DAVLAT KADASTRLARI PALATASI
29K subscribers
10.6K photos
1.65K videos
1 file
6.3K links
Murojaatlar uchun:

Telegramm-bot @Dkpuz_bot
Yagona aloqa markazi +99871 207 00 03

Telegram: t.iss.one/DavKadastrPalata
Instagram: instagram.com/davkadastrpalata/
YouTube: youtube.com/@davkadastrpalata
Facebook: facebook.com/DavKadastrPalata
Download Telegram
#mini_futbol #kadastr

🏆 ⚽️ "MINI FUTBOL-2023" sport musobaqasi o'z nihoyasiga yetdi. 🏆

Musobaqaning yakuniy kuni natijalariga ko'ra:

1️⃣-o'rin- Andijon viloyati jamoasi;
2️⃣-o'rin- Qashqadaryo viloyati jamoasi;
3️⃣- o'rin- Sirdaryo viloyati jamoasi;
4️⃣-o'rin- Namangan viloyati jamoalariga nasib etdi.

➡️ Musobaqaning yakuniy kunida 🌟Kadastr agentligi tizim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar o'rtasida ham turli xil sport musobaqalari o'tkazildi.

Ayollar o'rtasida o'tkazilgan musobaqa natijalariga ko'ra:

1️⃣-o'rin- Respublika aerogeodeziya markazi jamoasi;
2️⃣-o'rin- Surxondaryo viloyati jamoasi;
3️⃣- o'rin- Navoiy viloyati jamoasi;
4️⃣-o'rin- "Geoinfocom" DUK jamoasi egalladi.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
☺️☺️☺️☺️☺️
DKP hafta ichida

🏪 Davlat kadastrlari palatasi raisining birinchi o'rinbosari Nozimjon Inamov ishtirokida Beshariq tumanida o'tkazilgan sayyor qabul.

🏪 Qoraqalpog'iston Respublikasida amalga oshirilayotgan ishlar.

🏪 Hududlardagi kadastr xizmatlarimiz OAV nigohida.

🏪 Kadastrda sport musobaqalari.

🏪 Hududlarda UzKAD dasturi bo'yicha o'quv seminarlar.

🏪 Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchilarning malakasini oshirish tartibi belgilandi.

🏪 Kadastr aholi manfaatlari yo'lida haftalik va yillik sarhisob videoroligi.

🏪 Ko'chmas mulkingiz tarixini bilishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #hafta_davomida #daydjest

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
☺️☺️☺️☺️☺️
Huquqiy ma'lumot

💠 Yer uchastkasini xususiylashtirish bo'yicha ariza to‘ldirish jarayonida:

▪️yer uchastkasiga bo‘lgan huquqning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi Kadastr agentligining “Kadastr va ro‘yxatdan o‘tkazish integratsiyalashgan axborot tizimi” orqali;

▪️xususiylashtirish obyektlari va subyektlari “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 10, 12 va 13-moddalari talablariga mosligi “Yerxususiylashtirish” AATga ulangan tashkilotlarning axborot tizimlari orqali avtomatik ravishda tekshiriladi.

▪️Agar xususiylashtiriladigan yer uchastkasi ulushli yoki birgalikdagi egalik qilishda (foydalanishda) bo‘lsa, ariza barcha egalarning (foydalanuvchilarning) fuqarolik qonun hujjatlariga muvofiq tuziladigan kelishuviga binoan, bunday kelishuvga erishilmagan taqdirda esa — sud tomonidan belgilangan tartibda ushbu Reglament talablari asosida beriladi.

▪️Xususiylashtirilayotgan yer uchastkasida boshqa shaxslarga mulk huquqi asosida tegishli bino va inshootlar mavjud bo‘lgan taqdirda, ularning mazkur yer uchastkasiga doimiy foydalanish (egalik qilish), ijara yoki meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi mavjudligi tekshiriladi.

#DavKadastrPalata #huquqiy_ma_lumot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
☺️☺️☺️☺️☺️
"E-AUKSION" elektron savdo platformasidan foydalanish tartibi bilan tanishing. Unda:

▪️platforma orqali mulk sotish tartibi;
▪️buyurtmachi sifatida ro'yxatdan o'tish;
▪️mulk sotish bo'yicha shartnoma imzolash;
▪️buyurtma yaratish;
▪️mulkni savdoga chiqarish

kabi ma'lumotlarga ega bo'lishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #auksion

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kadastr_agentligi #qaror #vm_424


🇺🇿O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 🏙 "“Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida” 🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida"gi Qarori qabul qilindi (2023-yil 25-avgust 424-son).

📄 Qarorning 1-ilovasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga quyidagilarni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi:

😎 ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bilan bog‘liq normativ-huquqiy hujjatlarni tizimlashtirish va yagona hujjatga birlashtirish;

😎jismoniy va yuridik shaxslarning ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlari yuzaga kelganligi, boshqa shaxsga o‘tganligi, cheklanganligi va bekor qilinganligi faktini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatish tartib-taomili;

😎ko‘chmas mulkni bo‘lish, birlashtirish va ularning yangi chegaralarini belgilash bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatish tartib-taomili hamda ushbu xizmatlarni ko‘rsatganlik uchun undiriladigan to‘lovlar miqdori;

😎davlat ro‘yxatidan o‘tkazilib, bu haqda guvohnoma berilgan ko‘chmas mulklarni elektron tarzda davlat reyestriga kiritish va undan ko‘chirma berish, shu jumladan mazkur xizmatlarni bepul amalga oshirish.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
☺️☺️☺️☺️☺️
UzKAD tizimiga bosqichma-bosqich o‘tilmoqda

📃 Ilgari qog‘oz shaklida yoki boshqa axborot tizimlarida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar endilikda har bir ko‘chmas mulk obyektini identifikatsiyalagan holda bosqichma-bosqich UzKAD tizimiga o‘tkazilmoqda.

➡️Hududlarda o'tgan hafta o'tkazilgan Davlat yer kadastrini yuritish bo‘yicha “UzKad” dasturiga kiritilgan yer fondi toifalarini huquqiy hujjatlarga asosan qayta ko‘rib chiqish va yer hisoboti bilan bir xilligini taʼminlash bo‘yicha seminarlar haqida ma'lumot bergandik.

◼️Mazkur yo'nalish bo'yicha Surxondaryo viloyatida amalga oshirilgan ishlar haqida UzA maqolasida batafsil yoritildi.

#DavKadastrPalata #oav_biz_haqimizda

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kadastr_agentligi #xalqaro_aloqalar

🇺🇿🌟Kadastr agentligining 🇹🇷Turkiya bilan aloqalari amaliy bosqichga olib chiqilmoqda.

🟢 Joriy yilning 20-25-avgust kunlarida 🌟Kadastr agentligi delegatsiyasi Turkiyaning Yerni ro‘yxatga olish va kadastr bosh mudirligi bilan ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini o‘rnatish maqsadida hamda Turkiya kadastr sohasini institutsional o‘rganish va tajriba almashish maqsadida 🇹🇷 Turkiya Respublikasiga tashrifi bo‘lib o‘tdi.

➡️ Batafsil bu yerda

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida yangi o‘quv yili arafasida maktab ta’limidagi masalalarni muhokama qilish va ustuvor vazifalarni belgilab olish yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo'lib o'tmoqda.

◼️ Unda qayd etilishicha, Investitsiya dasturi doirasida kelgusi yilda maktablar qurilishiga 3 trillion so‘m ajratiladi. Buning hisobiga 150 ming yangi o‘quvchi o‘rni yaratiladi. Xususiy sheriklik asosida kelgusi yilda 50 ta (35 ming o‘quvchi o‘rni) maktabni barpo etish ishlari boshlanadi.

◼️Xususiy sektorga qo‘shimcha sharoitlar yaratish orqali yiliga kamida 25 ming o‘quvchi o‘rni tashkil qilinadi. Buning uchun tadbirkorlarga xususiy maktab tashkil qilish uchun kreditning 7 foiz qismi budjetdan qoplab beriladi. Yangi maktab qurish uchun yer maydonlari faqat maktab qurish uchun maqsadli auksionga chiqariladi.

◼️ Iqtisodiyot va moliya vazirligiga kelgusi yilda 50 ta, 2025-yilda yana kamida 100 ta maktabni xususiy sheriklik asosida qurish bo‘yicha investorlar bilan kelishuvga erishib, amaliy ishlarni boshlash topshirildi. Umuman, 2030-yilgacha har yili 100 tadan maktab qurilishiga xususiy sheriklarni jalb qilish vazifasi qo‘yildi.

◼️ Viloyat hokimlariga 1 noyabrga qadar demografik o‘sish, aholi joylashuvi va zichligini hisobga olgan holda, kelgusi yilda yangi maktablar qurish uchun yer uchastkalarini aniqlash, Qurilish vazirligi bilan birgalikda 1 fevralga qadar yangi maktablarning loyiha hujjatlarini ishlab chiqib, tenderlarni e’lon qilish bo‘yicha topshiriq berildi.

#DavKadastrPalata #Prezident

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿
DXMdagi xizmatlarimiz

🌟 O'zganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquqi (Servitut) to'g'risidagi kelishuvlarni davlat ro'yhatidan o'tkazish bo'yicha ma'lumot.

#DavKadastrPalata #DXM #xizmatlar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿
Turar joy bilan ijtimoiy obyektlar o'rtasidagi masofa qancha bo'lishi lozim?

🌟 Davlat kadastrlari palatasi turar joy bilan ijtimoiy obyektlar o‘rtasidagi masofa bo'yicha ma'lumotlarni taqdim etadi.

➡️ Foydali bo'lgan ushbu ma'lumotlarni kengroq tarqating.

#DavKadastrPalata #masofa

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM