DAVLAT KADASTRLARI PALATASI
28.9K subscribers
10.9K photos
1.71K videos
1 file
6.48K links
Murojaatlar uchun:

Telegramm-bot @Dkpuz_bot
Yagona aloqa markazi +99871 207 00 03

Telegram: t.iss.one/DavKadastrPalata
Instagram: instagram.com/davkadastrpalata/
YouTube: youtube.com/@davkadastrpalata
Facebook: facebook.com/DavKadastrPalata
Download Telegram
▫️Umumiy foydalanish hududidagi huquqingiz▫️

Joylarning mulkdorlari umumiy mol-mulkdan hamda uyga tutash yer uchastkasidan foydalanishda teng huquqlarga ega.

⚪️ Umumiy mol-mulkning ayrim qismlari, joylarning mulkdorlariga yoki boshqa shaxslarga joylar mulkdorlarining umumiy yig‘ilishi qarorida belgilangan tartibda foydalanishga berilishi mumkin.

🚫 Ammo quyidagi umumiy mol-mulklarni boshqa shaxsga berish taqiqlanadi:

🔸tayanch va to‘siq konstruksiyalar;
🔸kvartiralar oralig‘idagi ihotalangan (o‘rama) pillapoyalar;
🔸zinapoyalar;
🔸liftlar;
🔸liftning shaxtalari hamda boshqa shaxtalar;
🔸uy ichidagi muhandislik tarmoqlari va kommunikatsiyalari;
🔸joylarning tashqarisida yoki ichida joylashgan hamda bittadan ortiq joyga xizmat ko‘rsatadigan mexanik, elektr, sanitariya-texnika uskunalari hamda qurilmalari va boshqa uskuna hamda qurilmalarni.

#DavKadastrPalata #huqudiy_ma_lumot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook|Instagram|YouTube
🔸Tarixda iz qoldirganlarning ism-sharifi beriladi🔸

🔰 Mamlakatimizda “Geografik ob’ektlarning nomlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi Qonun (O‘RQ–799, 02.11.2022 y.) Prezident tomonidan imzolandi.

🔰 Qonunga ko‘ra, geografik ob’ektlarga jahon tarixida chuqur iz qoldirgan shaxslarning ismi-sharifini berishga yo‘l qo‘yildi.

🔰 Geografik ob’ektlarga nom berish va ularning nomlarini o‘zgartirish to‘g‘risida takliflar tayyorlash jarayonida mahalliy aholining fikri hisobga olinadi.

#DavKadastrPalata #huqudiy_ma_lumot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook|Instagram|YouTube