DAVLAT KADASTRLARI PALATASI
29.3K subscribers
10.5K photos
1.63K videos
1 file
6.26K links
Murojaatlar uchun:

Telegramm-bot @Dkpuz_bot
Yagona aloqa markazi +99871 207 00 03

Telegram: t.iss.one/DavKadastrPalata
Instagram: instagram.com/davkadastrpalata/
YouTube: youtube.com/@davkadastrpalata
Facebook: facebook.com/DavKadastrPalata
Download Telegram
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Ishchi guruh tomonidan oʻrganish ishlari olib borilmoqda

🫥 Kadastr agentligi va Davlat Kadastrlari palatasidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi shahar va tumanlarida ishchi guruh o'z faoliyatini boshlagan.

◼️Ularning asosiy vazifasi respublika boʻyicha boʻsh turgan yer uchastkalarini aniqlash va auksion savdolariga chiqarish, har bir mahallada hokim yordamchilari, mahalla faollari ishtirokida uchrashuvlar oʻtkazishdan iborat.

◼️Unda yer qonunchiligidagi yangi mexanizmlar haqida tushuntirish, tadbirkorlik faoliyati uchun auksion savdolarida realizatsiya qilingan yer uchastkalarini tahlil qilish, tegishli qaror va buyruqlar bilan investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun sanoat yer turiga oʻtkazilgan yer uchastkalarini oʻrganish maqsad qilingan.

◼️Shuningdek, ishchi guruh aʼzolari joylarga chiqqan holda "YERELEKTRON" ATT da vakolatli organlarda tegishli xulosa olish jarayonida turgan, issiqxona uchun ajratilgan yer uchastkalari holati hamda paxta va gʻalladan boʻshagan yer maydonlarini tuman hokimligi zaxirasiga olish va dehqon xoʻjaliklarini yuritish uchun auksion savdolarida ijaraga berish holatlarini oʻrganmoqda.

#DavKadastrPalata #hududiy_yangiliklar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Хитойга давлат ташрифининг иккинчи куни: икки мамлакат ҳудудлари ва ишбилармонлари ўртасидаги ҳамкорлик янада ривожланишига янги суръат бағишланди

Второй день государственного визита в Китай: придан новый импульс развитию межрегионального и делового сотрудничества двух стран

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿#ijtimoiy_rolik

🌍Yer olishda firibgarlarga aldanib qolmaslik uchun ushbu video rolikni tomosha qiling.

❗️Yer sotishni vada qilayotgan firibgarlarga duch kelsangiz huquqni muhofaza qilish organlariga yoki Bosh prokuraturaning 1007 ishonch telefoniga qo'ng'iroq qiling.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Jamoatchilik fikrini o'rganamiz


🫥 Xabaringiz bor, Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi va uning hududiy boshqarmalari, tuman, shahar filiallari aholiga kadastr xizmatlarini ko'rsatuvchi tashkilot hisoblanadi. Fuqarolarga samarali va sifatli xizmat ko'rsatish, murojaatchilarning muammolariga tegishli yechimlar berish tashkilotning asosiy maqsadlaridan biri hisoblanadi.

💠Shu boisdan aholi va tadbirkorlarning kadastrchilar faoliyati, xizmat ko'rsatish sifati va tezkorligini baholash maqsadida murojaatchilar fikriga qiziqdik. Har bir bildirilgan fikrlar inobatga olingan holda, ko'rsatilayotgan xizmatlar va aholiga yaratilayotgan sharoitlar bo'yicha targ'ibot ishlarini yanada kuchaytirish lozimligi anglandi.

▶️ Batafsil videoda

#DavKadastrPalata #so_rovnoma

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Haftalik murojaatlar tahlili

🌟 Davlat kadastrlari palatasi va uning hududiy boshqarmalariga aholidan 2024 yil 22-26 - yanvar kunlari jami 1 514 ta murojaatlar kelib tushgan. Ularni hududlar kesimida videoinfografika orqali tomosha qilishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #info #murojaatlar #haftalik_natijalar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

DKPda daydjest

🕔  “Davlat kadastrlari palatasi hafta davomida” dasturi  orqali 2024 yil, 22-28 - yanvar kunlari tizimda ro‘y bergan muhim yangiliklar haqida xabar beradi.

#DavKadastrPalata #hafta_davomida #daydjest

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Huquqiy ma'lumot


📃 Qonun bilan ishlarni viloyat sudlarida va ularga tenglashtirilgan sudlarda taftish tartibida ko‘rish bosqichi joriy etildi.

◼️Yuqori turuvchi sudlar tomonidan quyi sudlarning bekor qilingan qarorlarini yangidan ko‘rish uchun qaytadan ushbu sudlarga yuborish tartibi chiqarib tashlandi. Har bir sud instantsiyasining zimmasiga ish bo‘yicha yakuniy qaror chiqarish majburiyati yuklatildi.

◼️Shuningdek, sud buyrug‘ini bekor qilishni rad etish to‘g‘risidagi sud ajrimi ustidan xususiy shikoyat (protest) berilishi mumkinligi belgilandi. Arizani ish yuritishga qabul qilishni rad etish to‘g‘risidagi sudning ajrimi ustidan xususiy shikoyat (protest) berilishi mumkin. Ajrim bekor qilingan taqdirda, ariza sudga dastlabki murojaat qilingan kunda berilgan deb hisoblanadi.

👉 Batafsil: https://uzdkp.uz/uz/huquqiy-malumot-1110/

Asos: O‘zbekiston Respublikasining O‘RQ–887-son Qonuni, 25.12.2023-y.

#DavKadastrPalata #huquqiy_ma_lumot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😂😁〽️🔸

Hududiy faoliyatimiz OAV nigohida

🌟 Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmalari tomonidan o'tgan bir hafta davomida tashqi OAV larga  chiqishlar mazmuni bilan tanishishingiz mumkin:

◼️Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmalarida 2023-yilda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan:

▫️Andijon MTRK telekanalida;
▫️Nurafshon TV telekanalida;

◼️Davlat kadastrlari palatasi xizmatlari va asosiy faoliyatiga doir ma'lumotlar:

▫️Buxoro MTRK telekanalida;
▫️"Davrnews" ijtimoiy tarmoqlarida;
▫️FM 90.8 Farg'ona radiosida;

◼️Filialda korrupsiyaga qarshi o'tkazilgan tadbirlar Buxoro MTRK telekanalida;

◼️"Obod xonadon“, ”Obod ko‘cha" va "Obod mahalla", dasturi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar Surxondaryo MTRK telekanalida yoritildi.

#DavKadastrPalata #OAV_biz_haqimizda

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🇺🇿 Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida ayni damda uy-joy, qurilish, kommunal xo‘jaligi, transport va ekologiya sohalarida amalga oshirilgan ishlar va ustuvor vazifalar yuzasidan yig‘ilish o‘tkazilmoqda.

◼️ Yig‘ilishda transport tizimini raqamlashtirish, yo‘l qurilishi va ekspluatatsiyasiga xususiy sektorni jalb qilish, temir yo‘lda yuk tashish avtomobilga nisbatan 3 barobar ko‘p vaqt talab qilayotgani, havo ifloslanishini oldini olish bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif va hisob-kitoblar qilinmayotgani bo‘yicha tegishli vazirlik va idoralar faoliyatidagi qoloqliklar ko‘rsatib o‘tildi.

◼️ Prezidentimiz kompleksga kiruvchi vazirlik va idoralar oldida turgan uy-joy va qurilish sohasidagi eng dolzarb vazifalarni belgilab berdi.

◼️ Bugungi kunda loyiha tashkilotlari obyekt qiymatini imkon qadar “shishirishga” harakat qilayotgani qayd etildi.

◼️ Endilikda loyiha qilishdan boshlab, obyektni foydalanishga topshirishgacha bo‘lgan barcha jarayonlar ham, ularning nazorati ham yangicha tashkil etiladi.

◼️Qurilishni korrupsiyadan xoli sohaga aylantirish maqsadida 1 iyuldan qurilishda tuziladigan barcha shartnomalar raqamlashtiriladi.

◼️Qurilishda loyihalashtirishni tartibga solish maqsadida Qurilish vazirligida Loyiha ofisi tuzilishi belgilandi.

◼️Bugungi kunda xalqaro moliya institutlari ishtirokidagi loyihalarda qurilishni boshlashgacha bo‘lgan jarayon o‘zi uzoq vaqt olayotgani qayd etildi.

#DavKadastrPalata #Prezident

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Президент Шавкат Мирзиёев раислигида уй-жой ва коммунал хўжалиги, қурилиш, транспорт ва экология соҳаларидаги устувор вазифалар муҳокамаси юзасидан видеоселектор йиғилиши ўтказилди.

Под председательством Президента Шавката Мирзиёева состоялось видеоселекторное совещание по приоритетным задачам в сферах жилищно-коммунального хозяйства, строительства, транспорта и экологии.

#Mirziyoyev #videoselektor #qurilish #transport #ekologiya

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Bino va inshootlar haqida onlayn maʼlumot oling!

◼️Hozirgi kunda fuqarolarimiz bino va inshootlarning mansubligi va tarkibi to‘g‘risidagi maʼlumotnomani uydan chiqmasdan turib olishlari mumkin.

📃Ma’lumotnomada bino va inshootlarga doir quyidagi ma’lumotlar aks etgan bo’ladi:

- joylashuv manzili;
- kadastr raqami;
- turar joy yoki noturar joyligi;
- umumiy maydoni;
- huquqiy egasi (egalari);
- bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlar turi;
- huquqni belgilovchi hujjat nomi, raqami, sanasi;
- cheklanish mavjudligi;
- kadastr qiymati.

◼️Natija avtomat taqdim etilib, QR kodli ma’lumotnoma shakllanadi.

#DavKadastrPalata #ma_lumot_o_rnida

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

DIQQAT E’LON!

▶️ Hurmatli Andijon viloyati, Shaxrixon tumani fuqarolari hamda tadbirkorlari!

◼️Sizning kadastrga oid murojaatlaringizni ko‘rib chiqish maqsadida Davlat kadastrlari palatasi raisi o'rinbosari Ravshan Nishanov hamda viloyatning tizim mutasaddilari ishtirokida sayyor qabul o‘tkaziladi.

🗓 Sayyor qabul kuni: 2024-yil, 1-fevral, soat 14:00 da

📍 Manzil: Andijon viloyati, Shaxrixon tumani, Abdusamat MFY, Mashal ko‘chasi 57-uy, Shaxrixon tumani madaniyat saroyi binosi.

📃 Qabulga yozilish uchun +998 74 224 20 25, +998 97 834 01 01 telefon raqamlariga murojaat qilishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #sayyor_qabullar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Президент Шавкат Мирзиёев Тошкент шаҳрида Ислом Каримов ҳайкали пойига гулчамбар қўйди.

Президент Шавкат Мирзиёев возложил цветы к подножию памятника Исламу Каримову в городе Ташкенте.

#Mirziyoyev #marosim #BirinchiPrezident #xotira

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X