DAVLAT KADASTRLARI PALATASI
29.4K subscribers
10.5K photos
1.63K videos
1 file
6.26K links
Murojaatlar uchun:

Telegramm-bot @Dkpuz_bot
Yagona aloqa markazi +99871 207 00 03

Telegram: t.iss.one/DavKadastrPalata
Instagram: instagram.com/davkadastrpalata/
YouTube: youtube.com/@davkadastrpalata
Facebook: facebook.com/DavKadastrPalata
Download Telegram
XORIJDA KADASTR TIZIMI
Kadastr Rossiyada
🇷🇺

Rossiya Federatsiyasida yer kadastrini yuritish asosan yer resurslari va yer tuzish Davlat qo'mitasiga yuklangan.

💠 Ilmiy-tarixiy manbalar shundan guvohlik beradiki, Rossiyada kadastrga oid dastlabki ma'lumotlar X asrga taalluqli bo'lib, yer solig'ini yig'ish va yerlarni baholash ishlari bilan bog'liqdir. Bugungi kunda Rossiya Federatsiyasida yuritilayotgan kadastrni o'z mohiyati bilan 3ta katta toifaga bo'lish mumkin:
▫️ soliq va fiskal - soliqqa tortish tartibi va miqdorlarini aniqlash maqsadida ko'chmas mulkni tavsiflash uchun;
▫️ huquqiy yoki yuridik - mulk egaligi huquqlarini himoya qilish uchun;
▫️ ko'p maqsadli - keng qamrovdagi huquqiy, iqtisodiy, ekologik, qurilish masalalari, shuningdek, hududni rivojlantirishni boshqarish va rejalashtirish muammolarini hal qilish.

💠 Ko'p maqsadli kadastr o'z ichiga turli obyektlar: yer, o'rmon va boshqa tabiiy resurslar, infratizimlar, ijtimoiy-iqtisodiy voqeliklar to'g'risidagi ma'lumotlarni oladi.
▫️Yurtimiz sarhadlari▫️

🌐 Buxoro viloyati va uning shahar va tumanlari hududi qancha?

Buxoro viloyatining umumiy maydoni — 41,8 ming kv,km

1. Olot tumani - 3,2 ming kv,km.
2. Qorako‘l tumani - 6,9 ming kv,km.
3. Jondor tumani - 5,1 ming kv,km.
4. Buxoro tumani - 1,2 ming kv,km.
5. Romitan tumani - 4.1 ming kv,km.
6. Peshko‘ tumani - 10,3 ming kv,km.
7. Shofirkon tumani - 3.7 ming kv,km.
8. G‘ijduvon tumani - 3,8 ming kv,km.
9. Qorovulbozor tumani - 2,1 ming kv,km.
10. Kogon tumani - 0,5 ming kv,km.
11. Vobkent tumani - 0,3 ming kv,km.
11. Buxoro shahar - 0,07 ming kv,km.
12. Kogon shahar - 0,01 ming kv,km.

#DavKadastrPalata #yurtimiz_sarhadlari

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |YouTube
🔸 Joylarda sayyor qabullar🔸

🔘 Aholi murojaatlarini ko'rib chiqish, mavjud muammolarni ijobiy hal etish bo‘yicha Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasining markaziy apparati, shuningdek hududlardagi boshqarma va filiallarida tizimli ishlar yo‘lga qo‘yilgan.

🔘 Reja asosida uyushtirilayotgan sayyor qabullar shu hafta quyidagi hududlarimizda o‘tkazilishi reja qilingan:

🔸 Jizzax viloyati Paxtakor tumanida - 28 aprel kuni soat 14:00 dan;

🔸
Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tumanida - 28 aprel kuni soat 10-00 dan;

🔸
Toshkent shahar Yashnobod tumani filialida - 29 aprel soat 10:00dan.

#DavKadastrPalata #hududiy_yangiliklar #sayyor_qabullar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔹Kadastrdagi islohotlar🔹

🇺🇿 O‘zbekiston 24 telekanalining "Ko‘z o‘ngimizda..." loyihasining navbatdagi soni Kadastr sohasiga bag‘ishlandi.

#DavKadastrPalata #OAV_biz_haqimizda

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
🔰Joriy yilning 26-aprel sanasida Kadastr agentligi direktori o’rinbosari A.Abdullayev boshchiligida “Geoinnovatsiya markazi” davlat unitar korxonasi hamda «Вертолёты России» xoldingi vakillari o’rtasida uchrashuv bo’lib o’tdi.

📝Uchrashuvdan ko’zlangan maqsad - BAS-200 vertolet tipidagi uchuvchisiz uchish apparatlari imkoniyatlari bilan tanishish bo'ldi. Bundan tashqari xolding vakillari vertolet tipidagi dronlarni ijtimoiy va iqtisodiy sektorning turli tarmoqlarida qo'llash bo'yicha yangi takliflar kiritishlari va agentlik bu takliflarni ko'rib chiqishga kelishib olindi.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
#xalqaro_uchrashuv #jahon_banki #kadastr

🔰 Bugun Kadastr agentligi direktor o’rinbosarlari A. Allaberganov, M.Mirmaksudov boshchiligida Jahon banki missiyasi rahbari Dmitriy Sivayev hamda Iqtisodiy taraqqiyot va kambag’allikni qisqartirish vazirligi xodimlari o’rtasida shaharlarni rivojlantirish tahliliy loyihasiga bag’ishlangan uchrashuv bo’lib o’tdi.

❇️ Kun tartibidan - alohida shahar aglomeratsiyalari, Agentlik tomonidan ishlab chiqilgan geoaxborot tizimining imkoniyatlari hamda alohida aglomeratsiyalarni o‘rganish doirasida Agentlik bilan hamkorlikning ehtimoliy bo‘lgan yo‘nalishlari va formatlari muhokamasi joy oldi.

📝 Tomonlar loyiha doirasida kerakli bo’lgan batafsil rekvizit ma’lumotlar bilan qayta tanishib chiqib, kelgusi hamkorlik yo’nalishlarini belgilab olishga kelishdilar.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
Қишлоқ хўжалигида лойиҳаларни амалга ошириш ҳамда таълим сифатини яхшилаш масалалари юзасидан йиғилиш ўтказилди.
Қишлоқ хўжалиги вазирлигига лойиҳаларни ўзи ишга тушириб, лизинг асосида сотиш ваколати юклатилди.
Давлатимиз раҳбари соҳада хизматларни ривожлантириш, экинлар ҳисоби ва сув сарфини онлайн мониторинг қилиш бўйича кўрсатмалар берди.
Аграр соҳада таълим сифатини яхшилаш, ўрта бўғин мутахассисларини тайёрлаш чоралари белгиланди.

Состоялось совещание по вопросам реализации проектов и повышения качества образования в аграрной сфере.
Министерство сельского хозяйства наделено полномочием по самостоятельному запуску проектов и реализации их на условиях лизинга.
Глава государства дал ряд указания касательно развития аграрных услуг, ведения учета посевов и онлайн-мониторинга расхода воды.
Определены меры по улучшению аграрного образования, подготовке специалистов среднего звена.

#Mirziyoyev #yigilish #qishloqxujaligi #talim

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
🗓 28.04.2022
🌙
Mohi Ramazonning saharlik va iftorlik vaqtlarini biz bilan bilib boring!

Muqaddas oyning bugun 27 kuni

☀️Saharlik vaqti – 03:59
🌛Iftorlik vaqti – 19:19

#DavKadastrPalata #RamazonMuborak

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebok | Instagram | You Tube