DAVLAT KADASTRLARI PALATASI
28.5K subscribers
11K photos
1.73K videos
1 file
6.51K links
Murojaatlar uchun:

Telegramm-bot @Dkpuz_bot
Yagona aloqa markazi +99871 207 00 03

Telegram: t.iss.one/DavKadastrPalata
Instagram: instagram.com/davkadastrpalata/
YouTube: youtube.com/@davkadastrpalata
Facebook: facebook.com/DavKadastrPalata
Download Telegram
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Huquqiy ma'lumot

💠Balansda saqlovchining ijara munosabatlaridagi ishtiroki hamda uning huquq va majburiyatlari

◼️Davlat mulki savdo platformasi orqali ijaraga berilganda, ijaraga beruvchi ijara shartnomasida (ijara shartnomasi tarafi bo‘lmasada) balansda saqlovchining qonuniy manfaatlariga zarar yetmasligi uchun o‘zi orqali amalga oshiradigan huquqlari va majburiyatlarini belgilaydi. Bunda ijaraga beruvchi o‘zining shartnomaviy huquqlaridan balansda saqlovchi foydasiga voz kechmaydi va majburiyatlarini bajarishni zimmasidan soqit qilmaydi.

◼️Balansda saqlovchi ijaraga berilgan mulkka nisbatan ijaraga beruvchining xabardorligida o‘ziga berilgan shartnomaviy huquqlarini amalga oshiradi hamda majburiyatlarni bajaradi.

◼️Tomonlar shartnomada belgilangan majburiyatlarni bajarilmagani oqibatida shartnomaning boshqa tomonlariga yetkazgan zararlarni ixtiyoriylik asosida qoplaydi. O‘zaro kelishuvga erishilmaganda, zarar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda sud orqali qoplanadi.

◼️Balansda saqlovchi ijaraga berilgan davlat mulkini ijaraga oluvchiga ijaraga beruvchi ishtirokida shartnoma imzolangandan so‘ng ko‘pi bilan besh ish kuni ichida rasmiylashtirib topshirilishini va hech qanday tarzda to‘sqinliksiz undan foydalanishini ta’minlaydi.

#DavKadastrPalata #huquqiy_ma_lumot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Barcha uchun muhim raqamlar


◼️mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori – 1 050 000 so‘m;

◼️bazaviy hisoblash miqdori – 340 000 so‘m;

◼️pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – 372 000 so‘m;

◼️yoshga doir eng kam pensiyalar – 725 000 so‘m;

◼️bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslarga beriladigan nafaqa – 800 000 so‘m;

◼️zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa – 800 000 so‘m;

◼️ish staji to‘liq bo‘lmagan chog‘dagi pensiyalarning eng kam miqdori qo‘shimcha to‘lovni hisobga olgan holda – 608 000 so‘m;

◼️belgilangan yoshga doir eng kam pensiya miqdoridan 800 000 so‘mgacha pensiya oluvchilarning yoshga doir va nogironlik bo‘yicha pensiyalari miqdori – 800 000 so‘m.

📃 Asos: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 17.11.2023 yildagi PF-196-son Farmoni

#DavKadastrPalata #huquqiy_ma_lumot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Huquqiy ma'lumot

◼️O‘rmon fondi yer uchastkalari elektron onlayn auksionida ishtirok etish tartibi

🖥 Jismoniy va yuridik shaxslar elektron onlayn-auksionda ishtirok etish uchun:

▪️ savdo platformasi orqali arizani elektron raqamli imzo bilan tasdiqlab yuboradi;
▪️ o‘rmon fondi yer uchastkasining maydoni:
5,0 gektargacha bo‘lganda — bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari;
5,0 gektardan 10.0 gektargacha bo‘lganda — bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari;
10.0 gektardan 20,0 gektargacha bo‘lganda — bazaviy hisoblash miqdorining 15 baravari;
20 gektar va undan ko‘p bo‘lganda — bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravari miqdoridagi zakalat pulini operatorning maxsus depozit hisobvarag‘iga o‘tkazadi.

📃 Ariza qonunchilik talablariga muvofiq taqdim etilgan taqdirda, operator shu kunning o‘zida jismoniy yoki yuridik shaxsga elektron onlayn-auksionda ishtirok etish uchun ruxsat beradi. Shuningdek, uyali aloqa telefoniga va elektron pochta orqali elektron onlayn-auksion ishtirokchisi maqomini olganligi haqida qo‘shimcha ravishda xabar beradi. Jismoniy yoki yuridik shaxslar xabar bilan o‘z vaqtida tanishmaganligi uchun operator javobgar hisoblanmaydi.

⚖️ Qonunchilikda nazarda tutilgan zakalat puli jismoniy yoki yuridik shaxslar tomonidan operatorning maxsus depozit hisobvarag‘iga o‘tkazilmagan taqdirda, elektron onlayn-auksionda ishtirok etishiga ruxsat berilmaydi.

🖥 Jismoniy yoki yuridik shaxslar elektron onlayn-auksionda ishtirok etish uchun belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tmagani yoxud savdolarga oid ma’lumotlar bilan tanishib chiqmaganligi uchun operator javobgar hisoblanmaydi.

#DavKadastrPalata #huquqiy_ma_lumot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Huquqiy ma'lumot

📃 Ijaraga oluvchi tomonidan ijtimoiy soha obyekti tarkibidagi yer uchastkasida quyidagilarni amalga oshirish taqiqlanadi:

- binolar va inshootlar, jumladan, yer osti inshootlarini qurish (yengil konstruksiyali inshootlar bundan mustasno);
- ko‘ngilochar obyektlar faoliyatini tashkil etish (madaniyat obyektlarining yer uchastkalari bundan mustasno);
- qonunchilik hujjatlarida taqiqlangan faoliyatni yuritish.

🫥 Ijaraga beruvchi davlat mulkini ijaraga berishda:

- davlat mulkini ijaraga berish jarayonining ochiqligi va shaffofligini ta’minlaydi;
- ijara shartnomasi shartlari bajarilishi monitoringini amalga oshiradi;
- yuridik shaxslar, jumladan, tadbirkorlik subyektlari va jismoniy shaxslarga ijaraga beriladigan davlat mulklari haqida zarur ma’lumotlar (ijaraga beriladigan davlat mulklarining parametrlari, kommunikatsiyalar bilan ta’minlanganligi, fotosurati, davlat mulkidan foydalanish maqsadi, ijara muddati va ijaraga berish shartlari) beradi va zarur amaliy-huquqiy yordam ko‘rsatadi;
- ijaraga beriladigan davlat mulklari targ‘ibotini amalga oshiradi.

#DavKadastrPalata #huquqiy_ma_lumot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM