DAVLAT KADASTRLARI PALATASI
29.3K subscribers
10.5K photos
1.63K videos
1 file
6.26K links
Murojaatlar uchun:

Telegramm-bot @Dkpuz_bot
Yagona aloqa markazi +99871 207 00 03

Telegram: t.iss.one/DavKadastrPalata
Instagram: instagram.com/davkadastrpalata/
YouTube: youtube.com/@davkadastrpalata
Facebook: facebook.com/DavKadastrPalata
Download Telegram
▫️Buxoroda sayyor qabul▫️

⚡️ Bugun, ayni dam, Buxoro viloyati, G‘ijduvon tumanida ham sayyor qabul o‘tkazilmoqda.
G‘ijduvonlik fuqaro va tadbirkorlarning kadastrga oid murojaatlarini ko‘rib chiqish maqsadida Davlat kadastrlari palatasi raisi o'rinbosari Nishonov Ravshan Rustamovich Buxoro viloyatida bo‘lib, viloyatning tizim mutasaddilari ishtirokida sayyor qabul o‘tkazmoqda.

⚪️ 15dan oshiq murojaatchilar yig‘ilgan mazkur qabulda auksion masalalari, yerni xususiylashtirish tartiblari va kadastr hujjatini shakllantirishdagi yuzaga kelayotgan muammolar bo‘yicha masalalar ko‘rib chiqilmoqda.

⚪️ Sayyor qabul natijalari bo‘yicha batafsil yana ma’lumot beriladi.

#DavKadastrPalata #sayyor_qabullar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook|Instagram|YouTube
#xalqaro_uchrashuv #hamkorlik_2022

⚡️Joriy yilning 27-sentabr sanasida Kadastr agentligida GEOTWO Co.LTD ijrochi direktori Kim Hyunsu va Agentlik direktori o'rinbosari Mirsaid Mirmaksudov boshchiligida IT hamda BPO masalalarida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

🔰Uchrashuvda GEOTWO Co.LTD kompaniyasining geoaxborot texnologiyalari borasidagi yechimlari, kompaniya tomonidan ishlab chiqilgan axborot tizimlarining funksional afzalliklari, ma'lumotlarga o'zgartirish kiritish tartibi, tizimdan foydalanishda ma'lumotlarning tashqi ta'sirdan himoyalanish imkoniyatlari bilan tanishildi.

📌Ma’lumot uchun: “GEOTWO Co.LTD” 2000-yilda Koreya Respublikasida tashkil etilgan mustaqil geoaxborot kompaniyasi bo‘lib, Koreyaning geografik va fazoviy axborot sanoatida eng ilg‘or va yetakchi kompaniyalaridan biri hisoblanadi.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
Президент Шавкат Мирзиёев ҳузурида архитектура-қурилиш соҳасида кадрлар тайёрлаш тизимини такомиллаштириш чора-тадбирлари бўйича тақдимот ўтказилди.

При Президенте Шавкате Мирзиёеве состоялась презентация о мерах по совершенствованию системы подготовки кадров в области архитектуры и строительства.

#Mirziyoyev #taqdimot #oliytalim #arxitektura

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
🔹Kadastr atamalari🔹

📰 Kartografiya - ma'lum hududni xaritada aks ettirish uchun ma'lum bir geografik hududning fizik xususiyatlarini o'rganadigan fan.

#DavKadastrPalata #kadastr_atamalari

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebok | Instagram | You Tube
🔹Auksion savdolariga taqdim etilgan yer uchastkalarining haftalik hisoboti🔹

📧
Respublikamizning barcha hududlari bo‘yicha 20-27- sentabr kunlari auksion savdolariga taqdim etilgan 1 155 ta yer uchastkalarining statistik ma’lumotlari bilan tanishing.

📧 Davlat kadastrlari palatasi taqdim etgan ma'lumotlar asosida e-auksion.uz da qatnashing va shaffof, ochiq yo'l bilan yer uchastkalarini sotib oling!

#DavKadastrPalata #auksion #info

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook|Instagram|YouTube
Forwarded from AOKA - Rasmiy kanali
АОКА, Миллий масс-медиани қўллаб-қувватлаш ва ривожлантириш жамоат фонди ва ЮНЕСКО ҳамкорлигидаги халқаро конференция ўз ишини бошлади

Бугун, 28 сентябрь куни “International Hotel Tashkent” меҳмонхонасида Ахборот ва оммавий коммуникациялар агентлиги, Миллий масс-медиани қўллаб-қувватлаш ва ривожлантириш жамоат фонди ҳамда ЮНЕСКО ҳамкорлигида ташкил этилган “Сунъий интеллект, электрон бошқарув ва ахборот эркинлиги” мавзусидаги халқаро конференция бўлиб ўтмоқда.

Анжуман 28 сентябрь – Халқаро ахборотдан эркин фойдаланиш куни муносабати билан ташкил этилган бўлиб, ундан кўзланган мақсад дунё миқёсида ахборот олиш имкониятларини кенгайтиришда амалга оширилаётган ишлар таҳлили, давлат органларининг маълумотларни етказишда шаффофлик ва очиқлик сиёсатига риоя этишлари ва соҳада эришилаётган муваффақиятлар, янгиликлар тақдимоти билан таништиришдан иборат.

Тадбир гибрид форматда бўлиб ўтади. Унда маҳаллий ва хорижий соҳа мутахассислари ва экспертлар, Олий Мажлис Қонунчилик палатаси ва ахборот сиёсати масалалари бўйича масъул қўмита раислари, мутасадди давлат органлари ва ташкилотлари раҳбариятлари ҳамда матбуот котиблари иштирок этмоқда.

Шунингдек, тадбир жараёнларини кенг ёритиш мақсадида маҳаллий ва хорижий оммавий ахборот воситалари вакиллари ҳам таклиф этилган.

Халқаро конференция эртага, 29 сентябрь куни ҳам соҳа йўналишлари бўйича бир нечта шўъбаларда ишини давом эттиради.

Бугун конференция доирасида ташкил этилган тадбирда Тошкент декларациясини қабул қилиш кўзда тутилган.

Telegram | Youtube | Facebook | Instagram | Медиабанк | Сайт
▫️ Hududiy yangiliklar▫️

🔘 Sirdaryo viloyatida Davlat kadastrlari palatasi viloyat boshqarmasi va uning filiallari tomonidan 4,9 ming nafar kishiga tegishli yer uchastkasi va ko‘chmas mulkka kadastr pasporti berilgan.

🔘Batafsil:https://uza.uz/oz/posts/sirdaryo-viloyatida-303-ming-gektardan-ortiq-yer-maydonlari-raqamlashtirildi_411100

#DavKadastrPalata #oav_biz_haqimizda

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook|Instagram|YouTube
#Kadastr #sayyor_qabul

⚡️Ayni damda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Chimboy tumanida Kadastr agentligi direktorining o‘rinbosari Abdullayev Tulqin Mansurovich boshchiligida sayyor qabul boshlandi.

📝Mazkur qabulga fuqarolar Kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va kadastr bilan bog‘liq boshqa muammolar bo'yicha murojaat qilishmoqda.

📌Sayyor qabul natijalari bo‘yicha batafsil yana ma’lumot beriladi.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
▫️Ilm va tajriba▫️

🏢 Davlat kadastrlari palatasi Markaziy apparatida Respublikamizning Milliy yer hisobotining yuritilishi, raqamli iqtisodiyotga joriy etish, yer fondi toifalarini yer turlari bo‘yicha milliy geoaxborot tizimida yuritish jarayonlari bo‘yicha uchrashuv o‘tkazildi.

💠 Unda “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universitetining “Yer kadastri va yer tuzish” kafedrasining professor, dotsent, katta o‘qituvchilari ishtirok etishdi.

💠 Uchrashuvda Davlat yer kadastri bo‘limi boshlig‘i F. Niyozov ilg‘or tajribalar asosida sohada olib borilayotgan jarayonlar bilan tanishtirdi. Faoliyatdagi jarayon va ilmiy qarashlar yuzasidan o‘zaro fikr almashildi.

#DavKadastrPalata #yer_fondi

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook|Instagram|YouTube