📣DIQQAT E’LON!📣
🌟Davlat kadastrlari palatasi ushbu bilan quyidagilarni ma’lum qiladi.
▶️ Kadastr xizmatlariga integratsiya qilingan bankning xabar qilishicha, kadastr xizmatlariga aloqador
MUNIS (
banklararo universal tarmoqli axborot tizimi) dasturi orqali amalga oshiriladigan bank operatsiyalari 2022-yilning
25-dekabridan 2023-yilning
5-yanvariga qadar
vaqtincha faoliyat ko‘rsatmaydi. Ya’ni notarial tartibda rasmiylashtirilgan bitimlarga asosan ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun amalga oshiriladigan
to‘lovlarni aynan
notarial idoralar orqali yoki
PAYME elektron dasturi orqali amalga oshirishning imkoni
cheklanadi.
❕Shu munosabat bilan ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun murojaat arizalari hamda to‘lovlarni
VAQTINCHALIK Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali amalga oshirishingiz mumkin bo‘ladi.
▪️Yuzaga keladigan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.
#DavKadastrPalata #e_lon Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook