DAVLAT KADASTRLARI PALATASI
29K subscribers
10.6K photos
1.65K videos
1 file
6.3K links
Murojaatlar uchun:

Telegramm-bot @Dkpuz_bot
Yagona aloqa markazi +99871 207 00 03

Telegram: t.iss.one/DavKadastrPalata
Instagram: instagram.com/davkadastrpalata/
YouTube: youtube.com/@davkadastrpalata
Facebook: facebook.com/DavKadastrPalata
Download Telegram
▪️Ochiqlik – jamiyat taraqqiyotida muhim omil▪️

💠 Davlat kadastrlari palatasi yurtdoshlarimizning kadastrga oid murojaatlarini tezkor tinglash maqsadida, hududiy boshqarma rahbarlarining telefon raqamlarini e'lon qiladi.

O‘z hududingizga taaluqli kadastrga oid savollaringiz bo'lsa, soha xodimlari faoliyatida asosli kamchilik va xato kuzatsangiz to‘g‘ridan to‘g‘ri mutasaddilarga murojaat qilishingiz mumkin.

Hududiy boshqarma rahbarlari:

▫️Davlat kadastrlari palatasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi boshlig’i Jalelov Uzakbay Kidirbayevich
📲+998975633366

▫️Davlat kadastrlari palatasi Andijon viloyati boshqarmasi boshlig’i Akbarov Dilshodbek Ahmadjonovich
📲+998916021788

▫️Davlat kadastrlari palatasi Buxoro viloyati boshqarmasi boshlig’i Toyirov Amriddin Xayriddinovich
📲+998919733663

▫️Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyati boshqarmasi boshlig’i Sidikov Nodir Eshkuvatovich
📲+998933026773

▫️Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi boshlig’i Hamroyev G‘ayratjon Sultonovich
📲+998987758775

▫️Davlat kadastrlari palatasi Navoiy viloyati boshqarmasi boshlig’i Nosirov Mansur Burxonovich
📲+998973225464

▫️Davlat kadastrlari palatasi Namangan viloyati boshqarmasi boshlig’i Gapparov Kodir Sattarovich
📲+998913566161

▫️Davlat kadastrlari palatasi Samarqand viloyati boshqarmasi boshlig’i Kuvandikov Muxtor Narzullayevich
📲+998937270201

▫️Davlat kadastrlari palatasi Sirdaryo viloyati boshqarmasi boshlig’i Minasipov Burxan Baxtiyorovich
📲+998970207090

▫️Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi boshlig’i Shaymardanov Sobir Xushboqovich
📲+998887006408

▫️Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmasi boshlig’i Axrorov Jasur Davlatboyevich
📲+998994440378

▫️Davlat kadastrlari palatasi Farg‘ona viloyati boshqarmasi boshlig’i Mirzaxmedov Ravshan Valijonovich
📲+998912826719

▫️Davlat kadastrlari palatasi Xorazm viloyati boshqarmasi boshlig’i Jumabayev Bexzod Madaminovich
📲+998995608182

▫️Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasi boshlig’i Karimov Jasur Ikrambekovich
📲+998901856303

#DavKadastrPalata #hududlar #murojaat_uchun

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |YouTube
🔹Kadastr ustozlariga ta’zim🔹

💐 Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi hamda tizim tashkilotlari bilan hamkorlikda Toshkent geodeziya va kartografiya kollejida 1-oktabr — Ustoz va murabbiylar kuniga bag‘ishlab “Avlodlar uchrashuvi” tadbiri o‘tkazildi.

💐 Ushbu tantanali tadbirda Davlat kadastrlari palatasi markaziy apparati hamda hududiy boshqarmalari rahbarlari va bir qator faxriylar ham qatnashishdi.

💐 Ikki qismda o‘tkazilgan uchrashuvda “Rahbar ma’naviyati” hamda “Uch avlod – yoshlar, xodimlar, faxriylar” uchrashuvi tashkil etildi. Undan tantanali hamda badiiy qismlar o‘rin oldi.

#DavKadastrPalata #ustozlar_bayrami

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook|Instagram|YouTube
◽️Korrupsiyataraqqiyot dushmani◽️

◻️ Bugun Namangan viloyatida Davlat kadastrlari palatasining Markaziy apparati Komplaens xizmati boshlig‘i Azim Rahmatov boshchiligida palataning Namangan viloyati boshqarmasi va tumanlar, shahar filiallari xodimlari uchun korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish masalalariga bag‘ishlangan ZOOM platformasi orqali videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

◽️ Tadbirda viloyat kadastr tizimi xodimlarga jismoniy va yuridik shaxslarga xizmat ko‘rsatish jarayonida ta’magirlik, poraxo‘rlik, mansab vakolatini suiiste’mol qilish kabi korrupsion holatlarga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

♻️ Mazkur hafta Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmalarida o'tkazilgan shu mavzudagi yig'ilishlar tafsiloti bilan tanishing:
▪️Andijon viloyati
▪️Buxoro viloyati
▪️Navoiy viloyati
▪️Qoraqalpog'iston Respublikasi

#DavKadastrPalata #korrupsiyaga_qarshi_kurash

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebok | Instagram | You Tube
▫️Murojaatlarga vaqtida javob berilishi lozim

💠 Bugun Davlat kadastrlari palatasi Markaziy apparatida Palata raisi rahbarligida barcha hududlarning boshqarma va filiallari boshliqlari ishtirokida kengaytirilgan “ZOOM” yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

⚪️ Yig‘ilishning ilk mavzusi tizimga joriy yil 9 oy davomida kelib tushgan murojaatlar va ularning tahliliga bag‘ishlandi. Tahlillarga yuzlanadigan bo‘lsak: 2021 yilning 9 oy davomida Respublika bo‘yicha tizimga 8 100 ta murojaatlar kelib tushgan bo‘lsa, qiziqarli tomoni ushbu ko‘rsatkich bu yil 211,5% ga oshib, 17 134 tani tashkil etmoqda. Ya’ni bu joriy yilning mos davriga nisbatan 9 034 taga ko‘p deganidir. Ularning esa turlanishi quyidagicha: topshiriq xatlar, murojaatlar, aholi murojaatlari, call-center orqali og‘zaki va yozma murojaatlar, rahbariyat qabuli, telegram bot va DKPga bevosita kelgan fuqarolarning murojaatlari kabilardir. E’tiborli jihati - tashkilotlarning topshiriq xatlarini hisobga olmaganda, murojaatlarning asosiy qismi aynan call-center orqali kelib tushgan bo‘lib, ularning soni 4 404 tani tashkil etmoqda.

⚪️ Yig‘ilish davomida hududlarda yo‘l qo‘yilayotgan xato va kamchiliklar o‘rtaga tashlandi va muhokama qilindi. Tizimdagi ilg‘orlar namuna qilib ko‘rsatilib, oqsayotgan tumanlar, ya’ni murojaatlarni o‘z vaqtida ijrosini ta’minlamay muddatini o‘tkazgan hududlar – Samarqand, Surxondaryo, Sirdaryo va Toshkent viloyati hamda Toshkent shahar boshqarmalarning murojaatlarga mas’ullari va ijrochilariga nisbatan choralar ko‘rish yuzasidan topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.

⚪️ ZOOM platformasi orqali o‘tkazilgan onlayn yig‘ilishda kun tartibidan o‘rin olgan navbatdagi masala Davlatimiz rahbari topshirig‘iga binoan, hozirda boshlangan respublikamizdagi 2 million 600 mingta hujjatsiz uylarning xatlovi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarga bag‘ishlandi. Xatlov ishlarida Surxondaryo tumani yaxshi natijalar ko‘rsatayotgani ta’kidlandi. Davlat kadastrlari palatasi raisi tomonidan bu yo‘nalishda ham kamchiliklarga yo‘l qo‘yayotgan hudud mutasaddilariga intizomiy choralar ko‘rilishi ta’kidlab o‘tildi.

Shuningdek, xatlov ishlarini maksimal darajada faollik bilan amalga oshirish yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.

#DavKadastrPalata #murojaatlar #tahlil

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook|Instagram|YouTube
AZIZ USTOZLAR!

🇺🇿 Muayyan bir kasb yoki hunar ustasi bo‘lish nafaqat sohada chuqur ilmga ega bo‘lishni, balki ayni sohada ulkan tajribaga ega bo‘lgan ustozlarga ergashib, ulardan ta’lim olishni, ularning yutuqlaridan ibrat olib, xatolaridan saboq chiqarishni ham taqozo etadi. Ustozlarimizdan oladigan pand-nasihat va o‘gitlarimiz biz uchun ulkan hayot maktabi vazifasini o‘taydi.

🇺🇿Ustoz deb atalmish sharafli nomni oqlab kelayotgan muhtaram soha fidoyilari, murabbiylar!
Siz azizlarni kasb bayramingiz bilan chin qalbdan muborakbod etaman! Kelajak avlod tarbiyasidek muhim va mashaqqatli vazifani ado etishda qilayotgan mehnatlaringiz hamisha tahsinga sazovordir!
Har bir sohada, jumladan kadastr sohasida ham ko‘p yillik mehnatlari singgan yoshi ulug‘ ustozlarimizga tizim rivoji uchun qilgan xizmatlari uchun tashakkur izhor etaman va mustahkam sog‘lik, farovon hayot, uzoq umr va oilalariga xotirjamlik tilab qolaman!
💐💐💐💐💐💐💐💐💐💐

Chuqur ehtirom bilan,
Davlat kadastrlari palatasi raisi
M. Valiyev
🔹1-oktabrdan nimalar o‘zgaradi🔹

◻️ Davlat kadastrlari palatasi 1-oktabrdan qonunchilikdagi o'zgarishlar haqida ma'lumot beradi:

▫️Samarqand xalqaro aeroportida Ochiq osmon rejimi joriy etiladi.
▫️Kasanachilarga ajratiladigan subsidiya miqdori oshiriladi.
▫️IT-sohasi bo‘yicha 1 mlrd so‘mgacha grantlar ajratuvchi tanlov o’tkaziladi.
▫️Mol-mulkka taqiq qo‘yilganligi to‘g‘risidagi elektron ma’lumotlar banki joriy etiladi.
▫️AKT sohasidagi o‘quv kurslari uchun ta’lim krediti ajratiladi.
▫️Parvarishga muhtoj bolalarning qonuniy vakillari to‘g‘risidagi ma’lumotlar elektron taqdim etiladi.
▫️Bolalar TV va radio shoulari uchun tanlov tashkil etiladi.
▫️7 ta sohada kosmik monitoring tizimi yo‘lga qo‘yiladi.
▫️Ko‘p kvartirali uy-joylarni zilzilabardoshlik bo‘yicha xatlovdan o‘tkazish boshlanadi.
▫️Qoraqalpog‘istonlik yosh tadbirkorlarga 7 yil muddatga qarz mablag‘lari beriladi.

#DavKadastrPalata #qonunchilikdagi_o_zgarishlar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook|Instagram|YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Najot gulin o‘stirar Avloniy gulbog‘ida ,
Haq olinur, berilmas – Behbudiy sabog‘ida ,
Oqilxonning siymosi “Alifbo” varog‘ida,
Ustozga ta’rif yozay qasidam adog‘ida,
Ustoz qadami qutlug‘, ustoz – otangday ulug‘!
💐💐💐💐💐

#DavKadastrPalata #ustozlar_bayrami

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook|Instagram|YouTube