DAVLAT KADASTRLARI PALATASI
28.5K subscribers
11K photos
1.73K videos
1 file
6.52K links
Murojaatlar uchun:

Telegramm-bot @Dkpuz_bot
Yagona aloqa markazi +99871 207 00 03

Telegram: t.iss.one/DavKadastrPalata
Instagram: instagram.com/davkadastrpalata/
YouTube: youtube.com/@davkadastrpalata
Facebook: facebook.com/DavKadastrPalata
Download Telegram
Forwarded from Kadastr - Live
#сайёр_қабул

ДИҚҚАТ ЭЪЛОН!

Ҳурматли Фарғона вилояти фуқаролари ҳамда тадбиркорлари!

🏢 Аҳолининг кадастр соҳасидаги мурожаатларини кўриб чиқиш мақсадида Фарғона вилояти Фарғона туманида сайёр қабул ўтказилади.

📝 Кадастр ҳужжатларини расмийлаштириш, давлат рўйҳатидан ўтказиш ва кадастр билан боғлиқ бошқа муаммоларингиз бўлса, жорий йилнинг 29 май куни соат 11-00 да сайёр қабулда иштирок этишингиз мумкин.

📌 Сайёр қабул Кадастр агентлиги Директори ўринбосари Мирсаид Мирмаксудов бошчилигида бўлиб ўтади.

📍Манзил: Фарғона вилояти, Фарғона туманидаги марказидаги "Чинортаги" истироҳат боғи.

‼️Сайёр қабулга келиш истагида бўлган юртдошларимиздан карантин қоидаларига риоя қилган ҳолда келишларини сўраб қоламиз.

Telegram Instagram YouTube Facebook
📂 2021 yil 26 may holatiga Farg‘ona viloyati bo‘yicha qishloq xo‘jaligi yer maydonlari va yerdan foydalanuvchilar to‘g‘risidagi 4814 ta yer uchastkalari xaqidagi grafik maʼlumotlar “ArcGlS” kiritildi hamda 591 tasi Yangi umumlashgan tizim orqali davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

📂 Qishloq xo‘jaligi yo‘nalishidagi yerdan foydalanuvchilarninig yeng ko‘p yer maydonlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganlar soni tuman (shaxar)lar kesimida:

🔹 Oltiariq tumani - 12 ta
🔹 Bog‘dod tumani - 10 ta
🔹 Beshariq tumani - 12 ta
🔹 Buvayda tumani - 6 ta
🔹 Dang‘ara tumani - 58 ta
🔹 Farg‘ona shahar - 13 ta
🔹 Farg‘ona tumani - 21 ta
🔹 Furqat tumani - 19 ta
🔹 Qo‘shtepa tumani - 24 ta
🔹 Quvasoy shahar - 8 ta
🔹 Quva tumani - 9 ta
🔹 Rishton tumani - 20 ta
🔹 So‘x tumani - 5 ta
🔹 Toshloq tumani - 16 ta
🔹 Uchko‘prik tumani - 6 ta
🔹 O‘zbekiston tumani - 45 ta
🔹 Yozyovon tumani – 10 ta
Forwarded from Kadastr - Live
🇺🇿 Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлиси Сенати Кенгашининг мажлисида Ўзбекистон Республикаси Ер кодексига мувофиқ, Тошкент вилоятида ер участкаларига бўлган ҳуқуқлар кафолатлари таъминланиши ҳолатини ўрганиш натижалари муҳокама қилинди.

♦️ Хусусан, вилоятда ер участкаларига бўлган ҳуқуқлар кафолатларининг таъминланиши ўрганилганда 9 минг 614 та ҳолатда 1618 га. ер майдони ўзбошимчалик билан эгаллаб олинганлиги аниқлангани;

♦️ Вилоят ҳокими қарори билан тадбиркорлик субъектларига ер ажратиб беришда
Қибрай, Қуйи Чирчиқ, Оҳангарон, Паркент, Юқори Чирчиқ ва Бўстонлиқ туманларида Ер кодекси талаблари бажарилмаган, берилган ер майдонларидан тадбиркорларнинг қандай фойдаланаётгани етарлича назоратга олинмагани;

♦️Ер участкалари давлат ва жамоат эҳтиёжлари учун олиб қўйилишидан олдин етказилган зарарни қоплаш чоралари кўрилмаган ва айрим шахсларга етказилган зарарлар бугунги кунгача ҳам тўла қопланмаганига жиддий эътироз билдирилди.

Telegram Instagram YouTube Facebook
Forwarded from Kadastr - Live
#infografika #kadastr

Фойдали ИНФОГРАФИКА.

Қишлоқ хўжалиги ер майдонлари ва ердан фойдаланувчилари тўғрисидаги маълумотларни давлат рўйхатидан ўтказиш тартиби, афзалликлари ва муддати тўғрисида билиб олинг!

Telegram Instagram YouTube Facebook
#Bilasizmi

📝KO‘CHMAS MULK OBYEKTIGA BO‘LGAN HUQUQNI DAVLAT RO‘YXATIDAN O‘TKAZISH VA REYESTRDAN KO‘CHIRMA TAQDIM ETISH XIZMATI

🔹Ushbu xizmat turi bo‘yicha arizalar Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali qabul qilinadi va natijasi bo‘yicha Davlat reyestridan ko‘chirma taqdim etiladi.

🔹Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni ro‘yxatdan o‘tkazish va reyestridan ko‘chirma berish 2 kun muddatda amalga oshiriladi.

🔹Ko‘chmas mulk obyekti bo‘yicha bitimlar notarial tartibda rasmiylashtirilganida (oldi-sotdi, xadya, ayriboshlash va
b.sh) ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni ro‘yxatdan o‘tkazish va reyestrdan ko‘chirma taqdim etilishi ushbu notarial idoraning o‘zida elektron tizim orqali kadastr korxonalariga murojaat yuborilib amalga oshiriladi.


Davlat kadastrlari palatasining rasmiy sahifalari
👇👇👇

Telegram | Facebook | Instagram
#Qashqadaryo_viloyati #komplaens_nazorati

Qashqadaryo viloyatida "Komplaens-nazorat" bo'limiga xodimlarni tanlab olish maqsadida test sinovlari bo'lib o'tmoqda.

Batafsil: https://telegra.ph/-05-27-1055
Forwarded from Kadastr - Live
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#kadastr #videorolik

ҚИШЛОҚ ХЎЖАЛИГИ ЕР МАЙДОНЛАРИ ВА ЕРДАН ФОЙДАЛАНУВЧИЛАРИ ТЎҒРИСИДАГИ МАЪЛУМОТЛАРНИ ДАВЛАТ РЎЙХАТИДАН ЎТКАЗИШ мавзусида фойдали маълумот ва яхши кайфият берувчи видеоролик.

Ижтимоий тармоқлардаги саҳифаларимизга аъзо бўлинг!
Telegram Instagram YouTube Facebook
#Tayinlov #Buxoro_viloyati #Davlat_kadastrlari_palatasi #Hududiy_boshqarmalar

🔹Joriy yilning 27-may sanasida Davlat kadastrlari palatasining Buxoro viloyati boshqarmasida palata raisi M.Valiyev boshchiligida yig'ilish bo'lib o'tdi. Mazkur yig'ilishda viloyatning barcha tuman va shahar filiallari rahbarlari hamda boshqarma bo'lim boshliqlari ishtirok etishdi.

🔹Mazkur yig'ilishda Davlat kadastrlari palatasi Buxoro viloyati boshqarmasi boshlig'i lavozimiga Asadov Akobir Anvarovich tayinlandi.

🔹Asadov Akobir Anvarovich shu kunga qadar Davlat kadastrlari palatasi Buxoro shahar filiali boshlig'i lavozimida faoliyat yuritib kelgan.