🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida tadbirkorlikni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha joriy yil yakunlari va 2025-yilga asosiy rejalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi hamda yetakchi tadbirkorlar bilan muloqot
bo'lib o'tdi.✔️ Tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha jamoatchilik kengashi aʼzolari davlat va tadbirkorlar o‘rtasida ko‘prik bo‘lib, aniq takliflarni o‘rtaga qo‘yib kelayotgani alohida taʼkidlandi. Natijada joriy yilning o‘zida tadbirkorlar faoliyati uchun g‘oyat muhim ahamiyatga ega bo‘lgan 5 ta qonun, 101 ta farmon va qarorlar
qabul qilindi.✔️ So‘nggi yillarda iqtisodiyotimizda pul ko‘paygani, investitsiya loyihalarini barqaror moliyalashtirishning mustahkam asosi yaratilgani
taʼkidlandi.✔️Biznes uchun yo‘l, suv, elektr, gaz, temir yo‘l kabi infratuzilma obyektlarini yaxshilashga bu yil 35 trillion so‘m yo‘naltirildi. Kelgusi yil yana 43 trillion so‘m ajratish
rejalashtirilgan.✔️ Savdoni rivojlantirish bo‘yicha alohida kompaniya ochilib, eksportni moliyalashtirish uchun 350 million dollar ajratildi. Natijada berilgan har 1 dollar hisobiga tadbirkorlar 6 dollarlik eksport qildi. Kelgusi yilda bunga yana 300 million dollar berilishi
belgilandi.✔️ Tadbirkorlar bu yilda 11,5 trillion so‘mlik 3 mingta davlat mulki va 4 ming gektar yerni sotib olib, biznesini boshladi. Kelayotgan yilda yana 4,5 mingta bino va 6 ming gektar yer tadbirkorlarga taklif qilinadi.✔️ Temir yo‘l sohasida raqamlashtirish va operatsion samaradorlikni oshirish hisobiga yuk tashish muddatlari 40 foizga
qisqardi. ✔️ Prezidentimiz mintaqadagi eng qulay va jozibador biznes muhitini saqlab qolish uchun barqaror soliq siyosati davom ettirilishini
taʼkidladi.✔️ Yig‘ilishda Jahon savdo tashkilotiga aʼzo bo‘lish jarayonlari yakuniy bosqichga kirayotgani aytildi. AQSH, Xitoy kabi yirik davlatlar bilan kelishuvlarga
erishildi.✔️ Umuman, murakkab geosiyosiy sharoitga qaramay, iqtisodiyotimiz 6,3 foizga oshib, 111 milliard dollardan ko‘paygani
taʼkidlandi.✔️ Kelgusi yilda marrani katta olib, yalpi ichki mahsulotni 120 milliard dollarga, eksportni 30 milliardga yetkazish, investitsiyani 42 milliarddan oshirish, 5 million aholini band qilish, 1,5 million odamni kambag‘allikdan chiqarish
reja qilinmoqda.✔️ Savdo-sanoat palatasi xalqaro konsalting kompaniyalarini jalb qilib, tadbirkorlarning tashqi moliya bozorlariga chiqishiga ko‘maklashuvchi markaz ochishi muhimligi qayd
etildi.✔️ Prezident boshqa salohiyatli tadbirkorlarni ham qo‘llab-quvvatlab, “chempion” tadbirkorlarni ko‘paytirish kerakligini
taʼkidladi.✔️ Oxirgi 3 yilda Bojxona kodeksining 100 dan ortiq moddasiga o‘zgartirish kiritildi. Lekin uning qoidalari ham Jahon savdo tashkiloti, ham tadbirkorlarning talabiga mos emas. Shu munosabat bilan har tomonlama yangilangan Bojxona kodeksi loyihasini ishlab chiqish zarurligi
qayd etildi.✔️ Yig‘ilishda ichki bozor bilan cheklanmasdan, eksportni yana-da ko‘paytirish muhimligi
qayd etildi. ✔️ Yetishtirilgan meva-sabzavotni qayta ishlash uchun xarid qilingan uskunalarga 1 milliard so‘mgacha subsidiya
ajratiladi.✔️ Davlatimiz rahbari tadbirkorlarning ezgu maqsad bilan ilgari suradigan har qanday g‘oya va tashabbusini qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini bildirdi. O‘z navbatida ular ham jamiyatimizning eng ilg‘or vakillari bo‘lib, islohotlarimizni yana-da ilgari surishda tayanch va suyanch bo‘lishiga
ishonch bildirdi.✔️ Shu bilan tadbirkorlikni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha joriy yil yakunlari va 2025-yilga asosiy rejalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi hamda yetakchi tadbirkorlar bilan muloqot o'z yakuniga yetdi.
#Prezident #DavKadastrPalata Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I
Telegram I
Instagram I
YouTube I
Facebook I
Twitter