▪️9-may - Xotira va qadrlash kuni▪️
🇺🇿 Yengilmas iroda va jasoratini namoyon etib, o‘z hayotini aziz Vatanimizning har tomonlama ravnaq topishi, bugungi tinch va osoyishta kunlari uchun jonini fido qilgan ajdodlarimizning
muqaddas xotirasini yod etib, ezgu ishlarini davom ettirish, safimizda yurgan keksalarni e’zozlash – bag‘rikeng va olijanob xalqimizga xos azaliy qadriyatdir.
🇺🇿 Ushbu kun tinchlik va osuda hayotning qadriga yetishga, Vatanga sadoqat hissi bilan yashashga, tarixiy xotiraga hurmat ruhida tarbiyalanishga xizmat qilib kelmoqda.
🇺🇿 Bizning hozirgi kunda tinch va osoyishta yashashimiz uchun jonlarini fido qilgan qahramonlarimizni, nuroniylarimizni qancha yod etib, xotirlasak shuncha oz. Osmoni hamisha musaffo Vatanimizda fidoiy va duogo‘y nuroniylarimiz bor ekan, mustaqilligimiz mustahkam, hayotimiz osuda, tinchligimiz abadiy bo‘ladi!
#DavKadastrPalata #xotira_muqaddasIjtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook