DAVLAT KADASTRLARI PALATASI
29K subscribers
10.6K photos
1.65K videos
1 file
6.3K links
Murojaatlar uchun:

Telegramm-bot @Dkpuz_bot
Yagona aloqa markazi +99871 207 00 03

Telegram: t.iss.one/DavKadastrPalata
Instagram: instagram.com/davkadastrpalata/
YouTube: youtube.com/@davkadastrpalata
Facebook: facebook.com/DavKadastrPalata
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #OAV_biz_haqimizda

🌟 Kadastr agentligi tashabbusi bilan o'tkazilayotgan “Davlat organlari faoliyatining ochiqligi va shaffofligini ta’minlashda jamoatchilik bilan aloqalar texnologiyalari” mavzusidagi seminar-trening tashkil etildi.

➡️Batafsil: "Samarqand MTRK" teleradiokanalining "Diyor yangiliklar" informatsion dasturida

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▪️“UzKad” dasturiga kiritilgan▪️

🌟Davlat kadastrlari palatasi Andijon viloyati boshqarmasida Davlat yer kadastrini yuritish bo‘yicha “UzKad” dasturiga kiritilgan yer fondi toifalarining kichik yer turlariboyicha huquqiy hujjatlarga asosan qayta ko‘rib chiqish va yer hisoboti bilan bir xilligini taʼminlash bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi.

📃 Yig‘ilishda Davlat kadastrlari palatasining Davlat yer kadastrini yuritish boshqarmasi mutasaddilari, hududiy boshqarma vakillari hamda hududiy filiallarning yer hisobini yuritish bo‘yicha mutaxassislar, topograflar, ko‘chmas mulklarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘limi mutaxassislari shuningdek,  “UzKad” dasturiga masʼul mutaxassislar qatnashishdi.

📊 Yer hisobini yuritish, yer fondining toifalarining yer turlarini huquqiy hujjatlarga asosan “UzKad” dasturiga to‘g‘ri kiritilishi bo‘yicha yig‘ilishda qatnashgan masʼullarga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.

#DavKadastrPalata #uzkad

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🐦Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kadastr #quyosh_panel

Ma'lumki 2023-yil yakuniga qadar 🌟Kadastr agentligi tizimida jami 21 ta obyektda quyosh panellari o‘rnatish ishlari rejalashtirilgan.

💠Shundan 🌟 Kadastr agentligi markaziy apparati binosida 1 ta, 🌟Kadastr agentligi hududiy boshqarmasida 1 ta, 💫Davlat kadastrlari palatasining 13 ta hududiy boshqarmalarida va 6 ta Agentlik tizim tashkilotlari binolarida jami 855 kVt quvvatga ega quyosh panellari o‘rnatish rejalashtirilgan.

Bular:
😎Agentlik markaziy apparati binosi (120 kVt),
😎Davlat kadastrlari palatasi markaziy apparati (60 kVt)
😎Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi (20 kVt),
😎Andijon viloyati (30 kVt),
😎Namangan viloyati (40 kVt),
😎Farg‘ona viloyati (60 kVt),
😎 Jizzax viloyati (15 kVt),
😎Qashqadaryo viloyati (30 kVt),
😎Surxondaryo viloyati (20 kVt),
😎Toshkent shahar (60 kVt),
😎Toshkent viloyati (50 kVt),
😎Buxoro viloyati (15 kVt),
😎Xorazm viloyati (30 kVt),
😎Navoiy viloyati (15 kVt),
😎Sirdaryo viloyatining Sardoba tumanida (rejadan tashqari) (10 kVt) quyosh panellari o‘rnatildi.
🟡 Sirdaryo viloyati boshqarmasida (15 kVt) quyosh panellari o‘rnatish ishlari davom etmoqda.

🔋Quyosh panellari o‘rnatish bo‘yicha yillik reja jami 855 kVt bo‘lib, iyul oyida 580 kVt rejaga nisbatan 67,8 % o‘rnatish ishlari yakunlandi.

Ma'lumot uchun: Qayta tiklanuvchi energiya manbalarini o‘rnatish 🌟Kadastr agentligining “Geoinnovatsiya markazi” DUK tomonidan manzilli dastur asosida olib borilmoqda.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▪️Arxiv ishi o'quv amaliyoti▪️

◼️Xabar berganimizdek, Jahon banki granti doirasida, “O‘zarxiv” agentligi huzuridagi arxiv ishi va ish yuritish bo‘yicha malaka oshirish ilmiy-metodik markazi bilan hamkorlikda Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmalari arxiv ishi bosh mutaxassislarining malakasini oshirish maqsadida tashkillashtirilgan o‘quv-kurslari davom etmoqda.

➡️ Bugun esa arxivchilar o'quv kurslari amaliyoti jarayonida "O'zarxiv" agentligiga qarashli davlat arxivlarida bo'lib, arxivchilar faoliyati hamda arxiv hujjatlarni saqlash tartibi bilan tanishib, mutaxassislar ishtirokidagi ish jarayonini ko'zdan kechirdilar.

#DavKadastrPalata #arxiv

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🐦Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🌟 DAVLAT KADASTRLARI PALATASI 2023-yil 1-avgustdan qonunchilikda yuz beradigan ayrim o'zgarishlar haqida ma'lumot beradi:

⚜️ Davlat organlari rahbarlari raqamli texnologiyalar bo'yicha qisqa muddatli kurslarda o'qitiladi.
👉 Batafsil

⚜️ Davlat organlarining axborot texnologiyalari sohasidagi ayrim mas'ul xodimlariga 20% miqdorda ustama to'lanadi.
👉 Batafsil

⚜️ Ijtimoiy soha obyektlarining isitish tizimlarini modernizatsiya qilish ishlari boshlanadi.
👉 Batafsil

⚜️Yoshlarga kompyuter xaridlari uchun ajratiladigan mablag'lar bank kartasiga o'tkazilishi mumkin.
👉 Batafsil

⚜️ Suv omborlarida seysmologik kuzatuvlarni amalga oshirish bo'yicha elektron platforma ishga tushiriladi.
👉 Batafsil

⚜️Ayrim tibbiyot muassasalarida tibbiy psixolog, suitsidolog lavozimlari joriy qilinadi.
👉 Batafsil

⚜️ Ota-onalarning farzandi ta'limi uchun to'lagan pullari daromad solig'idan ozod qilinadi.
👉 Batafsil

#DavKadastrPalata #qonunchilikdagi_o_zgarishlar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🐦Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▪️DKPning jamoatchilik bilan aloqalari▪️

🌟 Xabaringiz bor, Davlat kadastrlari palatasining Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi tomonidan tizimdagi yangiliklar keng yoritib kelinmoqda. Bundan tashqari har bir tanqidiy, tahliliy fikrlarga to‘g‘ri yondashgan holda ularni o‘rganib, zaruriy choralarni ko‘rishda davom etadi.

📊 Mazkur ma'lumotlar Davlat kadastrlari palatasining Markaziy apparati va hududiy boshqarmalariga 2023 yil iyul oyida kelib tushgan murojaatlarga bildirilgan rasmiy munosabatlar tahlili haqida.

#DavKadastrPalata #oav_biz_haqimizda #axborot_hisoboti

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🐦Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▪️@Dkpuz_bot - javob beradi▪️

📧 SAVOL: Turar joyim 2017-yil davlat ro'yxatidan o'tgan. Yer mulkimda hozirgi kungacha hech qanday o'zgarish bo'lmagan. Lekin men huddi shu uy-joyimga qaytadan ko'chirma olmoqchi bo'lsam xizmat uchun yana pul to'lashim kerak bo'ladimi?

✍️ JAVOB: Murojaatingizga ko'ra, yer mulkingizda hech qanday o'zgarish bo'lmaganligi hisobga olinadigan bo'lsa, ko‘chmas mulk obyekti bo‘yicha birlamchi kadastr pasporti mavjud bo‘lib, begonalashtirilganda yoki obyektda o‘zgarishlar mavjud bo‘lmaganda, kadastr pasporti yo‘qolganda yoki yaroqsiz holga kelganda hamda fuqaroning familiyasi, ismi va otasining ismi o‘zgarganda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 186-son qaroriga muvofiq davlat xizmatlari ko‘rsatilganligi uchun yig‘imlar undirilmaydi.

************

👉 @Dkpuz_bot 👈 yordamida sizni qiziqtirgan barcha savollaringizga mutaxassislarimizdan yozma va telefon muloqoti orqali javob olishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #savol_javob

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🐦Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▪️Samarqand viloyati Urgut tumanida sayyor qabul▪️

⚡️ Ayni damda, Samarqand viloyatining Urgut tumanida Davlat kadastrlari palatasi raisi o'rinbosari Yunusov Abdulaziz Abdugapparovich ishtirokida sayyor qabul bo'lib o'tmoqda.

◼️Sayyor qabul davomida kadastr masalalarida muammolari bo'lgan fuqarolarga ularni hal qilishga yaqindan yordam ko'rsatilib, sud-huquq organlariga bog'liq hamda manzili noto'g'ri murojaatlarga huquqiy tushuntirishlar berilmoqda.

◼️ Hozirgacha 10 dan ortiq masalalar ko'rib chiqildi. Batafsil yana ma'lumot beriladi.

#DavKadastrPalata #sayyor_qabullar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🐦Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▪️Auksionga taqdim etilgan yer uchastkalari statistikasi▪️

🌟 Davlat kadastrlari palatasi tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun respublika miqyosida yer uchastkalarini elektron onlayn auksionga taqdim etish boyicha haftalik statistikani havola etadi:

📆 Hisobot davri: 25-31-iyul, 2023-yil

⚖️ Jami: 743

🗣 e-auksion.uz - elektron onlayn auksionda qatnashing va shaffof, ochiq yo'l bilan yer uchastkalarini sotib oling!

#DavKadastrPalata #auksion #info

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🐦Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM