DAVLAT KADASTRLARI PALATASI
29K subscribers
10.6K photos
1.65K videos
1 file
6.3K links
Murojaatlar uchun:

Telegramm-bot @Dkpuz_bot
Yagona aloqa markazi +99871 207 00 03

Telegram: t.iss.one/DavKadastrPalata
Instagram: instagram.com/davkadastrpalata/
YouTube: youtube.com/@davkadastrpalata
Facebook: facebook.com/DavKadastrPalata
Download Telegram
DAVLAT KADASTRLARI PALATASI
▫️Rasmiy munosabat▫️ 26 may 2022 yilda ijtimoiy tarmoqlarda Davlat kadastrlari palatasi Farg‘ona viloyati boshqarmasi tizimidagi xodimlar nomidan yozilgan aprel oyi oylik maoshi berilmayotgani to‘g‘risidagi murojaatnoma bo‘yicha Davlat kadastrlari palatasi…
▫️Rasmiy munosabat▫️

◻️Ijtimoiy tarmoqlardagi Davlat kadastrlari palatasi Farg‘ona viloyati boshqarmasi tizimidagi xodimlar nomidan yozilgan aprel oyi oylik maoshi berilmayotgani to‘g‘risidagi murojaatnoma bo‘yicha Davlat kadastrlari palatasi Markaziy apparati tomonidan ishchi guruh ajratilib, o‘rganish ishlari olib borilayotgani haqida ma’lumot bergandik.

Ishchi guruh tomonidan Davlat kadastrlari palatasi Farg‘ona viloyati boshqarmasining iqtisodiy ko‘rsatkichlari pasayib ketganligi, tartib intizom buzilganligi va ijro intizomining izdan chiqqanligi tanqidiy ko‘rib chiqildi.

O‘rganish natijalariga ko‘ra:
Boshqarma ma’sullari tomonidan boshqarmaning moliyaviy holatini o‘rganmasdan ustama va moddiy yordam hamda rag‘batlantirishlar notug‘ri hisoblanganligi;

Zahira yer maydonlari uchun to‘lovlar undirilmaganligi;

Shuningdek, boshqarmaning xarajatlari moliyaviy ahvoliga qaramasdan daromadlar qismidan oshib ketganligi aniqlandi.

Davlat kadastrlari palatasi Farg‘ona viloyati boshqarmasining tushum va xarajatlarini noto‘g‘ri hisoblanishi va taqsimlanishi sabab xodimlarda tushunmovchilik va e’tiroz yuzaga kelgan.
Yuqoridagi xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘yganlarga nisbatan intizomiy jazo choralari qo‘llanildi. Bundan tashqari Farg‘ona viloyatiga yangi tayinlangan boshqarma boshlig‘i R. Mirzaxmedovga boshqarma ish faoliyatining samaradorligi va tartib intizomini yo‘lga qo‘yish uchun muddat belgilandi.

◻️Alohida ta’kidlash kerak, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 12.02.2021 yildagi 66- son qaroriga ko‘ra, Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalari alohida yuridik xo‘jalik sub’ekti hisoblanib, xodimlarning oylik maoshlari to‘lanadigan mablag‘lar Palata Markaziy apparati tomonidan moliyalashtirilishi ko‘zda tutilmagan. Tasdiqlangan daromad-xarajat smetasiga asosan hududiy boshqarma xodimlarining oylik maoshlari har oyda amalda oladigan daromadlari hisobidan qoplanishi belgilangan.

Ana shularni nazarda tutgan holda, Davlat kadastrlari palatasi Markaziy apparati hududiy boshqarmalarining ko‘rsatkichlari yuzasidan doimiy o‘rganish va nazorat ishlarini olib boradi.

#DavKadastrPalata #rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |YouTube
Davlat kadastrlari palatasi o‘z telegram kanalida berilgan ma’lumotlar asosida tayyorlangan test savollarini taqdim etadi.

Hududi bo’yicha respublikadagi eng katta viloyat?
Anonymous Quiz
19%
Toshkent viloyati
10%
Qashqadaryo viloyati
6%
Buxoro viloyati
66%
Navoiy viloyati
Президент Тошкент ерусти ҳалқа метросининг иккинчи босқичи қурилишини бориб кўрди.
Ерусти метросининг қарийб 12 километрлик бу қисмида 7 та бекат бўлади. Улар орасидаги қатнов вақти 13 дақиқани ташкил этади. Мазкур йўналиш бир кунда 40 мингга яқин йўловчига хизмат кўрсатиш қувватига эга бўлади.
Тошкент шаҳрида жамоат транспортини ривожлантириш ва метрополитенда йўловчиларни кўпайтириш лойиҳалари тақдимот қилинди.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с ходом строительства второго этапа надземного кольцевого метро Ташкента.
На данном отрезке протяженностью почти в 12 километров будет 7 станций. Интервал движения поездов составит 13 минут. Линия сможет перевозить около 40 тысяч пассажиров в день.
Здесь же состоялась презентация проектов по развитию общественного транспорта в городе Ташкенте, увеличению пассажиропотока в метрополитене.

#Mirziyoyev #tanishuv #transport #metro

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
▫️Texnogen xavfi yuqori bo'lgan obyektlar▫️

🌋 Davlat kadastrlari palatasi Milliy geoaxborot tizimidagi vakolatli organlarning davlat kadastrlariga oid maʼlumotlarini toʼliq shakllantirishi boʼyicha turkum maʼlumotlar!

🏜 Mazkur maʼlumotda siz, Texnogen xavfi yuqori bo'lgan obyektlar joriy yil yanvar-may holati boʼyicha maqsadli koʼrsatkichlari bilan tanishishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #info #davlat_kadastrlari

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |YouTube
DIQQAT E’LON!

🔊 Hurmatli Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri fuqarolari hamda tadbirkorlari!

💠 Sizning kadastrga oid murojaatlaringizni ko‘rib chiqish maqsadida Davlat kadastrlari palatasi raisi Moхir Valiyev hamda viloyatning tizim mutasaddilari ishtirokida sayyor qabul o‘tkaziladi.

🗓Sayyor qabul kuni: 2022 yil 9- iyun, soat 10:00dan

📍Manzil: Qarshi shahri, Nasaf ko'chasi 73 uy - Korxonalarni sog'lomlashtirish va xususiylashtirish klinikasi binosida.

📱Qabulga yozilish uchun +998 75 227 51 13 telefon raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #palata_raisi_sayyor_qabuli

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook|Instagram|YouTube
DAVLAT KADASTRLARI PALATASI
🔹Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish🔹 🟦 Davlat kadastrlari palatasining asosiy vazifasi hisoblangan Ko‘chmas mulkni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish - bugungi kunga kelib qanday ko‘rinishda amalga oshirilmoqda? 💻Sohadagi yangiliklar, aholi fikrlari, o‘rganish talab…
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔹Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish🔹

⚜️ Ko‘chmas mulkni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishning tartiblari qanday?

⚜️ Sizga, mazkur tartibni tushuntirish orqali Davlat kadastrlari palatasining asosiy yo‘nalishi kechagi kuni va buguni - tizimda faoliyat yuritayotganlar, sohadagi o‘zgarishlar haqida ham so‘z yuritamiz. (1-qism)

▪️Davomi ertaga

#DavKadastrPalata #reportaj #davlat_ro_yxatidan_o_tkazish

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook|Instagram|YouTube
▫️Topograflar malaka oshirmoqda▫️

◻️ Kuni kecha, Davlat kadastrlari palatasida boshlangan seminar-trening hududiy boshqarmalarning topograf mutaxassislari uchun tashkil etildi.

◻️ Kadastr agentligi, Davlat kadastrlari palatasi va Ellips Technology kompaniyasining malakali mutaxassislari o‘tkazayotgan o‘quv seminariga 20 ga yaqin tapografchilar jalb etilgan.

◻️Seminar treningning bugungi kun tartibi bo‘yicha geodeziya va topografiya yo‘nalishidagi so‘nggi texnologiyalar ishtirokchilarga tanishtirildi va ular orqali erishilayotgan yutuqlari bo‘yicha tajriba almashildi.

◻️Seminarning keyingi kunlarida amaliy mashg‘ulotlar bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

#DavKadastrPalata #topograf

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook|Instagram|YouTube
▫️Auksion savdolarida mulkga ega bo'ling▫️

⚜️ Respublika bo'yicha tadbirkorlik uchun mulk va ijara huquqi bilan savdoga chiqarilgan yer uchastkalari bilan tanishing!

Ular bugungi kunga qadar 20 994 tani tashkil etmoqda:

🔘 Qoraqalpog'iston Respublikasidan 1207 ta (ko'rish)
🔘 Andijon viloyatidan 1377 ta (ko'rish)
🔘 Buxoro viloyatidan 1045 ta (ko'rish)
🔘 Jizzax viloyatidan 3445 ta (ko'rish)
🔘 Qashqadaryo viloyatidan 1426 ta (ko'rish)
🔘 Navoiy viloyatidan 433 ta (ko'rish)
🔘 Namangan viloyatidan 870 ta (ko'rish)
🔘 Samarqand viloyatidan 2379 ta (ko'rish)
🔘 Surxondaryo viloyatidan 1109 ta (ko'rish)
🔘 Sirdaryo viloyatidan 1173 ta (ko'rish)
🔘 Toshkent shahridan 82 ta (ko'rish)
🔘 Toshkent viloyatidan 526 ta (ko'rish)
🔘 Xorazm viloyatidan 2143 ta (ko'rish)
🔘 Farg'ona viloyatidan 3779 ta (ko'rish)

#DavKadastrPalata #auksion

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook|Instagram|YouTube
Йиғилишда тадбиркорлар хизматлар соҳасида асосан 3 та масала – ер, бино ва инфратузилма билан боғлиқ муаммоларга дуч келаётгани кўрсатиб ўтилди.

Сўнгги икки ойда 23 мингдан зиёд ер майдонлари савдога чиқарилди, шундан 12 мингтаси ёки 60 фоизи хизмат кўрсатиш жойларини ташкил этиш учун қўйилган.

Бунда, 63 та туман ва шаҳарда аукционга қўйилган ер участкаларининг сони 100 тадан кўп бўлса, 27 та туманда 10 тага ҳам етмайди.

Мисол учун, Навоий, Шаҳрисабз, Қўқон, Хива, Урганч шаҳарлари, Тошкент, Бўстонлиқ, Бекобод, Китоб, Узун туманларида савдога қўйилган ерлар сони 10 тадан ошмайди.

Шу боис, фаолиятида сусткашликка йўл қўйгани учун Навоий, Шаҳрисабз, Қўқон шаҳарлари, Тошкент, Бўстонлиқ, Бекобод, Китоб, Узун туманлари ҳокимларига нисбатан охирги маротаба ҳайфсан бериш, ушбу туман ва шаҳар ҳокимларининг қурилиш бўйича ўринбосарларини лавозимидан озод этишга кўрсатма берилди.
Аукционга таклиф этилган 45 мингта ернинг 3 мингтаси келишиладиган идоралар томонидан қайтарилгани кўрсатиб ўтилди.

Бунга асосий сабаб ҳудудларнинг бош режаси ёки архитектура режалаштириш лойиҳаларининг йўқлигидир.

Шаҳарларнинг бор-йўғи 30 фоизида
бош режа, қишлоқларнинг 1 фоизида архитектура режалаштириш лойиҳалари мавжудлиги танқид қилинди.

“Очиқ айтиш керак, шаҳарларнинг бош режасини ишлаб чиқишни давлат лойиҳа институтлари “монополия” қилиб олган.

Инвестиция дастурлари доирасида давлат лойиҳа институтларига ҳар йили катта маблағлар ажратилаяпти, лекин биронта туман ёки шаҳарнинг бош режаси охирига етказилмаган. Нархлар ҳам чет эллик ёки хусусий лойиҳа ташкилотлари нархларига нисбатан бир неча баробар қиммат.

Шу боис, қурилиш соҳасини трансформация қилиш бўйича ҳам алоҳида муҳокама ўтказаман”, - деди давлат раҳбари.