DAVLAT KADASTRLARI PALATASI
29K subscribers
10.6K photos
1.65K videos
1 file
6.3K links
Murojaatlar uchun:

Telegramm-bot @Dkpuz_bot
Yagona aloqa markazi +99871 207 00 03

Telegram: t.iss.one/DavKadastrPalata
Instagram: instagram.com/davkadastrpalata/
YouTube: youtube.com/@davkadastrpalata
Facebook: facebook.com/DavKadastrPalata
Download Telegram
▪️Kadastr - ayollarga ko'makda▪️

🌟 Davlat kadastrlari palatasi Farg'ona viloyati boshqarmasi hamda mas'ul mutasaddi tashkilotlar bilan birgalikda Hukumatning Mahallalarda xotin-qizlarning bandligini taʼminlash chora tadbirlari to‘g‘risidagi qarori nazorat rejasining ijrosi yuzasidan bir qancha ishlar amalga oshirilmoqda.

🌐 Xususan, Farg‘ona viloyati Oila va xotin-qizlar hududiy boshqarmasi hamda shahar va tumanlar bo‘limlari tomonidan markazlar tashkil etishga mos bo‘lgan 61 ta bo'sh turgan bino-inshoot hamda 1 ta yer maydoni tanlab olinib, ro‘yxati tasdiqlangan holda Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasiga taqdim qilindi. Bo‘sh turgan bino-inshootlarning 6 tasi markaz sifatida ishga tushirilib, xotin-qizlar uchun ajratib berildi.

🌐 Ayollar daftarining 1-toifa ro‘yxatida turuvchi M.Xaytmatovaga subsidiya asosida tikuv mashinasi berildi hamda "Bo‘ston" MFY da ayollar daftaridagi 3 nafar ayol faoliyati ta'minlangan tikuv honasi tashkil etildi.

#DavKadastrPalata #xotin_qizlar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▪️Xotin-qizlarning “Zakovat” intellektual turniri ▪️

💰 Bugun, Xalqaro xotin-qizlar kuni arafasida uyushtirilgan Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi hamda mas'ul tashkilotlar tomonidan respublikamiz aro xotin-qizlar o‘rtasida "Zakovat" turnirining saralash hududiy bosqichlari bo‘lib o‘tdi.

◼️Mazkur bellashuv Respublikamizning barcha hududlarida tashkil qilinib, korxona va tashkilotlardan
har bir viloyatda deyarli 50ga yaqin jamoalar tuzildi.

⭐️🌟 Shuningdek, Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi xotin-qizlari ham ushbu turnirda "Kadastr ayollari" jamoasi nomi bilan ishtirok etgan holda, ijobiy natijalar erishib, kuchli 10 talikdan joy olishdi.

#DavKadastrPalata #zakovat #xotin_qizlar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▪️Bayram oldi yangi tashabbus▪️

Kuni kecha Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi tashabbusi bilan Navoiy viloyatida kadastr sohasidagi xotin-qizlarning masalarini o‘rganish, yuzma-yuz ko‘rishgan holda muammolariga ijobiy yechim topish maqsadida sayyor qabul o'tkazildi.

💰 Uchrashuvda Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasidan mutasaddilar, Navoiy viloyati Xotin qizlar boshqamasi hamda Oqila ayollar harakati ma'sullari qatnashishdi. Xotin-qizlarning murojaatlari davomida oliy ta'limda o'qishlari uchun tafsiyanoma berish, moddiy va ma'naviy qo'llab quvvatlash va bir qator boshqa masalalar o‘rganildi, tegishliligi bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatilishi yuzasidan vazifalar belgilab olindi.

◼️ Navoiy viloyati kadastr tizimida 68 nafar ayollar faoliyat yuritib, ular orasida zukko, soha bilimdoni bo‘lganlari talaygina. Ushbu uchrashuv esa nafaqat sayyor qabul, balki ular bilan sohadagi yangiliklar bo‘yicha ham fikr almashish uchun yaxshi imkoniyat bo‘ldi.

◼️ Shuningdek, tadbir yakunida viloyat rahbariyati tomonidan yaqinlashib kelayotgan 8-mart Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan kadastr sohasida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar alohida e'tirof etildi.

#DavKadastrPalata #xotin_qizlar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM