DAVLAT KADASTRLARI PALATASI - RASMIY
25.6K subscribers
11.8K photos
1.87K videos
1 file
6.93K links
Murojaatlar uchun:

Telegramm-bot @Dkpuz_bot
Yagona aloqa markazi - 1097

Telegram: t.iss.one/DavKadastrPalata
Instagram: instagram.com/davkadastrpalata/
YouTube: youtube.com/@davkadastrpalata
Facebook: facebook.com/DavKadastrPalata
Download Telegram
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🇺🇿 Bugun Oliy Majlis Qonunchilik palatasining yangi tarkibdagi birinchi majlisi bo‘lib o‘tmoqda. Unda Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirok etdi va nutq so‘zladi.

🇺🇿Davlatimiz rahbari so‘zining avvalida Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga saylovda deputat degan sharafli nomga sazovor bo‘lganlarni tabrikladi.

◼️Davlatimiz rahbari bu yilgi parlament saylovlarining eng muhim jihatlari haqida to‘xtalib o‘tdi.

◼️Saylovlar to‘liq ochiqlik, oshkoralik va shaffoflik muhitida o‘tgani, qo‘llangan zamonaviy texnologiyalar ham bu jarayonda muhim rol o‘ynagani taʼkidlandi.

◼️Markaziy saylov komissiyasining faoliyati sezilarli kuchaygani, professional saylov organlari tashkil etilgani saylovlarning haqqoniy ruhda o‘tishida muhim rol o‘ynadi.

◼️Prezident partiyalar saylov kampaniyasi davomida ilgari surgan va xalqimiz qo‘llab-quvvatlagan har bir taklif albatta ko‘rib chiqilishi va amalga oshirilishini taʼkidladi.

◼️O‘tgan besh yil davomida quyi palata samarali faoliyat ko‘rsatgani eʼtirof etildi.

◼️Parlament faoliyatida yutuqlar bilan birga eʼtibordan chetda qolgan masalalar ham bo‘lgani qayd etildi. Prezident ularning ayrimlariga to‘xtalib o‘tdi.

◼️Kelgusi besh yilda Qonunchilik palatasi oldida g‘oyat ulkan vazifalar turgani taʼkidlandi.

◼️Prezidentimiz deputatlarni vakolatlari doirasida o‘z okruglaridagi tuman va shahar darajasida so‘rov va talabni hech tortinmasdan kuchaytirishga chaqirdi.

◼️Yurtimizda aholi soni yiliga qariyb 1 millionga oshmoqda. Bu – yangi uy-joylarni ko‘paytirishni taqozo etmoqda. Lekin dehqonchilik uchun zarur yerlar uy-joy qurishga berib yuboraverilsa, ertaga qayerga ekin ekamiz, oziq-ovqat xavfsizligi nima bo‘ladi, degan savollar dolzarb bo‘lib bormoqda.

◼️Shu bois, aholi va keng jamoatchilikning fikrini o‘rganib, eskirgan uylar o‘rnida zamonaviy ko‘p qavatli uy-joylar qurish uchun “Renovatsiya to‘g‘risida”gi qonunni qabul qilish kerakligi taʼkidlandi.

◼️Prezident tibbiy xizmatlar sifatini oshirish, ajratilayotgan mablag‘lar o‘z egasiga yetib borishini taʼminlash uchun majburiy tibbiy sug‘urta tizimini albatta qonun bilan mustahkamlab qo‘yish vaqti kelganini taʼkidladi.

◼️Prezidentimiz parlamentda muxolifatni jonlantirish zarurligini aytdi.

◼️Yangilangan Konstitutsiyaga ko‘ra, Davlat byudjeti ijrosi ustidan nazoratni amalga oshirish Qonunchilik palatasining mutlaq vakolatiga kirishi hamda palataning Davlat byudjeti ijrosini nazorat qilish mexanizmlarini yana-da kuchaytirishning vaqti-soati kelgani taʼkidlandi.

◼️Joylarda aholi farovonligini oshirish bo‘yicha dasturlarni ishlab chiqishda parlamentning faol ishtirok etishi muhim.

◼️Keyingi yillarda palata faoliyatida jamoatchilik ishtiroki yanada kuchaydi.

◼️O‘tgan davrda parlament diplomatiyasi va parlamentlararo aloqalar tashqi siyosatimizning taʼsirchan va pragmatik vositasiga aylandi.

◼️Bugungi majlis mamlakatimiz hayotidagi muhim sana – davlatimiz bayrog‘i qabul qilinganligining 33 yilligi bilan bir kunda o‘tayotganligida ramziy maʼno mujassamligi taʼkidlandi.

◼️O‘ttiz yetti milliondan ortiq aholiga ega bo‘lgan O‘zbekistondek katta davlatning parlamenti aʼzosi bo‘lish, shubhasiz, har bir deputat uchun ulkan sharafdir, dedi Prezident.

◼️Shu bilan davlatimiz rahbarining Oliy Majlis Qonunchilik palatasining majlisidagi nutqi o'z yakuniga yetdi.

⚡️Ayni paytda majlis davom etmoqda, deputatlar so‘zga chiqib, o‘z fikrlarini bildirmoqda.

#Prezident #DavKadastrPalata

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Quyidagi
kadastr xizmatlari Davlat xizmatlari markazlari orqali amalga oshiriladi:

🇺🇿Kadastr pasportini shakllantirish;

🇺🇿Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish;

🇺🇿Fuqarolarning nomida shaxsiy uy-joyi borligi yoki yo‘qligi to‘g‘risidagi maʼlumotnoma olish;

🇺🇿Qurilishi tugallangan bino va inshootlarni foydalanishga qabul qilish uchun ariza topshirish va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish;

🇺🇿Davlat kadastr reyestridan ko‘chmas mulk bo‘yicha ko‘chirmani tekshirish;

🇺🇿Bino va inshootlarni ijara shartnomasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish;

🇺🇿Turar joyning maydoni bo‘yicha maʼlumotnoma olish;

🇺🇿Kadastr obyektiga taʼqiq bor/yo‘qligini tekshirish;

🇺🇿O‘zganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquqi (servitut) to‘g‘risidagi kelishuvni davlat ro‘yhatidan o‘tkazish;

🇺🇿Davlat Reyestridagi har qanday ko‘chmas mulk obyektining kadastr qiymatini bilish.

#DavKadastrPalata #kadastr_xizmatlari

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🟦🟦🟦

XATLOVDAN XABARLAR


📍Xorazm viloyati, Urganch shahri.

#DavKadastrPalata #OʼRQ_937 #xatlov2024 #xorazm_viloyati

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😀😃😄😆😊

937-qonun haqida bilishingiz muhim


🗓 2024-yil 8-noyabrdan kuchga kiruvchi "O'zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo'lgan huquqlarni e'tirof etish to'g'risida"gi O'RQ-937-sonli Qonun haqida bilishingiz muhim boʻlgan alohida jihatlar qisqa maʼlumotlarimizda berib boramiz.

👉 Qiziqqanlarga tarqating va bizni kuzatib boring!

#DavKadastrPalata #bilishingiz_muhim

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🇺🇿 Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis Senatining parlament saylovidan keyingi birinchi majlisida ishtirok etdi va nutq so‘zladi.

🇺🇿 Davlatimiz rahbari o‘z nutqida yuksak ishonchga sazovor bo‘lib, Senat aʼzosi etib saylanganlarni samimiy muborakbod etdi.

◼️Mamlakatimizda bo‘lib o‘tgan saylovlar mahalliy kengashlar faoliyatida ham yangi davrni boshlab berayotgani taʼkidlandi.

◼️Yangi O‘zbekistonni barpo etishga qaratilgan ulug‘vor vazifalarni amalga oshirishda yuqori palataning avvalgi tarkibi munosib hissa qo‘shgani taʼkidlandi.

◼️Konstitutsiyaviy islohotlar natijasida Senat tarkibi ixchamlashib, uning aʼzolari soni 100 nafardan 65 nafarga qisqardi.

◼️Yuqori palata o‘z faoliyatida to‘liq ishga solishi mumkin bo‘lgan imkoniyat va yo‘nalishlarga to‘xtalib o‘tildi.

◼️So‘nggi yillarda keng ko‘lamli demokratik islohotlar tufayli O‘zbekistonning xalqaro reytinglardagi o‘rni yaxshilanib bormoqda.

◼️Prezident Senat oldida qanday dolzarb vazifalar turgani yuzasidan o‘z fikrlarini bildirdi.

◼️Mahalliy kengashlar faoliyatiga har tomonlama ko‘maklashish Senatning ustuvor vazifasi bo‘lishi kerakligi taʼkidlandi.

◼️Hokim ham, kengash raisi ham, avvalo, o‘z hududida yashayotgan aholi manfaatlarini yetakchi o‘ringa qo‘yib, bir jamoa bo‘lib ishlashi lozimligi qayd etildi.

◼️Yangilangan Konstitutsiya talabi asosida mahalliy kengashlar yaqinda hokimlarni lavozimga tasdiqlashda ularning hududni rivojlantirishga oid dasturlarini ilk bor ko‘rib chiqib, maʼqulladi.

◼️Yangilangan Konstitutsiyada Senatga mahalliy kengashlarning qarorlari qonunchilikka muvofiq bo‘lishini taʼminlash bo‘yicha katta masʼuliyat yuklatilgan.

◼️Mamlakatimizda kambag‘allikni qisqartirish va aholini ijtimoiy himoya qilish borasida katta dasturlar amalga oshirilmoqda.

◼️Nogironligi bo‘lgan shaxslarning jamiyatga moslashuvini taʼminlash uchun ijtimoiy xizmat va yordamlar ko‘lami kengaytiriladi.

◼️Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha parlament nazoratini, butun jamiyatimiz ishtirokini yana-da kuchaytirish zarurligi ta'kidlandi.

◼️Senat tomonidan Sudyalar oliy kengashining barcha aʼzolarini saylash tizimi yo‘lga qo‘yilgani sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini taʼminlashga xizmat qiladi.

🇺🇿Majlisda Senat Raisi va uning o‘rinbosarlarini saylash to‘g‘risidagi tashkiliy masala ko‘rib chiqildi.

🇺🇿Prezident senatorlar tomonidan Senat raisi va uning o‘rinbosarlari etib saylangan Tanzila Narbayeva, Sodiq Safoyev, Amanbay Orinbayevni ularga bildirilgan yuksak ishonch bilan tabriklab, ularning kelgusi faoliyatida yutuq va muvaffaqiyatlar yor bo‘lishini tiladi.

◼️Shu bilan Oliy Majlis Senatining parlament saylovidan keyingi birinchi majlisi o'z yakuniga yetdi.

#Prezident #DavKadastrPalata

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘RQ-937-sonli Qonunda ortiqcha egallangan yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqini hamda unda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan mulk huquqini e’tirof etishning nechta asoslari mavjud?
Anonymous Quiz
42%
5 ta
30%
6 ta
11%
4 ta
17%
3 ta
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

DIQQAT E’LON!

▶️Hurmatli Samarqand viloyati, Samarqand shahri fuqarolari hamda tadbirkorlari!

🌟Sizning kadastrga oid murojaatlaringizni ko‘rib chiqish maqsadida Davlat kadastrlari palatasi rahbariyati hamda viloyatning tizim mutasaddilari ishtirokida sayyor qabul o‘tkaziladi.

🗓Sayyor qabul kuni: 2024-yil, 21-noyabr, soat 15:00 da

📍Manzil: Samarqand shahar, Kimyogarlar qoʻrgʻoni, Narpay koʻchasi 7-b uy. Monomarkaz binosi

📃Qabulga yozilish uchun +998 95-508-81-50 telefon raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #sayyor_qabullar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

"Yashil iqtisodiyot va taraqqiyot" jurnalida kadastr


⭐️🌟Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi rahbariyati tomonidan tayyorlangan zamonaviy axborot-kommunikatsion texnologiyalar yutuqlarini kadastr faoliyati tizimida qo'llashning asosiy jihatlari va dolzarbligi bo'yicha tahliliy fikrlar bildirilgan maqola "Yashil iqtisodiyot va taraqqiyot" jurnalining maxsus sonida chop etildi.

📔 Mazkur nashrda kadastr muhandislarining faoliyatini rejalashtirish va natijalarini rasmiylashtirish jarayonlarida intellektual texnologiyalardan foydalanish, jumladan, ko'chmas mulk obyektlarini rasmiylashtirish bo'yicha arizalarni qabul qilishdan tortib, ularni davlat reyestriga rasmiy ro'yxatdan o'tkazishgacha bo'lgan bosqichlardagi jarayonlar yoritilgan.

📃 Maqolani jurnalning 430-434-betlarida to'liq mutolaa qilishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #OAV_biz_haqimizda #Ilm

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
😀😃😄😆😊

Nega yerlar o'zboshimchalik bilan egallanyapti, qonuniylashtirish shunchalik qiyinmi ?


⭐️🌟Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi mutaxassislari "Zo'r tv" telekanalining "O'zimizda" tok-shousida yerlarni E-auksion.uz sayti orqali qonuniy tartibda rasmiylashtirish mumkinligi haqida ma'lumotlar berishdi.

▶️ Batafsil videoda

#DavKadastrPalata #OAV_biz_haqimizda

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM