DAVLAT KADASTRLARI PALATASI
28.4K subscribers
10.7K photos
1.67K videos
1 file
6.37K links
Murojaatlar uchun:

Telegramm-bot @Dkpuz_bot
Yagona aloqa markazi +99871 207 00 03

Telegram: t.iss.one/DavKadastrPalata
Instagram: instagram.com/davkadastrpalata/
YouTube: youtube.com/@davkadastrpalata
Facebook: facebook.com/DavKadastrPalata
Download Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Sohaga oid tushunchalar

💠 Ko‘chmas mulk obyekti
— binolar, inshootlar, ko‘p yillik dov-daraxtlar va yer bilan uzviy bog‘langan boshqa mol-mulk, ya’ni belgilangan maqsadiga nomutanosib tarzda zarar yetkazmagan holda joyini o‘zgartirish mumkin bo‘lmagan obyektlar. Yer osti boyliklari, shu jumladan foydali qazilmalar koni ko‘chmas mulk obyektlari jumlasiga kirmaydi.

🔖 Asos: 29.06.2022-yildagi O'RQ-781-son

#DavKadastrPalata #bilishingiz_muhim

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Yer hisobini to'g'ri yuritish masalalari

💠 Muntazam xabar berib borayotganimizdek, hududlarda yer hisobini yuritishda mas’ul xodimlar uchun doimiy ravishda o'quv seminarlari o'tkazilib kelinmoqda.
"Andijon viloyati misolida yer resurslarining hisobotdagi va amaldagi maydonlari o‘rtasidagi farqlarni o‘rganish" mavzusida bo'lib o'tgan uchrashuvda mas'ullar tomonidan xodimlarga nazariy va amaliy jihatdan asoslangan tajribalar bo'yicha tushunchalar va bilimlar berilmqda.

🔘 Bu kabi uchrashuvlar barcha viloyatlarimizda tashkil etilib kelinmoqda. Bizni kuzatib boring, yana ma'lumot beramiz.

#DavKadastrPalata #hududiy_yangiliklar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

XATLOVDA
NIMALARNI BILISHINGIZ KERAK?!

🇺🇿 O'zbekiston Respublikasining "O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida"gi 937-sonli Qonuniga muvofiq Davlat kadastrlari palatasi tomonidan "Ko'chmas mulklarni xatlov yo'li bilan texnik inventarizatsiyadan o'tkazish va elektron yig‘majildini tayyorlash tartibi to‘g‘risida" uslubiy qo'llanma ishlab chiqildi.

📃 Ushbu yo'riqnoma asosida tayyorlangan mazkur video orqali xatlov jarayonlarida e'tibor qaratish lozim bo'lgan tomonlar haqida batafsil ma'lumotlarni taqdim etamiz.

#DavKadastrPalata #OʼRQ_937 #xatlov

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

DIQQAT E'LON!

📃 Ko‘chmas mulk bo‘yicha kadastr muhandisining malaka shahodatnomasini qo‘lga kiritish uchun navbatdagi malaka imtihoni o‘tkaziladi.

🗓 Imtihon kuni: 2025-yil, 29-30-yanvar
🕔 soat 10:00, 11:00, 15:00, 16:00 da

📍 Manzil: Davlat kadastrlari palatasi Markaziy apparati binosi.

📹 Imtihon jarayonlarini Davlat kadastrlari palatasining You Tube platformasidagi rasmiy kanali orqali to'g'ridan-to'g'ri kuzatishingiz mumkin.

◼️ Malaka imtihonida 54 nafar talabgorlar ishtirok etadi.

#DavKadastrPalata #malaka_shahodatnomasi

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Hududlarda
amalga oshirilayotgan ishlar

📃 Xodimlarning bilim va ko'nikmalarini takomillashtirish, ular o'rtasida o'zaro hamjihatlikni mustahkam tashkilot rivojlanishi va faoliyati samaradorligini yanada oshirilishida xizmat qiladi.

◼️ Ayni shu maqsadda, Davlat kadastrlari palatasi va hududiy boshqarmalar mas'ullari tomonidan xodimlar ishtirokida o'rganish ishlari, davra suhbatlari, seminarlar hamda profilaktika tadbirlari doimiy ravishda o'tkazib borilmoqda.

O'zbekiston Respublikasining 937-sonli Qonuni ijrosi yuzasidan olib borilayotgan xatlov jarayonlarini o'rganish ishlari:

🔘 Surxondaryo viloyati
🔘 Namangan viloyati
🔘 Sirdaryo viloyati

Korrupsion holatlarni oldini olishga qaratilgan o'quv seminari va profilaktik tadbirlar:

🔘 Toshkent shahri 1, 2
🔘 Xorazm viloyati 1, 2
🔘 Jizzax viloyati 1, 2
🔘 Surxondaryo viloyati
🔘 Sirdaryo viloyati
🔘 Farg'ona viloyati
🔘 Buxoro viloyati
🔘 Qoraqalpog'iston Respublikasi

#DavKadastrPalata #hududiy_yangiliklar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM