DAVLAT KADASTRLARI PALATASI
29.3K subscribers
10.5K photos
1.63K videos
1 file
6.26K links
Murojaatlar uchun:

Telegramm-bot @Dkpuz_bot
Yagona aloqa markazi +99871 207 00 03

Telegram: t.iss.one/DavKadastrPalata
Instagram: instagram.com/davkadastrpalata/
YouTube: youtube.com/@davkadastrpalata
Facebook: facebook.com/DavKadastrPalata
Download Telegram
▪️Kadastrda sport musobaqalari▪️

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 32 yilligi munosabati bilan hamda Kadastr agentligi tizimida faoliyat yuritayotgan xodimlarga sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ularing sport bilan shug‘ullanishi uchun shart-sharoitlar yaratish, turli sport musobaqalari orqali do‘stlik va sog‘lom muhitni tashkil etish maqsadida Kadastr agentligi tashabbusi bilan sport musobaqalari o'z ishini boshlagan edi.

🏐 Bugun, Davlat kadastrlari palatasi Markaziy apparati yigitlari - Sirdaryo viloyati kadastr boshqarmasi jamoasiga qarshi mini futbol bo'yicha bellashdilar.

⚽️Guruhlar bellashuvining birinchi kunida 10 ta o'yin o'tkazilgan bo'lsa, eng ko'p - 12 ta gol urgan Jizzax viloyati yigitlarining o'yini esda qolarli bo'ldi.

Eslatib o'tamiz, musobaqaning birinchi 3 kunida guruh o'yinlari o'tkaziladi.

#DavKadastrPalata #sport_musobaqalari

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🐦Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▪️Korrupsiyaga qarshi kurashishda reyting baholash tizimi mavjud▪️

🔷 Prezident qaroriga (PQ–81-son, 12.01.2022 y.) muvofiq, reyting baholash 5 ta yo‘nalish bo‘yicha belgilangan indikatorlar asosida amalga oshiriladi.

◼️ Tizim eksperiment tariqasida, o‘z faoliyatida korrupsiyaga qarshi menejment tizimini joriy etayotgan 26 ta davlat tashkilotlari faoliyatiga, 2022 yil 1 iyuldan esa barcha davlat tashkilotlari faoliyatiga joriy etilgan.

#DavKadastrPalata #info #korrupsiyaga_qarshi

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🐦Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▪️@Dkpuz_bot - javob beradi▪️

📧 SAVOL: Qishloq xo'jaligiga mo'ljallanmagan bo'sh yer uchastkasini boshqa odamdan sotib olib, o'zimning nomimga o'tkazsam bo'ladimi?

✍️ JAVOB: O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-fevraldagi “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish to‘g‘risida”gi 71-sonli qarorining 1-ilovasiga asosan, yer uchastkalarini xususiylashtirish «Yerxususiylashtirish» AAT orqali amalga oshiriladi. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan mulk huquqi berilganligi yuzasidan Davlat orderi taqdim etilib, davlat ro'yxatidan o'tkazilgandan so'ng, yer uchastkasini notarial tartibda oldi-sotdi qilsa bo'ladi.

************

👉 @Dkpuz_bot 👈 yordamida sizni qiziqtirgan barcha savollaringizga mutaxassislarimizdan yozma va telefon muloqoti orqali javob olishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #savol_javob

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🐦Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▪️Davlat ro'yxatidan o'tgan obyektlar statistikasi▪️

🌟 Davlat kadastrlari palatasi respublika bo'yicha ro‘yxatdan o'tkazish uchun kelib tushgan arizalar soni va ularning qanchasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi bo‘yicha statistik ma'lumotlarni taqdim etadi.

📆 Hisobot davri: 16-22 - avgust, 2023-yil

◼️O'tgan vaqt oralig'ida davlat ro'yxatidan o'tkazilgan obyektlar soni umumiy 7 538 tani tashkil etdi.

#DavKadastrPalata #ro_yxatdan_o_tkazish #statistika

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🐦Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▪️Hududlarda UzKAD dasturi bo'yicha o'quv seminarlar▪️

🌟 Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmalarida Davlat yer kadastrini yuritish bo‘yicha “UzKad” dasturiga kiritilgan yer fondi toifalarini huquqiy hujjatlarga asosan qayta ko‘rib chiqish va yer hisoboti bilan bir xilligini taʼminlash bo‘yicha ishlar davom etmoqda.

◼️ Xususan, ushbu mavzudagi seminarlar Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo hamda Buxoro viloyati boshqarmalarida Markaziy apparatdan mas'ullar, hududiy filiallarning kadastr muhandislari, topograflar hamda UZKAD dasturi bo'yicha mutaxassislar ishtirok etishdi.

◼️Mazkur seminarlar orqali UZKAD dasturida ishlash jarayonida yuzaga kelayotgan va eng ko‘p uchrayotgan kamchiliklarni erta aniqlash hamda bartaraf qilish, shuningdek, tizimni yanada takomillashtirish bo‘yicha takliflarni o‘rganish maqsad qilingan.

#DavKadastrPalata #hududiy_yangiliklar #UzKAD

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🐦Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▪️DKP jamoasida g'alaba! 🎉

⚽️ Kadastrchilar o'rtasida Toshkent shahrida bo'lib o'tayotgan mini futbol sport musobaqalari qizg'in, hayajonli daqiqalarga boy tarzda davom etmoqda.

🌟 ⚽️Bugun bizning jamoa - Davlat kadastrlari palatasi markaziy apparati yigitlari Toshkent geodeziya va kartografiya kolleji jamoasiga qarshi to'p surishdi va 5:1 natija bilan ustunlikni qo'lga kiritishdi.

👔 Yigitlarimiz navbatdagi futbol bahslarida Toshkent viloyati jamoasiga qarshi bellashadilar.

Barcha ishtirokchilarga omad yor bo'lsin!

#DavKadastrPalata #sport_musobaqalari

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🐦Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▪️Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchilarning malakasini oshirish tartibi belgilandi ▪️

📃 Hukumat qarori (409-son, 22.08.2023 y.) bilan Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchilarning malakasini oshirish va ularni attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

📝 Nizomga ko‘ra, ro‘yxatdan o‘tkazuvchilarning malakasini oshirish (har 3 yilda kamida bir marta) Kadastr agentligining Toshkent geodeziya va kartografiya kolleji Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi tomonidan amalga oshiriladi.

➡️ Shunga ko‘ra, Davlat kadastrlari palatasi va uning hududiy boshqarmalari malaka oshirish muddati kelishidan 15 kun oldin Markazga xat yuboradi.

🗓 Markaz xat kelib tushgan kundan 5 kun ichida ro‘yxatdan o‘tkazuvchini malaka oshirish kursiga qabul qiladi yoki uni rad etadi.

O‘quv kurslarining eng ko‘p hajmi 72 soatni tashkil qiladi.

👔 Kurslar tamomlangach, ro‘yxatdan o‘tkazuvchilar test sinovidan o‘tkazilib, testdan muvaffaqiyatli o‘tganlarga sertifikat beriladi.

☑️ Malaka oshirish davrida ro‘yxatdan o‘tkazuvchilarning ish joyi bo‘yicha o‘rtacha ish haqi va lavozimi saqlanadi.

📌 Bundan tashqari, ro‘yxatdan o‘tkazuvchilar har 3 yilda bir marta attestatsiyadan o‘tkaziladi (suhbat shaklida).

❗️ OTMni tugatgan va egallagan mutaxassislik bo‘yicha birinchi marta ishga kirgan shaxslar, agar ular mazkur mutaxassislik bo‘yicha 2 yildan kam ishlagan bo‘lsa, attestatsiyadan o‘tkazilmaydi.

#DavKadastrPalata #huquqiy_ma_lumot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🐦Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔹Kadastr atamalari🔹

📰 Kartografiya - ma'lum hududni xaritada aks ettirish uchun ma'lum bir geografik hududning fizik xususiyatlarini o'rganadigan fan.

#DavKadastrPalata #kadastr_atamalari

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🐦Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▪️Ko‘chmas mulk bilan bog‘liq bitimlar qarzdorlik mavjud emasligi tekshirilgandan so‘ng tasdiqlanadi▪️

💸Ko‘p kvartirali uylarni boshqarishni yanada samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–278, 15.08.2023 y.) qabul qilindi.

📃 Qarorga ko‘ra, respublikadagi chegaralari belgilanmagan ko‘p kvartirali uylarning tutash yer uchastkalari chegaralari belgilanib, “YERELEKTRON” axborot tizimiga kiritiladi.

📆 2024-yil 1-yanvardan:

◾️ ko‘p kvartirali uylardagi ko‘chmas mulk bilan bog‘liq bitimlar notariuslar tomonidan mulkdorning majburiy badallar yoki to‘lovlar bo‘yicha qarzdorligi mavjud emasligi tekshirilgandan keyin tasdiqlanadi;

◾️ majburiy badallarning yoki to‘lovlarning eng kam miqdori Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi tomonidan belgilanadi;

📃 Qaror bilan shuningdek, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasiga quyidagi qo‘shimcha vakolatlar beriladi:

◾️ ko‘p kvartirali uylarni boshqarish organlari va joylar mulkdorlari tomonidan issiqlik ta’minotidan foydalanishda normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish;

◾️ ko‘p kvartirali uylardagi umumiy mol-mulk va ularga tutash yer uchastkalarida amalga oshirilgan ta’mirlash-tiklash ishlarining qonunchilik hujjatlari va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga muvofiq bajarilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish.

#DavKadastrPalata #huquqiy_ma_lumot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🐦Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
▪️Ko'chmas mulkingiz tarixini bilishingiz mumkin▪️

🇺🇿Vazirlar Mahkamasining 14.08.2023 yildagi “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga ko‘chmas mulk tarixi ma’lumotlarini taqdim etish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yishga yo‘naltirilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 380-son qarori qabul qilindi.

➡️ Qaror mazmuni haqida batafsil Davlat kadastrlari palatasi Ko'chmas mulk manzillari yagona reyestrini yuritish bo'limi boshlig'i Nodirjon To'ychiyev ma'lumot beradi.

#DavKadastrPalata #huquqiy_ma_lumot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🐦Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM