DAVLAT KADASTRLARI PALATASI
29.3K subscribers
10.5K photos
1.63K videos
1 file
6.26K links
Murojaatlar uchun:

Telegramm-bot @Dkpuz_bot
Yagona aloqa markazi +99871 207 00 03

Telegram: t.iss.one/DavKadastrPalata
Instagram: instagram.com/davkadastrpalata/
YouTube: youtube.com/@davkadastrpalata
Facebook: facebook.com/DavKadastrPalata
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

@DKPUZ_bot ga murojaat qilish tartibi

🌟 Davlat kadastrlari palatasining @DKPUZ_bot orqali fuqaro va tadbirkorlar murojaatlarini yo'llash imkoniyatiga ega bo'ladilar.

👨🏻‍💻 Ushbu bot orqali murojaatni amalga oshirish uchun quyidagi ketma-ketlikda ma'lumotlaringizni kiritishingiz lozim bo'ladi:

◾️Botni ishga tushurish uchun “START” tugmasini bosish;
◾️Murojaat tilini tanlash;
◾️Murojaatchining yuridik yoki jismoniy shaxs ekanligini belgilash;
◾️Jismoniy shaxslar tomonidan shaxsni tasdiqlovchi ma'lumotlarni, yuridik shaxslar tomonidan tashkilot to'g'risidagi ma'lumotlarni kiritish;
◾️Telefon raqamni kiritish talab etiladi va shundan so'ng murojaatlarni yuborishingiz mumkin bo'ladi.

ESLATMA: Har bir yangi murojaat uchun ushbu ketma ketlikni boshidan bajarishingiz talab etiladi! Shuning uchun murojaatni yaxlit matn ko'rinishida yuborishingiz lozim. Aks holda murojaatlaringiz botga kelib tushmasligini ma'lum qilamiz.

#DavKadastrPalata #murojaatlar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Yangi realizatsiya qilingan yer uchastkalariga nisbatan yer solig'i stavkasi 50 foiz miqdorida qo‘llanadi

📃Prezident Farmoniga ko'ra, xususiy investorlar tashabbusi bilan yangi massivlarni barpo etishda yer uchastkalariga bo'lgan huquqlar belgilangan asosiy shartlarga muvofiq rasmiylashtiriladi.

◼️Bunda, xususiy investorga tegishli yer uchastkalari hamda ular oralig'ida joylashgan ko'p kvartirali uylarga tutash yerlar va umumiy foydalanishdagi yerlar "Ko'chmas mulkni birlashtirish va uning yangi chegaralarini belgilash dalolatnomasi" asosida yagona yer uchastkasiga birlashtiriladi.

◼️Belgilangan hollarda yangi massivlar, qoida tariqasida, bo'sh turgan yer uchastkalari o'rnida tashkil etiladi, bunda loyiha yangi massiv hududidagi yer uchastkalarini davlat mulki sifatida davlat ro'yxatidan o'tkaziladigan yagona yer uchastkasiga birlashtirish orqali amalga oshiriladi.

◼️Qishloq xo'jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini mulk huquqi, ijara huquqi va doimiy foydalanish huquqi bilan yangidan ajratishda belgilangan asosiy shartlar asosida mazkur yer uchastkasida bino va inshootlarni loyihalash, qurilishni boshlash va yakunlash hamda obyektni foydalanishga topshirish muddatlari majburiy ravishda ko'rsatiladi.

◼️Yangi realizatsiya qilingan yer uchastkalariga nisbatan obyektni foydalanishga topshirish davriga teng bo'lgan, biroq 3 yildan ko‘p bo'lmagan muddatda yer solig'i stavkasi 50 foiz miqdorida qo'llanadi.

#DavKadastrPalata #huquqiy_malumot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Malakali kadrlar - taraqqiyot garovi

🌖Toshkent geodeziya va kartografiya texnikumida Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalarida faoliyat yuritayotgan bir qancha xodimlar uchun turli yo'nalishlarda o'quv kurslari muntazam tashkil etilmoqda.

◼️Xususan o'tgan oy mobaynida, "Yerlarni auksionga chiqarish", "Topografiya-geodeziya va kartografiya", "Ko'chmas mulk obyektlarini texnik inventarizatsiyadan o'tkazish" hamda "ko'chmas mulkka bo'lgan huquqlarni davlat ro'yxatidan o'tkazish" yo‘nalishlarida faoliyat yuritayotgan mutaxassislar jalb etilgan o'quv kurslarida yangi bilim va ko'nikmalarni egallashdi.

◼️O'quv jarayonlari yakunida esa sinov imtihonlarini muvaffaqiyatli topshirgan xodimlar malaka oshirganligi to'g'risidagi sertifikatga ega bo'lishdi.

#DavKadastrPalata #malaka_oshirish

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Korrupsiya - taraqqiyot dushmani

🔤 Har qanday yo'nalish va sohani tubdan rivojlantirishda korrupsiyaga qarshi immunitetni shakllantirishdan lozimdir. Bunda insonning tarbiyasi, oilasidagi muhit katta ahamiyatga ega.

🌟 Mazkur videorolik orqali Davlat kadastrlari palatasi ana shu fikrlarni olg‘a suradi.

#DavKadastrPalata #korrupsiyaga_qarshi_kurash

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

💠Бирлашган Миллатлар Ташкилоти Европа Иқтисодий Комиссиясининг (БМТ ЕИК) Ер маъмуриятчилиги, уй-жой ва шаҳарсозлик қўмитасининг таклифига биноан, 🌟Кадастр агентлиги директори Ф. Пўлатов бошчилигидаги делегация Женевада бўлиб ўтаётган БМТ ЕИК Ер маъмуриятчилиги, уй-жой ва шаҳарсозлик қўмитасининг 85-сессиясида иштирок этмоқда.

Сессияда:
➡️ер ва мулк бошқаруви сиёсатини такомиллаштириш бўйича ўтказилган семинар ва вебинарлар муҳокамаси;

➡️ер маълумотлари хавфсизлиги, ер бошқаруви ва экотизимлардаги чорловлар;

➡️ноқонуний қурилмаларни расмийлаштириш йўналишида амалга оширилган ва режалаштирилаётган тадбирлар муҳокамаси;

➡️ер ва уй-жой маълумотлари бошқаруви бўйича мамлакатлар профилларини тузишнинг жорий ҳолати, 2025-2026 йилларда ер, уй-жой ва шаҳарсозлик бўйича профиллари яратилиши танланган давлатларни эълон қилиш масалалари ўрин олди.

🫥Шунингдек, сессияда Ўзбекистонда ер маъмуриятчилиги, жумладан рақамлаштиришда амалга оширилган ислоҳотларга бағишланган тақдимот амалга оширилди.

🫥Ташриф доирасида БМТнинг Ер бошқаруви бўйича ишчи гуруҳи раиси Виктория Эббот, Европа ва МДҲ давлатларининг ер, геодезия, кадастр ва қурилиш соҳалари бўйича масъул идора раҳбарлари, академик давра вакиллари билан ўзаро мулоқот ва учрашувлар бўлиб ўтди.

#Kadastr_agentligi #BMT

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

"Ishonchnoma" haqida ma'lumotlar

📃 Uy-joy va boshqa ko'chmas mulklar, avtomashinalarni oldi-sotdisida firibgarlikdan qanday himoyalanish mumkin?

💠Ushbu savolga Adliya vazirligi tomonidan tayyorlangan mazkur viderolik orqali javob topishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #ma_lumot_o_rnida

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Davlat xizmatlari markazlaridagi kadastr xizmatlari


Fuqarolarning nomida shaxsiy turar joy mavjud yoki mavjud emasligi to‘g‘risida ma’lumotnoma berish tartibi bilan tanishing 👆

🗓 Xizmat ko‘rsatish muddati: 3 ish kuni

#DavKadastrPalata #davlat_xizmatlari_markazi #kadastr_xizmatlari

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Yerni Davlat ro‘yxatidan o‘tkazing va Davlat himoyasida bo‘ling! 


🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev tomonidan 2023-yilning 2-noyabrida “Yer resurslaridan oqilona foydalanish, yer hisobini yuritish hamda kadastr xizmatlari sifatini yaxshilash bo‘yicha kelgusidagi ustuvor vazifalar to‘g‘risida” o‘tkazilgan yig‘ilishda kadastr sohasiga belgilab berilgan vazifalarni ijrosini vaqtida va sifatli bajarish uchun Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalari xodimlar ishga astoydil kirishganlar. Dastlabki maʼlumotlarga qaraganda Namangan viloyati rejadagi majud 202,9 ming gektar yerlarni 83% davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi.

Viloyatning barcha, 14 ta tumanlariga boshqarmaning malakali mutaxassislari biriktirilgan. Tumanlarda Ishchi guruhlar fermer va dehqon xo‘jaliklariga, bog‘zorlarga chiqib joyida shartnomalar tuzish yuzasidan ommaviy ish tashkil qilib, ogohlantirish xatlari tarqatish, davlat ro‘yhatidan o‘tkazish bo‘yicha tushuntirish ishlarini olib bormoqdalar. 

◼️Hududiy boshqarmalar tomonidan mazkur yo'nalish bo'yicha olib borilayotgan ishlar haqida yana habar beriladi.

#DavKadastrPalata #hududiy_yangiliklar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Ko'chmas mulk obyektlari statistikasi

📊 Davlat kadastrlari palatasi respublikamizdagi jami ko'chmas mulk obyektlari statistikasini taqdim etadi.

🗓 Hisobot davri: 2024-yil 1-oktabr holatiga ko'ra.

#DavKadastrPalata #DKP_statistikasi

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM