DAVLAT KADASTRLARI PALATASI
28K subscribers
10.8K photos
1.68K videos
1 file
6.4K links
Murojaatlar uchun:

Telegramm-bot @Dkpuz_bot
Yagona aloqa markazi +99871 207 00 03

Telegram: t.iss.one/DavKadastrPalata
Instagram: instagram.com/davkadastrpalata/
YouTube: youtube.com/@davkadastrpalata
Facebook: facebook.com/DavKadastrPalata
Download Telegram
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Qurolli Kuchlarning harbiy xizmatchilariga turar joy sotib olish (qurish) uchun uzoq muddatli imtiyozli ipoteka kreditlari beriladi.

➡️ Bunda imtiyoz uy-joy narxining 25 foizini davlat tomonidan qoplab berish shaklida beriladi.

Shuningdek, uy qurib bitkazulgunga qadar harbiylarga xizmat turar joyi kvartira uchun har oylik pul kompensatsiya beriladi.

◼️ Kredit olgan harbiy xizmatchi halok bo‘lgan yoki xizmat vazifalarini bajarishda og‘ir tana shikastlanishi oqibatida mehnat qobiliyatini yo‘qotganda kredit va uning foizlari tashkilot rahbarining qarori asosida budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan qoplab beriladi.

#DavKadastrPalata #qonunchilikda_yangiliklar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

DKPga murojaatlar tahlili

◼️Davlat kadastrlari palatasi va uning hududiy boshqarmalariga aholidan 2024 yil, 8-12-yanvar kunlari jami 1 378 ta murojaatlar kelib tushgan. Ularni hududlar kesimida ko'radigan bo'lsak:

💿Qoraqalpog‘iston Respublikasi - 24
💿Andijon viloyati - 33
💿Buxoro viloyati - 142
💿Samarqand viloyati - 82
💿Sirdaryo viloyati - 50
💿Surxondaryo viloyati - 111
💿Qashqadaryo viloyati - 105
💿Toshkent shahar - 248
💿Toshkent viloyati - 205
💿Navoiy viloyati - 21
💿Namangan viloyati - 32
💿Xorazm viloyati - 94
💿Jizzax viloyati - 81
💿Farg‘ona viloyati - 64
🌟Davlat kadastrlari palatasi - 86

📊 Yuqoridagi infografikada siz - murojaatlarning yo‘nalishi va ularning ijrosi bo‘yicha ma’lumotlarga ega bo‘lishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #info #murojaatlar #DKP_statistikasi

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ўзбекистон Республикаси Қуролли Кучлари ташкил этилганининг 32 йиллиги ва Ватан ҳимоячилари куни муносабати билан байрам табриги

Праздничное поздравление в связи с 32-й годовщиной образования Вооруженных Сил Республики Узбекистан и Днём защитников Родины

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Bugun 14-yanvar - Vatan himoyachilari kuni
!

🇺🇿Tinchlik bebaho ne'mat, osuda yashash esa saodatdir. Yurt obodligi xalq farovonligi, hozirda erishgan ulkan o‘zgarishlar va kelajakdagi buyuk taraqqiyotlar aynan mana shu tinchlik va osudalik natijasidir aslida. Tinchligimiz qo'riqchilari esa yurtimiz posbonlari, jasur yigitlarimizdir!

🇺🇿Vatanimiz sarhadlarini qo‘riqlash, tinchligini saqlash — har bir erkakning Vatani oldidagi muqaddas burchidir. Albatta har bitta erkak oz kasbiga qaramasdan, tabiatan vatan himoyachisidir, zero Vatan oiladan boshlanadi deb bejiz aytilmaydi. Mana shu qutlug' kunda Vatanni himoya qilishdek murakkab, ayni paytda dunyodagi eng olijanob va mas'uliyatli burchni sharaf bilan ado etayotgan mard va jasur posbonlarimiz hamda barcha hamyurtlarimiz bilan faxrlanamiz. Shu bilan birga, jangovar burchini ado etish chog'ida mardlarcha halok bo‘lgan fidoyi harbiy xizmatchilarimizning so‘nmas xotirasiga chuqur hurmat-ehtiromimizni bildiramiz.

🌟Davlat kadastrlari palatasi jamoasi ushbu kun bilan barcha yurtimiz og'lonlari, sarhadchilar, posbonlarmizni chin dildan tabriklaydi. Jannatmakon O'zbekistonimiz, xalqimiz, oila a'zolaringiz baxtiga doimo sog'-salomat bo'lishingizni tilaymiz. Mashaqqatli, mas'uliyatli va shu bilan birga sharafli bo'lgan kasbingizda zafarlar tilaymiz!

#DavKadastrPalata #muhim_sana

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

DKP hafta ichida

🏪 Xo'jayli tumanidagi fuqarolarning muammolari hal qilindi.

🏪 Matbuot xizmati yillik statistikasi.

🏪 Hududlarda arxiv hujjatlarini raqamlashtirish va uning hisobini yuritish bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar.

🏪 Hududlarda korrupsiyaga qarshi o'tkazilgan tadbirlar.

🏪 Davlat kadastrlari palatasi mas'ullari Buxoro viloyatida qurilayotgan yangi  kadast binolarini ko'zdan kechirishdi.

#DavKadastrPalata  #daydjest

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Huquqiy ma'lumot

💸 Quyidagi o‘rmon fondi yerlari ijaraga berilmaydi:

- o‘rmonlarning daryolar, ko‘llar, suv omborlari va boshqa suv obyektlari sohillari bo‘ylab o‘tgan taqiqlangan mintaqalari;
- o‘rmonlarning ovlanadigan qimmatli baliqlar uvuldiriq sochadigan joylarni muhofaza qiluvchi taqiqlangan mintaqalari;
- eroziyadan saqlaydigan o‘rmonlar;
- o‘rmonlarning temir yo‘llar va avtomobil yo‘llari yoqalab o‘tgan ihota mintaqalari;
- alohida qimmatga ega bo‘lgan o‘rmonlar;
- davlat biosfera rezervatlarining o‘rmonlari;
- davlatlararo muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning o‘rmonlari;
- ilmiy yoki tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan o‘rmonlar;
- ilmiy-tajriba stansiyalari yerlari;
- qo‘riqxonalar, milliy tabiat bog‘larining qo‘riqxona zonalari;
- o‘rmon xo‘jaligi tashkiloti ehtiyojlari uchun foydalaniladigan yerlar (sug‘oriladigan yerlar, ko‘chatxona va pitomniklar, o‘rmon bilan qoplangan yerlar, dorivor o‘simliklar plantatsiyalari joylashgan yerlar);
- noyob va yo‘qolib ketish xavfi ostida turgan daraxt va boshqa o‘simlik turlari bilan band bo‘lgan uchastkalar.

#DavKadastrPalata  #huquqiy_ma_lumot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Tizim faoliyatini rivojlantirish yo'lida


🇺🇿 Kadastr agentligi faoliyatini yanada takomillashtirish to'g'risidagi Prezident farmoniga ko'ra, 2023-2026-yillarda Kadastr agentligi organlari va tashkilotlarida bino va inshootlarni qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta'mirlash ishlari ko'zda tutilgan.

🧊 Davlat kadastrlari palatasi Ishlar boshqarmasi boshlig'i va mas'ul mutasaddilar Qashqadaryo viloyatining Nishon va Muborak tumani fililallarida bo'lib binolarini ko'zdan kechirdilar.

Binolarning qurilishidagi ayrim masalalarni o'rganib, tahliliy ko'rib chiqildi. Mutaxassislar bilan kelishilgan holda masalalarga yechimlar berildi.

#DavKadastrPalata #hududiy_yangiliklar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Kadastr yigitlari e'tirofda!

🌟 Bugun Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi Markaziy apparatida "Vatan himoyachilari kuni" munosabati bilan palata yigitlariga xotin-qizlar tomonidan kutilmagan sovg'a tayyorlandi.

🇺🇿Markaziy apparat ayollari bayram munosabati bilan kadastrimiz himoyachilari bo'lgan erkaklarni erta tongdan tantanali kutib olib, ajoyib tabrik hamda sovg'alar ulashdilar.

🫥 O'z o'rnida bugungi tadbir xodimlarning o'zaro birdamligi, yanada ahilligi va shu bilan birga kun davomida ko'tarinki kayfiyatda faoliyat yuritishiga zamin yaratadi.

#DavKadastrPalata #vatan_himoyachilari

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM