DAVLAT KADASTRLARI PALATASI
28.5K subscribers
11K photos
1.73K videos
1 file
6.51K links
Murojaatlar uchun:

Telegramm-bot @Dkpuz_bot
Yagona aloqa markazi +99871 207 00 03

Telegram: t.iss.one/DavKadastrPalata
Instagram: instagram.com/davkadastrpalata/
YouTube: youtube.com/@davkadastrpalata
Facebook: facebook.com/DavKadastrPalata
Download Telegram
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Nogironligi bo‘lganlarga yer sotib olishda xarajatlarni qoplash yangi tartibda amalga oshiriladi

🇺🇿 Vazirlar Mahkamasining «Nogironligi bo‘lgan shaxslarning yer uchastkasini sotib olish xarajatlarini qoplash tartib-taomillarini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.

🫥 Yer uchastkasini auksion orqali sotib olish xarajatlaridan kelib chiqqan holda, o‘z tarkibida nogironligi bo‘lgan oilalar uchun BHM 100 baravarigacha miqdorda bir martalik to‘lov ajratiladi.

◼️ Nogironligi bor shaxslar va tarkibida nogironligi bo‘lgan oilalarning yer uchastkasini onlayn-auksion orqali sotib olish xarajatlarini qoplab berish haqidagi murojaatlari:

- 2024-yil 1-yanvardan Prezident huzuridagi Ijtimoiy himoya Milliy agentligining «Inson» ijtimoiy xizmatlar markazlari ijtimoiy xodimlar guruhlari tomonidan qabul qilinadi;

- 2024-yil 1-iyuldan shuningdek YaIDXP orqali ham qabul qilinadi.

📃 Murojaatlar bo‘yicha qarorlar elektron shaklda QR-kod qo‘yilgan tarzda qabul qilinadi.

#DavKadastrPalata #qonunchilikdagi_o_zgarishlar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🇺🇿 Hukumatning “Yer resurslarining holati bo‘yicha milliy hisobotni yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” gi qaroriga ko'ra:

◼️“Yer hisobot” AAT - yer hisoboti to‘g‘risidagi ma’lumotlarni shakllantirish va yuritish imkonini beruvchi avtomatlashtirilgan axborot tizimi.

◼️Yer hisoboti Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi  va uning hududiy bo‘linmalari tomonidan “Yer hisobot” AAT orqali yil davomida yuritiladi.

◼️Yer hisoboti O'zbekiston Respublikasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri hamda tuman va shaharlar, shuningdek, shaharcha va qishloq (ovul)lar ma’muriy-hududiy chegarasida joylashgan barcha yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, ijarachilar va mulkdorlar (yerdan foydalanuvchilar) bo‘yicha yuritiladi.

◼️Yer hisobotini yuritishda o‘tgan yilgi yer hisobotining yakuniy ma’lumotlari joriy yilda dastlabki ma’lumot sifatida qabul qilinadi.

◼️Yer hisobotida fuqarolarga dehqon xo‘jaligi va shaxsiy dala tomorqa xo‘jaligi hamda jamoat bog‘dorchiligi va uzumchiligini yuritish uchun berilgan yer uchastkalarining umumiy maydoni va ulardan foydalanuvchilarning soni ko‘rsatiladi.

#DavKadastrPalata #qonunchilikdagi_o_zgarishlar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🌟 DAVLAT KADASTRLARI PALATASI 2023-yil 1-dekabrdan qonunchilikda yuz beradigan ayrim o'zgarishlar haqida ma'lumot beradi:

⚜️ Maxsus iqtisodiy zonalar hududida investitsiya loyihalarini joylashtirish my.gov.uz orqali ham amalga oshiriladi.
👉 Batafsil

⚜️ Aholi va tadbirkorlardan 47 turdagi ma'lumotlarni so'rab olish bekor qilinadi.
👉 Batafsil

⚜️ "Tashqi reklama" raqamli monitoring elektron tizimi joriy etiladi.
👉 Batafsil

⚜️ Chorvachilik xo'jaliklariga nasldor qoramollar uchun hisoblangan QQS ni 180 kunda to'lash imkoniyati beriladi.
👉 Batafsil

⚜️ Shahar va viloyat markazlarida elektromobillarni quvvatlantirish stansiyalari o'rnatiladi.
👉 Batafsil

⚜️ Ma'muriy bayonnomani avtomobilni ishonchnoma bilan boshqaruvchiga rasmiylashtirish yo'lga qo'yiladi.
👉 Batafsil

⚜️ Kuchli zilzilalar haqida ogohlantiruvchi milliy tizim ishga tushiriladi.
👉 Batafsil

⚜️ Sport sohasida davlat xizmatlarini ko'rsatish yanada takomillashtiriladi.
👉 Batafsil

#DavKadastrPalata #qonunchilikdagi_o_zgarishlar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🌟 DAVLAT KADASTRLARI PALATASI 2024-yil 1-yanvardan qonunchilikda yuz beradigan ayrim o'zgarishlar haqida ma'lumot beradi:

⚜️ Yangi obyektlarni loyihalashtirishda chang-to'zon tozalash uskunalari o'rnatilishi ko'zda tutilmagan loyihalar ekologik ekspertizadan o'tkazilmaydi.
👉 Batafsil

⚜️ Ichimlik suvidan foydalanish bo'yicha "Tejamkor uy" reyting tizimi ishga tushiriladi.
👉 Batafsil

⚜️Uy sharoitida daraxt ko'chatlarini yetishtirish o'zini o'zi band qilish hisoblanadi.
👉 Batafsil

⚜️ Mikroqarzlarning eng yuqori miqdori 100 mln so'mgacha oshiriladi.
👉 Batafsil

⚜️Ma'muriy sudlarda davlat boji ishni ko'rib chiqish natijasiga ko'ra aybdor tarafdan undiriladi.
👉 Batafsil

⚜️Bir necha shaharlarda yo'lovchilarni tashish brutto-shartnoma asosida tashkil etiladi.
👉 Batafsil

⚜️Professional futboldagi faoliyatini yakunlagan futbolchilarga imtiyozli kreditlar ajratiladi.
👉 Batafsil

⚜️ Poytaxtda davlat tibbiy sug‘urta joriy etiladi.
👉 Batafsil

⚜️ Og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlarni qayta kasbga tayyorlash xarajatlari davlat tomonidan qoplab beriladi.
👉 Batafsil

⚜️ Pedagogik kasbga birinchi marta ishga qabul qilinganlar kasbiy sertifikatlanadi.
👉 Batafsil

⚜️ Ayrim pedagogik kadrlarga malaka toifasini berishning yangi tartibi joriy qilinadi.
👉 Batafsil

⚜️Pensionerga hisoblangan, lekin
o‘z vaqtida olinmagan pensiyani to‘lash muddati uzaytiriladi.
👉 Batafsil

#DavKadastrPalata #qonunchilikdagi_o_zgarishlar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

DAVLAT KADASTRLARI PALATASI
2024-yil 1-fevraldan qonunchilikda yuz beradigan ayrim o'zgarishlar haqida ma'lumot beradi:

⚜️ Yolg'iz keksalar va nogironligi bo'lganlarga kafolatlangan ijtimoiy xizmatlar ijtimoiy xizmat ko'rsatish shartnomasi asosida ko'rsatiladi.
👉 Batafsil

⚜️ «Yashil energiya» aхborot tizimi toʻliq funksional rejimida ishga tushiriladi.
👉 Batafsil

⚜️ Tadbirkorlarning barqarorlik reytingi joriy etiladi.
👉 Batafsil

⚜️ Ayrim mahsulotlarga ishlab chiqaruvchining vakolatli vakili yoki rasmiy dilerlari mavjud bo'lish talabi qo'yiladi.
👉 Batafsil

⚜️ Ichimlik suvi loyihalari doirasida uskuna va jihozlar faqat mahalliy ishlab chiqaruvchilardan xarid qilinadi.
👉 Batafsil

⚜️ Kasanachilikda yangi ish boshlayotgan xotin-qizlar kasb-hunarga o'qitiladi.
👉 Batafsil

⚜️ Maishiy teхnikani roʻyхatdan oʻtkazish qat’iy ravishda tegishli markirovka kodini olgandan keyin amalga oshiriladi.
👉 Batafsil

#DavKadastrPalata #qonunchilikdagi_o_zgarishlar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🇺🇿“Davlat mulkini xususiylashtirish to‘g‘risida”gi Qonun (O‘RQ-907-son, 14.02.2024 y.) Prezident tomonidan imzolandi

📃 Unga ko‘ra, xususiylashtiriladigan davlat mulki obyektlari quyidagilardan iborat:

▪️davlat ko‘chmas mulk obyektlari;
▪️davlat ulushlari (aksiyalari, ulushlari);
▪️davlat unitar korxonalari va davlat muassasalari.

Davlat mulki, to‘liq yoki qisman xususiylashtirilishi mumkin. (Bundan davlat mulkini boshqarish to‘g‘risidagi qonunchilikda nazarda tutilgan xususiylashtirilmaydigan davlat mulki mustasno).

◼️Davlat aktivlarini boshqarish agentligi davlat mulkini xususiylashtirish sohasidagi vakolatli davlat organi hisoblanadi.

◼️Xususiylashtiriladigan davlat mulkining boshlang‘ich narxi vakolatli davlat organi yoki uning hududiy boshqarmalari tomonidan belgilanadi.

👔Davlat mulkini xususiylashtirish quyidagi usullardan foydalangan holda amalga oshiriladi:

- auksion;
- tanlov savdolari;
- muzokaralarga ommaviy ravishda taklif qilish;
- raqobatga asoslangan muloqot;
- birja savdolari;
- davlat unitar korxonasini yoki davlat muassasasini mulkiy majmua tarzida xo‘jalik jamiyatining ustav fondiga (ustav kapitaliga) davlat ulushi sifatida kiritish;
- davlat ulushlarini va davlat ko‘chmas mulk obyektlarini xo‘jalik jamiyatining ustav fondiga (ustav kapitaliga) davlat ulushi sifatida kiritish;
- davlat unitar korxonasini yoki davlat muassasasini keyinchalik xususiylashtirish sharti bilan ijaraga berish.

Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy o‘tgach kuchga kiradi.

👉 Batafsil

#DavKadastrPalata #qonunchilikdagi_o_zgarishlar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🌟 DAVLAT KADASTRLARI PALATASI 2024-yil 1-martdan qonunchilikda yuz beradigan ayrim o'zgarishlar haqida ma'lumot beradi:

⚜️ Ayrim shaxslarga ijtimoiy xizmat va yordam ko'rsatish uchun moslashuvchan ish tartibi joriy etiladi.
👉 Batafsil

⚜️ Ayrim hududlarga "ekomahalla", "ekoqishloq" va "ekoovul" maqomi beriladi.
👉 Batafsil

⚜️ Chet eldan turib ayrim notarial bitimlarni rasmiylashtirish tartibi yo'lga qo'yiladi.
👉 Batafsil

⚜️ Vasiylikdagi shaxsning mol-mulki bilan bog'liq bitimlar "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazlari bilan kelishiladi.
👉 Batafsil

⚜️ 22 turdagi litsenziyalanadigan faoliyat va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar bekor qilinadi.
👉 Batafsil

⚜️Nogironlar uchun Uzbekistan.travel portalidan foydalanish imkoniyati yaratiladi.
👉 Batafsil

⚜️"Qizlar akademiyasi" platformasi ishga tushiriladi.
👉 Batafsil

⚜️Xorijiy tillar bo'yicha tanlovlar o'tkaziladi.
👉 Batafsil

⚜️Toshkentda tig‘iz vaqtlarda yuk mashinalar harakati taqiqlanadi.
👉 Batafsil

#DavKadastrPalata #qonunchilikdagi_o_zgarishlar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🌟 DAVLAT KADASTRLARI PALATASI 2024-yil 1-apreldan qonunchilikda yuz beradigan ayrim o'zgarishlar haqida ma'lumot beradi:

⚜️ Ayrim tadbirkorlarga subsidiya beriladi.
👉 Batafsil

⚜️ Tuman (shahar) va viloyat arxitektorlari sertifikatlanadi.
👉 Batafsil

⚜️ Ijtimoiy qo'llab-quvvatlash markazlarida eksperiment tariqasida ayrim xizmatlar ko'rsatiladi.
👉 Batafsil

⚜️ Bank ustav kapitalining eng kam miqdori oshiriladi.
👉 Batafsil

⚜️ Ayrim yolg'iz keksalarga poyezdga bepul chiptalar ajratiladi.
👉 Batafsil

⚜️ Nomoddiy madaniy meros namunalarini saqlovchi shaxslar har oyda rag'batlantiriladi.
👉 Batafsil

⚜️"Ko'cha san'ati va musiqasi" loyihasi amalga oshiriladi.
👉 Batafsil

#DavKadastrPalata #qonunchilikdagi_o_zgarishlar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🌟 DAVLAT KADASTRLARI PALATASI 2024-yil 1-maydan qonunchilikda yuz beradigan ayrim o'zgarishlar haqida ma'lumot beradi:

⚜️ Ijro hujjatlarini elektron shaklda berish tartibi joriy etiladi.
👉 Batafsil

⚜️ Ijtimoiy xizmatlar ko'rsatish jarayoniga tadbirkorlar jalb etiladi.
👉 Batafsil

⚜️ Har oyda zilzila xavfi va prognoziga oid xulosalar hokimliklarga beriladi.
👉 Batafsil

⚜️ Yolg'iz keksalar va nogironligi bo'lgan shaxslarga har oyda moddiy yordam beriladi.
👉 Batafsil

⚜️ Yangi majburiy to'lovlar va yig'imlar faqat qonunda belgilanadi.
👉 Batafsil

⚜️ Ayrim daryolar o'zanlarida noruda materiallarni qazib olishga muddatsiz moratoriy joriy qilinadi.
👉 Batafsil

⚜️Meva-sabzavot mahsulotlariga eksport narxlari shakllantirilishi nazorat qilinadi.
👉 Batafsil

⚜️Protez moslamalari va reabilitatsiya vositalari xaridi uchun muhtoj shaxslarga qoplab beriladigan mablag'lar oshiriladi.
👉 Batafsil

#DavKadastrPalata #qonunchilikdagi_o_zgarishlar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Raqamlashtirishdagi yangi imkoniyatlar

📃Farmonga muvofiq, aholi va tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlarini koʻrsatish sohasida qoʻshimcha qulaylik yaratish maqsadida shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:

🗓2024-yil 1-iyuldan:

◼️avval davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan (davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida guvohnoma berilgan yoki huquqni belgilovchi hujjatga ustxat yozish yoʻli bilan tasdiqlangan) va hozir ham amalda boʻlgan koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni elektron tarzda davlat reyestriga kiritish va bu haqida davlat reyestridan koʻchirma berish bepul amalga oshiriladi;

◼️noturar joylarni boshqa shaxsga oʻtkazishga oid bitimlarni rasmiylashtirish bitim tomonlari davlat xizmatlari markaziga kelgan va ularning shaxsi markaz xodimi tomonidan aniqlashtirilgan holda amalga oshiriladi hamda rasmiylashtirilgan bitim bir vaqtning oʻzida davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun kadastr organlariga yuboriladi;

🗓2024-yil yakuniga qadar:

◼️davlat xizmatlarini koʻrsatishda shaxsni biometrik identifikatsiya qilish (Face-ID) usuli joriy qilinadi;

🫥Bunda, fuqarolar tomonidan shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etish talab etilmaydi.

🫥fuqarolar tomonidan davlat xizmatlari markazlari hamda notarial idoralar orqali Mobile-ID tizimida identifikatsiya va qayta identifikatsiyadan oʻtish bepul asosda amalga oshiriladi.

#DavKadastrPalata #qonunchilikdagi_o_zgarishlar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM