DAVLAT KADASTRLARI PALATASI
29.4K subscribers
10.5K photos
1.63K videos
1 file
6.26K links
Murojaatlar uchun:

Telegramm-bot @Dkpuz_bot
Yagona aloqa markazi +99871 207 00 03

Telegram: t.iss.one/DavKadastrPalata
Instagram: instagram.com/davkadastrpalata/
YouTube: youtube.com/@davkadastrpalata
Facebook: facebook.com/DavKadastrPalata
Download Telegram
▪️@Dkpuz_bot - javob beradi▪️

📧 SAVOL: Qishloq xo'jaligiga mo'ljallanmagan bo'sh yer uchastkasini boshqa odamdan sotib olib, o'zimning nomimga o'tkazsam bo'ladimi?

✍️ JAVOB: O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-fevraldagi “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish to‘g‘risida”gi 71-sonli qarorining 1-ilovasiga asosan, yer uchastkalarini xususiylashtirish «Yerxususiylashtirish» AAT orqali amalga oshiriladi. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan mulk huquqi berilganligi yuzasidan Davlat orderi taqdim etilib, davlat ro'yxatidan o'tkazilgandan so'ng, yer uchastkasini notarial tartibda oldi-sotdi qilsa bo'ladi.

************

👉 @Dkpuz_bot 👈 yordamida sizni qiziqtirgan barcha savollaringizga mutaxassislarimizdan yozma va telefon muloqoti orqali javob olishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #savol_javob

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🐦Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿
@Dkpuz_bot - javob beradi

📤 SAVOL: Uyimning orqa tarafida 2 sotix yer bor edi,10 yil oldin texnik kadastr qildirganman, shuni hozir auksion savdosiga qo'yamiz deyishyapti. Shuni tartibi haqida tushuntirib bering.

✍️ JAVOB: Qonunchilikka ko'ra, agar texnik hujjatda ushbu yer maydoni ko'rsatilgan bo'lsa auksion savdolariga chiqarilmaydi, hech qanday hujjat mavjud bo'lmagan holatda mazkur yer maydoni zaxira yer maydoni hisoblanib, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 685-sonli qaroriga asosan auksion savdolariga chiqarilishi mumkinligini ma’lum qilamiz.

****

👉@Dkpuz_bot 👈 yordamida sizni qiziqtirgan barcha savollaringizga mutaxassislarimizdan yozma va telefon muloqoti orqali javob olishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #savol_javob

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

@Dkpuz_bot - javob beradi

📧 SAVOL: Men uy sotib oldim. Notarius nomimga o'tkazib berdi va 3 kundan keyin kadastr to'lovi chiqadi dedi. U qanday to'lov bo'ladi?

✍️ JAVOB: "Ko‘chmas mulkga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida”gi O‘RQ-803-son O‘zbekiston Respublikasi qonuning 6-moddasiga asosan, ko‘chmas mulkka bo‘lgan mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar, bu huquqlar yuzaga kelganligi, boshqa shaxsga o‘tganligi, cheklanganligi va bekor qilinganligi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozimligi belgilab qo‘yilgan. Shunga asosan, har bir ko‘chmas mulk mulkdorining ko‘chmas mulkga bo‘lgan huquqlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazganidan so‘ng vujudga keladi.

📃 Hukumatning 186-sonli qarori 4-bandiga asosan, Ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan huquqlar va ular bo‘yicha tuzilgan bitimlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazganlik uchun tasdiqlangan miqdorlarda yig‘im undiriladi.

************

👉 @Dkpuz_bot 👈 yordamida sizni qiziqtirgan barcha savollaringizga mutaxassislarimizdan yozma va telefon muloqoti orqali javob olishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #savol_javob

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

@Dkpuz_bot - javob beradi

✉️ SAVOL: Kadastr hujjatimda belgilangan maydondan chiqmagan holda qurilish qildim. Qurilishning tom qismi yopilgan, lekin ichki qismi bitgani yo‘q. Loyihalashtirib kadastr hujjatiga qo‘shtirish uchun nima qilishim kerak, jarimasi bo‘lmaydimi?

✍️JAVOB: Ushbu murojaat bo'yicha Davlat xizmatlari markazi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga ariza yuboriladi. Vazirlar Mahkamasining 200-son qaroriga ko'ra, qurilish loyihasini Tuman arxtektura bo'limlari tasdiqlagandan so'ng, binoga qurilishi tugallanmagan obyekt sifatida kadastr pasporti shakllantiriladi. Shuningdek, ushbu holatda jarima tatbiq etilmasligini ma'lum qilamiz.

****

👉 @Dkpuz_bot 👈 yordamida sizni qiziqtirgan barcha savollaringizga mutaxassislarimizdan yozma va telefon muloqoti orqali javob olishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #savol_javob

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

@Dkpuz_bot - javob beradi

✉️  SAVOL: Ko'chma savdo do'konlari uchun kadastr pasporti tayyorlashni qanday shartlari bor?

✍️JAVOB: 

O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 83-moddasiga ko'ra, mol-mulk fuqarolik huquqlari obyekti sifatida ko‘chmas mulkka va ko‘char mulkka bo‘linadi. Ko‘chmas mulk jumlasiga kirmaydigan mol-mulk ko‘char mulk hisoblanadi. Ko‘char mulkka kadastr pasporti berilmaydi va unga bo‘lgan huquqlarni ro‘yxatdan o‘tkazish talab etilmaydi,

Qonunchilikka ko'ra, ko‘chma savdo joyini ijaraga olish huquqi “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali elektron onlayn-auksionda sotiladi. Bunda elektron onlayn-auksion g‘olibiga ko‘chma savdo joyini ko‘pi bilan 36 oygacha ijaraga beriladi, ko‘chma savdoning “K-SAVDO” avtomatlashtirilgan axborot tizimida ro‘yxatdan o‘tganligini tasdiqlovchi guvohnoma yer uchastkasi ijarasi shartnomasiga tenglashtiriladi.

****

👉 @Dkpuz_bot 👈  yordamida sizni qiziqtirgan barcha savollaringizga  mutaxassislarimizdan yozma va telefon muloqoti orqali javob olishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #savol_javob

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

@Dkpuz_bot - javob beradi

✉️ SAVOL: Men 2022-yilda auksion orqali dehqon xo‘jaliklariga mo‘ljallangan yer olgan edim. Hozirda ushbu yerdan foydalana olmayapman. Ushbu yerni boshqa shaxsga o‘tkazsam bo'ladimi?

✍️ JAVOB: O'zbekiston Respublikasining 01.04.2021 yil "Dehqon xo'jaligi to'g'risidagi" 680-son Qonuniga ko'ra, dehqon xo‘jaligi meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish yoki ijara (ikkilamchi ijara) huquqi asosida dehqon xo‘jaligi boshlig‘iga berilgan yer uchastkasida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishni va realizatsiya qilishni dehqon xo‘jaligi a’zolarining shaxsiy mehnati asosida amalga oshiruvchi xo‘jalik hisoblanadi.

Dehqon xo‘jaligi boshlig‘i vaqtincha mehnat qobiliyatini yo‘qotgan yoki uzoq vaqt yo‘q bo‘lgan (harbiy xizmatga chaqirilish, kunduzgi o‘quv shaklida ta’lim olish uchun oliy ta’lim tashkilotiga o‘qishga kirish, saylab qo‘yiladigan lavozimlarga saylanish va boshqalar) taqdirda, u o‘z majburiyatlarini bajarish vakolatini ushbu xo‘jalikning a’zolaridan biriga berishga haqlidir. Qonunchilikda dehqon xo'jaligi yerlari boshqa begona shaxslarga o'tkazilishi nazarda tutilmagan.

****

👉 @Dkpuz_bot 👈 yordamida sizni qiziqtirgan barcha savollaringizga mutaxassislarimizdan yozma va telefon muloqoti orqali javob olishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #savol_javob

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

@Dkpuz_bot - javob beradi

✉️ SAVOL: Dehqon xo'jaligiga berilgan yerlar qancha muddatga va qancha o'lchamdagi maydonlarda beriladi?

✍️ JAVOB: Dehqon xo‘jaligi meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish yoki ijara (ikkilamchi ijara) huquqi asosida dehqon xo‘jaligi boshlig‘iga berilgan yer uchastkasi hisoblanadi.

Dehqon xo‘jaligini yuritish uchun 0,06 gektardan 1 gektargacha bo‘lgan o‘lchamda yer uchastkalari beriladi, bundan qonunda nazarda tutilgan hollar mustasno. Dehqon xo‘jaligini yuritish uchun chorva ozuqasi ekinlarini yetishtirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari bilan belgilangan ayrim hududlarda 0,06 gektardan 5 gektargacha bo‘lgan o‘lchamda yer uchastkalari beriladi.

Fermer xo‘jaliklari yoki boshqa qishloq xo‘jaligi korxonalari tomonidan dehqon xo‘jaligini yuritish uchun qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarning asosiy ekindan bo‘shagan qismi oraliq qishloq xo‘jaligi ekinlari ekish uchun 0,06 gektardan 10 gektargacha bo‘lgan o‘lchamda 1 yilgacha bo‘lgan muddatga ikkilamchi ijaraga (uchinchi shaxslarga berish huquqisiz) berilishi mumkin.

****

👉 @Dkpuz_bot 👈 yordamida sizni qiziqtirgan barcha savollaringizga mutaxassislarimizdan yozma va telefon muloqoti orqali javob olishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #savol_javob

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

@Dkpuz_bot - javob beradi

✉️ SAVOL: Ba'zi bir fermerlarga tegishli lekin ular ancha yillardan beri foydalanmayotgan yerlar bor bo'lsa, bu yerlarni ulardan boshqa jismoniy shaxs qonuniy tarzda olib qo'yishi mumkinmi?

✍️ JAVOB: O'zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 36-moddasi 10-bandiga ko'ra, qishloq xo'jaligi ehtiyojlari uchun berilgan yer uchastkasida 1yil mobaynida foydalanilmaganda yer uchastkasiga bo'lgan huquq bekor qilinishi belgilangan.

◼️Bunday hollarda, belgilangan tartibda ushbu yer uchastkalari davlat zaxira yerlari fondiga qaytarib olinadi va O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 709-son qaror talablariga ko'ra, qayta ochiq elektron tanlovga chiqariladi.

****

👉 @Dkpuz_bot 👈 yordamida sizni qiziqtirgan barcha savollaringizga mutaxassislarimizdan yozma va telefon muloqoti orqali javob olishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #savol_javob

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM