🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿
9-may - Xotira va qadrlash kuni⏳ Inson, millat va xalq tarixiy xotira tuyg‘usi bilan barhayotdir. Xotira – kechagi o‘tmishni, ajdodlar o‘gitini, milliy merosimizni anglatib turuvchi – kitob misoli hayotimizni yoritib turadi. Qadr – insonni yuksaklikka ko‘taradi, uning faoliyatiga, orzu-intilishlariga jasorat bag‘ishlaydi.
😠may – Xotira va Qadrlash kuni ikkinchi jahon urushining ayanchli oqibatlarini unutmaslikka, tinchlik va osuda hayotning qadriga yetishga, Vatanga sadoqat hissi bilan yashashga, shuningdek, doimo ogoh va hushyor bo‘lishga, tarixiy xotiraga sadoqat ruhida tarbiyalashga xizmat qilib kelmoqda.
🔥Bukilmas iroda va jasorat namunasini amalda namoyon etib, o‘z hayotini aziz Vatanimizning har tomonlama ravnaq topishi, bugungi tinch va osoyishta kunlar uchun jonini fido qilgan ajdodlarning muqaddas xotirasi umrbod xalqimiz yodidan o‘chmaydi. Nomlari hamisha e’zoz bilan tilga olinib, xotiralari mangulikka muhrlanadi.
#DavKadastrPalata #muhim_sana Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I
Telegram I
Instagram I
YouTube I
Facebook I
Twitter