DAVLAT KADASTRLARI PALATASI
29.2K subscribers
10.5K photos
1.64K videos
1 file
6.27K links
Murojaatlar uchun:

Telegramm-bot @Dkpuz_bot
Yagona aloqa markazi +99871 207 00 03

Telegram: t.iss.one/DavKadastrPalata
Instagram: instagram.com/davkadastrpalata/
YouTube: youtube.com/@davkadastrpalata
Facebook: facebook.com/DavKadastrPalata
Download Telegram
DAVLAT KADASTRLARI PALATASI
Photo
▪️Toshkent metropolitenining yer usti yo‘li bekatlariga nom berildi ▪️

➡️ Avval xabar berganimizdek, Poytaxtimiz Toshkentdagi metro bekatlariga nom berish bo‘yicha mahalliy aholi fikrini o‘rganish maqsadida takliflar ko'rib chiqilayotgan edi.

▶️ Hukumatning(349-son, 09.08.2023 y.) qaroriga ko‘ra, Toshkent metropoliteni «O‘zbekiston mustaqilligining o‘ttiz yilligi” yer usti metro halqa yo‘lining «Do‘stlik – Qo‘yliq” yo‘nalishi 1–14 bekatlariga, «Chilonzor” yo‘lining «Olmazor – Sergeli” yo‘nalishi 1–5 bekatlariga (jami 19 ta bekat) nom berildi.

#DavKadastrPalata #nomlash

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🐦Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#matbuot_anjuman

11-avgust kuni soat 15:00 da O‘zbekiston Milliy matbuot markazida matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi.

📝Mavzu: “Mulk huquqining daxlsizligini ishonchli himoya qilish, mulkiy munosabatlarga asossiz aralashuvga yo‘l qo‘ymaslik, xususiy mulkning kapitallashuv darajasini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-198-son Farmon ijrosi tahlili.

Ishtirok etadi:
🌟Kadastr agentligi mas'ullari.

📢 Matbuot anjumanga ommaviy axborot vositalarini, mustaqil jurnalist va blogerlarni taklif qilamiz.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
DIQQAT E’LON!

▶️ Hurmatli Toshkent viloyati, Bo'stonliq tumani fuqarolari hamda tadbirkorlari!

🌟 Sizning kadastrga oid murojaatlaringizni ko‘rib chiqish maqsadida Davlat kadastrlari palatasi raisi o'rinbosari Ahmadjon Suyunov hamda viloyatning tizim mutasaddilari ishtirokida sayyor qabul o‘tkaziladi.

📆 Sayyor qabul kuni: 2023-yil, 17-avgust, soat 11:00 da

⬇️Manzil: Toshkent viloyati, Bo'stonliq tumani, Qoranqul MFY, "Xo'jakent" dam olish oromgohi.

📱 Qabulga yozilish uchun +998 70 202 02 07 telefon raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #sayyor_qabullar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🐦Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▪️Davlat ro'yxatidan o'tgan obyektlar statistikasi▪️

🌟 Davlat kadastrlari palatasi respublika bo'yicha ro‘yxatdan o'tkazish uchun kelib tushgan arizalar soni va ularning qanchasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi bo‘yicha statistik ma'lumotlarni taqdim etadi.

📆 Hisobot davri: 02-09 - avgust, 2023-yil

◼️O'tgan vaqt oralig'ida davlat ro'yxatidan o'tkazilgan obyektlar soni umumiy 10 146 tani tashkil etdi.

#DavKadastrPalata #ro_yxatdan_o_tkazish #statistika

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🐦Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▪️Hududlarda sayyor qabullar▪️

◼️Ayni damda, Sirdaryo viloyati, Sardoba tumanida, Toshkent viloyati, Chirchiq shahrida hamda Andijon viloyati, Marhamat tumanida fuqaro va tadbirkorlarning kadastrga oid murojaatlarini ko‘rib chiqish maqsadida Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarma boshliqlari ishtirokida sayyor qabullar bo'lib o'tmoqda.

◼️Shu jumladan, kuni kecha Andijon viloyati, Asaka tumanida Kadastr agentligi direktorining birinchi o'rinbosari Allaberganov Atabek Validjanovich ishtirokida va Navoiy viloyati, Konimex tumanida boshqarma mas'ullari ishtirokida sayyor qabullar o'tkazilgan edi.

▶️ Eslatib o'tamiz, huddi shu kabi sayyor qabul joriy yilning 17-avgust kuni Toshkent viloyati, Bo'stonliq tumanida Davlat kadastrlari palatasi raisi o'rinbosari Ahmadjon Suyunov ishtirokida o'tkazilishi rejalashtirilgan.

#DavKadastrPalata #sayyor_qabullar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook  🐦Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▪️Ayrim aholi qatlamlari yer uchun barcha to‘lovlardan ozod qilinadi▪️

🇺🇿 Ayni dam, Buxoro shahrida Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida oziq-ovqat mahsulotlarini ko‘paytirish orqali narx-navo barqarorligini ta’minlash hamda aholi va iqtisodiyot tarmoqlarini energiya resurslari bilan kafolatli ta’minlash masalalari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

➡️ Ta’kidlanishicha, 10 yil muddatga ajratilgan 73 ming gektar maydonning ijara muddatlari 30 yilga uzaytirib berilishi belgilandi.

◼️ Bo‘sh turgan 100 ming gektar yaylovlar chorvasi bor aholiga kamida 10 gektardan 10 yil muddatga ijaraga olishiga ruxsat beriladi.

◼️ “Ijtimoiy himoya reestri”ga kiritilgan ehtiyojmand aholiga yerlarni berishda ular yer uchun barcha to‘lovlardan ozod qilinadi.

#DavKadastrPalata #Prezident

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🐦Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #live
⁉️⁉️⁉️⁉️⁉️

Ayni damda O‘zbekiston Milliy matbuot markazida “Mulk huquqining daxlsizligini ishonchli himoya qilish, mulkiy munosabatlarga asossiz aralashuvga yo‘l qo‘ymaslik, xususiy mulkning kapitallashuv darajasini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-198-son Farmon ijrosi tahlili mavzusida matbuot anjumani boshlandi.

Anjuman tafsilotlari haqida yana batafsil ma'lumot beramiz.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▪️Murojaatlar tahlili▪️

📃 Davlat kadastrlari palatasi va uning hududiy boshqarmalariga aholidan 2023 yil 7-11- avgust kunlari jami 1 509 ta murojaatlar kelib tushgan. Ularni hududlar kesimida ko'radigan bo'lsak:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi - 25
Andijon viloyati - 37
Buxoro viloyati - 127
Samarqand viloyati - 85
Sirdaryo viloyati - 44
Surxondaryo viloyati - 169
Qashqadaryo viloyati - 161
Toshkent shahar - 188
Toshkent viloyati - 181
Navoiy viloyati - 32
Namangan viloyati - 30
Xorazm viloyati - 130
Jizzax viloyati - 57
Farg‘ona viloyati - 114
🌟 Davlat kadastrlari palatasi - 129

📊 Yuqoridagi infografikada siz - murojaatlarning yo‘nalishi va ularning ijrosi bo‘yicha ma’lumotlarga ega bo‘lishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #info #murojaatlar #haftalik_natijalar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🐦Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▪️Bayramda necha kun dam olamiz▪️

🇺🇿 Prezident farmoniga ko‘ra, Mustaqillik bayrami munosabati bilan o‘zbekistonliklar ketma-ket 3 kun dam oladi:

▫️ 1 sentyabr — juma (ishlanmaydigan bayram kuni);
▫️ 2 sentyabr — shanba (olti kunlik ish haftasidagi xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni);
▫️ 3 sentyabr — yakshanba (dam olish kuni).

➡️ Demak, 4 sentyabr, dushanba ish kuni hamda barcha ta’lim muassasalari uchun 2023-2024 o‘quv yilining ilk o‘qish kuni bo‘ladi.

#DavKadastrPalata #ma_lumot_o_rnida

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🐦Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▪️Kadastr atamalari▪️

⚖️ Auksionda obyektning baholangan qiymati — auksion obyektini baholash haqidagi hisobotda (baholash talab etilmaydigan holatlardan tashqari) yoki davlat ijrochisining mol-mulkni baholash to‘g‘risidagi qarorida yoxud sud qarorida ko‘rsatilgan qiymat.

#DavKadastrPalata #kadastr_atamalari

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🐦Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▪️DKP hafta ichida▪️

🏪 UzKAD dasturiga kiritilgan Davlat obyektlari haqida ma'lumot.

🏪 Kadastr mutaxassislari uchun o'tkazilayotgan malaka oshirish o'quv kurslari.

🏪 Korrupsiyaga qarshi hududlarda o'tkazilgan davra suhbatlari.

🏪 Uy sotilganda soliq to'lanadimi?

🏪 Kadastr aholi manfaatlari yo'lida.

🏪 Toshkent metropolitenining yer usti yo‘li bekatlariga nom berilgani haqida ma'lumot.

🏪 Hududlarda o'tkazilgan sayyor qabullar.

#DavKadastrPalata #hafta_davomida #daydjest

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🐦Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
DIQQAT E’LON!

▶️ Hurmatli Farg'ona viloyati, Beshariq tumani fuqarolari hamda tadbirkorlari!

🌟 Sizning kadastrga oid murojaatlaringizni ko‘rib chiqish maqsadida Davlat kadastrlari palatasi raisining birinchi o'rinbosari Nozimjon Inamov hamda viloyatning tizim mutasaddilari ishtirokida sayyor qabul o‘tkaziladi.

📆 Sayyor qabul kuni: 2023-yil, 21-avgust, soat 11:00 da

⬇️Manzil: Farg'ona viloyati, Beshariq tumani, Beshariq ko'chasi, Yangi hayot MFY, 124-uy, 8-sonli Musiqa va san'at maktab maktabi.

📱 Qabulga yozilish uchun +998 97 965 00 94, +998 73 249 70 77 telefon raqamlariga murojaat qilishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #sayyor_qabullar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🐦Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▪️Makroiqtisodiy tadqiqotlar tahlili▪️

📊 Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti mutaxassislari 2023-yilning II choragi uchun uy-joy narxlarini hududlar (115 ta hudud) bo‘yicha guruhlab chiqdi.

🕐 Viloyatlar bo‘yicha 2023-yilning II-choragi davomida narxlar uy-joyning har bir kvadrat metri uchun 10 guruhga ajratildi. Narxlar eng arzon hududlar birinchi guruhga (har bir kvadrat metr uchun 390 dollardan), eng qimmatlari esa o‘ninchi guruhga kiritildi (bu guruhda uy-joyning har bir kvadrat metri uchun narxlar 1251,69 dollargacha kuzatilgan). Har bir guruh 86,15 dollarlik narx oralig‘ini ifodalaydi.

🫥 2023-yilning II choragi davomida Toshkent shahri hududlar orasida eng yuqori o‘rtacha narx – 1251,69$ va narx segmentatsiyasi bo‘yicha eng yuqori 10-guruhga kiritilgan. Samarqand shahri o‘rtacha narx – 753,03$ va narx segmentatsiya bo‘yicha 6-guruhdan o‘rin oldi. O‘rtacha narxlar pastroq bo‘lgan Namangan, Jizzax, Surxondaryo, Buxoro, Farg‘ona, Qashqadaryo, Sirdaryo va Xorazm viloyatlari 2-guruhdan joy oldi. Respublika bo‘yicha eng minimal narx Qoraqalpog‘iston Respublikasida kuzatildi.

#DavKadastrPalata #ma_lumot_o_rnida

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🐦Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
▪️OAV biz haqimizda▪️

⭐️ Kadastr agentligi mas'ullari ishtirokida mulk huquqiga oid qonunchilikka bag‘ishlangan matbuot anjumani "O'zbekiston24" telekanalining "Yangiliklar24" informatsion dasturida yoritildi.

#DavKadastrPalata #oav_biz_haqimizda

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🐦Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▪️Huquqiy ma'lumot▪️

🏠 Ko‘chmas mulkka bo‘lgan umumiy mulk huquqlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish

◼️ Ko‘chmas mulkka bo‘lgan umumiy birgalikdagi mulk huquqining yuzaga kelishini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, agar qonunda boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, umumiy birgalikdagi mulk ishtirokchilaridan birining arizasi asosida mulkdorlar nomiga huquqni belgilovchi hujjatlarda ko‘rsatilgan ulushlarda amalga oshiriladi.

◼️Agar ulushli mulk huquqi ishtirokchilari o‘zaro kelishuv bo‘yicha umumiy binoning va inshootning alohida qismlaridan o‘z ulushlariga muvofiq foydalanish tartibini belgilagan bo‘lsa, bunday kelishuv ularning murojaatiga ko‘ra ro‘yxatdan o‘tkazilishi kerak.

#DavKadastrPalata #huquqiy_ma_lumot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🐦Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▪️DIQQAT E’LON!▪️

➡️ Hududlarda onlayn audio muloqotlar

▶️ Hurmatli fuqarolar hamda tadbirkorlar!

◼️ Sizning kadastr masalalariga oid savol va murojaatlaringizni ko‘rib chiqish maqsadida Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmalari mutasaddilari ishtirokida onlayn audio muloqotlar o‘tkaziladi.

👆Mazkur infografikada joriy yilning avgust oyida o'tkazilishi rejalashtirilgan onlayn audio muloqotlar sanasi bilan tanishishingiz mumkin.

⚡️ Jonli efirlar rejaga muvofiq quyidagi hududiy boshqarmalarning rasmiy telegram platformasi orqali o‘tkaziladi:

▫️Namangan viloyati
▫️Jizzax viloyati
▫️Surxondaryo viloyati
▫️Sirdaryo viloyati
▫️Samarqand viloyati
▫️Qoraqalpog'iston Respublikasi

➡️ Kadastrga oid savollaringiz bilan o'z hududingizning telegram kanali orqali o'tkaziladigan audio muloqotda qatnashing va hududiy mutaxassislarimizga to'g'ridan-to'g'ri savolingizni berib, javob oling!

#DavKadastrPalata #audio_ochiq_muloqot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🐦Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM