DAVLAT KADASTRLARI PALATASI
29.3K subscribers
10.5K photos
1.63K videos
1 file
6.26K links
Murojaatlar uchun:

Telegramm-bot @Dkpuz_bot
Yagona aloqa markazi +99871 207 00 03

Telegram: t.iss.one/DavKadastrPalata
Instagram: instagram.com/davkadastrpalata/
YouTube: youtube.com/@davkadastrpalata
Facebook: facebook.com/DavKadastrPalata
Download Telegram
Озарбайжон Президентининг давлат ташрифи доирасида Тошкент шаҳрида Ҳайдар Алиев хотирасига бағишлаб барпо этилган кўча ва ёдгорликнинг очилиши бўлиб ўтди.
Шу муносабат билан ўтказилган тантанали тадбирда Ўзбекистон Президенти Шавкат Мирзиёев ва Озарбайжон Президенти Илҳом Алиев иштирок этди.
Шундан сўнг Озарбайжон Президенти давлатимиз раҳбари ҳамроҳлигида “Янги Ўзбекистон” боғига ташриф буюриб, Мустақиллик монументи пойига гул қўйди.

В рамках государственного визита Президента Азербайджана в городе Ташкенте открылись улица имени Гейдара Алиева и памятный барельеф.
В торжественной церемонии приняли участие Президент Узбекистана Шавкат Мирзиёев и Президент Азербайджана Ильхам Алиев.
Затем Президент Азербайджана в сопровождении главы нашего государства посетил парк "Янги Узбекистон" и возложил цветы к монументу Независимости.

#Mirziyoyev #tashrif #Ozarbayjon #ehtirom

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Ўзбекистон Президенти Шавкат Мирзиёев ва Озарбайжон Президенти Илҳом Алиев икки мамлакат делегациялари иштирокида кенгайтирилган таркибда музокара ўтказдилар.
Шавкат Мирзиёев Ўзбекистон-Озарбайжон стратегик шериклигини янада кенгайтириш ва уни янги амалий мазмун билан бойитишга интилиш қатъий эканини тасдиқлади.
Ҳамкорлик учун мавжуд улкан салоҳиятни ишга солиш, икки мамлакат иқтисодиётини тўлдириб турувчи омиллардан фойдаланиш зарурлигини таъкидланди.

Президент Узбекистана Шавкат Мирзиёев и Президент Азербайджана Ильхам Алиев провели переговоры в расширенном формате с участием делегаций двух стран.
Шавкат Мирзиёев подтвердил приверженность дальнейшему наращиванию узбекско-азербайджанского стратегического партнерства и наполнению его новым практическим содержанием.
Отмечена необходимость задействовать имеющийся огромный потенциал сотрудничества, использовать факторы взаимодополняемости экономик двух стран.

#Mirziyoyev #tashrif #Ozarbayjon #muzokaralar

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
▫️Bino va inshootlar davlat kadastri▫️

🔹 Davlat kadastrlari palatasi Milliy geoaxborot tizimidagi vakolatli organlarning davlat kadastrlariga oid maʼlumotlarini toʼliq shakllantirishi boʼyicha turkum maʼlumotlar!

🔹Mazkur maʼlumotda siz, Bino va inshootlar davlat kadastri joriy yil yanvar-may holati boʼyicha maqsadli koʼrsatkichlari bilan tanishishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #info #davlat_kadastrlari

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |YouTube
▫️Auksion savdolariga taqdim etilgan yer uchastkalarining haftalik hisoboti▫️

🔷 Respublikamizning barcha hududlari bo‘yicha 14-21 iyun kunlari auksion savdolariga taqdim etilgan yer uchastkalarining statistik ma’lumotlari bilan tanishing.

🔷 Davlat kadastrlari palatasi taqdim etgan ma'limotlar asosida e-auksion.uz da qatnashing va shaffof, ochiq yo'l bilan yer uchastkalarini sotib oling!

#DavKadastrPalata #auksion #info

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |YouTube
▫️Xalq murojaatlari e'tiborda▫️

◻️ Aholi muammolarini tinglash va ularga tezkorlik bilan yechim topish har bir tizim oldidagi asosiy vazifa. Davlat kadastrlari palatasi mutasaddilari tomonidan har bir viloyat hududida sayyor qabullar tashkil etish tizimli ravishda yo'lga qo'yilgan.

Kuni kecha, Farg'ona viloyatining Dang'ara tumanida o'tkazilgan sayyor qabulda Dang`ara, Furqat va Uchko`prik tumanlaridan tashrif buyurgan jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari tinglandi.

▫️Bugun esa, Andijon viloyatining Asaka tumanida boshqarma boshliqlari ishtirokida fuqarolar uchun tashkil etilgan sayyor qabul bo'lib davom etmoqda.

▫️24-iyun kuni soat 11:00da Davlat kadastrlari palatasining Jizzax viloyati boshqarmasi tomonidan G'allaorol tumani aholisi uchun sayyor qabul o'tkazilishi rejalashtirilgan.

🔷Hududingizda o'tkazilayotgan sayyor qabul jarayonlarida ishtirok etish orqali o'zingizni qiziqtirayotgan savol va muammolaringizga yechim topishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #hududiylarda_sayyor_qabullar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |YouTube
▫️Yutuqlar o‘zimizniki, kamchiliklar bartaraf etilmog‘i lozim▫️

🔳 Xabaringiz bor, Davlat kadastrlari palatasi Markaziy apparati tomonidan hududiy boshqarma xodimlarining maoshlari o‘z vaqtida to‘lanishini nazorati qilish, ularni qonuniy oshirilib borilishini ta’minlash maqsadida muntazam moliyaviy monitoring ishlari olib boriladi. Yutuqlar doimo alohida e’tirof etiladi ammo, yo‘l qo‘yilgan xato-kamchiliklarni ham qayd etish o‘rinlidir.

🔳 2021-yilning 4-choragi va 2022-yilning yanvar-aprel oylari davomida ko‘rsatilgan kadastr xizmatlari evaziga tushgan pul mablag‘larining maqsadli ishlatilishi, hamda oylik ish haqlarini hisoblanishda amaldagi qonunlar va me’yoriy hujjatlarga amal qilinishi yuzasidan hududiy boshqarmalarda ana shunday o‘rganishlar o‘tkazildi. Bugun Davlat kadastrlari palatasi raisi boshchiligida yuqoridagi o‘rganish natijalariga ko‘ra hududiy boshqarmalar ishtirokida Zoom platformasi orqali yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Mazkur o‘rganishlar natijasida boshqarmalarda jiddiy xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘yilgani qayd etildi. Jumladan:

- xodimlarga oylik ish haqlarini hisoblashda mas’ul hisobchilar tomonidan xatoliklarga yo‘l qo‘yilishi va buning oqibatida xodimlarga noto‘g‘ri ish haqlari hisoblanganligi aniqlangan;

- bir necha boshqarmalarning boshliqlari va bosh hisobchilari tomonidan asosli xujjatlarsiz moddiy rag‘batlantirishlar ham amalga oshirilgan;

- Davlat kadastrlari palatasining tegishli buyrug‘i bilan tasdiqlangan nizom talablariga amal qilmagan holda ish yuritilganligi kuzatilgan.

Shuningdek, yig‘ilish davomida Qashqadaryo, Namangan, Samarqand, Sirdaryo, Surxondaryo viloyatlarida o‘tkazilgan tekshiruv natijasida aniqlangan xato-kamchiliklar alohida tahlil etildi.

🔳 Faoliyati davomida bir qator jiddiy xato-kamchiliklarga yo‘l qo‘ygani uchun ayrim mutasaddilar bilan tuzilgan mehnat shartnomalari bekor qilindi. Bir necha mutasaddilarga “hayfsan” intizomiy jazo choralari qo‘llanildi.

#DavKadastrPalata #hududlar_o_rganilganda

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |YouTube
⚜️Mulohaza vaqti⚜️

🏞 Biz har kuni atrofimizdagi olamga qaysidir ma'noda o'z hissamizni qo'shamiz. Kundalik amallarimiz bu ulushning sifatini belgilab beradi va aynan qanday hissa qo'shayotganimizni ham aniqlashtirib olish asosiy masaladir.

🖌 Jeyn Gudoll

#DavKadastrPalata #ibratli_fikrlar #aforizmlar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |YouTube
▫️Auksionda 23 baravar qimmatga sotilgan yer▫️

🔷 Auksion savdolariga Davlat kadastrlari palatasi tomonidan taklif etilayotgan yerlar komissiya tomonidan ko‘rib chiqilib savdolarga chiqarilmoqda.

20-iyun kuni o‘tkazilgan onlayn auksion savdolarida bir nechta lotlar sotuvi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda «E-auksion» matbuot xizmati xabar bermoqda. 14 ta davlat aktivi sotilib, 93 tasi ijaraga berilgan. 262 ta tadbirkorlik uchun yer uchastkalari sotildi.

Bular orasida Chirchiq shahridagi boshlang‘ich narxi 26,3 mln so‘m bo‘lgan 0,21 gektar yer uchastkasi maktabgacha ta’lim muassasasi qurish uchun ijara huquqi bilan 620,9 mln so‘m taklif berildi. Shu tariqa mazkur lot boshlang‘ich narxiga nisbatan 23,6 barobar qimmatroqqa sotildi.

▫️Daryo.uz nashrining e'tirof etishicha, bu hammasi emas...

🔷 Hamkasblarimizning viloyatlarda olib borayotgan xatlov ishlari, mamlakatning bo‘sh turgan yer uchastkalarini mahallalar kesimida to‘g‘ri taqsimlab komissiya tahliliga taqdim etayotgan kadastrchilarning mehnatlari - yer o‘z qiymati va qadrini, asosiysi o‘z egasini topganida rohatga aylanadi.

#DavKadastrPalata #auksion #OAV_biz_haqimizda

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |YouTube