DAVLAT KADASTRLARI PALATASI
29.3K subscribers
10.5K photos
1.63K videos
1 file
6.26K links
Murojaatlar uchun:

Telegramm-bot @Dkpuz_bot
Yagona aloqa markazi +99871 207 00 03

Telegram: t.iss.one/DavKadastrPalata
Instagram: instagram.com/davkadastrpalata/
YouTube: youtube.com/@davkadastrpalata
Facebook: facebook.com/DavKadastrPalata
Download Telegram
📧SAVOL: Yuridik shaxsga tegishli bo‘lgan ko‘chmas mulk(lar) haqida ma’lumot berish so‘ralgan advokatlik so‘roviga javob berish uchun to‘lov bormi? Bor bo‘lsa, u qaysi normativ-huquqiy hujjatda belgilab qo‘yilgan?

🧾JAVOB: Yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli ko‘chmas mulk ob’ektlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni, O‘zbekiston Respublikasi Davlat kadastrlari to‘g‘risidagi qonunning 17-moddasi “Davlat kadastrlariga oid axborot davlat hokimiyati organlariga bepul, boshqa yuridik va jismoniy shaxslarga esa belgilangan tartibda haq evaziga taqdim etiladi”.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-iyuldagi «Davlat kadastrlari sohasida davlat xizmatlarini narxlarini belgilashda tabaqalashtirilgan yondashuv tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 186-sonli qarori bilan tasdiqlangan tartibning 4.14-bandi ko‘chmas mulkka oid kadastr ma’lumotlarni taqdim etish bazaviy hissoblash miqdorining 5 foizi (davlat organlari uchun bepul) qilib belgilangan bo‘lib, Siz tomoningizdan to‘lov amalga oshirilganidan so‘ng ma’lumot taqdim etilishini ma’lum qilinadi.
Fuqarolar nomlarida ko‘chmas mulk obyektlari bor yoki (yo‘qligi) haqidagi ma’lumotnoma, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-sentyabrdagi “Vazirlar Mahkamasining” «Kadastr hujjatlarini tayyorlash bo‘yicha davlat xizmatlari narxlarini belgilashda tabaqalashtirish to‘g‘risida» gi 2014-yil 10-iyuldagi 186-son qaroriga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi 535-son qaroriga muvofiq 2020 yil 2-sentabrdan boshlab fuqarolarni mulkida turar-joy borligi (yo‘qligi) haqida axborot berish uchun to‘lov miqdori bazaviy hisoblash miqdorining 3 foizi qilib belgilandi.
Fuqarolarning nomida turar joy mavjud yoki mavjud emasligi haqidagi ma’lumotnoma Yagona Interaktiv Davlat xizmatlari portali yoki joylardagi Davlat xizmatlari markazlari orqali taqdim etiladi.

************

👉 @Dkpuz_bot 👈 yordamida sizni qiziqtirgan barcha savollaringizga mutaxassislarimizdan yozma va telefon muloqoti orqali javob olishingiz mumkin.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook|Instagram|YouTube
▫️Huquqiy ma'lumot▫️

Yer ajratish haqida qarori bo‘lmagan yer uchastkalarini rasmiylashtirish ishlari yakunlanadi

⚜️“Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarning hisobini yuritishda shaffoflikni ta’minlash, shuningdek, kadastr sohasidagi ayrim ma’muriy tartib-taomillarni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Hukumat qarori (610-son, 18.10.2022 y.) qabul qilindi

⚜️ Qarorga ko‘ra, Kadastr agentligi tomonidan Milliy geoaxborot tizimida ochiq ma’lumotlar asosida ommaviy geoportal yuritiladi va u 2023 yil 1 yanvarga qadar ishga tushiriladi.

⚜️ Ko‘chmas mulk obyektlariga kadastr yig‘majildini tayyorlash ishlari faqat axborot tizimi orqali elektron tarzda amalga oshiriladi.

Batafsil▶️https://t.iss.one/huquqiyaxborot/12572

#DavKadastrPalata #huquqiy_asos

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
🔹Auksion savdolariga taqdim etilgan yer uchastkalarining haftalik hisoboti🔹

📧
Respublikamizning barcha hududlari bo‘yicha 10-18 oktabr kunlari auksion savdolariga taqdim etilgan 452 ta yer uchastkalarining statistik ma’lumotlari bilan tanishing.

📧 Davlat kadastrlari palatasi taqdim etgan ma'lumotlar asosida e-auksion.uz da qatnashing va shaffof, ochiq yo'l bilan yer uchastkalarini sotib oling!

#DavKadastrPalata #auksion #info

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook|Instagram|YouTube
🔹Kadastr atamalari🔹

KADASTR” so‘zi "soliqqa tortiluvchi shaxs" ma'nosini anglatuvchi lotincha "caput" va soliqqa tortish hisob birligi – "caputigum registrum" so'zlaridan kelib chiqqan.
Shuningdek, kadastr dastlab soliq solinadigan obyektlarning ro‘yxati bo‘lgan kitobni (reyestrni) anglatadi.

#DavKadastrPalata #kadastr_atamalari

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebok | Instagram | You Tube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔹KADASTR XALQ XIZMATIDA🔹

🟦 “Kadastr xalq xizmatida” shiori ostidagi Davlat Kadastrlari palatasining vatandoshlarimizning aynan kadastr bilan bog‘liq muammolarini hal etish, o‘rganish bo‘yicha loyihasi o'z samarasini bermoqda.

🟦 Loyiha bo‘yicha navbatdagi tashabbus Surxondaryo viloyatining Denov tumanida amalga oshirildi. Unda bir necha fuqarolarning kadastr masalasi bo‘yicha murojaatlari ijobiy hal etildi.

#DavKadastrPalata #kadastr_xalq_xizmatida

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook|Instagram|YouTube
▫️Xalqaro forum▫️

💠 Bugun, Toshkent Davlat Iqtisodiyot universitetida xalqaro va milliy ekspertlarning ilmiy g‘oyalar hamda ilmiy-amaliy tajriba almashinuvi platformasini yaratishga qaratilgan “I TDIU taraqqiyot strategiyasi forumi: global va milliy iqtisodiyot trendlari” xalqaro forumi o‘z ishini boshladi.

💠 Ikki kun davom etadigan mazkur хalqaro forum dasturiga ko‘ra, bir necha davlatlarning yo‘nalishga doir taniqli professorlari, mashhur kompaniyalar asoschilari qatorida, Davlat kadastrlari palatasi raisining ham chiqishi rejalashtirilgan. Unda, "Davlat xizmati: ko‘chmas mulkni boshqarishning zamonaviy tendensiyalari" mavzusidagi amaliy ma’ruzasi kutilmoqda.

⚡️Mavzuga yana qaytamiz...

#DavKadastrPalata #xalqaro_forum

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook|Instagram|YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
▫️Davlat ro‘yxatidan o'tgan ▫️

Davlat kadastrlari palatasi hududlar bo‘yicha 2022 yil 12-18 oktabr kunlaridagi ko'chmas mulkka bo'lgan huquqlarni davlat ro'yxatidan o'tkazish yuzasidan jami ma’lumotlarni taqdim etadi. Yuqorida ro‘yxatdan o'tkazish uchun kelib tushgan arizalar soni va ularning qanchasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi bo‘yicha statistik ma’lumotlarga ega bo‘lishingiz mumkin.

📊 O'tgan vaqt oralig'ida davlat ro'yxatidan o'tkazilgan obyektlar soni umumiy 9 855 tani tashkil etdi.

#DavKadastrPalata #ro_yxatdan_o_tkazish #statistika

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
▫️Hududlarda matbuot anjumani▫️

◽️
Xabaringiz bor, Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalari tomonidan reja asosida 2022-yilning o'tgan 9 oyi mobaynida sohada amalga oshirilgan ishlar, erishilgan natijalar va kamchiliklar tahlili yuzasidan jurnalistlar ishtirokida matbuot anjumanlari o'tkazib kelinmoqda.

⚡️Mazkur haftada shu kabi matbuot anjumanlari Davlat kadastrlari palatasining Andijon, Sirdaryo, Samarqand, Toshkent va Surxondaryo viloyati boshqarmalarida bo'lib o'tdi.

#DavKadastrPalata #hududiy_yangiliklar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
🔹Til – millat ko‘zgusi🔹

⚜️ 21-oktabr – O‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan Davlat kadastrlari palatasida bayram tadbiri tashkil etildi.

⚜️ Tizim xodimlari uchun tashkil etilgan mazkur tadbirga O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zolari, hamda Toshkent Davlat iqtisodiyot Universitetidan vakillar taklif etildilar. So‘zga chiqqanlar buyuk qadriyatimiz ko‘zgusi, qadimiy va boy tillardan biri bo‘lgan o‘zbek tili, uning bugungi kundagi ahamiyati va taraqqiyoti haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdilar.

⚜️ Shuningdek, tadbirga monand tarzda Markaziy apparatda tashkil etilgan “Davlat tilida ish yurtilishi” o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli yakunlaganlarga sertifikatlar ham topshirildi.

#DavKadastrPalata #Davlat_tili

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
🇺🇿 Til — davlat timsoli, mulki.

🇺🇿 Tilni asrash, rivojlantirish – millatning yuksalishi demak.

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida Davlat tilining maqomi huquqiy jihatdan mustahkamlab qo‘yilgan.

#DavKadastrPalata #Davlat_tili

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
Ўзбекистон халқига байрам табриги

Праздничное поздравление народу Узбекистана

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿
⚜️Ona tilim – onam tili, qadri – osmon,
G‘ururimsan, sururimsan otamdayin.
Ham akamsan, ham opamsan – jon tomirim,
Asragayman ko‘zim nuri – bolamdayin!

#DavKadastrPalata #Davlat_tili

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
🔹Xalqaro forumda kadastr🔹

💠 Bugun Toshkent Davlat Iqtisodiyot universitetida 20-21-oktabr kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan “I TDIU taraqqiyot strategiyasi forumi: global va milliy iqtisodiyot trendlari” xalqaro forumining 2-kuni bo‘lib o‘tmoqda.

💠 Forum dasturi doirasida turli mamlakatlardan tashrif buyurgan professor va ekspertlar iqtisodiyot, biznesni rivojlantirish hamda unga raqamli texnologiyalarni joriy etish mavzularida ma’ruza qilib, o‘zaro tajriba almashmoqdalar.

💠 Dasturga ko'ra sektorlarga bo'lingan holda, ayni dam Davlat kadastrlari palatasi raisi Moxir Valiyevning "Davlat xizmati: ko‘chmas mulkni boshqarishning zamonaviy tendensiyalari" nomli ma’ruzasi taqdimoti boshlandi.

#Davkadstrpalata #xalqaro_forum

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube