DAVLAT KADASTRLARI PALATASI
28K subscribers
10.8K photos
1.68K videos
1 file
6.4K links
Murojaatlar uchun:

Telegramm-bot @Dkpuz_bot
Yagona aloqa markazi +99871 207 00 03

Telegram: t.iss.one/DavKadastrPalata
Instagram: instagram.com/davkadastrpalata/
YouTube: youtube.com/@davkadastrpalata
Facebook: facebook.com/DavKadastrPalata
Download Telegram
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Sohaga qiziqqan talabalarga imkoniyatlar yaratilmoqda


🇺🇿 Prezidentimiz tomonidan kollej-texnikumlar va oliygohlarni ish beruvchilar bilan uzviy bog‘laydigan tizim yaratish yuzasidan berilgan topshiriq ijrosini ta'minlash maqsadida Kadastr agentligi tomonidan 2024-yilda amalga oshiriladigan ustuvor yo'nalishlar bo'yicha yo'l xaritasi ishlab chiqilgan.

Ushbu yo'l xaritasiga muvofiq Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalari tomonidan mahalliy va horijiy oliy ta'lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini yo'lga qo'yish bo'yicha bir qancha ishlar amalga oshirib kelinmoqda.

🫥 Xususan, bir qancha hududiy boshqarmalarda o‘quv hamda amaliyot jarayonini sifatli tashkil etish maqsadida o‘quv mashg‘ulotlari uchun alohida xonalar ajratilib, kerakli jihozlar bilan ta’minlanib, o'qituvchi va talabalar bilan uchrashuvlar tashkil etilmoqda.

◼️Uchrashuvlarda yoshlarga sohaga oid yangiliklar hamda amalga oshirilgan islohotlar haqida batafsil ma’lumotlar berilmoqda, mutasaddilar esa sohada malakali kadrlar tayyorlash masalasi bo'yicha fikrlar almashmoqdalar:

▫️Sirdaryo viloyati
▫️Surxondaryo viloyati
▫️Qashqadaryo viloyati
▫️Jizzax viloyati
▫️Farg'ona viloyati

#DavKadastrPalata#oliy_talim_hamkorlik_aloqalari

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🇺🇿 “O‘zbekiston Respublikasi hududlarini kadastr bo‘yicha bo‘lish va ko‘chmas mulk obyektlarining kadastr raqamlarini shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-sentabrdagi 555-sonli qarori qabul qilindi.

📃 Unga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasining “Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq, ko‘chmas mulk obyektlarini hisobga olish hamda ularga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tizimini yanada takomillashtiriladi.

◼️ Qaror bilan, hududlarni kadastr bo‘yicha bo‘lish va ko‘chmas mulk obyektlarining kadastr raqamlarini shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi va quyidagilar belgilandi.

🇺🇿 2024-yil 1-dekabrga qadar O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy hududiy birliklarini tuzish, tugatish va ularning chegaralaridagi o‘zgarishlarni inobatga olgan holda:

◼️Qaror talablaridan kelib chiqib, hududlarni kadastr bo‘yicha to‘liq qaytadan bo‘linishi;
◼️Ko‘chmas mulklarning yangi kadastr raqamlarini shakllantirish uchun UZKAD tizimiga texnik tuzatishlar kiritilishi;
◼️Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari hududlarni kadastr bo‘yicha bo‘lish hujjatlarini tegishli qarorlari bilan tasdiqlashi belgilandi.

🇺🇿 2024-yil 31-dekabrga qadar yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan ko‘chmas mulk obyektlarining o‘zgartirilgan kadastr raqamlarini aniqlash va ma’lumotlarini olish imkoniyati yaratildi.

🔵 Bunda ko‘chmas mulk obyektlarining kadastr raqamlariga tegishli o‘zgartirishlar kiritish natijasida ilgari berilgan kadastr raqami ko‘chmas mulkning mulk tarixiga oid ma’lumotlarda saqlanib qoladi.

⭐️🌟 Hududlar kadastr bo‘yicha Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri boshqarmalari tomonidan bo‘linadi.

◼️Ko‘chmas mulk obyektlariga kadastr raqamlari Davlat kadastrlari palatasining tuman, shahar filiallari tomonidan beriladi.

#DavKadastrPalata #qonunchilikda_yangiliklar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Президент Шавкат Мирзиёев раислигида камбағалликни қисқартириш ишларини кейинги сифат босқичига олиб чиқиш масалаллари муҳокамаси бўйича видеоселектор йиғилиши ўтказилди.

Под председательством Президента Шавката Мирзиёева состоялось видеоселекторное совещание по вопросам перехода на качественно новый уровень работы по сокращению бедности.

#Mirziyoyev #videoselektor #kambagallik #bandlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Avgust oyida kadastrga qancha murojaat bo'lgan?!

🇺🇿 Davlat kadastrlari palatasi va uning hududiy boshqarmalariga aholidan 2024 yil, avgust oyida  jami  5 561 ta murojaatlar kelib tushgan. Ularni hududlar kesimida videoinfografika orqali tomosha qilishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #info #murojaatlar #oylik_natijalar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from 67 studio
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Кадастр агентлиги ахборот хизмати раҳбари Неъмат Атамуратов иштирокида брифинг

Ер ресурсларидан оқилона фойдаланиш, ер ҳисобини юритиш ҳамда кадастр хизматларининг сифатини яхшилаш бўйича амалга оширилган ишлар бўйича маълумот.


Telegram
FacebookInstagramYouTube
😀😃😄😆😊


Qanday yer uchastkalari o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkasi deb tushuniladi ?

O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkasi — fuqarolar, yakka tartibdagi tadbirkorlar va rezident bo‘lgan yuridik shaxslar tomonidan yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlarni belgilovchi hujjatlarsiz, shu jumladan bunday hujjatlar yo‘qolgan yoki to‘liq rasmiylashtirilmagan holda egallab kelinayotgan yoki ortiqcha egallangan yer uchastkasi.

📃 Asos: 05.08.2024 O'RQ-937

#DavKadastrPalata #bilishingiz_muhim

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Yoshlar kelajagimiz


🇺🇿 Xabaringiz bor, Milliy universitet va Davlat kadastrlari palatasi o‘rtasida 2023-yil 4-dekabrda o‘zaro hamkorlik shartnomasi hamda universitetning “Kartografiya” kafedrasi filialini tashkil etish bo‘yicha tarmoq kelishuvi imzolangandi.

Bu borada bir qancha ishlar amalga oshirildi va ular qatorida bugun Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida 1-kurs talabalari uchun Davlat kadastrlari palatasi mas’ullari ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.

🫥 Uchrashuvda yoshlarga kadastr sohasi mutahassislaridan yo‘nalishga doir asosiy ma’lumotlar qatorida “Geografik tadqiqotlarda zamonaviy geoinformatsion kartografiya, masofadan zondlash metodlari va texnologiyalarining roli”, "Tizimning tarixi, buguni va kelajagi” hamda “Sohada bilimga va yoshlarga e’tibor” kabi mavzularda chiqishlar tashkil etildi.

◼️Yoshlar ham o‘z o‘rnida soha mutaxassislariga o‘z savollari bilan murojaat qilib javoblar olishdi.

#DavKadastrPalata#oliy_talim_hamkorlik_aloqalari

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

DKPning yagona aloqa markazi

⭐️🌟 Kadastr agentligining 1097 - ishonch raqamlari va Davlat kadastrlari palatasining yagona aloqa markazi fuqarolarga kadastr sohasi bilan bog‘liq murojaatlariga malakali mutaxassislar tomonidan batafsil ma'lumotlar berilishini ta'minlashga xizmat qilib kelmoqda.

📞 (71) 207 00 03 telefon raqamiga qo'ng'iroq qilish yoki @Dkpuz_bot telegram boti orqali murojaat qilish orqali yagona aloqa markazi bilan bog'lanishingiz mumkin.

▶️ Ushbu videorolikda Davlat kadastrlari palatasining yagona aloqa markazi faoliyati bilan yaqindan tanishishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #call_center

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM