mazkur forumda Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasi raisi Moxir Valiyev "O'zbekiston rivojlanishida Geofazoviy innovatsiyalardan foydalanish" mavzusidagi taqdimoti bilan ishtirok etdi. Unda dunyo mamlakatlari vakillariga Kadastr agentligi tizimi faoliyati yo'nalishlari, Fazoviy ma'lumotlar Milliy infratuzilmasi, kadastr tizimi moddiy texnik bazasi, Respublikadagi yer fondi toifalari hamda ko'chmas mulk obyektlari haqida ma'lumotlar taqdim qilindi.

⭐️ 🌟 Shuningdek, Davlat kadastrlari palatasi raisi taqdimot so'nggida Fazoviy ma'lumotlar milliy infratuzilmasi va kadastr tizimini yanada rivojlantirish uchun kelgusidagi maqsad va rejalari bilan ham tanishtirib o'tdi.

#DavKadastrPalata #geofazoviy_forum

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM