DAVLAT KADASTRLARI PALATASI
29K subscribers
10.6K photos
1.65K videos
1 file
6.3K links
Murojaatlar uchun:

Telegramm-bot @Dkpuz_bot
Yagona aloqa markazi +99871 207 00 03

Telegram: t.iss.one/DavKadastrPalata
Instagram: instagram.com/davkadastrpalata/
YouTube: youtube.com/@davkadastrpalata
Facebook: facebook.com/DavKadastrPalata
Download Telegram
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Huquqiy targ'ibot soati

🌟 Kuni kecha, Davlat kadastrlari palatasida O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 25.08.2023 yildagi "Ko'chmas mulkni bo'lish va uning yangi chegaralarini belgilash bo'yicha davlat xizmatlari ko'rsatishning Ma'muriy reglamenti" to'g'risidagi 424-son qarori bo'yicha huquqiy dars soati tashkil etildi.

📃 Unda Bino va inshootlar davlat kadastrini yuritish boshqarmasidan S.Muhitdinov mazkur qarorning mazmun-mohiyati hamda uning ijrosi yuzasidan yig'ilganlarga atroflicha ma'lumot berdi. Shu o'rinda, yig'ilish so'nggida ishtirokchilarda mazkur Qaror bo'yicha tug'ilgan savollarga tegishlicha javoblar berildi.

#DavKadastrPalata #huquqiy_bilim

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#kadastr #ijtimoiy_rolik #to_lovlar

🟢KADASTR XIZMATLARINI ONLAYN TO'LASH🟢

🌟Kadastr xizmatlari uchun to'lovlarni istalgan joyda turib 📲mobil dasturlar orqali to'lash imkoniyati mavjudligidan xabaringiz bormi?

📺 Mazkur video rolik orqali 5 ta qadam orqali to'lovlarni amalga oshirishni o'rganib olishingiz mumkin.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida bugun tarmoq va hududlarda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishni oshirish chora-tadbirlari muhokamasi bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

◼️ Yig‘ilishda sanoat tarmoqlarining barqaror ishlashini ta’minlash yuzasidan mutasaddi idoralarga qator topshiriqlar berildi.

◼️ Jumladan, Bosh vazir boshchiligida tunu-kun ishlaydigan respublika shtabi tuziladi. Joylarda ham viloyat hokimlari boshchiligida hududiy shtablar tashkil etiladi.

◼️Shtabda iqtisodiyot, investitsiya, soliq, bojxona, bank, energetika, standart, kadastr vakillari korxonalardan 24 soat davomida muammolarini qabul qilib, ularni tezkor hal qiladigan tizim bo‘ladi.

Batafsil:https://president.uz/uz/lists/view/6649

#DavKadastrPalata #Prezident

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🇺🇿Kadastrda yangi tayinlovlar

⭐️🌟 Kadastr agentligi direktorining tegishli buyrug'iga binoan Davlat kadastrlari palatasining bir qator tuman, shahar filiallariga yangi rahbarlar tayinlandi.

🇺🇿Begimbayev Azamat Salamatovich - Davlat kadastrlari palatasi Qoraqalpog'iston Respublikasi boshqarmasi Qanliko'l tumani filiali boshlig'i lavozimiga;

🇺🇿Dehqonboyev Abduvohobjon Muzaffar o'g'li - Davlat kadastrlari palatasi Sirdaryo viloyati boshqarmasi Sardoba tumani filiali boshlig'i lavozimiga;

🇺🇿Ismoilov Kamoliddin Ashirali o'g'li - Davlat kadastrlari palatasi Sirdaryo viloyati boshqarmasi Guliston shahar filiali boshlig'i lavozimiga;

🇺🇿Aliyev Akrom Saxobitdinovich - Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmasi Piskent tumani filiali boshlig'i lavozimiga;

🇺🇿Raxmataliev Axmadjon Murodjon o‘g‘li - Davlat kadastrlari palatasi Andijon viloyati boshqarmasi Bo‘ston tumani filiali boshlig'i lavozimiga;

🇺🇿Gulomov Dilshodbek Dilmurod o‘g‘li - Davlat kadastrlari palatasi Andijon viloyati boshqarmasi Ulug'nor tumani filiali boshlig'i lavozimiga;

🇺🇿Yuldashev Sherzod Maribjonovich - Davlat kadastrlari palatasi Andijon viloyati boshqarmasi Xonobod shahar filiali boshlig'i lavozimiga;

🇺🇿Axyulov Go‘libjon Isroiljonovich - Davlat kadastrlari palatasi Andijon viloyati boshqarmasi Izboskan tumani filiali boshlig'i lavozimiga tayinlandi.

#DavKadastrPalata #tayinlov

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Kuni kecha, Xalqaro etnosport festivali ochilish marosimida "Dronlar shousi" bo‘lib o‘tdi.

⭐️ Xorazm viloyatining Xiva shahrida, ilk Xalqaro etnosport festivali munosabati bilan “Ichan qal'a” majmuasida Kadastr agentligining “Geoinnovasiya markazi” davlat unitar korxonasi tomonidan dronlar shousi o‘tkazildi.

🛸 Mazkur videoda osmonda dronlar orqali yaratilgan go‘zallikdan baxra olishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #dron_shou

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Hududiy faoliyatimiz OAV nigohida

🌟 Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmalari tomonidan tashqi OAV larga chiqishlar mazmuni bilan tanishishingiz mumkin:

➡️ Joriy yilning o‘tgan sakkiz oyida ko‘chmas mulklarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida Davlat kadastrlari palatasining Samarqand viloyat boshqarmasi ma’lumoti Uza ijtimoiy tarmog'ida;

➡️ Mulkdorlarga tegishli ko'chmas mulkni bo'lish mexanizmi haqida Davlat kadastrlari palatasining Toshkent shahar boshqarmasi OCHUN.UZ saytining rasmiy telegram kanaliga bergan ma’lumoti bilan orqali tanishishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #OAV_biz_haqimizda

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

DKP hafta ichida

🏪 Kadastr agentligi - Davlat tashkilotlarining raqamli transformatsiya holati reyting natijalari bo'yicha yuqori ko'rsatkichda.

🏪 Xususiy sektorlar ishtirokida kadastr xizmatlari ko‘rsatiladi.

🏪 Normativ-huquqiy hujjatlarning korrupsiyaga qarshi ekspertizasi.

🏪 Davlat kadastrlari palatasi Markaziy apparatida tayinlovlar amalga oshirildi.

🏪 Kadastr aholi manfaatlari yo'lida - Surxondaryo viloyati.

🏪 Davlat ro'yxatidan o'tgan obyektlarning bir oylik statistikasi.

🏪 Hududiy boshqarmalar ishtirokida Yer hisoboti bo'yicha tahliliy yig'ilish o'tkazildi.

🏪 DKP xodimlari huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida targ'ibot soati bo'lib o'tdi.

🏪 Davlat kadastrlari palatasining bir qator tuman, shahar filiallariga yangi rahbarlar tayinlandi.

🏪 Ijro intizomidagi xatolikka keskin chora ko‘rildi.

#DavKadastrPalata #hafta_davomida #daydjest

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🏠Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqni davlat roʻyxatidan oʻtkazmasdan amalga oshirilgan bitimlar haqiqiy hisoblanmaydi

Tegishli huquq paydo boʻlgandan keyin 1 oy ichida koʻchmas mulk davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi kerak.

📃 Roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi ariza bilan Davlat xizmatlari markazlariga yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali yoxud koʻchmas mulk obyektiga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organga murojaat qilinadi.

➡️ Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun oʻz vaqtida murojaat etmaslik fuqarolarga BHMning 10 baravari, mansabdor shaxslarga esa 15 baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

#DavKadastrPalata #huquqiy_ma_lumot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Qorqalpog‘istonda suv xo‘jaligi va avtomobil yo‘llari xatlovi yakunlandi

💠 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil, 31-martdagi Qoraqalpog‘iston Respublikasiga bo‘lgan tashrifi davomida berilgan topshiriqlarni ijrosi ta’minlash maqsadida, Davlat kadastrlari palatasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi tomonidan Respublikada mavjud suv xo‘jaligi obyektlari, ichki avtomobil yo‘llarini xatlovdan o‘tkazish ishlari yakunlandi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining tegishli qarorlarini chiqarish ishlari amalga oshirilmoqda.

◼️ Xozirda aholi punktlarida mavjud umumfoydalanishdagi obodonlashtirish yerlarini xatlovdan o‘tkazish ishlari avj pallaga kirgan.

◼️ Xatlov yakunari bo‘yicha chiqarilgan tegishli qarorlar asosida kadastr xujjatlari «Uzkad” tizimi orqali rasmiylashtiriladi.

#DavKadastrPalata #hududiy_yangiliklar #xatlov

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Davlat hisobidan yuridik yordam

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasining "Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish to‘g‘risida"gi 16.06.2023 yil 848-son Qonuniga sharh

📃 Davlat hisobidan yuridik yordam faqat Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatuvchi advokatlar reyestriga kiritilgan advokatlar tomonidan ko‘rsatiladi.

Quyidagi jismoniy shaxslar davlat hisobidan yuridik yordam olish huquqiga ega:
- kam ta’minlangan shaxslar;
- ruhiy holati buzilgan jismoniy shaxslar;
- o‘z huquqlari buzilgan;
- O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga muvofiq jinoyat ishi bo‘yicha advokat ishtirok etishi shart bo‘lgan taqdirda, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi.

▶️ Batafsil mazkur videoda👆

#DavKadastrPalata #huquqiy_ma_lumot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Ijro intizomiga rioya etilmaslikka keskin chora

◼️Faoliyatga yondoshuvda mas’uliyatsizlikka nisbatan tezkor chora ko‘rilmasa, bu – ish sur’atining pasayishiga olib kelishi mumkin.

🌟 Davlat kadastrlari palatasi rahbariyati tomonidan muntazam ravishda bajarilayotgan ishlar tahlili olib boriladi. O‘z navbatida monitoring natijalari haqqoniy ravishda ko‘rib chiqiladi. Albatta, tizimda yutuqli faoliyati bilan ko‘pgina xodimlar muntazam rag‘batlantiriladi, e’tirof etiladi. Biroq, kamchilik va xatolar ham yuzaga kelmoqdaki, ularga yo‘l qo‘ygan, bir qancha ogohlantirilishga qaramay ijro intizomiga rioya etmagan xodimlarga nisbatan choralar ham ko‘rishga majbur bo‘linmoqda. Zero, rahbariyat topshirig‘ida aholi murojaatlarini vaqtida ko‘rib chiqilishi va imkon qadar ijobiy hal etilishiga oid masalalar turganda uni o‘z vaqtida amalga oshirmaslik xodimga yuklatilgan asosiy vazifani bajarmaslikka kiradi. Ijro intizomining to‘liq amal qilinishi negizida ham asli shu yotadi.

◼️ 2023-yil avgust oyi tahlillariga ko‘ra, rahbariyat tomonidan berilgan topshiriqlarni o‘z vaqtida bajarmagan, ishiga mas’uliyatsizlik bilan yondoshgan, samaradorlikni baxolashda past natija ko‘rsatgani sababli Markaziy apparatning ikki nafar boshqarma va bo‘lim boshlig‘iga nisbatan hayfsan intizomiy chorasi rasmiylashtirilib, yil oxiriga qadar moddiy rag‘batlantirishdan mahrum etildilar. Bir qator bo‘lim va boshqarma boshliqlari ogohlantirish oldilar.

Mazkur choralar ijro intizomida kamchilikka yo‘l qo‘ygan boshqarma va bo‘lim xodimlarini yanada sergak bo‘lishga chaqirdi. Endilikda, ish sur’atini yanada oshirish, hududiy boshqarmalar bilan ishlashda berilgan vazifalarni to‘g‘ri taqsimlash hamda olinadigan ma’lumotlarni muvofiqlashtirish, tahlil qilishda yanada hushor bo‘lish, eng avvalo ijro intizomiga rioya qilish har bir xodimning asosiy vazifasi ekanligini unutmaslik lozim.

#DavKadastrPalata #tahlil #chora

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Kadastr atamalari

📝 Ko‘chaning ID raqami — geografik obyektlar nomlarining davlat reyestrida yuritiladigan, geografik obyekt nomi o‘zgargan taqdirda ham uni tizimda identifikatsiya qilish maqsadida biriktiriladigan unikal raqam.

#DavKadastrPalata #kadastr_atamalari

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
☺️☺️☺️☺️☺️

🇺🇿 «O‘zbekiston – 2030» strategiyasi to‘g‘risida Prezident Farmoni imzolandi

📃 Farmon bilan Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasini amalga oshirish jarayonida orttirilgan tajriba va jamoatchilik muhokamasi natijalari asosida ishlab chiqilgan «O‘zbekiston – 2030» strategiyasi tasdiqlandi.

◼️«O‘zbekiston – 2030» strategiyasida quyidagi asosiy g‘oyalar aks ettirilgan:

▫️ barqaror iqtisodiy o‘sish orqali daromadi o‘rtachadan yuqori bo‘lgan davlatlar qatoridan o‘rin olish;

▫️ aholi talablariga va xalqaro standartlarga to‘liq javob beradigan ta’lim, tibbiyot va ijtimoiy himoya tizimini tashkil qilish;

▫️ aholi uchun qulay ekologik sharoitlarni yaratish;

▫️ xalq xizmatidagi adolatli va zamonaviy davlatni barpo etish;

▫️ mamlakatning suvereniteti va xavfsizligini kafolatli ta’minlash.

#DavKadastrPalata #qonunchilikdagi_yangiliklar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Auksionga taqdim etilgan yer uchastkalari statistikasi

🌟 Davlat kadastrlari palatasi tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun respublika miqyosida yer uchastkalarini elektron onlayn auksionga taqdim etish boyicha haftalik statistikani havola etadi:

📆 Hisobot davri: 5-11-sentabr, 2023-yil

📊 Jami: 325

🗣 e-auksion.uz - elektron onlayn auksionda qatnashing va shaffof, ochiq yo'l bilan yer uchastkalarini sotib oling!

#DavKadastrPalata #auksion #info

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❗️Давлат органларининг телеграмдаги расмий саҳифаларини кузатиб боринг!

Давлат органлари ва ташкилотларининг Телеграмдаги каналлари рўйхати янгиланди.

🔵 Ушбу Телеграм каналларда давлат органлари фоалиятига оид сўнгги янгиликлар, янги ҳужжатлар, аҳамиятли мавзулар юзасидан экспертлар фикри, муҳокамаларга сабаб бўлаётган мавзуларга оид расмий идоралар позициясидан хабардор бўлиш имконияти мавжуд.

📌 Давлат органларининг расмий каналларининг янгиланган рўйхати билан танишиб, аъзо бўлишни тавсия қиламиз.
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Kadastr aholi manfaatlari yo'lida

🌟 Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalari tomonidan "Kadastr aholi manfaatlari yo'lida" tamoyili asosida kadastr bilan bog'liq muammolarni joyiga borgan holda hal etish va o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

💠 Aholi manfaatlari uchun yo'lga qo'yilgan ushbu tashabbus fuqarolar manfaatlari yo'lida xizmat qilmoqda;

▫️Surxondaryo viloyati
▫️Sirdaryo viloyati
▫️Jizzax viloyati
▫️Toshkent shahri

#DavKadastrPalata #kadastr_xalq_xizmatida

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

“Mening hududim” elektron platformasi ishlab chiqiladi

📃 “Shaharsozlik faoliyati sohasida davlat boshqaruvi tizimini yanada takomillashtirish hamda 2023–2027 yillarda aholi punktlarining shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish dasturlarini tasdiqlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–299-son, 11.09.2023 y.) qabul qilindi.

◼️Hududlarni shaharsozlik jihatidan rejalashtirishga doir ishlab chiqiladigan hujjatlarning quyidagi darajalari belgilandi:

▫️birinchi darajada – hududlarning raqobat ustunliklari va barqaror rivojlanish drayverlarini aniqlab beruvchi O‘zbekiston hududini rivojlantirishni rejalashtirish bosh sxemasi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar hududlarini rivojlantirishni rejalashtirish sxemalari, Aglomeratsiyalarni rivojlantirish strategiyasi ishlab chiqiladi;

▫️ikkinchi darajada – shaharlar (shaharchalar) va shahar atrofi zonalari integratsiyasi asosida shaharlarning (shaharchalarning) bosh rejalari, shuningdek, qishloq aholi punktlarining hududlarini shaharsozlik jihatidan rivojlantirish sxemalari ishlab chiqiladi;

▫️uchinchi darajada – hududlarning aniq muammolarini bartaraf etishga yo‘naltirilgan, o‘zida shaharsozlik, ijtimoiy-iqtisodiy, ekologik va boshqa loyiha yechimlarini mujassamlashtirgan master rejalari yoki batafsil rejalashtirish loyihalari ishlab chiqiladi.

◼️Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi huzurida davlat muassasasi shaklida Urbanizatsiya va shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish respublika markazi tashkil etildi.

Markaz Davlat shaharsozlik kadastrini yuritadi.

◼️2024-yil 1-iyulgacha “Mening hududim” elektron platformasi ishlab chiqiladi.

📝 Platformada aholi punktlarining shaharsozlik hujjatlarini va master rejalarini ishlab chiqishda jamoatchilik fikrini o‘rganish hamda ovoz berish mexanizmi joriy etiladi.

#DavKadastrPalata #qonunchilikdagi_yangiliklar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM