DAVLAT KADASTRLARI PALATASI
29.2K subscribers
10.5K photos
1.64K videos
1 file
6.28K links
Murojaatlar uchun:

Telegramm-bot @Dkpuz_bot
Yagona aloqa markazi +99871 207 00 03

Telegram: t.iss.one/DavKadastrPalata
Instagram: instagram.com/davkadastrpalata/
YouTube: youtube.com/@davkadastrpalata
Facebook: facebook.com/DavKadastrPalata
Download Telegram
▪️Inson manfaatlari ustuvor▪️

🌟 Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalarida "Kadastr aholi manfaatlari yo'lida" tamoyili asosida aholini qiynab kelayotgan muammolarni joyiga borgan holda hal etish yuzasidan "Mahallabay", "Xonadonbay" o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

◼️Jumladan, mazkur hafta ushbu tashabbus Davlat kadastrlari palatasining quyidagi hududiy boshqarmalarida tashkil etildi:

▫️Qashqadaryo viloyati 1, 2, 3, 4
▫️Surxondaryo viloyati
▫️Jizzax viloyati 1, 2
▫️Toshkent viloyati

#DavKadastrPalata #kadastr_xalq_xizmatida

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▪️Malaka oshirish kurslari▪️

⚡️ Ayni kunlarda Kadastr agentligi tasarrufidagi Toshkent geodeziya va kartografiya kolleji "Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi"da Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalari hamda tuman (shahar) filiallarida faoliyat yuritayotgan mutaxassislarni yo'nalishlar bo'yicha malakasini oshirish o'quv kurslari tashkil etildi. Reja-grafik asosida guruhlar shakllantirilib bir qancha yo‘nalishlarda o‘quv soatlari o‘tkazildi .

◼️ O‘quv kurslari natijalariga ko‘ra kuni kecha topografiya yo‘nalishi bo'yicha faoliyat yuritayotgan mutaxassis xodimlar uchun test sinovlari tashkil etilgan bo‘lsa bugun auksion va kadastr muhandisligi yo‘nalishlari bo‘yicha o'quv kurslarini tugatgan mutaxassislarning bilimlari sinovdan o'tkazildi.

#DavKadastrPalata #malaka_oshirish

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▪️DKPning jamoatchilik bilan aloqalari▪️

🌟 Ochiqlik- tashkilotning jamoatchilik bilan aloqalarini, natijada sohani yanada rivojlanishiga zamin yaratadi. Har bir tanqidiy, tahliliy fikrlarga to‘g‘ri yondashgan holda Davlat kadastrlari palatasi Markaziy apparati hamda hududiy boshqarmalarining Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi ularni o‘rganib, zaruriy choralarni ko‘rishda davom etadi.

📊 Mazkur ma'lumotlar Davlat kadastrlari palatasining Markaziy apparati va hududiy boshqarmalariga 2023 yil may oyida kelib tushgan murojaatlarga bildirilgan rasmiy munosabatlar tahlili haqida.

#DavKadastrPalata #oav_biz_haqimizda #axborot_hisoboti

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Президент Шавкат Мирзиёев Чўлпонотада Европа Кенгаши Президенти Шарль Мишель билан музокара ўтказди ҳамда Марказий Осиё мамлакатлари ва Европа Иттифоқи етакчилари учрашувида муҳим ташаббусларни илгари сурди

Президент Шавкат Мирзиёев провел переговоры с Президентом Европейского Совета Шарлем Мишелем и выступил с важными инициативами на встрече лидеров Центральной Азии и Европейского Союза в Чолпон-Ате

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
▪️Murojaatlar statistikasi▪️

🌟Respublika bo‘yicha 2023 yil 29-may- 2 iyun kunlari aholidan Davlat kadastrlari palatasi va uning hududiy boshqarmalariga jami 1 665 ta murojaatlar kelib tushgan.

Murojaatlar quyidagicha yo‘nalishlarda:

▫️Yer ajratish masalasi – 116 ta
▫️Kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish – 400 ta
▫️Mulkni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish – 88 ta
▫️Kadastr xodimlari xatti xarakati ustidan – 5 ta
▫️Nizoli holatlar buyicha – 185 ta
▫️Boshqa masalalar – 417 ta
▫️So‘rovnomalar – 454 ta

Ular quyidagicha tahlillanadi:

Muddatida hamda ijobiyhal etiilgan xatlar - 1001 ta
🗣 Javob xatlarining boshqa idoralarga yo‘naltirish – 18 ta
⚙️ Jarayonda – 646 ta

#DavKadastrPalata #info #murojaatlar #haftalik_natijalar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🟩🟩🟩🟩🟩🟩 “Davlat kadastrlari palatasi hafta davomida” dasturi 29 - may - 04- iyun  kunlarida tizimda ro‘y bergan muhim yangiliklar haqida xabar beradi.

#DavKadastrPalata #hafta_davomida #daydjest

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▪️5-iyun — Butunjahon atrof-muhitni muhofaza qilish kuni▪️

🌳 Xalqaro atrof-muhitni muhofaza qilish kunini nishonlash doirasida Birlashgan Millatlar Tashkiloti Butunjahon miqyosida dolzarb bo'lgan ekologik muammolar to'g'risida xalqaro jamoatchilikni xabardor etib, shu muammolarni yechishga dunyo xalqlarini chorlaydi.

🌤 Insonlarni doimiy o‘sib borayotgan talablari tabiatni o‘z chegaralaridan tashqariga chiqarib yubormoqda. Okeanlar va o‘rmonlar 86 million insonlarni ish bilan ta’minlaydi. To‘rt milliard insonlar faqat tabiiy dorilarga tayanadi. Shaharlar va binolarni sovitish uchun o‘rmonlar va ko‘kalamzorlardan foydalanish kabi tabiiy yechimlarni asrash talab etiladi.

🌈 Mazkur sana nafaqat ona yer tuhfalarini qadrlash, yerimizda mavjud bo`lgan boy biologik xilma-xillikni asrash kunidir. Ushbu kunda biz barchamiz ona-yerimizni qanday qilib muhofaza qilishimiz, hozirda dolzarb bo`lib qolgan ekologik muammolarni qanday yechishimiz mumkinligi to'g'risida chuqur o'ylashimiz, yer-sharimizni yanada go'zalroq, sog'lomroq qilish yo'llarini izlashimiz lozimdir.

🌟 Davlat kadastrlari palatasi jamoasi barchani atrof-muhitni asrab-avaylashga chaqiradi.

#DavKadastrPalata #muhim_sanalar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
▪️"O'zbekiston24"- biz haqimizda▪️

🌟 Davlat kadastrlari palatasi tomonidan tashkillashtirilgan "Yer uchastkasini auksion savdolariga chiqarish bo'yicha taklif kiritish tartibi" mavzusidagi press tur bir qancha tashqi OAVlarida keng yoritildi.

▶️ Jumladan mazkur matbuot tadbiri haqida "O'zbekiston24" telekanali jurnalisti "Махсус репортаж" ko'rsatuvi uchun keng tahliliy dastur tayyorlagan.

#DavKadastrPalata #press_tur #oav_biz_haqimizda

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▪️@Dkpuz_bot - javob beradi▪️

📤 SAVOL: Uyimning orqa tarafida 2 sotix yer bor edi,10 yil oldin texnik kadastr qildirganman, shuni hozir auksion savdosiga qo'yamiz deyishyapti. Shuni tartibi haqida tushuntirib bering.

✍️ JAVOB: Qonunchilikka ko'ra, agar texnik hujjatda ushbu yer maydoni ko'rsatilgan bo'lsa auksion savdolariga chiqarilmaydi, hech qanday hujjat mavjud bo'lmagan holatda mazkur yer maydoni zaxira yer maydoni hisoblanib, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 685-sonli qaroriga asosan auksion savdolariga chiqarilishi mumkinligini ma’lum qilamiz.

****

👉@Dkpuz_bot 👈 yordamida sizni qiziqtirgan barcha savollaringizga mutaxassislarimizdan yozma va telefon muloqoti orqali javob olishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #savol_javob

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Davlat kadastrlari palatasi test savollarini taqdim etadi:

Respublikamizda sug‘oriladigan ekin yerlari jami yerlarning necha foizini tashkil etadi?
Anonymous Quiz
39%
7,22%
23%
4,32%
7%
1,84%
32%
13,5%
▪️Huquqiy ma'lumot▪️

Davlat reyestridagi yozuvni bekor qilish

📃 Davlat reyestriga kiritilgan yozuvlar Komissiyaning yoki sudning qaroriga ko‘ra bekor qilinadi.

◾️Texnik xatoni tuzatish natijasida davlat reyestriga kiritilgan o‘zgartishlar Komissiyaning yoki sudning qaroriga ko‘ra bekor qilinadi.

◾️Sud tomonidan davlat reyestridagi yozuvning bekor qilinishi va (yoki) ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlarning haqiqiy emas deb topilishi ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni ro‘yxatdan o‘tkazish bilan bog‘liq bo‘lgan yuridik oqibatlarni bekor qilish uchun asos bo‘ladi.

◾️Davlat reyestriga kiritilgan navbatdagi yozuv bekor qilingan taqdirda, oldingi yozuv haqiqiy bo‘lib qoladi.

◾️Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi davlat reyestridagi tegishli yozuv bekor qilingan kundan e’tiboran 3 ish kuni ichida mazkur yozuv bekor qilinganligi to‘g‘risida Komissiyani yoki sudni, shuningdek huquq egalarini yoxud ularning vakillarini xabardor qilishi shart.

#DavKadastrPalata #huquqiy_ma_lumot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🟢 FIG PREZIDENTI BILAN UCHRASHUV BO'LIB O'TDI.

🌍 Xalqaro geodezistlar haftaligi-2023 doirasida 🇺🇿O’zbekiston nomidan ishtirok etgan 🌟Kadastr agentligi vakillari hamda FIG Prezidenti Diane Dumashie xonim o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv davomida Diane Dumashie xonim Xalqaro geodezistlar haftaligida O’zbekiston vakillari ishtirok etayotgani uchun alohida minnatdorlik bildirdi va ushbu ishtirok global hamkorlik yo’lidagi muhim qadam ekanligini alohida ta'kidladi.

➡️Muzokara doirasida FIG komissiyasi sessiyalarida ishtirok etib dunyo mamlakatlarining yer resurslarini samarali boshqarish, geoaxborot tizimlarini qo'llash sohalarini kengaytirish, so'ngi texnologiyalarni qo'llanilishi va ilg'or tajribalarni o'rganish yurtimizda sohani yanada rivojlantirishga xizmat qilishi ta’kidlandi. Shuningdek Kadastr agentligi vakillarida “Yer boshqaruvi va kadastr” yo‘nalishidagi 7-komissiyaning sessiyalari, ESRI kompaniyasining maxsus labaratoriyasidagi amaliy mashg‘ulotlar hamda ko’rgazmadagi geodeziya va kartografiya sohasidagi zamonaviy smart o‘lchov texnologiyalari katta qiziqish uyg’otgani aytib o’tildi.

🌍 Xalqaro geodezistlar federatsiyasi (FIG) bilan hamkorlikni faollashtirish, FIGning “Yosh geodezistlar salohiyatini oshirish”da O‘zbekiston vakillari ishtirokini oshirish, akademik davra imkoniyatlaridan foydalanish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv yakuniga ko‘ra, Dumashie xonim 🌟Kadastr agentligiga FIGning navbatdagi sessiyalarida yer ma’muriyatchiligi, geodeziya va kartografiya yo‘nalishida 🇺🇿O‘zbekiston tajribasi bilan o’rtoqlashilishidan umidvor ekanligini bildirdi.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
✍️ Bilishingiz muhim

📃 Davlat kadastrlari palatasiga taaluqli bo‘lmagan savollar bilan juda ko‘p murojaat qilishmoqda. Yurtdoshlarimizning sarsongarchiliklaringizga chek qo‘yish va huquqiy bilimlarini yanada oshirish maqsadida manzili noto‘g‘ri savollaringizga aniq javob berishda davom etamiz.

⁉️ Binoni foydalanish uchun qabul qilishga ruxsatnomani Davlat kadastrlari palatasi beradimi? Murojaatga aniq javob videoda.👆

#DavKadastrPalata #bilishingiz_muhim

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM