DAVLAT KADASTRLARI PALATASI
29K subscribers
10.6K photos
1.65K videos
1 file
6.3K links
Murojaatlar uchun:

Telegramm-bot @Dkpuz_bot
Yagona aloqa markazi +99871 207 00 03

Telegram: t.iss.one/DavKadastrPalata
Instagram: instagram.com/davkadastrpalata/
YouTube: youtube.com/@davkadastrpalata
Facebook: facebook.com/DavKadastrPalata
Download Telegram
Muqaddas oyning saxovat onlari

Saxovat va muruvvat ko'rsatish, muhtoj insonlar ko‘nglini yoritishdek quvonchli va savobli ish bo'lmasa kerak.

Davlat kadastrlari palatasi markaziy apparati vakillari ham shunday ulug‘ kunlarda muxtojlar holidan xabar olishdi. Fuqarolarning muammolarini o‘rgandi
.

#DavKadastrPalata #ramazon_oyi #hayriya

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔹Davlat ro‘yxatidan o'tgan 🔹

🖥 Davlat kadastrlari palatasi hududlar bo‘yicha 2022 yil 21 - 27 aprel kunlaridagi ko'chmas mulkka bo'lgan huquqlarni davlat ro'yxatidan o'tkazish yuzasidan jami ma’lumotlarni taqdim etadi.

📊 Ushbu ma’lumotda siz, ro‘yxatdan o'tkazish uchun kelib tushgan arizalar soni va ularning qanchasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi bo‘yicha statistik ma’lumotlarga ega bo‘lishingiz mumkin.

📝 O'tgan haftada Davlat ro'yxatidan o'tkazilgan obyektlar soni umumiy 17 177 tani tashkil etdi.

#DavKadastrPalata #ro_yxatdan_o_tkazish #statistika

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
⚡️Bugun Kadastr agentligi hamda tizim tashkilotlari xodimlari uchun Toshkent shahridagi INHA universiteti mas’ullari bilan uchrashuv tashkil qilindi.

💠Ushbu uchrashuvda xodimlarni “Raqamli transformatsiya yo’nalishidagi magistratura” bosqichiga taklif qilish, xodimlar o’rtasida chet tillarini o’rganish va malaka oshirish bo’yicha takliflar berildi.

📌Bundan tashqari Agentlik tizimidagi xodimlarni qiziqtirgan qo’shimcha savollarga INHA universiteti mutasaddilari javob berishdi.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
🗓 29.04.2022
🌙
Mohi Ramazonning saharlik va iftorlik vaqtlarini biz bilan bilib boring!

Muqaddas oyning bugun 28 kuni

☀️Saharlik vaqti – 03:57
🌛Iftorlik vaqti – 19:20

#DavKadastrPalata #RamazonMuborak

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebok | Instagram | You Tube
▫️Kadastr obyektiga bo'lgan mulk huquqini va boshqa huquqlarni tasdiqlovchi hujjatlar ▫️

Kadastr yig‘majildi — kadastr obyektiga bo'lgan huquqni shakllantirish, hisobga olish va keyinchalik davlat ro'yxatidan o'tkazish uchun zarur bo'ladigan kadastr obyektini kadastr suratiga olish, texnik inventarizatsiya qilish va pasportlashtirishning, maxsus tekshirish va izlanishlarning, sifat va qiymat jihatidan baholashning hujjatlari, materiallari va ma’lumotlaridan iborat bo'ladi.

Shuningdek:
Kadastr xaritasi (plani);
Kadastr kitobi — kadastr obyektlarini ro'yxatdan o'tkazish va hisobga olishning asosiy hujjati;
Kadastr obyektlarining holati to‘g‘risidagi hisobot — davlat kadastrining har bir turi bo'yicha belgilangan tartibda tuziladi.

#DavKadastrPalata #huquqiy_ma_lumot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
🔸 Hududlardagi sayyor qabullar🔸

♻️ Davlat kadastrlari palatasining hududlardagi boshqarma va filiallarida fuqaro va tadbirkorlarning kadastrga oid murojaatlarini ko'rib chiqish maqsadida reja asosida sayyor qabullar tashkil etilmoqda.

♻️ Reja asosida uyushtirilayotgan sayyor qabullar shu hafta quyidagi hududlarimizda o‘tkazilishi reja qilingan:

♻️ Jizzax viloyati Paxtakor tumani va Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tumanida o'tkazilgan sayyor qabullarda aholining ko'pgina masalalariga joyida echim topildi.

♻️ Bugun esa,
Toshkent shahar Yashnobod tumani filialida va Buxoro viloyati boshqarmasining Romitan tumanida sayyor qabullar tashkil etilgan.

#DavKadastrPalata #hududiy_yangiliklar #sayyor_qabullar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
🔹"Kar’era kuni" Milliy Universitetda🔹

⚪️ Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti bitiruvchi talabalari uchun “Kar’era kuni” tashkil etildi. Unga vakant lavozimlari bilan qatnashish uchun taklif etilgan tashkilot va muassalar qatorida Davlat kadastrlari palatasi ham o‘zining takliflari bilan ishtirok etdi.

⚪️ Takliflarga qiziqqan yoshlar ko‘p bo‘ldi, ularga kadastr sohasiga oid ma’lumotlar, tizimdagi mavjud vakant o‘rinlari haqida ma’lumotlar berildi.

#DavKadastrPalata #kar_era_kuni

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
▫️Suv ob’ektlari - joyida o‘rganilmoqda▫️

🗺 O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi, Davlat Soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi, Davlat kadastrlari palatasi ma’sul xodimlari suv ob’ektlari yer maydonlari va huquqiy xujjatlarini joylardan o‘rganish ishlarini o‘tkazmoqdalar. Jumladan ishchi guruh Andijon viloyatida bo'lishdi.

🌊 Bu o‘z navbatida suv ob’ektlarini kadastr xujjatlarini rasmiylashtirish, davlat ro‘yhatidan o‘tkazish hamda milliy geoaxborot tizimiga maydonlarining aniqlik bilan kiritilishiga xizmat qiladi.

#DavKadastrPalata #suv_kadastri #jarayon

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube