DAVLAT KADASTRLARI PALATASI
29K subscribers
10.6K photos
1.65K videos
1 file
6.3K links
Murojaatlar uchun:

Telegramm-bot @Dkpuz_bot
Yagona aloqa markazi +99871 207 00 03

Telegram: t.iss.one/DavKadastrPalata
Instagram: instagram.com/davkadastrpalata/
YouTube: youtube.com/@davkadastrpalata
Facebook: facebook.com/DavKadastrPalata
Download Telegram
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Namangan shahrida sayyor qabul


🌟 Bugun, Namangan viloyatining Namangan shahrida Davlat kadastrlari palatasi raisi o'rinbosari R.Nishanov boshchiligida hamda viloyat tizim mutasaddilari ishtirokida sayyor qabul bo'lib o'tdi.

Qabul avvalida yig'ilgan fuqarolarga O'zbekiston Respublikasining 937-sonli Qonuni haqida batafsil tushunchalar berilib, shundan so'ng aholi va tadbirkorlarning sohaga oid savol va murojaatlari yuzma-yuz tinglanib, hal etish choralari ko'rib chiqildi hamda ijrosi yuzasidan mas'ullarga topshiriqlar berildi.

◼️Sayyor qabulga kelgan 30ga yaqin fuqarolar murojaatlarining aksar qismini egalik huquqlarining e'tirof etilishi, shuningdek, kadastr pasportini shakllantirish bilan bog'liq masalalar tashkil etdi.

#DavKadastrPalata #sayyor_qabul

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
DAVLAT KADASTRLARI PALATASI
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 Samarqand shahrida DKP raisi sayyor qabuli ⚡️ Ayni damda, Samarqand viloyatining Samarqand shahrida Davlat kadastrlari palatasi raisi Moxir Valiyev boshchiligida, viloyat va tuman mutasaddilari ishtirokida aholining kadastrga oid masalalar bo'yicha…
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Har bir murojaat e'tiborda


🫥 Avval xabar berganimizdek, joriy yilning 21-noyabrida Samarqand shahri fuqarolari uchun Davlat kadastrlari palatasi raisi M.Valiyev boshchiligida sayyor qabul bo'lib o'tgan edi. Qabulga kelgan ellikdan oshiq fuqarolarning aksariyatida masalalari o'xshash bo'lgani bois umumiy tushuntirishlar berildi. O'RQ-937-sonli Qonunning mazmun-mohiyati tushuntirildi.

39 ta murojaatlar birma-bir ko'rib chiqilib 12 tasi shu joyning o'zida ijobiy hal etildi. Qolgan o'rganilishi biroz vaqt talab qiladigan murojaatlar ijrosi yuzasidan esa tizim mutasaddilariga qat'iy muddatlar belgilanib, topshiriqlar bajarilishi nazoratga olindi.

➡️ Ishchi guruhlar tomonidan o'rganish ishlari amalga oshirilayotgan, ijrosi vaqt talab qiladigan murojaatlar natijalari haqida yana batafsil ma'lumotlar beriladi.

#DavKadastrPalata #sayyor_qabul

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
DAVLAT KADASTRLARI PALATASI
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 Egalik huquqini e'tirof etish qanday bosqichlarni o'z ichiga oladi? O'zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo'lgan huquqlarni e'tirof etish bosqichlari va tartibi haqida Davlat…
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Huquqlar e'tirof etilganligi uchun qanday to'lov miqdorlari mavjud?


🌟Davlat kadastrlari palatasi va Adliya vazirligi mutaxassislarining yer uchastkalariga nisbatan huquqlarni e'tirof etishda undiriladigan bir martalik to'lov miqdorlari haqida bergan ma'lumotlari "O'zbekiston24" telekanalining "Studiya 24" dasturida efirga uzatildi.

#DavKadastrPalata #OAV_biz_haqimizda

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Xatlovdan xabarlar


🇺🇿 Hududlarda oʻtkazilayotgan xatlovlar haqida yurtdoshlarimizning, mahalla fuqarolarining fikrlari alohida ahamiyatga egadir.

🌟 “Xatlovdan xabarlar” loyihamizda ularning mazkur jarayon haqidagi qaynoq fikrlari oʻrin olgan.

➡️ Bizni kuzatib boring, zero navbatdagi videolarimizda sizning yaqiningiz fikr bildirishi mumkin.

#DavKadastrPalata #xatlovdan_xabarlar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Egalik huquqini e'tirof etish uchun bir martalik to'lov miqdorlari


➡️ Toshkent shahrida - BHMning besh baravari miqdorida;

➡️ Nukus shahrida va viloyatlar markazlarida - BHMning uch baravari miqdorida;

➡️ viloyatlar bo‘ysunuvidagi boshqa shaharlarda - BHMning ikki baravari miqdorida;

➡️ boshqa aholi punktlarida - BHMning bir baravari miqdorida.

😮 Asos: 05.08.2024-yildagi O'RQ-937-sonli Qonun

#DavKadastrPalata #bilishingiz_muhim

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
😂😁〽️🔸

OAV biz haqimizda

🖥 Xabaringiz bor, Davlat kadastrlari palatasi raisi boshchiligida Samarqand shahrida fuqaro va tadbirkorlarning kadastr masalalaridagi murojaatlarini ko'rib chiqish va hal etish maqsadida sayyor qabuli o'tkazilgandi.

▶️ Mazkur sayyot qabul Samarqand MTRKning "Diyor Yangiliklari" dasturida keng yoritildi. Batafsil videoda👆

#DavKadastrPalata #sayyor_qabul #oav_biz_haqimizda

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Xatlovlarning adolatli va to'g'ri bajarilishi ta'minlanmoqda

🌟Davlat kadastrlari palatasi hamda hududiy boshqarmalarning Korrupsiyaga qarshi kurash bo'limi mas'ullari tomonidan joylarda “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi 937-sonli Qonun asosida amalga oshirilayotgan xatlov jarayonlari nazoratdan o'tkazilmoqda.

◼️Tadbirlar davomida xodimlarning xonadonlarni inventarizatsiyadan o'tkazish ishlari ko'zdan kechirilib, belgilangan vazifalarini xolisona yondashgan holda, sidqidildan bajarayotganliklari tekshirilib, xatlovlarda korrupsion holatlarga yo'l qo'ymasliklari to'g'risida qat'iy ko'rsatmalar berilmoqda.

◼️Shuningdek, fuqarolarga muhandislarning firibgarlik, manfaatlar to'qnashuvi, poraxo'rlik kabi harakatlariga duch kelganlarida rahbariyat va tegishli tashkilotlarga murojaat qilishlari mumkinligi to'g'risida tushunchalar berilmoqda.
▫️Toshkent viloyati
▫️Toshkent shahri
▫️Buxoro viloyati
▫️Surxondaryo viloyati
▫️Qashqadaryo viloyati
▫️Qoraqalpog'iston Respublikasi
▫️Farg'ona viloyati
▫️Jizzax viloyati
▫️Namangan viloyati
▫️Xorazm viloyati
▫️Sirdaryo viloyati
▫️Navoiy viloyati

#DavKadastrPalata #xatlov2024 #korrupsiyaga_qarshi_kurash

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

DIQQAT E’LON!

▶️ “O‘zbektelekom” AK telekommunikatsiya tarmog‘ini modernizatsiya qilish, ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada yaxshilashga qaratilgan ishlar amalga oshirilishi munosabati bilan 2024-yil 25-30 noyabr kunlari Kadastr agentligining “Ko‘chmas mulk-3” tizimi ishlashida vaqtinchalik uzilishlar kuzatilishini ma'lum qilamiz.

◼️ Yurtdoshlarimizdan yuzaga kelishi mumkin bo'lgan noqulayliklar uchun uzr so'raymiz.

#DavKadastrPalata #profilaktika #e_lon

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM