DAVLAT KADASTRLARI PALATASI
30.8K subscribers
10.6K photos
1.65K videos
1 file
6.32K links
Murojaatlar uchun:

Telegramm-bot @Dkpuz_bot
Yagona aloqa markazi +99871 207 00 03

Telegram: t.iss.one/DavKadastrPalata
Instagram: instagram.com/davkadastrpalata/
YouTube: youtube.com/@davkadastrpalata
Facebook: facebook.com/DavKadastrPalata
Download Telegram
🔹Til – millat ko‘zgusi🔹

⚜️ 21-oktabr – O‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan Davlat kadastrlari palatasida bayram tadbiri tashkil etildi.

⚜️ Tizim xodimlari uchun tashkil etilgan mazkur tadbirga O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zolari, hamda Toshkent Davlat iqtisodiyot Universitetidan vakillar taklif etildilar. So‘zga chiqqanlar buyuk qadriyatimiz ko‘zgusi, qadimiy va boy tillardan biri bo‘lgan o‘zbek tili, uning bugungi kundagi ahamiyati va taraqqiyoti haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdilar.

⚜️ Shuningdek, tadbirga monand tarzda Markaziy apparatda tashkil etilgan “Davlat tilida ish yurtilishi” o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli yakunlaganlarga sertifikatlar ham topshirildi.

#DavKadastrPalata #Davlat_tili

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
🇺🇿 Til — davlat timsoli, mulki.

🇺🇿 Tilni asrash, rivojlantirish – millatning yuksalishi demak.

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida Davlat tilining maqomi huquqiy jihatdan mustahkamlab qo‘yilgan.

#DavKadastrPalata #Davlat_tili

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
Ўзбекистон халқига байрам табриги

Праздничное поздравление народу Узбекистана

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿
⚜️Ona tilim – onam tili, qadri – osmon,
G‘ururimsan, sururimsan otamdayin.
Ham akamsan, ham opamsan – jon tomirim,
Asragayman ko‘zim nuri – bolamdayin!

#DavKadastrPalata #Davlat_tili

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
🔹Xalqaro forumda kadastr🔹

💠 Bugun Toshkent Davlat Iqtisodiyot universitetida 20-21-oktabr kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan “I TDIU taraqqiyot strategiyasi forumi: global va milliy iqtisodiyot trendlari” xalqaro forumining 2-kuni bo‘lib o‘tmoqda.

💠 Forum dasturi doirasida turli mamlakatlardan tashrif buyurgan professor va ekspertlar iqtisodiyot, biznesni rivojlantirish hamda unga raqamli texnologiyalarni joriy etish mavzularida ma’ruza qilib, o‘zaro tajriba almashmoqdalar.

💠 Dasturga ko'ra sektorlarga bo'lingan holda, ayni dam Davlat kadastrlari palatasi raisi Moxir Valiyevning "Davlat xizmati: ko‘chmas mulkni boshqarishning zamonaviy tendensiyalari" nomli ma’ruzasi taqdimoti boshlandi.

#Davkadstrpalata #xalqaro_forum

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
⚜️ Prezidentning “O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

2023-yil 1-yanvardan boshlab:

Kadastr agentligining hududiy bo‘limlari, Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasi, uning hududiy boshqarmalari va tuman (shahar) filiallari faoliyatini tashkil etish, nazorat qilish va ularga umumiy rahbarlik qilish vertikal boshqaruv tizimi hamda yakkaboshchilik asosida Kadastr agentligi tomonidan amalga oshiriladi;

Kadastr agentligining hududiy bo‘limlari faoliyatini moliyalashtirish, shu jumladan, saqlash, ish haqqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar xarajatlari O‘zbekiston Respublikasining respublika byudjeti parametrlarida nazarda tutiladi;

Kadastr agentligining hududiy bo‘limlari, Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmalari va tuman (shahar) filiallarining qonuniy faoliyatiga mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan aralashish yoki taʼsir o‘tkazish qatʼiy taqiqlanadi.
▫️Komplaens nazorati hududlarda▫️

◽️ Xodimlar orasida xizmat lavozimini suite'mol qilib, shaxsiy manfaat ortidan korrupsiyaga yo'l qo'yish holatlarining oldini olish maqsadida Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalari Komplaens nazorati mutasaddilari tomonidan muntazam targ'ibot tadbirlari amalga oshirilmoqda.

▫️ Quyida hafta davomida bo'lib o'tgan mazkur davra suhbatlari haqida batafsil:

⚡️Toshkent shahar
⚡️Surxondaryo viloyati
⚡️Xorazm viloyati
⚡️Buxoro viloyati
⚡️Namangan viloyati


#DavKadastrPalata #korrupsiyaga_qarshi_kurash

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebok | Instagram | You Tube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
▫️Davlat tili tadbiri▫️

🔹 21-oktabr – O‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan Davlat kadastrlari palatasida bayram tadbiri tashkil etilgandi.

📹 Mazkur tadbir tafsilotlari “O‘zbekiston 24” telekanalining “Yangiliklar” dasturida keng yoritildi.

#DavKadastrPalata #oav_biz_haqimizda

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
💠Murojaatlar e'tiborda💠

◽️ Inson qadri va manfaatlari ustunligini ta'minlashga davlat idoralari har tomonlama mas'ul. Bu borada kadastr tizimi mas'ullari aholi murojaatlarini tinglash va ularning ijobiy yechim topishiga alohida e'tibor qaratmoqdalar.

▫️Shu maqsadda joriy hafta Davlat kadastrlari palatasining Navoiy, Xorazm va Jizzax viloyati boshqarmalarida sayyor qabullar tashkil etildi. Unda yuridik va jismoniy shaxslarning kadastr sohasida yuzaga kelayotgan muammolari tinglanib, atroflicha o'rganildi.

♻️ Murojaatlarning ba'zilari joyida ijobiy hal etildi, qolgan murojaatlar yuzasidan tegishli xodimlarga topshiriqlar berildi va ijrosi nazoratga olindi.

#DavKadastrPalata #info #sayyor_qabullar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |YouTube