DAVLAT KADASTRLARI PALATASI
29K subscribers
10.6K photos
1.65K videos
1 file
6.3K links
Murojaatlar uchun:

Telegramm-bot @Dkpuz_bot
Yagona aloqa markazi +99871 207 00 03

Telegram: t.iss.one/DavKadastrPalata
Instagram: instagram.com/davkadastrpalata/
YouTube: youtube.com/@davkadastrpalata
Facebook: facebook.com/DavKadastrPalata
Download Telegram
#kadastr #tayinlov

Kadastrning Sirdaryo viloyat boshqarmalariga yangi rahbar tayinlandi

◾️Iqtisodiyot va Moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining Sirdaryo viloyat boshqarmasida tashkiliy masalalar bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi.

⚡️Ushbu tadbirda 🌟Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Sirdaryo viloyat boshqarmalari hodimlari va boshqarmalarning tuman shahar bo'lim hamda filial rahbalari qatnashishdi.

💠Yig'ilishda 🌟Kadastr agentligi direktorining birinchi o'rinbosari A.Allaberganov va Davlat kadastrlari palatasi raisi M.Valiyev tomonidan Kadastr agentligi direktorining tegishli buyrug'iga asosan 🌟Kadastr agentligi Sirdaryo viloyat boshqarmasi boshlig'i lavozimiga Burxon Minasipov Baxtiyorovich;

Davlat kadastrlari palatasi Sirdaryo viloyat boshqarmasi boshlig'i lavozimiga v.v.b etib Radjabov Begzod Abdujalilovich tayinlanganligi yig'ilish qatnashchilariga o'qib eshittirildi.

🔵Ma'lumot uchun Burxon Minasipov Baxtiyorovich mazkur tayinlovga qadar Davlat kadastrlari palatasi Sirdaryo viloyat boshqarmasi boshlig'i lavozimida, Radjabov Begzod Abdujalilovich Davlat kadastrlari palatasi Sirdaryo viloyat boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari lavozimida faoliyat yuritayotgan edi.

🌐 Telegram   |  🌐 Instagram    |  🌐YouTube    | 🌐 Facebook       | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
DAVLAT KADASTRLARI PALATASI
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 Davlat kadastrlari palatasining rasmiy web-sayti ishga tushirildi 🌐 Xabaringiz bor, Davlat kadastrlari palatasi o'zining barcha ijtimoiy tarmoqlarida faol. Bugungi kunda esa aholining kadastr masalalarida qiziqishlari va murojaatlari soni ham…
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Davlat kadastrlari palatasining rasmiy web-sayti ishga tushirildi


🌐 Endilikda bizni uzdkp.uz rasmiy web-sayti orqali ham  kuzatishingiz mumkin. Bunda Siz tizimga oid xabar va yangiliklardan birinchilardan voqif bo‘libgina qolmay, tashkilotning faoliyati, yo'nalishlari haqida ma'lumotga ega bo'lish va murojaatlaringizni to'g'ridan-to'g'ri yuborish imkoniyatiga egasiz.

🫥 Navbatda, Davlat kadastrlari palatasi Axborot xizmati tomonidan web-saytning barcha asosiy imkoniyatlarini namoyon qiluvchi 2 qismdan iborat videoqo'llanmaning 2-qismini taqdim etamiz.

📹 Mazkur videoqo'llanma orqali Siz uzdkp.uz web-saytiga virtual sayohat qilasiz.

Bizni kuzatishda davom eting.

#DavKadastrPalata #uzdkp_uz

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Sherobod tumanida sayyor qabul

⚡️ Ayni damda, Surxondaryo viloyatining Sherobod tumanida fuqaro va tadbirkorlarning kadastr masalalari bilan bog'liq murojaatlarini tinglab, tegishli yechimlar berish maqsadida Davlat kadastrlari palatasi raisining birinchi o'rinbosari Inamov Nozimjon Ravshanovich hamda viloyatning tizim mutaxassislari ishtirokida sayyor qabul bo'lib o'tmoqda.

Qabul avvalida yig'ilgan fuqarolarga qonunchilikdagi o'zgarishlar, kuni kecha O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Yer resurslaridan samarali foydalanish bo'yicha belgilagan topshiriq va vazifalari haqida huquqiy tushunchalar berildi.

◼️Sayyor qabulga kelgan har bir murojaatchining masalasi o'rganilib, tizimga oidlari bo'yicha ijobiy echim topish uchun tegishli choralar ko'rilmoqda.

#DavKadastrPalata #sayyor_qabul

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Kadastr pasporti shakllantirish statistikasi

🌟 Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalari tomonidan shakllantirilgan kadastr pasportlari mazkur infografikada berilgan.

📆 Hisobot davri: 16-22-noyabr, 2023-yil

📁 Jami kelib tushgan: 14 585 ta
       Shakllantirilgan: 4 617 ta

Izoh: Mazkur hisobotda qabul qilingan arizalar faqat ish kunlarida ko‘rib chiqilishini ma’lum qilamiz.

#DavKadastrPalata #kadastr_pasporti

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Kadastrchilar Davlat tilida ish yuritish asoslari bo'yicha malaka oshirmoqdalar

🇺🇿 Hukumat qarori hamda Kadastr agentligi direktorining 244-23-son buyrug'ining ijrosini ta'minlash maqsadida Davlat kadastrlari palatasi Markaziy apparatida xodimlarni Davlat tilida ish yuritish asoslarini oʻqitish uchun 13-noyabrdan 22-dekabrga qadar bosqichma-bosqich guruhlarga bo'lgan tarzda oʻquv kurslari tashkil etildi.

💠 Ushbu o'quv kurslarini o'tkazish uchun Toshkent davlat iqtisodiyot Universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini oʻqitish va malaka oshirish markazidan malakali mutaxassis jalb qilingan.

📃 Bugun esa "O'zbek adabiy tili me'yorlari va davlat tilida ish yuritish" kursining 10 kunlik o'quv dasturini yakunlagani munosabati bilan 1-guruh xodimlari uchun yakuniy test imtihonlarini bo'lib o'tdi.

#DavKadastrPalata #malala_oshirish

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🇺🇿Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida yer resurslaridan oqilona foydalanish, yer hisobini yuritish hamda kadastr xizmatlarining sifatini yaxshilash masalalari yuzasidan o'tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilangan vazifalar to'g'risida 🌟Kadastr agentligi boshqarma boshlig'i Behzod Nishonov O'ZBEKISTON24 telekanali STUDIYA24 informatsion dasturi jonli efirida ma'lumot berdi.

#DavKadastrPalata #oav_biz_haqimizda

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Huquqiy savodxonlik soati


🌟 Bugun Davlat kadastrlari palatasida reja jadvalga muvofiq, navbatdagi huquqiy targ'ibot soati bo'lib o'tdi. Ushbu yig'ilishda Kadastr agentligi direktorining 2023-yil 31-iyuldagi 196-19-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha idoraviy hujjatlar mazmun-mohiyatini tushuntirish, islohotlarni amalga oshirish doirasida fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, tizim xodimlari o'rtasida korrupsiya holatlariga yo‘l qo‘ymaslik masalalarida davra suhbati o'tkazildi.

◼️ Seminarda Korrupsiyaga qarshi kurashish bo'limi boshlig'i A.Rahmatov Kadastr agentligi direktori buyrug'ining mazmun-mohiyati hamda uning ijrosini ta'minlash yuzasidan tushunchalar berdi.

◼️Shuningdek, yig'ilishda Davlat kadastrlari palatasi va uning hududiy boshqarmalarida “ISO 37001 – Korrupsiyaga qarshi boshqaruv tizimlari” integrallashgan boshqaruv tizimini joriy etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida ham ma'lumotlar berildi.

#DavKadastrPalata #huquqiy_savodxonlik

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Nizolarni sudgacha hal qilish imkoni bor

🇺🇿 Hukumat qarori bilan, Ko'chmas mulkka bo'lgan huquqlarni davlat ro'yxatidan o'tkazish vaqtida yuzaga keladigan nizolarni sudga qadar hal qilish tartibi to'g'risidagi nizom tasdiqlangani haqida xabar bergan edik.

▶️Mulkingizni ro'yxatdan o'tkazishda muammolarga duch kelsangiz, uni qay tartibda hal etish haqida batafsil mazkur videorolik orqali ma'lumotga ega bo'lishingiz mumkin.

📹 https://www.youtube.com/watch?v=RGe336-QNP0

#DavKadastrPalata #ma_lumot_o_rnida

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM