DAVLAT KADASTRLARI PALATASI
29K subscribers
10.6K photos
1.65K videos
1 file
6.3K links
Murojaatlar uchun:

Telegramm-bot @Dkpuz_bot
Yagona aloqa markazi +99871 207 00 03

Telegram: t.iss.one/DavKadastrPalata
Instagram: instagram.com/davkadastrpalata/
YouTube: youtube.com/@davkadastrpalata
Facebook: facebook.com/DavKadastrPalata
Download Telegram
▪️Boysunda sayyor qabul▪️

⚡️ Ayni damda rejaga asosan, Surxondaryo viloyatining Boysun tumanida Davlat kadastrlari palatasi raisining o'rinbosari Ahmadjon Suyunov boshchiligida viloyatning tizim mutasaddilari ishtirokida aholining kadastr masalalari bilan bog'liq murojaatlarini ko'rib chiqish maqsadida sayyor qabul bo'lib o'tmoqda.

◼️ Sayyor qabulda hozirgacha 10 dan ortiq masalar ko'rilgan bo'lib, yig'ilgan fuqaro va tadbirkorlarning kadastrga oid savol va muammolari tinglanib, masalalari o'rganilmoqda.

◼️Bundan tashqari, qonunchilikdagi yangilik va o'zgarishlar haqida ham yig'ilganlarga huquqiy tushuntirishlar berilmoqda. Zero, kadastr mas'ullariga yuzlanib qilingan murojaatlarning bir qanchasi sud-huquq idoralari tomonidan ko'rib chiqiladigan masalalardir.

#DavKadastrPalata #sayyor_qabullar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▪️Kadastrchilar Belarusiyada▪️

⚡️ Bugun Kadastr agentligi tizimi mutasaddilari, shu jumladan, Davlat kadastrlari palatasi mutahassislari Belarus Respublikasi Davlat mulk qo‘mitasining “Kadastr milliy agentligi”ning 25 yilligi munosabati bilan Minsk shahrida “Ko‘chmas mulk, Aloqalar, Innovatsiyalar” mavzusida 18-19-may kunlari tashkil etilgan xalqaro konferensiyasida ishtirok etmoqda.

🌐 Ushbu konferensiyada Belarusiya Respublikasida kadastr rivojlanishining 25 yilligi: tarix va istiqbollari, Rossiya Federatsiyasida ko'chmas mulkni ro'yxatga olish tizimini rivojlantirish yo'nalishlari, Belarus Respublikasining ko'chmas mulk reyestri va shu kabi mavzularida mutaxassislar ma'ruzalari tinglandi.

🫥 Shu qatorda, kunning ikkinchi qismida respublikamizdan tashrif buyurgan soha mutaxassislarining Oʻzbekiston Respublikasida fazoviy maʼlumotlar infratuzilmasi boʻyicha ishlarning holati va ularni rivojlantirish istiqbollari, Koreyadagi integratsiyalashgan geofazoviy platforma misoli hamda qishloq xoʻjaligi yerlarini raqamlashtirish mavzularida ma'ruzalari tinglanmoqda.

#DavKadastrPalata #xalqaro_hamkorlik

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
DAVLAT KADASTRLARI PALATASI
▪️18-may - Xalqaro muzeylar kuni▪️ 🏛 Maʼlumki, 1977 yildan boshlab mazkur kun dunyo miqyosida keng nishonlanadi. Mamlakatimizda ham mazkur kun 1997- yildan boshlab muzeylar kuni deb belgilangan. 🏛 Muzeylar — tarixning sirli xilqatlarini oʻzida mujassam…
▪️O‘zbekistonda 150 ta muzey bor ▪️

🏛 Hozirgi kunga O‘zbekistondagi muzeylar soni 150 tani tashkil etadi. Shundan:

▫️ Asosiy muzeylar - 49 ta (ulardan 6 tasi muzey-qo‘riqxonalar);
▫️ Filiallar - 78 ta;
▫️ Idoraviy - 16 ta;
▫️ Nodavlat muzeylar - 7 ta hisoblanadi.

Mamlakatimizdagi eng ko‘p tashrif buyuruvchilarga ega bo‘lgan top 5 ta muzeylar:

◾️Qoraqalpog‘iston Respublikasi - I.V. Saviskiy nomidagi davlat muzeyi
◾️ Toshkent shahri - Temuriylar tarixi davlat muzeyi
◾️Xiva shahri - "Ichan-Qala" majmuasi
◾️ Buxoro shahri - Buxoro davlat badiiy me’morchilik muzey qo‘riqxonasi
◾️Samarqand shahri - Samarqand davlat badiiy muzey qo‘riqxonasi

#DavKadastrPalata #muzeylar_kuni

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
DIQQAT E’LON!

▶️ Hurmatli Xorazm viloyati, Gurlan tumani fuqarolari hamda tadbirkorlari!

🌟 Sizning kadastrga oid murojaatlaringizni ko‘rib chiqish maqsadida Davlat kadastrlari palatasi raisi Moxir Valiyev hamda viloyatning tizim mutasaddilari ishtirokida sayyor qabul o‘tkaziladi.

📆 Sayyor qabul kuni: 2023-yil 25-may, soat 11:00 dan

⬇️Manzil: Xorazm viloyati, Gurlan tumani, Yangi asr mahallasi, P.Maxmud ko'chasi, 35-A uy, 9-son Bolalar musiqa maktabi binosi

📱 Qabulga yozilish uchun +998 62 224-67-02 telefon raqamlariga murojaat qilishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #sayyor_qabullar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▪️Auksion qanday tartibda o'tkaziladi?▪️

⚖️ Auksionga chiqarilgan obyektlarni sotishga va oldi-sotdi shartnomasini rasmiylashtirishga faqat auksionda kamida ikkita ishtirokchi qatnashganda ruxsat beriladi.

◼️Xabarnoma joylashtirilgan paytdan boshlab auksion yakunlangunga qadar ishtirokchi obyektni sotib olish (ijaraga olish) bo‘yicha auksion qadamiga bog‘lanmagan va savdo boshlangunga qadar boshqa ishtirokchilarga oshkor etilmaydigan o‘z narx taklifini kiritish mumkin.

◼️Bunda ishtirokchi tomonidan Nizomning 14-bandi belgilangan miqdordagi va sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishda xatlangan mol-mulkni sotishda 5 foiz hamda Yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini sotishda Nizomning 67-bandida belgilangan miqdordagi zakalatni taklif etayotgan narxiga nisbatan to‘lash talab etiladi.

👉 Batafsil: https://uzdkp.uz/uz/auksion-qanday-tartibda-otkaziladi/

#DavKadastrPalata #auksion

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▪️Korrupsiya - millat dushmani▪️

🌟 Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmalarida korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish bo'yicha profilaktik tadbirlar muntazam o'tkazib kelinmoqda.

◼️Xususan, Davlat kadastrlari palatasi Korrupsiyaga qarshi kurash bo'limi hamda Inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish bo'limi mutaxassislari joylarda xodimlar bilan uchrashuvlar o'tkazmoqdalar. Unda korrupsiyaga qarshi kurashish va uni oldini olish hamda ijro va mehnat intizomga e'tiborli bo'lish, jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushayotgan murojaatlarga o‘z vaqtida javob berish kabi masalalarda suhbat olib borilmoqda.

◼️ Mazkur haftada ushbu mavzudagi davra suhbatlari quyidagi hududiy boshqarmalarda bo'lib o'tdi:

▫️Namangan viloyati
▫️Farg'ona viloyati
▫️Andijon viloyati

#DavKadastrPalata #korrupsiyaga_qarshi_kurash

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
РАДДИЯ

Ижтимоий тармоқларда кенг тарқалган мазкур фото ва унга берилган "Кадастр шундай ўлчабди... " мазмунидаги шарҳ албатта ҳазил тариқасида жойлангани тушунарли. Аммо, бир неча ижтимоий тармоқ кузатувчиларида саволлар туғилаётгани сабабли қуйидагиларни маълум қиламиз:

Айни кунгача, ушбу фотосуратдаги ҳолат юзасидан кадастр идораларига мурожаат келиб тушмаган ва Кадастр агентлигининг ер ва кадастр назорати бошқармалари томонидан ўтказилган назорат тадбирларида бу каби қурилма аниқланмаган.

‼️Ушбу фотосуратдаги ҳолат республикамизда жойлашгани тўғрисида хеч қандай аниқ маълумотлар мавжуд эмас.

Шуни ҳам алоҳида қайт этиш муҳимки, кўчмас мулк объектларига кадастр ҳужжатларини расмийлаштириш жараёнида қурилиш учун тайёрланган ва тегишли идоралар билан келишилган лойиҳалар асосида қурилмаган объектларга кадастр хужжатлари расмийлаштирилмайди.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#prezident #xalqaro_tashrif

🇺🇿 Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев 🇨🇳Хитой Халқ Республикаси Раиси Си Цзиньпиннинг таклифига биноан ушбу мамлакатга ташрифи.

🟢 Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Хитой Халқ Республикаси Раиси Си Цзиньпиннинг таклифига биноан давлат ташрифи билан ушбу мамлакатга жўнаб кетди.
🟢 Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев рафиқаси билан бирга давлат ташрифи билан Хитой Халқ Республикасига келди.
🟢 Хитойга давлат ташрифи билан келган Президент Шавкат Мирзиёев Сиань шаҳрида тантанали кутиб олинди.
🟢 Президент Шавкат Мирзиёев Сиань шаҳридаги “Шэньси” қароргоҳида Хитой Халқ Республикаси Раиси Си Цзиньпин билан музокара ўтказди.
🟢 Президент Шавкат Мирзиёев Хитой Халқ Республикаси Раиси Си Цзиньпин билан музокаралар ўтказди. Олий даражадаги учрашувдан сўнг икки томонлама ҳужжатларни имзолаш маросими бўлди.
🟢 Олий даражадаги музокаралар якунлангач, икки томонлама ҳужжатларни имзолаш маросими бўлиб ўтди.
🟢 Сиань шаҳридаги Тан сулоласи боғида “Марказий Осиё – Хитой” биринчи саммитида иштирок этаётган давлатлар раҳбарларини расман кутиб олиш маросими бўлиб ўтди.
🟢 Президент Шавкат Мирзиёев Сиань шаҳрида ўтаётган Марказий Осиё мамлакатлари ва Хитой саммити доирасида Тожикистон Республикаси Президенти Эмомали Раҳмон билан учрашув ўтказди.
🟢 Хитойга давлат ташрифининг биринчи куни: олий даражадаги тадбирлар ва "Марказий Осиё - Хитой" саммити иштирокчиларини қутлаш маросими.
🟢 Президент Шавкат Мирзиёев “Марказий Осиё - Хитой” биринчи саммитида иштирок этди ва минтақавий ҳамкорликни ривожлантириш бўйича қатор муҳим ташаббусларни илгари сурди.
🟢 Президент Шавкат Мирзиёевнинг "Марказий Осиё – Хитой" саммитидаги нутқи.
🟢 Президент Шавкат Мирзиёев Хитойга давлат ташрифининг иккинчи куни тадбирлари доирасида Сиань шаҳрида Осиё инфратузилмавий инвестициялар банки президенти Цзинь Лицюнни қабул қилди.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM