DAVLAT KADASTRLARI PALATASI
29K subscribers
10.6K photos
1.65K videos
1 file
6.3K links
Murojaatlar uchun:

Telegramm-bot @Dkpuz_bot
Yagona aloqa markazi +99871 207 00 03

Telegram: t.iss.one/DavKadastrPalata
Instagram: instagram.com/davkadastrpalata/
YouTube: youtube.com/@davkadastrpalata
Facebook: facebook.com/DavKadastrPalata
Download Telegram
🔹Yakkabog‘da kadastrning yangi binosi🔹

⚡️Ayni dam, Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasining Qashqadaryo viloyati boshqarmasi Yakkabog‘ tumanida filialning yangi binosi foydalanishga topshirildi.

💠 Davlat kadastrlari palatasi Yakkabog' tumani filiali uchun ikki qavatli zamonaviy bino bunyod etildi. Tantanali ochilish marosimida Davlat kadastrlari palatasi raisi, tuman hokimligi vakillari va tizim mutasaddilari ishtirok etib, binoda yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishishdi.

💠 Zamonaviy bino imkoniyatlari haqida videoreportaj orqali batafsil yana ma’lumot beriladi.

#DavKadastrPalata #Yakkabog_da_yangi_bino

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |YouTube
▫️Korrupsiya - taraqqiyot dushmani▫️

🔘 Har qanday yo'nalish va sohani tubdan rivojlantirishdagi asosi - ishchi-xodimlar faoliyatiga vijdonan va halol yondashuv va korrupsiyaga qarshi immunitetni shakllantirishdan iboratdir. Ayni shu maqsadda kadastr sohasida ham korrupsiyaga qarshi kurashish masalasiga jiddiy e'tibor qaratib kelinmoqda.

🔘 Quyida Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalarida mazkur hafta davomida shu mavzuda bo'lib o'tgan yig'ilishlar tafsiloti bilan tanishing:

✔️Surxondaryo viloyati
✔️Navoiy viloyati
✔️Andijon viloyati
✔️Namangan viloyati
✔️Xorazm viloyati
✔️Farg'ona viloyati

#DavKadastrPalata #korrupsiyaga_qarshi_kurash

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebok | Instagram | You Tube
Президент сув омборларини модернизация қилиш ҳамда Сурхондарё вилоятида ичимлик суви таъминотини яхшилаш лойиҳаларига оид тақдимот билан танишди.
Барча сув омборларини модернизация қилиш орқали хавфсизлигини ошириш, гидромеханик ускуналар ва ўлчов қурилмаларини янгилаб, тизимни рақамлаштириш бўйича кўрсатмалар берилди.
Туман ва маҳаллалар ичидаги ичимлик суви қувурларини тиклаш, янги тармоқлар қуриш ва сифатли хизматни йўлга қўйиш зарурлиги таъкидланди.

Президент ознакомился с презентацией о проектах по модернизации водохранилищ и улучшению питьевого водоснабжения в Сурхандарьинской области.
Даны поручения по повышению безопасности водохранилищ за счет модернизации, обновлению гидромехнического оборудования и измерительных приборов, цифровизации системы.
Указано на необходимость восстановления водопроводов внутри районов и махалле, строительства и качественного обслуживания новых сетей.

#Mirziyoyev #taqdimot #gidroinshootlar #sevtaminoti

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
🔹9-iyun — Xalqaro arxivlar kuni🔹

📄Tarixning tilsiz ko‘zgusi - sohalar tarixi arxivdir.

📜Dunyoda har bir mamlakatning o‘z milliy arxivi bor. Aslida u butun soha tarixini qamrab oluvchi bebaho manbaa. Respublikamizda esa rasman arxivga bundan yuz yil oldin asos solingan va u bugungacha Markaziy Osiyodagi yagona arxiv agentligi hisoblanadi.

📑 Davlat kadastrlari palatasi tizimida 203ta arxiv xonalari mavjud bo'lib, ularda 217 nafar arxivariuslar faolyat ko'rsatishadi. Kadastr faoliyati esa aynan arxiv xujjatlar bilan chambarchas bog'liqdir.

#DavKadastrPalata #arxiv

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebok | Instagram | You Tube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
▫️Tabiiy xavf yuqori bo'lgan obyektlar▫️

🌋 Davlat kadastrlari palatasi Milliy geoaxborot tizimidagi vakolatli organlarning davlat kadastrlariga oid maʼlumotlarini toʼliq shakllantirishi boʼyicha turkum maʼlumotlar!

🏜 Mazkur maʼlumotda siz, Tabiiy xavf yuqori bo'lgan obyektlar joriy yil yanvar-may holati boʼyicha maqsadli koʼrsatkichlari bilan tanishishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #info #davlat_kadastrlari

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |YouTube
#Kadastr #xalqaro_uchrashuv

🔰Joriy yilning 7-iyun sanasida Kadastr agentligi rahbari Farrux Pulatov hamda Jahon banki missiyasi - “Ko’chmas mulkni ro’yxatga olish va kadastr tizimlarini modernizatsiyalash” loyihasini muvofiqlashtiruvchi menejeri Nadej Orlova o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tdi.

📌Uchrashuv doirasida:

♦️Kadastr va ro‘yxatga olishning yagona axborot tizimiga ma'lumotlarni to'liq migratsiyasini amalga oshirish muddatlari,
- loyihaning yakuniga yetgan hamda ijro holatida bo'lgan komponentlari,
♦️Fazoviy ma'lumotlar infrastrukturasini rivojlantirish uchun grant jalb qilish masalasi,
♦️Xorijiy tajribani o'zlashtirish uchun konsultativ-ekspertlik uchrashuvlari,
♦️Istiqboldagi hamkorlik loyihalari muhokama qilindi.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
🔸Kadastr хalq bilan🔸

⚡️Ayni dam, Qashqadaryo viloyati Qarshi shahri aholisi uchun kadastr sohasidagi masalalariga yechim topish maqsadida Davlat kadastrlari palatasi raisining sayyor qabuli boshlandi.

◻️ Unda kadastrga oid murojaatlari bilan kelgan hamyurtlarimizning muammolari hamda masalalarini tinglash, ularga imkon qadar yechim topish maqsadida Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi boshliqlari va tizim mutasaddilari qatnashmoqdalar.

◻️ Sayyor qabulga hozircha 50dan ortiq murojaatchilar tashrif buyurgan bo‘lib, ularning masalalari qay tartibda ko‘rib chiqilgani haqida yana batafsil ma’lumot beriladi.

#DavKadastrPalata #DKP_raisining_sayyor_qabuli

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |YouTube
▪️Xato va kamchiliklar o‘rganilganda▪️

⚜️ Davlat kadastrlari palatasi markaziy apparati xodimlarning oylik maoshlarini qonun doirasida oshirilib borilishi ta’minlash hamda ularning maoshlari o‘z vaqtida yetkazilishini nazorat qilib borish maqsadida muntazam ravishda hududiy boshqarmalarning faoliyati, ijro intizomi, iqtisodiy ko‘rsatkichlari yutuq va kamchiliklarini o‘rganib, tahlil qilib bormoqda.

◻️ So‘nggi o‘rganish va tahlillarga ko‘ra, Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmasida bir qator kamchiliklar aniqlangan. Boshqarma tomonidan 2022 yilning yanvar-aprel oylari davomida xodimlarga berilgan oylik ish haqlari, ustamalar, mukofot va rag‘batlantirish to‘lovlarni qonunda belgilanmagan tartibda hisoblanishi natijasida jiddiy iqtisodiy xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘yilganligi qayd etilgan.

◻️Qayd etish muhimki, o‘z yo‘nalishida mutaxassislar tomonidan yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar - boshqarma va filiallarda xodimlar o‘rtasida tushunmovchiliklar, iqtisodiy ko‘rsatkichlarida esa kichik inqirozlarni keltirib chiqarishi mumkin.

Toshkent viloyati boshqarmasida yuqoridagi xatoliklarni keltirib chiqarganlarga nisbatan “hayfsan” intizomiy jazo chorasi qo‘llanildi.

◻️Davlat kadastrlari palatasi Markaziy apparati noqonuniy xatti harakatlarga barham berish hamda hududiy boshqarmalar faoliyati mo‘tadilligini saqlash uchun muntazam ravishda ana shunday o‘rganishlar va tekshiruvlarni amalga oshirib borishda davom etadi...

#DavKadastrPalata #Toshkent_viloyati #tahlil

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook|Instagram|YouTube